Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2009 22.06.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1374
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.05.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (6-SON BHMS) “IJARA HISOBI”NI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2006-yil 6-apreldagi 41-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1946, 24.04.2009-y.) buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Ijara hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 30-sentabrda 45-son bilan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BHMS) “Lizing hisobi” (1998-yil 16-oktabr, roʻyxat raqami 503-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 6-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMUROTOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 12-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2004-yil
12-maydagi 75-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-son BOʻMS) “Ijara hisobi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 142 modda), “Lizing toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 108 modda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 63-modda) asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 §. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur BHMS ning maqsadi boʻlib ijara operatsiyalarini buxgalteriya hisobida yuritish va moliyaviy hisobotlarda aks ettirishning yagona uslubiy asosini aniqlash (belgilash) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur BHMS quyidagi obyektlar va operatsiyalarga qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tabiat resurslari, shu jumladan neft, gaz va boshqa qayta tiklanmaydigan resurslarni qidiruv va foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan ijara kelishuvlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer maydonlari ijarasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) intellektual mulk obyektlari boʻyicha litsenziya kelishuvlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Mazkur BHMS da foydalaniladigan asosiy atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur BHMS nuqtai nazaridan ijara quyidagilarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizing (moliyaviy ijara);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uzoq muddatli ijara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qisqa muddatli ijara.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Lizing (moliyaviy ijara) — ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirigʻiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizingga oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining 80 foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining 20 foizidan kam boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizingga oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 foizidan ortiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uzoq muddatli ijara — ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-mulkni 12 oydan koʻp muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qisqa muddatli ijara — ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) — ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing obyektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) ga topshiradigan shartnoma munosabati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijara (lizing) obyektlari — isteʼmol qilinmaydigan har qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari, hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulk (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijara muddatining boshlanishi — ijara shartnomasining shartlariga muvofiq ijarachi ijaraga olingan ijara obyektiga egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish huquqini amalga oshirishni boshlagan sana. Bu ijarani dastlabki (boshlangʻich) tan olish sanasi (yaʼni ijarani amalga oshirish natijasida tegishli aktiv va majburiyatlarning tan olinishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijara muddati — bekor qilinmaydigan ijara kelishuvi amal qiladigan davr, shuningdek har qanday keyingi davrlar boʻlib, bu davrlar mobaynida ijarachi ijara shartnomasi tuzilganda aytib oʻtilgandek, mazkur kelishuvni uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Lizing toʻlovlari — lizingga beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki koʻp qismini, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarini lizingga oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizingga beruvchining daromadidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Lizingga beruvchining daromadi — lizing toʻlovlari bilan lizing obyektini sotib olish, uni yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish xarajatlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadigan, lizingga beruvchi tomonidan lizing operatsiyasini amalga oshirish natijasida oladigan daromadidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ijara (lizing) obyektlarining joriy qiymati — ijara (lizing) obyektlarining muayyan bir sanadagi bozor baholari boʻyicha qiymati yoki mazkur ijara obyektini sotib olish yoki ushbu bitimni amalga oshirishni xohlovchi bir-biriga qaram boʻlmagan xabardor tomonlar oʻrtasidagi majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kafolatlangan qoldiq qiymat — ijara shartnomasining boshlanishida aniqlangan ijara obyekti qiymatining bir qismi boʻlib, ijarachi tomonidan yoki unga bogʻliq uchinchi taraf tomonidan kafolatlanadi (majburiyat qilib berkitiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kafolatlanmagan qoldiq qiymat — ijara obyekti (ijara shartnomasining boshlanishida aniqlangan) qiymatining bir qismi boʻlib, uning sotilishini ijaraga beruvchi kafolatlamaydi yoki u ijaraga beruvchi bilan bogʻliq taraf tomonidangina kafolatlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Minimal lizing toʻlovlari — lizingga oluvchi tomonidan lizing muddati davomida toʻlanadigan lizing toʻlovlari va lizing obyektining kafolatlangan qoldiq qiymati summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar lizingga oluvchi lizing obyektini uni sotib olish sanasidagi joriy qiymatidan past narxda sotib olmoqchi boʻlgan hollarda minimal lizing toʻlovlari butun lizing muddati davomidagi lizing toʻlovlari va lizing shartnomasida koʻzda tutilgan lizing obyektini sotib olish summasidan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Diskontlash — kelajakda aniq bir vaqtda olinishi kutilayotgan pul mablagʻlarining joriy ekvivalentini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Diskont stavkasi — vaqtning har xil paytiga taalluqli boʻlgan pul summalarini bir vaqtga (paytga) keltirishda foydalanadigan stavka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati — lizing shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi yoki qarz sarmoyasining oʻsib boruvchi foiz stavkasiga teng diskont stavkasi boʻyicha tuzatilgan lizing muddatining boshlanishidagi minimal lizing toʻlovlarining joriy qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Lizing shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi — bu lizing muddatining boshlanishida lizing obyektining joriy qiymati va quyidagi miqdorlar: minimal lizing toʻlovlari va kafolatlanmagan qoldiq qiymati summasining diskontlangan qiymatining teng boʻlishini taʼminlaydigan diskont stavkasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qarz sarmoyasining oʻsib boruvchi foiz stavkasi — bu xuddi shunday ijara shartnomasi uchun ijarachi toʻlashi lozim boʻlgan foiz stavkasi yoki (agar ushbu koʻrsatkichni aniqlash imkoni boʻlmasa) ijarachi ijara muddati boshlanishida mol-mulkni (xuddi shunday muddatga va shunga oʻxshash taʼminot bilan) sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni qarzga olishda qabul qiladigan stavka yoki agar ularni aniqlash imkoniyati boʻlmasa ijara muddatining boshlanishidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy qayta moliyalashtirish stavkasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Lizing hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Lizing subyekti boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) lizingga beruvchi — lizing shartnomasi boʻyicha lizingga oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) lizingga oluvchi — egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi boʻyicha lizing obyektini olayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sotuvchi — lizingga beruvchiga lizing obyektini sotayotgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olinayotgan taqdirda, aniq bir lizing obyektiga nisbatan lizingga beruvchining kreditori va lizingga oluvchi bir shaxs timsolida ish koʻrishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizingga beruvchi lizing obyektini boʻlgusi foydalanuvchidan keyinchalik uni xuddi shu shaxsga ijaraga berish uchun sotib olgan hollarda, lizingga oluvchi va sotuvchi bir shaxs boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Lizingda lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bogʻliq barcha tavakkalchiliklar lizingga oluvchiga oʻtkaziladi. Lizingga oluvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv va majburiyat sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha, agar u past boʻlsa, tan olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil boʻlib, lizing shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, agarda uni aniqlash imkoniyati boʻlsa, aks hollarda lizingga oluvchining qarz sarmoyasi boʻyicha oʻsib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Lizing muddatining boshlanish vaqtida lizingga oluvchi va lizingga beruvchi lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) ni kelishib oladi, unda lizingga beruvchining daromadi, lizing obyektining qiymatini qoplash boʻyicha majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Lizing boʻyicha foizlar lizing shartnomasi davomida davrlar boʻyicha taqsimlangan boʻlishi va har bir davrda qoplanmagan majburiyatlar qoldigʻiga doimiy foiz stavkasini oʻrnatish maqsadida lizing toʻlovlari jadvali (tartibi)da aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Lizingga oluvchining lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari lizing obyekti qiymatini koʻpaytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar lizing obyekti, lizingga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki shartnoma bekor qilingach, lizingga oluvchi ana shu maqsad yoʻlida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda lizing shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizingga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan lizing obyektini yaxshilashga sarflangan mablagʻlar (quyilmalar) va ularni lizing obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoniyati boʻlmasa, lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, lizingga beruvchiga tekinga oʻtadi. Biroq, agarda ularni lizing obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlsa va agar lizingga beruvchi ularning qiymatini toʻlashga rozi boʻlmasa, bunday hollarda lizingga oluvchi ularni oʻziga ajratib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Lizingda har bir hisobot davri uchun lizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi kabi xarajatlar yuzaga keladi. Lizing obyektlari boʻyicha amortizatsiya hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS 5-son) “Asosiy vositalar” ga (2004-yil 20-yanvar, roʻyxat raqami 1299-son — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Lizingga oluvchi lizing shartnomasi muddati tugagandan keyin lizing obyektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishiga ishonchi boʻlmasa, u holda u quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib, lizing shartnomasi muddati davomida yoki lizing obyektining xizmat qilish muddatida toʻliq amortizatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Aniq bir davrdagi lizingga oluvchining lizing obyekti boʻyicha amortizatsiya ajratmasi va moliyaviy xarajatlari (lizing boʻyicha foizlari) summasi mazkur davrda toʻlanishi kerak boʻlgan lizing toʻlovlari summasiga teng boʻlmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Lizing obyektini yillik qayta baholash lizingga oluvchi tomonidan qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Lizing shartnomasi toʻxtatilganda lizing obyektini qaytarish, lizing shartnomasiga muvofiq lizing toʻxtatilgan sanadagi lizing obyektining qoplanmagan qiymati summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) lizing obyektining qoldiq (balans) qiymati va lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha qolgan qarz oʻrtasidagi farq sifatida lizing obyektining chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lizing obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar)ni aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining koʻpaygan summasi, yaʼni oldingi baholashlardagi qiymat koʻpayishi summasining oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi summasiga nisbatan ortgan qismi lizing obyektining chiqib ketishidan koʻrilgan daromad tarkibiga qoʻshiladi va bir vaqtning oʻzida “Mulkni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti boʻyicha rezerv kapitalini kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv (debitorlik qarzi) sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki minimal lizing toʻlovlarining diskontlangan qiymati boʻyicha, agar u past boʻlsa, tan olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Lizingga beruvchining daromadi lizing shartnomasi muddati davomida davrlar boʻyicha taqsimlangan boʻlishi va lizing shartnomasining har bir davrida qoplanmagan majburiyatlar qoldigʻiga doimiy foiz stavkasini oʻrnatish maqsadida lizing toʻlovlari jadvali (tartibi) da aks ettirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar lizing obyektining qiymatiga qoʻshiladi. Bunda, agar lizing shartnomasiga muvofiq yuqoridagi xarajatlar lizingga oluvchi tomonidan qoplanmasa, ular yuzaga kelgan paytdagi tegishli hisobot davri xarajatlari sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Obyektni lizingga berish (olish) vaqtida lizingga beruvchining daromadi (lizingga oluvchining lizing foizi boʻyicha xarajatlari) buxgalteriya hisobida aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda lizingga beruvchining daromadi va lizingga oluvchining lizing foizi boʻyicha xarajatlari, pulni toʻlash vaqti va kelib tushishidan qatʼi nazar, tegishli hisobot davrlarida lizing toʻlovlari jadvali (tartibi)ga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Keyingi lizing (qaytariluvchi lizing) sharti bilan mol-mulkni sotishga doir bitim, xuddi shu sotuvchiga uni keyinchalik lizingga qaytarish sharti bilan mol-mulkni sotishni oʻz ichiga oladi. Lizing toʻlovlari va sotish narxlari odatda oʻzaro bogʻliqdir, chunki ular haqida yagona bir narsa sifatida kelishib oladilar va ular uchun lizing obyekti qiymatini joriy narxlarda taqdim etish zarurati yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Uzoq muddatli va qisqa muddatli ijara hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Uzoq muddatli va qisqa muddatli ijaraning subyektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijaraga beruvchi — mol-mulk egasi yoki qonunchilik yoki mulk egasi tomonidan mol-mulkni ijaraga berish huquqi berilgan vakolatli shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijarachi — ijara shartnomasiga muvofiq mol-mulkni ijaraga oluvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Uzoq muddatli ijaraning tan olinishi ijarachi va ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida xuddi lizingdagidek amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qisqa muddatli ijarada, ijara obyektiga egalik qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tavakkalchiliklar ijarachiga oʻtmaydi va shuning uchun qisqa muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan ijara obyektlari ijarachining balansida hisobga olinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Qisqa muddatli ijarada ijarachi tomonidan hisoblangan va toʻlanadigan ijara toʻlovlari, ularni foydalanish joyiga (maqsadiga) qarab mahsulot (ish, xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxiga va (yoki) davr xarajatlariga olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qisqa muddatli ijarada, ijaraga beruvchi tomonidan hisoblangan va olinadigan ijara tushumlari daromad sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ijara shartnomasida ijara obyekti, ijara muddati tugashi yoki tugamasidan, agarda shartnomada shartlashilgan sotib olish narxining barchasi ijarachi tomonidan toʻlanganda ijarachining mulkiga oʻtishi koʻzda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shartnomada ijara obyektini sotib olish koʻrsatilmagan boʻlsa, u tomonlarning qoʻshimcha kelishuvi bilan oʻrnatilishi mumkin, unda ijara obyektidan foydalanish uchun oldin toʻlangan toʻlovlar sotib olish bahosida hisobga olinishi haqida kelishish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara muddatining tugashi yoki uning tugaguniga qadar shartnomada koʻzda tutilgan sotib olish narxini ijarachi tomonidan toʻliq kiritilgan holda va ijara obyektiga egalik qilish huquqi unga oʻtganda, u buxgalteriya hisobida ijarachining mulki sifatida hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ijarachining ijara obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha asbob-uskunalar bilan taʼminlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va boshqa) xarajatlari ijara obyekti qiymatini koʻpaytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijara obyekti, ijaraga beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan boʻlsa, shartnomaning amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki shartnoma bekor qilingach, ijarachi ana shu maqsad yoʻlida sarflagan barcha xarajatlarining qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda ijara shartnomasida oʻzgacha shartlar koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchining ruxsatisiz amalga oshirilgan ijara obyektini yaxshilashga sarflangan xarajatlar (quyilmalar) va ularni ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish imkoni boʻlmasa, ijara shartnomasining amal qilish muddati tugagach yoki shartnoma bekor qilingach, ijaraga beruvchiga tekinga oʻtadi. Biroq, agarda ularni ijara obyektiga zarar yetkazmagan holda ajratib olish mumkin boʻlsa va agar ijaraga beruvchi ularning qiymatini toʻlashga rozi boʻlmasa, bunday hollarda ijarachi ularni oʻziga ajratib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 5. Maʼlumotlarni ochib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Moliyaviy hisobotlarda va unga tushuntirish xatida quyidagilar ochib berilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyaviy hisobotni taqdim qilish sanasida ijara (lizing) obyektlari hisoblangan aktivlar qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar. Mazkur ijara mulklari bilan bogʻliq boʻlgan qarzlar (debitorlik yoki kreditorlik) qisqa muddatli va uzoq muddatliga ajratilgan holda boshqa qarzlardan alohida tan olinishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umumlashtirilgan shaklda lizing boʻyicha lizing toʻlovlariga taalluqli majburiyatlar summasi va ularni toʻlash davri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) salmoqli moliyaviy cheklovlar, lizingni qayta tiklash huquqlari, lizing obyektlarini xarid qilish va lizing bilan bogʻliq boʻlgan boshqa koʻzda tutilmagan holatlar boʻyicha maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) har bir moliyaviy hisobotni tuzish sanasiga lizing toʻlovlarining qoldiq summasi va lizingga beruvchining daromadi, shuningdek lizing obyektining kafolatlangan qoldiq qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) lizing davri uchun qoplanmagan majburiyat qoldigʻiga doimiy foiz stavkasini olish uchun lizingga beruvchining daromadi (lizing boʻyicha foizlar) ni taqsimlashda foydalaniladigan usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) moliyaviy hisobot tuzish sanasida ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing) dan olinishi kutilayotgan kelgusi ijara (lizing) toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 292-modda)