Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 12-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-7]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2019-y., 10/19/3124/2524-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2025-yil 11-fevral,
231-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 11-fevraldagi 231-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 11 va 13-bandlarning sakkizinchi xatboshilari, 2-bobning 8-paragrafi nomi, 160-bandning beshinchi xatboshisi va 164-banddagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 30-bandning oʻninchi xatboshisidagi “umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 32-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 56 va 70-bandlardagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 54-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 105-banddagi “Taʼlim muassasalarida” va “taʼlim muassasalaridagi” degan soʻzlar tegishli ravishda “Davlat taʼlim tashkilotlarida” va “davlat taʼlim tashkilotlaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 106-bandning birinchi xatboshisidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 114-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 1-ilovada:
048 va 308-qatorlar chiqarib tashlansin;
060-qatorning nomidan “048+” raqamlari chiqarib tashlansin;
330-qatorning nomidan “308+” raqamlari chiqarib tashlansin;
412-qatorning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 2-ilovada:
018-qatorning nomidagi “Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
033-qatorning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 4-ilovadan “Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi bilan debitor qarzlari” qatori chiqarib tashlansin.
11. 7-ilovaning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 8-ilovada:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun mablagʻlari (4-002-0-0)” qatori chiqarib tashlansin;
“Umumtaʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“4002-0-0” ustun chiqarib tashlansin.
13. 13-ilovada:
a) 105, 346, 436, 454-qatorlar chiqarib tashlansin;
b) 110-qatorning nomidan “105+” raqamlari chiqarib tashlansin;
d) 350-qatorning nomidan “346+” raqamlari chiqarib tashlansin;
e) 431-qatorning nomidan “436+” raqamlari chiqarib tashlansin;
f) 460-qatorning nomidan “454+” raqamlari chiqarib tashlansin;
g) 472 va 512-qatorlarning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
h) “Budjet tashkilotlarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan ijtimoiy nafaqalarni toʻlash uchun oʻtkazib bergan pul mablagʻlari boʻyicha moliyaviy natijalari” qatori chiqarib tashlansin;
i) 610, 611 va 620-qatorlar chiqarib tashlansin;
j) 650-qatorning nomidan “620+” raqamlari chiqarib tashlansin;
k) 1-ilovada:
030, 080, 144 va 324-qatorlar chiqarib tashlansin;
040-qatorning nomidan “030+” raqamlari chiqarib tashlansin;
100-qatorning nomidan “080+” raqamlari chiqarib tashlansin;
330-qatorning nomidan “324+” raqamlari chiqarib tashlansin;
122 va 342-qatorlarning nomidagi “Taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Davlat taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 10/25/3124-7/0247-son)