Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 25-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 14-yanvardagi “Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 313-V-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari oʻzgartirilsin;
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan 170 gektar yer maydoni, Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan:
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining tavsifi va chegaralarining kartografik chizmasi tegishincha 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 22-fevral,
SQ-85-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 22-fevraldagi SQ-85-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining
TAVSIFI
1-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Samarqand tumani hududidagi Qoradaryo daryosining ustidan oʻtadigan M-37 avtomobil yoʻli koʻprigining sharq tomonida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°43ʼ24,200", sharqiy uzunlik 66°56ʼ52,552").
Samarqand tumani yerlari bilan 1 — 6-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda 608 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ14,774", sharqiy uzunlik 66°57ʼ13,565").
2-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy-sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda 1636 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ47,936", sharqiy uzunlik 66°58ʼ11,469").
3-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 250 metr masofadan soʻng avtomobil yoʻlini kesib oʻtib, ariqning oʻng tomonida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ42,911", sharqiy uzunlik 66°58ʼ06,038").
4-nuqtadan chegara chizigʻi ariqning oʻng tomoni bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 534 metr masofada ariqdan qishloq ichki yoʻliga oʻtib, yoʻlning janub tomonida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ46,277", sharqiy uzunlik 66°57ʼ44,120").
5-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining janub tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 130 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ44,447", sharqiy uzunlik 66°57ʼ39,261").
Samarqand shahri yerlari bilan 6 — 9-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
6-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosining devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 356 metr masofada oʻtadi, keyin shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 37 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomonida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ55,202" sharqiy uzunlik 66°57ʼ32,952").
7-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomoni bilan shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 27 metr masofada oʻtadi, keyin yoʻlning janub tomoni bilan gʻarbiy yoʻnalishda 96 metr, keyin gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 259 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining sharq tomonida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ58,300" sharqiy uzunlik 66°57ʼ18,321").
8-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining sharq tomoni bilan janubiy yoʻnalishda 76 metr masofani oʻtib, yoʻlning sharq tomonida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ55,861" sharqiy uzunlik 66°57ʼ18,003").
Samarqand tumani yerlari bilan 9 — 15-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
9-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda qishloq ichki yoʻlini kesib oʻtadi, keyin yoʻlning gʻarb tomoni bilan 191 metr masofani oʻtib, avtomobil yoʻlining janub tomonida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ01,642", sharqiy uzunlik 66°57ʼ15,619").
10-nuqtadan chegara chizigʻi avtomobil yoʻlining janub tomoni bilan gʻarbiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 438 metr masofani oʻtib, M-37 avtomobil yoʻlining sharq tomonida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ59,072", sharqiy uzunlik 66°56ʼ57,733").
11-nuqtadan chegara chizigʻi M-37 avtomobil yoʻlining sharq tomoni bilan shimoliy yoʻnalishda 219 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining shimol tomonida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ06,070", sharqiy uzunlik 66°56ʼ56,235").
12-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining shimol tomoni bilan sharqiy yoʻnalishda 203 metr masofada qishloq ichki yoʻli burilishida, yoʻlning gʻarb tomonida joylashgan 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39 43ʼ06,912", sharqiy uzunlik 66 57ʼ04,694").
13-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomoni bilan shimoliy yoʻnalishda 210 metr masofada qurilish binosi devoriga oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ13,505", sharqiy uzunlik 66°57ʼ06,112").
14-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 175 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ15,649", sharqiy uzunlik 66°56ʼ59,515").
Samarqand shahri yerlari bilan 15 — 22-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
15-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devoridan ekin yer chegarasiga oʻtadi va ekin yer chegarasi bilan shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 35 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining janubida joylashgan 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ16,575" sharqiy uzunlik 66°57ʼ00,327").
16-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining janub tomoni bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 293 metr masofani oʻtib, yoʻl burilishining gʻarb tomonida joylashgan 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ12,229" sharqiy uzunlik 66°57ʼ11,236").
17-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 232 metr masofani oʻtib, yoʻlning gʻarb tomonida joylashgan 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ05,138" sharqiy uzunlik 66°57ʼ14,297").
18-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda qishloq ichki yoʻlini 34 metr masofada kesib oʻtadi, keyin qurilish binosi chegarasi bilan shimoliy yoʻnalishda 116 metr masofani oʻtib, qurilish binosi chegarasida joylashgan 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ09,265" sharqiy uzunlik 66°57ʼ15,938").
19-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi chegarasi bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 152 metr masofani oʻtib, qurilish binosi chegarasida joylashgan 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ07,612" sharqiy uzunlik 66°57ʼ21,949").
20-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi chegarasi bilan shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 53 metr masofani oʻtib, qurilish binosi chegarasida joylashgan 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ09,211" sharqiy uzunlik 66°57ʼ22,746").
21-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi chegarasi bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 839 metr masofani oʻtib, M-37 avtomobil yoʻlining sharq tomonida joylashgan 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ22,846" sharqiy uzunlik 66°56ʼ52,932").
Samarqand tumani yerlari bilan 22 — 1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
22-nuqtadan chegara chizigʻi M-37 avtomobil yoʻlining sharq tomoni bilan shimoliy yoʻnalishda 44 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosi ustidan oʻtadigan M-37 avtomobil yoʻli koʻprigining sharq tomonida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ24,200" sharqiy uzunlik 66°56ʼ52,552").
2-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Samarqand tumani va Samarqand shahrining hududiy chegaralari kesishgan joydagi M-37 avtomobil yoʻlining shimol tomonida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°42ʼ06,552", sharqiy uzunlik 67°00ʼ40,193").
Samarqand tumani yerlari bilan 1 — 6-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda 75 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ08,497", sharqiy uzunlik 67°00ʼ41,606").
2-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda 706 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ06,883", sharqiy uzunlik 67°01ʼ08,882").
3-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan 1299 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39 41ʼ52,282", sharqiy uzunlik 67 01ʼ55,523").
4-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan 1954 metr masofani oʻtib, Zarafshon daryosining suv taqsimlash inshooti janubida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ37,560", sharqiy uzunlik 67°03ʼ14,330").
5-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda Zarafshon daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan 348 metr masofani oʻtib, Toshkent-Samarqand temir yoʻlining shimol tomonida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ27,419", sharqiy uzunlik 67°03ʼ18,253").
Samarqand shahri yerlari bilan 6 — 1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
6-nuqtadan chegara chizigʻi Toshkent-Samarqand temir yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy yoʻnalishda 847 metr masofani oʻtib, temir yoʻlning shimolida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ30,489", sharqiy uzunlik 67°02ʼ44,680").
7-nuqtadan chegara chizigʻi Toshkent-Samarqand temir yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 1226 metr masofani oʻtib, temir yoʻlning shimolida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ49,296", sharqiy uzunlik 67°02ʼ00,465").
8-nuqtadan chegara chizigʻi Toshkent-Samarqand temir yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy yoʻnalishda 765 metr masofani oʻtib, temir yoʻlning shimol tomonidagi ishlab chiqarish binolari devorida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ50,269", sharqiy uzunlik 67°01ʼ28,610").
9-nuqtadan chegara chizigʻi ishlab chiqarish binolari devoridan yerlarga oʻtadi va ishlab chiqarish binolarining yer maydoni chegarasi boʻylab shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 94 metr masofani oʻtib, ishlab chiqarish binolarining yer maydoni chegarasida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ53,032" sharqiy uzunlik 67°01ʼ26,994").
10-nuqtadan chegara chizigʻi ishlab chiqarish binolarining yer maydoni chegarasi boʻylab barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 308 metr masofada oʻtadi, keyin umumiy shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 189 metr masofani oʻtib, ishlab chiqarish binolarining yer maydoni chegarasida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ59,433" sharqiy uzunlik 67°01ʼ09,928").
11-nuqtadan chegara chizigʻi ishlab chiqarish binolarining chegarasi boʻylab barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 119 metr masofani oʻtib, M-37 avtomobil yoʻlining shimol tomonida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ56,805" sharqiy uzunlik 67°01ʼ06,644").
12-nuqtadan chegara chizigʻi M-37 avtomobil yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 710 metr masofani oʻtib, M-37 avtomobil yoʻlining shimol tomonida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ06,552" sharqiy uzunlik 67°00ʼ40,193").
3-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Samarqand tumani va Oqdaryo tumanining hududiy chegaralari kesishgan joydagi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°42ʼ09,303", sharqiy uzunlik 67°01ʼ40,963").
Oqdaryo tumani yerlari bilan 1-2-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining qirgʻogʻidan dala tuproq yoʻliga oʻtadi, keyin yoʻlning janub tomoni bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 1482 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ47,689", sharqiy uzunlik 67°02ʼ35,606").
Samarqand shahri yerlari bilan 2-1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
2-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda sharqiy yoʻnalishda 1553 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ09,303" sharqiy uzunlik 67°01ʼ40,963").
Samarqand tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan jami yer maydoni 170,0 gektarni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 22-fevraldagi SQ-85-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Samarqand viloyatining Samarqand tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralarining kartografik chizmasi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 22-fevraldagi SQ-85-V-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralari chizigʻining
TAVSIFI
1-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Oqdaryo tumani va Samarqand tumanining hududiy chegaralari tutashgan Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°43ʼ28,282", sharqiy uzunlik 66°56ʼ57,779").
Oqdaryo tumani yerlari bilan 1 — 9-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosidan aholi uylari chegarasiga oʻtadi va aholi yashash uylari chegarasi bilan sharqiy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 363 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari chegarasida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ31,944", sharqiy uzunlik 66°57ʼ12,073").
2-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy-sharqiy yoʻnalishda 107 metr masofada oʻtadi, keyin janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 37 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari chegarasida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ28,811", sharqiy uzunlik 66°57ʼ15,098").
3-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 177 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari chegarasida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ27,299", sharqiy uzunlik 66°57ʼ21,708").
4-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 48 metr masofada oʻtadi, keyin sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 595 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining shimol tomonida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ17,818", sharqiy uzunlik 66°57ʼ40,055").
5-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 725 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining sharq tomonida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ10,383", sharqiy uzunlik 66°58ʼ06,789").
6-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining sharq tomoni bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 40 metr masofada oʻtadi, keyin janubiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda qishloq ichki yoʻlining shimol tomoni bilan 427 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari chegarasida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ02,462", sharqiy uzunlik 66°58ʼ21,753").
7-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylar chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 257 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ56,999", sharqiy uzunlik 66°58ʼ16,583").
8-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy yoʻnalishda 152 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ57,049", sharqiy uzunlik 66°58ʼ10,369").
Samarqand tumani yerlari bilan 9 — 1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
9-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 1473 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ21,003", sharqiy uzunlik 66°57ʼ19,894").
10-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 603 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ28,282" sharqiy uzunlik 66°56ʼ57,779").
2-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Oqdaryo tumani va Samarqand shahrining hududiy chegaralari tutashgan dala tuproq yoʻlining sharq tomonida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°43ʼ01,049", sharqiy uzunlik 66°58ʼ52,033").
Oqdaryo tumani yerlari bilan 1 — 4-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi dala tuproq yoʻlining sharq tomoni bilan shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 382 metr masofani oʻtib, dala tuproq yoʻlining burilishida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ12,283", sharqiy uzunlik 66°58ʼ58,713").
2-nuqtadan chegara chizigʻi dala tuproq yoʻlining janub tomoni bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 946 metr masofada ariqqa oʻtadi, keyin ariqning suv oqimiga qarshi oʻng tomoni bilan 499 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylar devorida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ55,576", sharqiy uzunlik 66°59ʼ55,125").
3-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 176 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomonida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ54,934", sharqiy uzunlik 67°00ʼ02,444").
Samarqand shahri yerlari bilan 4 — 1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
4-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 205 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylar devorida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ48,980", sharqiy uzunlik 66°59ʼ58,618").
5-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 124 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining shimol tomonida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ46,892", sharqiy uzunlik 66°59ʼ55,218").
6-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining shimol tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy yoʻnalishda 344 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining burilishida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ47,346", sharqiy uzunlik 66°59ʼ41,418").
7-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining gʻarb tomoni bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 51 metr masofada yoʻlni kesib oʻtadi, keyin yoʻlning janub tomoni bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 76 metr masofada oʻtadi, keyin aholi yashash uylari devori bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 33 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari devorida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ45,921", sharqiy uzunlik 66°59ʼ37,069").
8-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 94 metr masofada oʻtadi, keyin qishloq ichki yoʻlining shimol tomoni bilan 137 metr masofada oʻtadi, soʻngra aholi yashash uylari chegarasi bilan shimoliy yoʻnalishda 28 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining janub tomonida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ49,556", sharqiy uzunlik 66°59ʼ29,054").
9-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining janub tomoni bilan 491 metr masofada oʻtadi, keyin janubiy yoʻnalishda 30 metr masofani oʻtib, aholi yashash uylari devorida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ53,602", sharqiy uzunlik 66°59ʼ09,384").
10-nuqtadan chegara chizigʻi aholi yashash uylari chegarasi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 485 metr masofani oʻtib, dala tuproq yoʻlining sharq tomonida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°43ʼ01,049", sharqiy uzunlik 66°58ʼ52,033").
3-uchastka
Boshlangʻich 1-nuqta sifatida Oqdaryo tumani va Samarqand shahrining hududiy chegaralari tutashgan qurilish binosi devorida joylashgan nuqta qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimda, shimoliy kenglik 39°42ʼ49,663", sharqiy uzunlik 67°00ʼ15,581").
Oqdaryo tumani yerlari bilan 1 — 6-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
1-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 1208 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ34,276", sharqiy uzunlik 67°01ʼ00,442").
2-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 718 metr masofani oʻtib, ariqning oʻng tomonida joylashgan 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ24,370", sharqiy uzunlik 67°01ʼ27,117").
3-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda ariqning suv oqimiga qarshi oʻng tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda 759 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ18,170", sharqiy uzunlik 67°01ʼ57,033").
4-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan sharqiy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 285 metr masofani oʻtib, ariqning oʻng tomonida joylashgan 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ22,417", sharqiy uzunlik 67°02ʼ07,628").
5-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy-sharqiy yoʻnalishda ariqning oʻng tomoni bilan 1969 metr masofani oʻtib, Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ42,068", sharqiy uzunlik 67°03ʼ11,629").
Samarqand tumani yerlari bilan 6 — 9-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
6-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy yoʻnalishda 916 metr masofani oʻtib, daryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°41ʼ47,689", sharqiy uzunlik 67°02ʼ35,606").
7-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 1482 metr masofani oʻtib, daryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ09,303", sharqiy uzunlik 67°01ʼ40,963").
8-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 391 metr masofani oʻtib, daryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ14,009", sharqiy uzunlik 67°01ʼ25,758").
Samarqand shahri yerlari bilan 9 — 1-nuqtalar oraligʻida chegaralar tavsifi quyidagicha:
9-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 101 metr masofani oʻtib, daryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ17,000", sharqiy uzunlik 67°01ʼ27,257").
10-nuqtadan chegara chizigʻi Qoradaryo daryosining oʻng qirgʻogʻi bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 149 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 11-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ20,664", sharqiy uzunlik 67°01ʼ23,512").
11-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan gʻarbiy yoʻnalishda 61 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 12-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ20,783", sharqiy uzunlik 67°01ʼ20,949").
12-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan shimoliy yoʻnalishda 87 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 13-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ23,585", sharqiy uzunlik 67°01ʼ21,200").
13-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 593 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 14-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ30,580", sharqiy uzunlik 67°00ʼ58,556").
14-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 79 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 15-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ32,937", sharqiy uzunlik 67°00ʼ59,843").
15-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 335 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 16-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ36,611", sharqiy uzunlik 67°00ʼ46,864").
16-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda janubiy yoʻnalishda 83 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 17-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ34,502", sharqiy uzunlik 67°00ʼ46,624").
17-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 407 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining sharq tomonida joylashgan 18-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ39,628", sharqiy uzunlik 67°00ʼ30,896").
18-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining sharq tomoni bilan janubiy-janubiy-gʻarbiy yoʻnalishda 76 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 19-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ37,399", sharqiy uzunlik 67°00ʼ29,532").
19-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan gʻarbiy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 485 metr masofani oʻtib, qishloq ichki yoʻlining sharq tomonida joylashgan 20-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ43,657", sharqiy uzunlik 67°00ʼ10,888").
20-nuqtadan chegara chizigʻi qishloq ichki yoʻlining sharq tomoni bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 142 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 21-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ46,552", sharqiy uzunlik 67°00ʼ14,070").
21-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan barcha burilishlarni hisobga olgan holda shimoliy-shimoliy-gʻarbiy yoʻnalishda 101 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan 22-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ49,137", sharqiy uzunlik 67°00ʼ13,226").
22-nuqtadan chegara chizigʻi qurilish binosi devori bilan sharqiy-janubiy-sharqiy yoʻnalishda 43 metr masofada oʻtadi, keyin shimoliy-shimoliy-sharqiy yoʻnalishda 41 metr masofani oʻtib, qurilish binosi devorida joylashgan boshlangʻich 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 39°42ʼ49,663" sharqiy uzunlik 67°00ʼ15,581").
Oqdaryo tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan jami yer maydoni 243,0 gektarni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 22-fevraldagi SQ-85-V-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidan Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladigan yer maydonlari chegaralarining kartografik chizmasi

