Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997 11.11.1993 yildagi 542-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKA SANOATI (“O‘ZFARMSANOAT”) DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINING USTAVINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 300-son “Hukumatning “O‘zfarmsanoat” konserni bo‘yicha ba’zi qarorlarini o‘zgartirish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining ilova qilinayotgan Ustavi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 11-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
542-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 11-noyabrdagi 542 son qarori bilan
TACDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USTAVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konserni* O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 2-iyundagi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyundagi 290-son qaroriga binoan tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin “konsern ” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsern mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni, ularning xo‘jalik mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qolgan holda, ixtiyoriy ravishda va aksiyalashtirish asosida birlashtiradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik uyushmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsern o‘z tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsern va uning tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlariga, mazkur Ustav va konsern boshqaruvining qarorlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsern o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsern tarkibidagi barcha korxonalar, agar bu konsern va respublikaga zarar yetkazmasa, boshqa konsernlar, korporatsiyalar, tarmoqlararo davlat birlashmalari tarkibiga kirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsern bank muassasalarida o‘zining mustaqil hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, alohida mulkka, mustaqil va yig‘ma balanslarga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi va ular bo‘yicha javob beradi, sudda yoki xo‘jalik sudida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Konsern O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bo‘yicha to‘lov mulk hisobidan undiriladigan o‘ziga tegishli bo‘lgan mulk bilan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern o‘zining tarkibiga kiruvchi korxonalar (konsern a’zolari)ning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, shu bilan bir qatorda korxonalar (konsern a’zolari) uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern va konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar mol-mulkini, shuningdek, ularning foydalanishi uchun berilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulkni musodara qilishga faqat konsern va korxonalar majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar mulk hisobidan undiriladigan hollarda hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konsern O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan, o‘z nomi o‘zbek va rus tillarida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zfarmsanoat” konsernining yuridik nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek tilida: O‘zbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksionerlik konserni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida: Uzbekskiy gosudarstvenno-aksionerniy konsern farmatsevticheskoy promishlennosti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zfarmsanoat” konserni boshqaruvi quyidagi manzilda joylashgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi, 700084, Toshkent shahri, Mavlonov ko‘chasi, 37-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Konsernning maqsadlari va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Konsernning asosiy maqsadlari va vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmonlarni yaratish va ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining, davolash-profilaktika muassasalarining dorivor vositalarga, biopreparatlarga, tibbiy va sanitariya-gigiyena maqsadlaridagi boshqa mahsulotlarga bo‘lgan talabini qondirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtika sanoatini kompleks rivojlantirish, bu tarmoq korxonalarini hududiy joylashtirishni takomillashtirish, tabiatni muhofaza qilish siyosatini o‘tkazish masalalarida davlat hokimiyatining respublika va mahalliy organlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuqori samarali dorivor vositalar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish sohasida yagona ilmiy-texnika siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor preparatlarni respublikaning o‘zida ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga ularning importini kamaytirish, xorijiy sheriklar bilan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish va kengaytirish dasturini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Konsern o‘z vazifalarini bajarish uchun unga berilgan vakolatlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning huquqlarini himoya qilishni, davlat organlari va boshqa organlarda ularning manfaatlarini ifodalashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda yagona ilmiy-texnika siyosati o‘tkazilishini, ilmiy-texnika va ishlab chiqarish imkoniyatlarini ilg‘or texnologiyalar, dorivor vositalar, biopreparatlar va boshqa materiallarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishga jamlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbol rejalarini, yaxlit ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni, konsern ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish, korxonalarni kengaytirish, qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlashning umumiy vazifalarini hal qilish uchun investitsiya sohasida yagona strategiyani amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni tashkil qilish, xo‘jalik yuritish usullari va shakllarini, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarda xo‘jalik hisobini rivojlantirishni, korxonalar va umuman respublika manfaatlarining mustahkam birligini ta’minlovchi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni boshqarishni takomillashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan ishlab chiqarish rejalarini, tarmoqni rivojlantirish dasturlarini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va materiallarga davlat buyurtmalarini ma’qul holga keltirish va kelishishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning oqilona ixtisoslashuvini va kooperatsiyalashuvini o‘tkazish, bozor konyunkturasini o‘rganish va shuning asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini takomillashtirishni, chet ellik sheriklar bilan o‘zaro foydali tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi shakllarini, savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo bazasini jadal rivojlantirish, tabiiy resurslardan kompleks foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, tarmoqlararo ekologik dasturlarni hal qilishda ishtirok etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya, patent, nou-xau sotib olish, ulardan va boshqa huquqlardan foydalanishni tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlar tomonidan vatanimizda hamda chet elda ishlab chiqarilgan dorivor vositalarining va tarkibida biologik faol qo‘shimchalar va komponentlar mavjud bo‘lgan boshqa vositalarning sifatini tartibga soluvchi davlat va tarmoq standartlariga, farmokopiya moddalariga va boshqa, tasdiqlangan ilmiy-texnika hujjatlariga rioya qilinishini nazorat etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta ishlab chiqarilayotgan preparatlarni va sifati yomonlashganligi tufayli nazoratning mazkur turiga o‘tkazilgan preparatlarni oldindan nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma ishlab chiqarilayotgan preparatlarni tanlab nazorat qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoalarini ijtimoiy rivojlantirishning mehnat, dam olish va salomatlik sharoitlarini yaxshilashni o‘z ichiga oluvchi tadbirlarini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zaro foydalilik va qaytarish shartlarida samarali bank kredit-moliya xizmatini tashkil qilish va rivojlantirishni, konsern va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning iqtisodiy potensialini mustahkamlash vositasi sifatida daromad olishni ta’minlashga qaratilgan yagona tijorat va moliya siyosatini yurgizishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish, moliya-xo‘jalik va tijorat faoliyatining iqtisodiy samaradorligini muntazam ravishda tahlil, nazorat va taftish qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarga maslahat, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, muhandislik va axborot yordami ko‘rsatishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar siyosatini faol o‘tkazish, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda savdo-xarid va savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirishni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Konsern faoliyatini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Konsern o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining barcha vazirliklari, idoralari, tashkilotlari va boshqa organlari bilan bevosita o‘zaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarni boshqarish demokratik asosda, konsern a’zolarining huquqlari va mustaqilliklariga qat’iy rioya qilingan holda iqtisodiy usullar bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Konsernni boshqarish doimiy organlar: konsern Kengashi, ishchi apparati bo‘lgan konsern boshqaruvi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern Kengashi ta’sis yig‘ilishining qarori asosida tuziladi hamda boshqaruvning yuqori organi hisoblanadi, uning tarkibiga lavozimlari bo‘yicha konsern raisi va uning o‘rinbosarlari, konsern muassislari hisoblangan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari kiradilar. Konsern boshqaruvining raisi bir vaqtning o‘zida konsern Kengashining raisi ham hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konsern Kengashi faoliyatining maqomi mazkur Ustav bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash majlislari zaruriyatga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta o‘tkaziladi. Konsern Kengashining navbatdan tashqari majlislari Kengash a’zolarining kamida 1/3 qismining yoki konsern boshqaruvi tarkibining kamida 2/3 qismining talabi bilan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Konsern Kengashining majlisi agar uning ishida Kengash a’zolari umumiy sonining kamida 2/3 qismi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengashning qarori majlisda ishtirok etganlarning 2/3 qismi, lekin Kengash a’zolari umumiy sonining kamida 50 foizi unga ovoz bersa qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern Kengashi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qarorlar sifatida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash qarori konsernning barcha a’zolari va uning boshqaruvi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Konsern Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern faoliyatiga taalluqli bo‘lgan barcha asosiy masalalarni, shu jumladan, konsernni ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqboldagi dasturlari masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern, boshqaruv, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarning asosiy vazifalari va funksiyalari bajarilishini tahlil qiladi va baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern moliya-xo‘jalik faoliyati yillik hisoboti va balansini, konsern faoliyati haqidagi hisobotni, taftish komissiyasining axborotini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq vaqt zarar ko‘rib va samarasiz ishlagan rentabelsiz korxonalarning bundan keyin faoliyat ko‘rsatishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalalarni, shuningdek, ishlab chiqarishni tashkil etishning turli shakllari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va hal etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarni konsern tarkibiga qabul qilish va ularni konsern tarkibidan chiqarish haqida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika davlat boshqaruv organlariga kiritilayotgan muhim normativ hujjatlarning loyihalarini, shuningdek, konsern faoliyatining boshqa muhim masalalarini ko‘rib chiqadi, konsern tashkilotlari va korxonalarining mehnat jamoalarini qabul qilgan qarorlardan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kirgan mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalarga ustav fondi, kirish va pay badallari miqdorlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern boshqaruvining hisobotlarini eshitadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash o‘z vakolatlarining bir qismini konsern boshqaruviga berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Konsern Kengashi boshqaruv a’zolarini va taftish komissiyasini saylaydi. Konsern boshqaruvining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan konsern boshqaruvining son tarkibini belgilaydi, ishchi apparatning tuzilmasi va sonini, unga sarflanadigan xarajatlar limitini tasdiqlaydi va tasdiqlangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tuzilmasiga o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Saylab qo‘yilgan va ishchi apparat korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar daromadlari (foydasi)dan ajratilgan mablag‘lar hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash a’zolari boshqaruvni saylashda muqobil nomzodlarni tavsiya qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv a’zolari konsern Kengashining qaroriga asosan lavozimdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Konsern boshqaruvi konsernning kundalik ishiga rahbarlik qiladi va konsernga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv majlislari uning raisi tomonidan zaruriyatga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta chaqiriladi. Boshqaruv majlisi agar uning ishida boshqaruv a’zolari umumiy sonining kamida 2/3 qismi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. Boshqaruvning o‘z vakolatlari doirasida va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilgan qarorlari konsern barcha a’zolarining ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern boshqaruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi majlisida ko‘riladigan masalalarning oldindan ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor vositalar, biopreparatlar va tibbiyotda ishlatiladigan buyumlarga bo‘lgan talablardan kelib chiqqan holda konsernning ishlab chiqarish-xo‘jalik, ilmiy-texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi yo‘nalishlari va istiqbollarini ishlab chiqadi va ularni tasdiqlash uchun Kengashga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish, investitsiya, ekologik, moliyaviy-tijorat va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi birgalikdagi harakatlar yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern ko‘rgan zararlarni qoplash, shu jumladan, korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi oqibatida ular yetkazgan zararlarni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, bu haqda keyinchalik konsern Kengashiga ma’lum qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining ustavlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi apparat xodimlarining hisobotlarini eshitadi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining rahbarlarini hamda konsern boshqaruvi xodimlarini amaldagi qonunlarga muvofiq shartnomalar asosida lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning iqtisodiy va yuridik manfaatlarini tegishli organlarda ifodalaydi va himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvning tuzilmasi va shtat jadvaliga muvofiq boshqaruv huzuridagi ishchi apparat xizmatlari rahbarlarini lavozimlarga tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qarori, agar ishtirok etganlarning kamida 2/3 qismi, lekin boshqaruv a’zolari umumiy sonining kamida yarmi uning uchun ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lganda raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Boshqaruv raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv va ishchi apparat faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, konsernga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, o‘z o‘rinbosarlari va boshqaruv a’zolari o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlaydi, konsern faoliyatiga oid masalalarni hal etishda ularning vakolatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruqlar, yo‘riqnomalar va o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa hujjatlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern rahbar organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern mol-mulki va mablag‘lariga belgilangan tartibda egalik qiladi, O‘zbekiston Respublikasining har qanday yuridik va jismoniy shaxslari bilan munosabatlarda va uning tashqarisida konsern nomidan vakillik qiladi, konsern nomidan bitimlar, shartnomalar va boshqa bitimlar tuzadi va bunday bitimlar tuzishga ishonchnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv va uning ishchi apparati shtat jadvalini va ularga sarflanadigan xarajatlar smetasini hamda uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim maoshlarini va ularga ustamalarni belgilaydi, apparat xodimlarini rag‘batlantiradi va ularni jazolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq respublikaning hamda boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslariga konsern nomidan da’vo qilish va e’tiroz bildirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Taftish komissiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq konsernning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi konsern Kengashi tomonidan saylanadigan 3 a’zodan iborat bo‘ladi. Taftish komissiyasi a’zolari Kengashga va konsern boshqaruvi tarkibiga kirishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirishlar taftish komissiyasining o‘z tashabbusi bilan yoki Kengash, boshqaruv qarori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish komissiyasi tekshirish natijalarini tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun Kengashga va konsern boshqaruviga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Konsernning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konsern:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernni boshqarish sxemasini, ishlab chiqarish-xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar tashkil qilish, dorivor vositalar, xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, priborlar, texnologiyalar, xalq iste’mol mollari va boshqalarni eksport va import qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish; xo‘jalik hisobi prinsiplari asosida ilmiy, ishlab chiqarish-xo‘jalik va ijtimoiy faoliyat masalalarini hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi dorivor preparatlar olish va ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqot dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash, dorivor o‘simliklar yetishtirish bazalarini kengaytirish respublika farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, kimyo-farmatsevtika sanoati uchun kadrlar va dorivor o‘simliklar ekish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun budjetdan tashqari fond tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor vositalar, biopreparatlar, substansiyalar, yarim mahsulotlar va tibbiy maqsadlardagi buyumlarni sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shifobaxsh va quvvatbaxsh ichimliklarni ishlab chiqish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarni tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tarmoq, tijorat va investitsiya banklari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq eksport-import imkoniyatlarini o‘rganish, yangi texnologiyalarni, dorivor vositalarni, biopreparatlarni va tibbiy maqsadlardagi buyumlarni ishlab chiqarishga joriy etishni o‘rganish maqsadida mutaxassislarni boshqa davlatlarga xizmat safarlariga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi tasdiqlagan normativlarga muvofiq barpo etiladigan markazlashtirilgan jamg‘armalar va zaxiralar, shu jumladan, valyuta jamg‘armasi tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlararo ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan davlat standartlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlarga ichki va tashqi bozor talablarini hisobga olgan holda normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilishga, obyektlarni qayta qurishga loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi tasdiqlagan normativlarga muvofiq konsernning markazlashtirilgan jamg‘armalari va zaxiralaridan ajratilgan kredit va mablag‘larni qaytarish muddati tamom bo‘lgandan keyin yoki tuzilgan shartnomalarga muvofiq qayd etib o‘tilgan jamg‘armalar va zaxiralarga to‘lanishi kerak bo‘lgan badallarni konsern a’zolari bo‘lgan korxonalardan akseptsiz tartibda undirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan barter, lizing va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport, ombor bo‘linmalari va boshqa bo‘linmalar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernning maqsad va vazifalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Konsern a’zolari, ularning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Konsern Ustavini tan oluvchi va konsern vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga qabul qilgan davlat korxonalari, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning har qanday shaklidagi boshqa yuridik shaxslar konsern a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Konsern a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tomonidan o‘tkaziladigan barcha dasturiy tadbirlarda foydaning qo‘shilgan ulushga mutanosib hissasini olgan holda o‘z mablag‘lari, faoliyati bilan qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern jamg‘armalaridan qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar, shuningdek, shartnoma asosida boshqa har qanday yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern Kengashi va boshqaruvining ko‘rib chiqishi uchun konsernning turli jihatlari bo‘yicha takliflar kiritish, konsernning barcha faoliyat turlari bo‘yicha axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaga muvofiq konsern oldidagi o‘z majburiyatgarini bajargan taqdirda Kengash qarori bilan konsern tarkibidan chiqish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Konsern a’zolarining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern vazifalariga muvofiq ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Ustav talablarini bajarish hamda kirish va pay badallari to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsernning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatida qatnashishda konsern va sheriklar oldidagi o‘z shartnoma majburiyatlarini qat’iy bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv tomonidan tasdiqlangan masalalar ro‘yxatiga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi zarur ma’lumotlarni konsern Kengashiga yoki uning boshqaruviga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern faoliyati to‘g‘risidagi ilmiy, texnologik, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Konsernning mol-mulki va mablag‘lari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Konsernning mol-mulki ustav fondini tashkil qiluvchi asosiy va oborot mablag‘lardan, shuningdek, jamg‘armalardan va konsernga birkitilgan boshqa mol-mulkdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Konsernga birkitilgan mol-mulk uning mustaqil balansida aks etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Konsern mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdorlari konsern Kengashi tomonidan belgilanadigan konsernga kirish badallaridan, maqsadli va pay badallaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar va boshqa, qimmatli qog‘ozlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern xo‘jalik faoliyatidan, tashqi savdo va kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxonalar, shu jumladan, konsern tarkibiga kirmagan korxonalar tomonidan ajratiladigan mablag‘lardan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Konsern tarkibidan chiqqan korxonalarga kirish badallarini qaytarib berish shartnomada kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning roziligi bilan fan, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish qo‘shma dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan jamg‘arma tashkil etilishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Konsern a’zosi bo‘lgan, ularga bog‘liq bo‘lmagan favqulodda vaziyatga (zilzila, yong‘in, suv toshqini, ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan boshqa vaziyatlar) tushib qolgan korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga yordam ko‘rsatish uchun korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning daromadlaridan (sof foydasidan) ajratiladigan mablag‘lar hisobidan hosil bo‘luvchi konsernning zaxira jamg‘armasi tashkil etiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratmalar miqdori va ularni tugash vaqti Kengash tomonidan belgilanadi. Zaxira jamg‘armasi mablag‘i daxlsiz hisoblanadi va konsern boshqaruvining qaroriga muvofiq qat’iy ravishda aniq maqsadni ko‘zlab sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Konsern O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq o‘z mol-mulkini va faoliyat tavakkalchiligini sug‘urta qildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Hisobga olish, hisobot, nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Konsern operativ va buxgalteriya hisobi, statistika hisobotini yuritadi, konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Xo‘jalik faoliyatining barcha turlari bo‘yicha belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi, hisobot va balanslarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Konsern O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq konsern tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarining moliya-xo‘jalik faoliyati kompleks taftish qilinishini ta’minlaydi. Taftish auditorlik asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Konsern amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilinishini va konsern a’zolarining takliflari, fuqarolarning ariza va shikoyatlari asosida qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Konsern faoliyatini to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Konsernni tugatish Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar konsern a’zosining faoliyati konsernning maqsad va vazifalariga, mazkur Ustav talablariga zid bo‘lsa, konsern har qanday qatnashchisining unga a’zoligi to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Konsernni tugatish haqida qaror qabul qilinganidan keyin konsern Kengashi tugatish komissiyasini tayinlaydi, tugatish komissiyasi bir oy muddatda konsern majburiyatlari bo‘yicha zarur hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning konsern tugatilgandan keyin sarflanmagan qismi pay badallariga muvofiq konsernning sobiq a’zolari o‘rtasida taqsimlanadi.
(O‘zbekiston Recpublikasi Hukumat qarorlari to‘plami, 1993-y., 11-son, 39-modda)