Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-201-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) Kotibiyatiga qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 28-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi 4493-IV/KQ-770-IV-sonli Qoʻshma qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2024-yil, № 6, 626-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
* Qaror ilovasi berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) va uning kotibiyatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondini moliyalashtirish uchun tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
270-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 10-yanvar,
KQ-32-V-son