19.03.2025 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar hamda Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarni va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qaroriga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlarning va nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxatini belgilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy buyumlardan toʻgʻri foydalanishni tashkil etish maqsadida nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlovchi shaxslar uchun qoʻllanma ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarishlovchi shaxslarga xonadonbay biriktirilgan tibbiy brigadalar xodimlari qoʻllanmaga muvofiq tushuntirish ishlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlovchi shaxslar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarini toʻgʻri tayyorlash tartibi va ushbu oziq-ovqatlardan kelib chiqishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlarning oldini olish boʻyicha maxsus qisqa kurslarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 175-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tibbiy jihozlar nomi

I. Harakatlanish vositalari

1.

Ortopedik buyumlar (tutkamarlar (korsetlar), umurtqa pogʻonasini tutib turuvchi bogʻlamlar, tiklovchi tiqinlar)

2.

Shiftga biriktirilgan koʻtarish tizimlari

3.

Polga (yerga) biriktirilgan koʻtarish tizimlari

II. Oʻzini oʻzi parvarish qilish va gigiyena vositalari

4.

Hammom va hojatxona uchun tutqichlar

5.

Hammom va hojatxona uchun oʻrindiqlar

6.

Sirpanishga qarshi gilamchalar

7.

Naycha orqali oziqlantirish uchun niblerlar

8.

Tuvaklar

9.

Yotoq yaralariga qarshi himoya kremlari

10.

Kattalar va bolalar uchun tagliklar

11.

Absorbent choyshablar

III. Tibbiyot moslamalari va mahsulotlar

12.

Ingalyator va nebulayzerlar

13.

Birinchi tibbiy yordam bogʻlamlari toʻplami

14.

Tibbiyot dokasi, shu jumladan, paxta matoli va toʻqilgan

15.

Tibbiyot shimuvchi, gigiyenik, jarrohlik paxtasi

16.

Mato va nomato materialdan tayyorlangan tibbiyot bintlari

17.

Tibbiyot doka tiqinlari, paxta dokali bogʻlov vositalari, shu jumladan, dokaparchalar va qirqimlar

18.

Tibbiyot yopishqoq tasmalari (mahkamlovchi yoki davolovchi)

19.

Kontakt linzalarni tozalash hamda saqlashga moʻljallangan vositalar

20.

Shaxsiy dori purkagichlar

21.

Burun tozalovchi soʻrgʻichlar

22.

Quloq va burunni yuvish va namlash uchun moʻljallangan vositalar

23.

Ortopedik boʻyin tutgichi

24.

Choʻziluvchan bogʻlamlar (jgutlar)

25.

Ichi boʻsh rezina buyumlar (grelkalar, muz pufakchalari, yuvuvchi-tozalovchi moslama)

26.

Tibbiyot tomizgichlari

27.

Yotoq yaralariga qarshi matras va yostiqlar (statik va dinamik (kompressor bilan))

IV. Boshqa inventarlar

28.

Gimnastika toʻplari

29.

Qoʻl mashqlari uchun tasmalar (espanderlar)

30.

Balandligi rostlanadigan motorli karavot

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 175-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus shifobaxsh oziq-ovqat mahsulotlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mahsulotlar guruhi

Oziq-ovqat mahsulotlari*

Kasalliklar

1.

Ovqat hazm qilish organlarining kimyoviy va mexanik tejalishini taʼminlovchi mahsulotlar

donli un (joʻxori, grechka uni)

Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, jigar kasalliklari, operativ muolajalardan keyingi holatlar

turli mahsulotlardan (qaynatilgan, dudlangan goʻsht, baliq, sabzavotlardan) gomogenlashtirilgan ovqatlar)

past kislotali non mahsulotlari

past kislotali tvorog

sutli boʻtqalar (perlovka va bugʻdoydan tashqari)

2.

Tarkibida oʻzgartirilgan oqsilga ega mahsulotlar

oqsili kamaytirilgan mahsulotlar (oqsilsiz non, makaron mahsulotlari)

Surunkali buyrak yetishmovchiligi

ayrim aminokislotalar olib tashlangan mahsulotlar (tarkibida fenilalanin, tirozin, gistidin yoʻq boʻlgan maxsus parhez mahsulotlari)

Aminokislotalar almashinuvi bilan bogʻliq enzimopatiyalar (fenilketonuriya, tirozinemiya, gistidinemiya va boshqalar)

hayvon oqsili oʻrnini bosuvchi oʻsimlik oqsili mahsulotlari (soya)

Podagra

oqsili koʻpaytirilgan mahsulotlar (soya oqsili bilan boyitilgan non mahsulotlari)

Ogʻir oziqlanish buzilishi boʻlgan bemorlar (markaziy nerv tizimi, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va nuqsonlari), sil kasalligi, qon saraton kasalliklari

oqsilli yuqori gidrolizirlangan aralashmalar** (soya oqsili bilan boyitilmagan non mahsulotlari)

Ogʻir oziqlanish buzilishi boʻlgan bemorlar (markaziy nerv tizimi, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va nuqsonlari), sil kasalligi, qon saraton kasalliklari

3.

Tarkibi oʻzgartirilgan uglevodlarga ega mahsulotlar

hazm boʻladigan uglevodlar kamaytirilgan mahsulotlar (oqsil-kepakli va oqsil-bugʻdoyli non)

Fermentopatiyalar (laktoza, saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi

saxarozaning oʻrnini bosuvchi va shira beruvchilar bilan almashtirilgan mahsulotlar (tarkibi ksilit, sorbit, saxarindan iborat mahsulotlar)

Qandli diabet, semizlik

ozuqa tolasi, pektin bilan boyitilgan mahsulotlar (ozuqa tolali non mahsulotlari, pektin bilan boyitilgan meva va sabzavotli sharbatlar, pyurelar)

kam laktozali va laktozasiz mahsulotlar

Laktoza yetishmovchiligi

4.

Tarkibida oʻzgartirilgan lipidlarga ega mahsulotlar

yogʻi kamaytirilgan mahsulotlar (yogʻsiz yoki yogʻ miqdori kamaytirilgan sigir suti va sut mahsulotlari)

Semizlik

hayvon yogʻlari oʻrnini bosuvchi oʻsimlik yogʻlari mahsulotlari (margarinlar)

hayvon yogʻlarini qisman kalta va oʻrta zanjirli triglitseridlar bilan almashtirilgan mahsulotlar (tarkibida kokos yoki palma moyi boʻlgan margarinlar)

5.

Energetik qiymati oʻzgartirilgan mahsulotlar

energetik qiymati kamaytirilgan kaloriyasi 100 g qattiq mahsulotda 40 kkalgacha, 100 g suyuq mahsulotda 20 kkalgacha boʻlgan yengil mahsulotlar

Semizlik

energetik qiymati oshirilgan mahsulotlar (oqsilga boy mahsulotlar — tvorog, goʻsht, tovuq, baliq)

Ogʻir oziqlanish buzilishi boʻlgan bemorlar (markaziy nerv tizimi, yurak qon-tomir tizimi kasalliklari va nuqsonlari), sil kasalligi

6.

Elektrolitlar tarkibi oʻzgartirilgan mahsulotlar

giponatriyli mahsulotlar (tarkibida tuz boʻlmagan yoki kamaytirilgan non mahsulotlari)

Yurak yetishmovchiligi, jigar sirrozi, buyrak yetishmovchiligi, nefropatiyalar

7.

Vitaminlar va (yoki) mineral moddalar bilan toʻyintirilgan mahsulotlar

vitaminlar yoki mineral moddalar bilan toʻyintirilgan mahsulotlar (temir moddasi qoʻshilgan mahsulotlar, kaliy yod qoʻshilgan mahsulotlar — tuz, non, qandolat mahsulotlari)

Temir tanqisligi va yod tanqisligiga bogʻliq boʻlgan qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz

kaliyga boy mahsulotlar (meva qoqilari, koʻkatlar, jigar)

Buyrak kasalliklari

8.

Tayyorlash yoʻriqnomasi (retsepti) oʻzgartirilgan mahsulotlar (qarshi koʻrsatma mavjudligi sababli alohida komponentlarsiz)

glyutensiz mahsulotlar (joʻxori, guruch, grechka unidan tayyorlangan mahsulotlar)

Seliakiya, IgA-nefropatiya

ovqat allergiyasi boʻlgan bemorlar uchun mahsulotlar

Allergik enteropatiyalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oziq-ovqat mahsulotlari barcha bemor bolalarga ularning yoshi, asosiy kasallik turiga koʻra shifokor tomonidan kasallikning kelib chiqishi, yondosh kasallikning mavjudligi va bolaning ovqatlanish holatiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish individual belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 0-1 yoshli va 1 yoshdan katta bolalar uchun.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 09/25/175/0268-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)