Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш“Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasida belgilangan maqsadlarni roʻyobga chiqarish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, aholining energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi tavsiyalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish masalalari boʻyicha komissiyasi
1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Iqlim oʻzgarishi oqibatlarini kamaytirish va “yashil” iqtisodiyotga oʻtishni tezlashtirish masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 351-V-sonli
qaroriga1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишXamzayev Abdushukur Xudoykulovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining aʼzosi, komissiya raisi |
Pulatov Baxtiyor Alimovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari |
Inoyatova Noiba Tolipovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Olimova Gavxar Dusbekovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Palvanov Taxir Marksovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi |
Yunusov Ziyodbek Alisherovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining aʼzosi |
Yusupov Navruzbek Mukimjonovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi. |
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олишOʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2025-yil 21-yanvardagi 351-V-sonli
qaroriga2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юбориш
Аудиони тинглаш
Ҳужжат элементидан ҳавола олиш3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.