24.02.2025 yildagi KQ-101-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyatga bir shaxsning rahbarlik qilishiga oid norma bekor qilindi, vakolatlar bir-biridan ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtgan saylovdan keyin xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga deputatlar orasidan raislar saylandi hamda ularning faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida buxgalteriya hisobini tashkil yetish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish zarurati yuzaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlarini saqlab turish xarajatlarini viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi (5 ta), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (4 ta) hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (4 ta) tizimida qisqartiriladigan boshqaruv xodimlari shtat birliklari hisobidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlarida jami 13 ta bosh hisobchi shtat birligini joriy etish hamda ularga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari kotibiyatlarini saqlab turish xarajatlarini markazlashtirish yoʻli bilan buxgalteriya xizmatlarini koʻrsatish vazifasini yuklash boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi KQ-284-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi KQ-284-V-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga xalq deputatlari Kengashi kotibiyati tuzilmasini 1-ilovaga muvofiq kotibiyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 2-ilovaga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga kotibiyat xodimlarining mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarini 3-ilovaga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlari kotibiyatlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlari tegishliligicha viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimligi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish shartlariga tenglashtirilsin, shuningdek, ularning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida mahalliy budjetning qoʻshimcha va orttirilgan manbalari hisobidan lavozim maoshlariga belgilanadigan ustamalar uchun ham bir xil meʼyorlar tatbiq yetilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari uchun 1 tadan xizmat avtomashinasi va uni saqlab turish xarajatlari uchun zarur mablagʻ ajratish, kotibiyatlar uchun biriktirilgan xizmat avtomashinalarini ularning balansiga oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda meʼyoriy-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-837-IV-sonli Qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Qaror 2025-yilning 1-aprelidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-101-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi KQ-101-V-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kengash raisi

Kotibiyat mudiri

Bosh mutaxassis

Bosh mutaxassis

Bosh mutaxassis

Bosh yuriskonsult

Bosh hisobchi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami boshqaruv xodimlari 6 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar 1 nafar (haydovchi).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi KQ-284-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-dekabrdagi KQ-284-V-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)