Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 24.02.1998 yildagi 80-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IMPORTNI TARIFLAR BILAN BOShQARISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 18-fevraldagi PF-1930-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998-yil 1-martdan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 66-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 12-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-avgustdagi 350-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 267-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 14-son, 111-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-martgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz solig‘i solinmay olib kiriladigan tovarlarning cheklangan normalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-aprelgacha jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish qoidalari va normalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 1998-yil 15-martgacha “Tovarlar, ishlar va xizmatlar importi prognoziga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buyurtmanomalar taqdim etish va ularni ko‘rib chiqish tartibi”ni ishlab chiqsin va Pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda o‘n kun muddatda haqini to‘lash uchun valyuta mablag‘lari bilan ta’minlanmagan import tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishini istisno qiluvchi hamda ularning import qiluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga qaytarib yuborilishini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorining 1-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinganligi uchun yig‘im undirishni joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 279-son qarorini qisman o‘zgartirish haqida” 1996-yil 25-oktabrdagi 362-son qarorining 2-bandi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarori 2-bandining 2-xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “1998-yilgi O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti prognozi to‘g‘risida” 1997-yil 5-dekabrdagi 540-son qaroriga 14-2-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Adliya vazirligi bilan birgalikda o‘z me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 66-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son, 12-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)