05.03.2025 yildagi 142-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Chotqol” davlat biosfera va “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanma zonalarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat qoʻriqxonalari hududidagi tabiiy majmualarga xoʻjalik faoliyatining salbiy taʼsirining oldini olish, noyob hamda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonlarning turlarini saqlab qolish hamda koʻpaytirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Toshkent, Namangan va Navoiy viloyatlari hokimliklarining “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasiga tutash 32 859,89 gektar hamda “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonasiga tutash 28 500,0 gektar hududda ularning qoʻriqlanma zonalarini belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oqtogʻ-Tomdi” davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi maydoni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, qoʻriqxonalarning qoʻriqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar ixtiyorida qoʻriqlanma zona rejimiga rioya etish sharti bilan qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Chotqol” davlat biosfera va “Oqtogʻ-Tomdi” davlat qoʻriqxonalarining qoʻriqlanma zonalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Toshkent, Namangan va Navoiy viloyatlari hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda qoʻriqxonalarning belgilanayotgan qoʻriqlanma zonalari chegaralarini belgilasin hamda xaritalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar qoʻriqlanma zonalar hududida joylashgan yer maydonlaridan foydalanishda qoʻriqlanma zona rejimiga rioya etilishi buyicha qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy ravishda nazorat ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAYDONI

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Daryo va soylar

Yoʻllar, soʻqmoq yoʻllar

Boshqa yerlar

Jami yer maydoni

Namangan viloyati Pop tumani

1.

Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi

748,43

5,1

1,4

11,6

766,53

Toshkent viloyati Ohangaron tumani

2.

Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi

7 983,45

11,3

5,6

101,5

8 101,85

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani

3.

Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi

23 462,36

133,29

95,97

299,89

23 991,51

Jami

32 194,24

149,69

102,97

412,99

32 859,89

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-martdagi 142-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oqtogʻ-Tomdi” davlat biosfera qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAYDONI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

gektar

T/r

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

Oʻrmon bilan qoplangan yerlar

Lalmi yerlar

Yaylov va oʻtloqlar

Daryo va soylar

Togʻli yerlar

Boshqa yerlar

Jami yer maydoni

Navoiy viloyati Tomdi tumani

1.

Tomdi davlat oʻrmon xoʻjaligi

6 200

6 200

2.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi

22 300

22 300

Jami

28 500

28 500

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2025-y., 09/25/142/0219-son)