16.07.2024 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — “Bitim”) 3-moddasida nazarda tutilgan mazkur Bayonnomaning ilovasiga muvofiq erkin savdo rejimidan istisnolar Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududiga olib kirishda bojxona bojlari belgilangan tovarlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro savdoda oʻz qonunchiligiga muvofiq soliq va notarif tartibga solish choralarining qoʻllanilishini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomaga Tomonlarning roziligi bilan uning ajralmas qismi boʻlgan, alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnoma nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri boshqa Tomonning uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali tegishli yozma bildirishnomasini olgan sanadan boshlab olti oydan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2024-yil 16-iyulda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bayonnomani talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 16-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo- iqtisodiy hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida Bitimga erkin savdo rejimidan istisnolar toʻgʻrisidagi Bayonnomaga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida erkin savdo rejimidan istisnolar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

TIF TN kodi

Mahsulot nomi

1.

1701 99

Oq shakar

2.

2201

Suvlar, shu jumladan, shakar yoki boshqa shirin qiladigan yoki taʼm-xushboʻyli moddalari qoʻshmasdan tabiiy yoki sunʼiy mineral, gazlangan

3.

2202

Suvlar, shu jumladan, shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylantiruvchi moddalar qoʻshilgan mineral va gazlangan suvlar va boshqa alkogolsiz ichimliklar

4.

2203

Solod pivosi

5.

2204

Tabiiy uzum vinolari, shu jumladan, mahkamlangan; uzum shirasi

6.

2205

0ʼsimlik va xushboʻy moddalar qoʻshilgan vermutlar va boshqa tabiiy uzum vinolari

7.

2206

Boshqa achitilgan ichimliklar (masalan, sidr, nok sidri, asal ichimligi, sake); boshqa joyda nomlanmagan va kiritilmagan achitilgan ichimliklardan aralashmalar hamda achitilgan ichimliklar aralashmalar va alkogolsiz ichimliklar

8.

2207

80 foiz va undan koʻp boʻlgan spirt konsentratsiyali denaturatsiyalanmagan yetil spirti

9.

2208

80 foizdan kam boʻlgan spirt konsentratsiyali denaturatsiyalanmagan yetil spirti

10.

2401

Tamaki xom ashyosi; tamaki chiqindisi

11.

2402

Sigaralar, uchi kesilgan sigaralar, sigarillalar va tabakdan yoki uni oʻrnini bosuvchi sigaretlar

12.

2403

Boshqa turdagi, sanoatda ishlab chiqarilgan tamaki va tamakini sanoat shaklida oʻrnini bosuvchilar; “gomogenlashtirilgan” yoki “qayta tiklangan” tamaki; tamaki ekstraktlari va essensiyalari

13.

2404

Yondirmasdan nafas olish uchun moʻljallangan tamaki, tiklangan tamaki, nikotin, yoki tabak va nikotinni oʻrnini bosuvchilardan iborat mahsulot; boshqa nikotindan iborat va inson organizmiga nikotin kelib tushish uchun moʻljallangan mahsulot

14.

7106

Kumush (shu jumladan oltin yoki platina bilan qoplangan kumush), ishlov berilmagan yoki yarim qayta ishlangan yoki kukun holida

15.

7107 00 000 0

Noqimmatbaho metallar, kumush bilan qoplangan, yarim qayta ishlangan, qoʻshimcha ishlov berilmagan metallar

16.

7108

Oltin (shu jumladan, platina bilan galvanik usulda qoplangan) ishlov berilmagan yoki yarim qayta ishlangan yoki kukun holida

17.

7109 00 000 0

Ishlov berilmagan yoki yarim qayta ishlangan, noqimmatbaho metallar yoki oltin bilan qoplangan kumush

18.

7110

Qayta ishlov berilgan yoki yarim qayta ishlangan yoki kukun holidagi platina

19.

7111 00 000 0

Ishlov berilmagan yoki yarim qayta ishlangan, noqimmatbaho metallar, platina bilan qoplangan, kumush yoki oltin

20.

7112

Qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari; 8549-tovar pozitsiyasidagilardan tashqari, tarkibida qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metall birikmalari boʻlgan asosan qimmatbaho metallarni ajratib olish uchun foydalaniladigan, boshqa chiqindilar va parchalar

21.

7113

Qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan zargarlik buyumlari va ularning qismlari

22.

7114

Oltin yoki kumush ishi ustalarining qimmatbaho metallardan yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan oltin yoki kumush buyumlar va ularning qismlari

23.

7115

Qimmatbaho metallar yoki qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallardan yasalgan boshqa buyumlar

24.

7117 11

Noqimmatbaho metallardan yasalgan qimmatbaho metallar bilan galvanik usulda qoplangan sirtga ega boʻlgan yoki boʻlmagan bijuteriyalar: — ilma tugmalar va soch qisqichlari

25.

7117 19

Noqimmatbaho metallardan yasalgan qimmatbaho metallar bilan galvanik usulda qoplangan sirtga ega boʻlgan yoki boʻlmagan bijuteriyalar: — boshqalar

26.

71 18

Tangalar

27.

8702

Motorli transport vositalari, 10 ta va undan koʻp odamni, shu jumladan, haydovchini, tashish uchun moʻljallangan

28.

8703

Engil avtomobillar va boshqa motorli transport vositalari, asosan, yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallanganlar (8702 tovar pozitsiyasidagi motorli transport vositalaridan tashqari), shu jumladan avtomobil-furgonlar va poyga avtomobillari

29.

8704

Yuklami tashish uchun moʻljallangan motorli transport vositalari

30.

8705

Maxsus avtotransport vositalari (masalan, avariya yuk mashinalari, kranlar, oʻt oʻchirish mashinalari, beton aralashtirgichlar, yoʻl tozalash vositalari, suv yuvish vositalari, avtokorxonalar, rentgen qurilmalariga ega avtomobillar), yoʻlovchilar yoki yuklami tashishda foydalaniladiganlardan tashqari