OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
qarori
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2156-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son “Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 26-noyabrdagi 787-son “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish sohasidagi qonunchilik hujjatlari tizimlashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2156, 2010-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 19-mart,
241-son
Ichki ishlar vaziri A. TASHPULATOV
Toshkent sh.,
2025-yil 17-mart,
10-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. 26, 54 va 571-bandlar “erkin muomalaga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “(import)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2. 52-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda elektron maʼlumotlar deb yuritiladi) Bojxona qoʻmitasining elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi”.
3. 57-band “Erkin muomalaga chiqarish” degan soʻzlardan keyin “(import)” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)