Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3614]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 22-oktabrdagi PF-165-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklari sonini tartibga solishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-mart,
2025-04-son
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qarori (roʻyxat raqami 2926, 2017-yil 5-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 36-son, 972-modda) bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi, 4-bandning birinchi xatboshisi, 7-bandning birinchi xatboshisi, 10-bandning beshinchi xatboshisi va 16-bandning oltinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 1 — 3-ilovalarning matnidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 4-apreldagi 2019-17-son qarori (roʻyxat raqami 3158, 2019-yil 6-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2019-y., 10/19/3158/3085-son) bilan tasdiqlangan Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur boʻlgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 8-iyuldagi 2019-45-son qarori (roʻyxat raqami 3172, 2019-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 28-son, 514-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar “Soliq qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)