Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyatga bir shaxsning rahbarlik qilishiga oid norma bekor qilindi, vakolatlar bir-biridan ajratildi.
2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan saylovdan keyin xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar orasidan raislar saylandi hamda ularning faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida buxgalteriya hisobini tashkil yetish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish zarurati yuzaga keldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlarini saqlab turish xarajatlarini viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirish;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (5 ta), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (4 ta) hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (4 ta) tizimida qisqartiriladigan boshqaruv xodimlari shtat birliklari hisobidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlarida jami 13 ta bosh hisobchi shtat birligini joriy etish hamda ularga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlarini saqlab turish xarajatlarini markazlashtirish yoʻli bilan buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatish vazifasini yuklash boʻyicha takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha namunaviy razryadlari 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha namunaviy razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kotibiyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 3-ilovaga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
4. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tegishliligicha viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlariga tenglashtirilsin, shuningdek, ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy budjetning qoʻshimcha va orttirilgan manbalari hisobidan lavozim maoshlariga belgilanadigan ustamalar uchun ham bir xil meʼyorlar tatbiq yetilsin.
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari uchun 1 tadan xizmat avtomashinasi va uni saqlab turish xarajatlari uchun zarur mablagʻ ajratish, kotibiyatlar uchun biriktirilgan xizmat avtomashinalarini ularning balansiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-837-IV-sonli Qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
9. Ushbu Qaror 2025-yilning 1-aprelidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
KQ-101-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi KQ-101-V-sonli Qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Kengash raisi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kotibiyat mudiri | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bosh mutaxassis | Bosh mutaxassis | Bosh mutaxassis | Bosh yuriskonsult | Bosh hisobchi | |||||||||||||||||||||||||||||||
Jami boshqaruv xodimlari 6 nafar.
Yordamchi xodimlar 1 nafar (haydovchi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi KQ-101-V-sonli Qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
NAMUNAVIY RAZRYADLARI
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar |
1. | Kotibiyat mudiri | 15 |
2. | Bosh mutaxassis | 13 |
3. | Bosh yuriskonsult | 13 |
4. | Bosh hisobchi | 13 |
5. | Haydovchi (yordamchi xodim) | 1 |
Izoh: tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi. Tarif koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi KQ-101-V-sonli Qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha
NAMUNAVIY RAZRYADLARI
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar |
1. | Kotibiyat mudiri | 13 |
2. | Bosh mutaxassis | 11 |
Izoh: tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi. Tarif koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.