Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 22-fevral,
SQ-86-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 22-fevraldagi SQ-86-V-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida”gi KQ-50-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini namunali tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-51-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish toʻgʻrisida”gi KQ-52-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikas Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-53-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikas Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-54-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-55-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi “N.D. Turgunovni Oʻzbekiston Respublikasining Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-57-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 4-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-59-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi “S.M. Rustambayevni Oʻzbekiston Respublikasining Maldiv Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-61-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 6-fevraldagi “R.I. Nurimbetovni Oʻzbekiston Respublikasining Norvegiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-62-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 1 7-fevraldagi “M.B. Kilichevni Oʻzbekiston Respublikasining Jazoir Xalq Demokratik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-68-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi “D.X. Axatovni Oʻzbekiston Respublikasining Lixtenshteyn Knyazligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-69-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi “A.K. Xatamovni Oʻzbekiston Respublikasining Livan Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-70-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi “K.I. Gadoyevni Oʻzbekiston Respublikasining Bruney-Dorussalom Davlatidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-71-V-sonli qarori.