28.03.2025 yildagi 191-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi tarkibi va hududiy shtablarning namunaviy tarkibi 2 — 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi tomorqalarining yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish va ularda yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisobini yuritish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Online mahalla” elektron platformasida dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining axborot tizimlaridagi maʼlumotlar asosida onlayn rejimda shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Bosh prokuratura bilan birgalikda 2025-yil 1-iyunga qadar aholi tomorqalarining yer maydonlari toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini yakunlab, ularning alohida hisobi yuritilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisobini yuritish uchun “Online mahalla” platformasida maʼlumotlar bazasi yaratilishini hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari tomonidan tizimli ravishda maʼlumotlarning yangilab borilishini va monitoringi yuritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahallalarning muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashuvini chuqurlashtirish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash), tijorat banklari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mahallalarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turiga ixtisoslashtirish hisobidan dastlabki bosqichda 100 ta namunali mahalla, kelgusida ularning sonini 500 taga yetkazish boʻyicha reja-grafikni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizini bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahallalarda har bir aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-aprelga qadar hududiy va tuman shtablari bilan birgalikda mahallalarga tajribali agronom va yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda, ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari va yetakchi tadbirkorlar yordamida mahsulotlarni yetishtirish, saqlash, saralash, qadoqlash va yetkazib berish bilan bogʻliq maqsadlarga moliyaviy koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-aprelga qadar aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urugʻ va koʻchatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-mayga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlar va kreditlari hisobidan mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi tadbirkorlar, agronomlar, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda, bir hafta muddatda tomorqa egalarini yil davomida oʻqitish reja grafigini tasdiqlasin va joylarda oʻqitishni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahallalarda sugʻorish tarmoqlarini yaxshilash orqali tomorqalarda bir xil turdagi mahsulot yetishtirishni taʼminlash yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
874 ta mahallada sugʻorish tarmoqlarini yaxshilash orqali ushbu mahallalar ixtisoslashuvi darajasini chuqurlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin hamda aholi tomorqalarida ixtisoslashuv asosida mahsulot yetishtirishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mahallalarga biriktirilgan respublika darajasidagi rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari har oyda kamida bir marta biriktirilgan mahallaga chiqqan holda, belgilangan vazifalarni ijro etishda kelib chiqadigan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tashqi bozorlarni doimiy oʻrganib borish asosida talab yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin hamda har oyning 10-sanasiga qadar maʼlumotlarni “Online mahalla” platformasiga joylashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish uchun karantin ruxsatnomalari va fitosanitar sertifikatlarini rasmiylashtirishga doimiy koʻmaklashib borish tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Markaziy bank hamda tijorat banklari bilan birgalikda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bogʻ, tokzor, anorzor, gulchilik va koʻchatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar doirasida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, har bir gektar yer maydonidan kamida 100 mln soʻm daromad olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga bosqichma-bosqich ijaraga berilgan jami 150 ming gektar yer maydonlarida bir xil turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari” doirasida hamda Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi 130-son qaroriga asosan ajratiladigan kreditlarni ustuvor ravishda ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida tashkil etiladigan yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bogʻ, tokzor, anorzor, gulchilik va koʻchatchilik plantatsiyalari hamda rezavor meva yetishtirish loyihalarini amalga oshirish uchun yoʻnaltirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.E. Zaxidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 191-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” — mahalla fuqarolari yigini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, soliq inspektoridan iborat jamoa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika shtabi — Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri boshchiligidagi aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish boʻyicha shtab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar — tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari hamda yoshlar boʻyicha oʻrinbosarlari boshchiligida aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) shtablari — tumanlar (shaharlar) hokimi boshchiligidagi aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha shtablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy shtablar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari boshchiligidagi aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish boʻyicha shtablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilishga koʻmaklashish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlarining boshchilik qiladigan, har bir tuman (shaharda) ushbu Nizomga 1 — 4-ilovalarga muvofiq namunaviy tarkibda ishchi guruhlar tashkil etiladi hamda ularga mahallalar taqsimlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahallalarda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida ekish ishlari “mahalla yettiligi” va “mahalla bankir”lari tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mahalla yettiligi” va “mahalla bankirlari”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin ishlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarga talabni aniqlaydi va moliyalashtirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning iqlim sharoiti va aholining dehqonchilik koʻnikmalaridan kelib chiqib, yiliga 2-3-marta hosil olish imkonini beradigan yuqori daromadli ekin turlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan ekin turlaridan kelib chiqib, yuqori daromadli ekin turlarini yer maydonlarida ekish boʻyicha kamida 2-3 xil tavsiya ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa egalari va ijara asosida yer maydonlari olgan aholi bilan uchrashadi va aholiga yuqori daromadli ekinlar ekish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni, kooperativlarga aʼzo boʻlib ishlash imkoniyatlari, urugʻlik va koʻchatlar hamda mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash (yetakchi tadbirkor orqali, bank krediti yoki oʻz mablagʻi hisobidan sotib olish) va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish shartlarini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mini traktor va motokultivator olgan aholini aniqlab, ulardan kichik guruhlar shakllantiradi va xonadonlar talabiga koʻra, tomorqalarni ekinga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa egalari va dehqon xoʻjaliklari bilan uchrashuv yakunlariga koʻra, ekiladigan ekin turlari boʻyicha takliflarni tasdiqlash uchun mahalla fuqarolar yigʻini kengashiga kiritadi. Bunda quyidagi majburiyatlarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalariga va ijaraga olingan yer uchastkalariga ekiladigan ekin turlari (bahorgi, takroriy, toʻqsonbosti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa egalari va ijarachilar tomonidan ekin ekish ishlari va boshqa agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalariga va ijaraga olingan yer maydonlarida ekish ishlarini tashkil etish borasida “mahalla yettiligi”va “mahalla bankirlari” faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh tarkibiga kamida 2 nafar yetakchi tadbirkorni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarga borgan holda “mahalla yettiligi”, “mahalla bankirlari”, usta dehqonlar, nuroniylar va mahalla faollari bilan birgalikda aholi tomorqasi va ijaraga olingan yer maydonlaridan samarali foydalanishni hamda yuqori daromadli ekinlar ekish boʻyicha targʻibot va tashviqot ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turiga ixtisoslashtirish hisobidan yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlarni yetishtirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlar, usta-dehqonlar va agronomlar biriktirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallaga biriktirilgan yetakchi tadbirkorlar tomonidan tomorqa egalari va ijara asosida yer uchastkalarini olgan aholiga urugʻ va koʻchat, mineral oʻgʻit, kimyoviy vositalar yetkazib berish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini tomorqa va ijara yer maydonlaridan samarali foydalanish boʻyicha oʻqitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) shtablari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomonidan ijaraga olingan yer maydonlarida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida tashkil etiladigan yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bogʻ, tokzor, anorzor, gulchilik va koʻchatchilik plantatsiyalari hamda rezavor mevalar yetishtirish loyihalarini koʻrib chiqib tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻini kengashi qarori asosida aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlarida ekiladigan ekinlar joylashuvini ishlab chiqib, halq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy shtablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida ekinlar ekish va yuqori daromadli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablari va tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urugʻ va koʻchatlarni tizimli yetkazib berish, ekin ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti ogʻir boʻlgan mahallalarda sugʻorish tarmoqlarini yaxshilash orqali mahallalar ixtisoslashuvi darajasini chuqurlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman (shahar) tashkilotlaridan ogʻir mahallalarga biriktirilgan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari tegishli mahallaga chiqqan holda, belgilangan vazifalarni bajarishda kelib chiqadigan muammolarni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika shtabi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimli ravishda joylarga chiqqan holda hududiy va tuman (shahar) shtablari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish reja-grafigini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika darajasida yuzaga keladigan muammolarni muhokama qiladi va ularni yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlaridan samarali foydalanishni yetarlicha tashkil etmagan masʼullarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Samarasiz foydalanilayotgan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlarida ekish ishlarini tashkil qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Avvalgi yillarda kam daromadli ekin ekilgan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlarida ekish ishlari quyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kooperatsiya asosida ekish ishlari uchun urugʻlik, koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar shartnoma asosida yetishtirilgan mahsulotni sotib olishda hisob-kitob qilish sharti bilan yetakchi tadbirkor tomonidan yetkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konturga tajribali usta-dehqonlar biriktiriladi hamda ularga yuqori daromadli ekin yetishtirish tajribasini oʻrgatganligi uchun grantlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijara yer maydonlarida dehqon xoʻjaligi tomonidan ekish ishlari amalga oshirilmaganda (fors-major holatlari bundan mustasno) tuman (shahar) shtablari tomonidan yer maydonini ikkilamchi ijaraga berish choralari koʻriladi. Bunda tijorat banklari, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 40 gektar yer uchastkasida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan konturlardagi ijaraga olingan yer uchastkalarida mahsulot yetishtirishni tashkil etish uchun ishchi guruhlarga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalar amalga oshirishda koʻmaklashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlariga ekin ekmagan yoki samarasiz foydalanayotgan shaxslarga nisbatan quyidagi taʼsirchan choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar berilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Online mahalla” elektron platformasi maʼlumotlari asosida ekin ekilmaganligi aniqlangan yil uchun yer soligʻi stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Aholi tomorqalari va ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilishi ustidan nazorat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla darajasida — “mahalla yettiligi” va “mahalla bankiri”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman darajasida — tuman (shahar) shtablari hamda tuman (shahar) hokimlarining tegishliligi boʻyicha oʻrinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud darajasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari boshchiligidagi ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining moliya — iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi boshchilik qiladigan aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tijorat banki tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi masʼul xodimi

5.

Lavozimiga koʻra

Davlat kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali masʼul xodimi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi boshchilik qiladigan aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tijorat banki tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi masʼul xodimi

6.

Lavozimiga koʻra

Davlat kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali masʼul xodimi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi masʼul xodimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari boshchilik qiladigan aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

tijorat banki tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi masʼul xodimi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi masʼul xodimi

5.

Lavozimiga koʻra

Davlat kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali masʼul xodimi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari boshchilik qiladigan aholi tomorqalari va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Davlat kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali rahbari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tijorat banki tuman (shahar) filiali boshqaruvchisi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi masʼul xodimi

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi masʼul xodimi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼul xodimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 191-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

B. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, Respublika shtabi rahbari

2.

I. Adxamov

Bosh prokuror oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari

3.

S. Nishanbayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari

4.

M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari

5.

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

6.

I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

M. Jurayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

Q. Yuldashev

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

9.

R. Qarshiyev

suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

10.

N. Saydullayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

11.

N. Abdullayev

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

12.

B. Xamrayev

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

13.

Lavozimiga koʻra

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari

14.

M. Mirmaqsudov

Kadastr agentligi direktori oʻrinbosari

15.

N. Sulaymonov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshligʻi, shtab kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 191-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy shtabning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining hamda viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, shtab rahbari

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari

5.

Lavozimiga koʻra

Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga koʻra

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori hamda viloyatlar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari boshliqlari

8.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari

9.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar agrosanoatni rivojlantirish boshqarmalari boshliqlari

10.

Lavozimiga koʻra

Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari boshliqlari

11.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshligʻi, shtab kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Shtab tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 191-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etishni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtabning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.    Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) hokimi, shtab rahbari
2.    Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
3.    Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
4.    Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari 
5.    Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari 
6.    Lavozimiga koʻra    —    Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlinmasi boshligʻi
7.    Lavozimiga koʻra    —    Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) boʻlim boshligʻi
8.    Lavozimiga koʻra    —    tijorat banki tuman (shahar) filiallari boshqaruvchilari 
9.    Lavozimiga koʻra    —    Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlinmasi boshligʻi
10.  Lavozimiga koʻra    —    Davlat kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiali boshligʻi
11.  Lavozimiga koʻra    —    tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi, shtab kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Shtab tarkibiga tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2025-y., 09/25/191/0283-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)