ILOVA
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | 32 |
A | B | V | G | D | |||||||||||||||||||||||||||
“20____ y. “____” _______ _____-son | |
(ariza sanasi va raqami) | |
Oʻzbekiston Respublikasi | |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi | |
Bojxona qoʻmitasi | |
Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish haqida | |
ARIZA | |
________________________________________________________________ | |
| |
______________________________________________________________ | |
| |
bojxona masalalari boʻyicha operator | xavfsizlik masalalari boʻyicha operator | bojxona masalalari boʻyicha operator va xavfsizlik masalalari boʻyicha operator | bojxona va xavfsizlik masalalarida operator |
T/r | Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun mezonlar | Mezonlarga muvofiqligi boʻyicha maʼlumotlar |
1. | Yuridik shaxs tashkil etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot. | yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat sanasi va raqami koʻrsatiladi. |
2. | Yuridik shaxs rahbarining F.I.O. | pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi. |
3. | Yuridik shaxs bosh buxgalteri F.I.O. | pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi. |
4. | Yuridik shaxsning vakolatli shaxsi F.I.O. (ishonchnoma yoki tegishli shartnoma, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida ushbu yuridik shaxs manfaatlaridan kelib chiqib, uning nomidan va/yoki topshirigʻi boʻyicha harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxslar koʻrsatiladi). | pasport maʼlumotlari va STIR koʻrsatiladi. |
5. | Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 171, 1711, 174, 175, 176, 177 va 227 — 22721, 22722-moddaning birinchi qismi, 22723 — 22727-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri va vakolatli shaxsining, shuningdek, ushbu lavozimlarni oxirgi bir yil davomida egallagan shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik holatlari ikki va undan ortiq marotaba mavjud boʻlmasligi. | javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, maʼmuriy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi. |
6. | Bojxona organlariga murojaat qilingunga qadar soʻnggi besh yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari va bosh buxgalteri, shuningdek, vakolatli shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 175, 182, 184, 188, 189, 209, 228 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan holatlari mavjud emasligi. | javobgarlikka tortilgan holatlar mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki holatlar mavjud boʻlsa, jinoiy javobgarlikka tortilganlik moddasi va sanasi koʻrsatiladi. |
7. | Bojxona toʻlovlari, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni, shu jumladan, ular boʻyicha jarima va penyalar toʻlash yuzasidan qarzdorlik mavjud emasligi. | ariza berilgan sanada qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi va turi koʻrsatiladi. |
8. | Tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi, bunda: | bojxona ombori egalari uchun — bojxona ombori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya raqami va berilgan sanasi; bojxona brokeri hamda tovarlarni import/eksport qiluvchilar uchun — bojxona organlariga taqdim etilgan, dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona rasmiylashtiruvi sanasi; bojxona tashuvchilari uchun — yuridik shaxs bojxona tashuvchilari reyestriga kiritilgan sana koʻrsatiladi. |
bojxona brokeri sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (har yili tovarlarni faktura qiymati kamida 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 500 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari taqdim etilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida): import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalaridagi faktura qiymati mln AQSH dollarida; import va (yoki) eksport qilinayotgan tovarlar boʻyicha taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada. | |
bojxona ombori egasi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati 10,0 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilgan holda, 10,0 mln kg miqdorida tovarlar saqlovi amalga oshirilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida): bojxona organlarida murojaat qayd etilgan kunda amal qiluvchi valyuta kursi boʻyicha yillik qiymati mln AQSH dollarida; saqlangan tovarlar miqdori mln kgda. | |
bojxona tashuvchisi sifatida bojxona sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (har yili 200 tadan kam boʻlmagan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini amalga oshirilishi lozim); | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan uch yil mobaynida (yillar kesimida) amalga oshirilgan import va (yoki) eksport yuklarining (partiya) xalqaro tashuvlarini soni. | |
tovarlarni import va (yoki) eksportini amalga oshirish sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar tomonidan toʻldiriladi (import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati yilda kamida 2 mln AQSH dollari ekvivalentini tashkil qilishi va soʻnggi oʻn ikki oy mobaynida kamida 100 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi yoki toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining kamida 20 000 barobarini tashkil qilishi va kamida 50 ta import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirgan boʻlishi lozim). | bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oʻtgan bir yil mobaynida: import va (yoki) eksport qilingan tovarlarning faktura qiymati mln AQSH dollarida; import va (yoki) eksport bojxona yuk deklaratsiyalari soni donada; toʻlangan bojxona toʻlovlarining summasi mlrd soʻmda koʻrsatiladi. | |
9. | Tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalar (ochiq maydonchalarning bir qismi) egalikda boʻlishi. | xavfsizlik masalalari boʻyicha guvohnoma uchun — ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan talablarga mos keladigan tovarlarni saqlash uchun ombor sifatida foydalanishga moʻljallangan (foydalanish yoki egalik qilish huquqida) inshootlar, binolar (binolarning bir qismi) va (yoki) ochiq maydonchalarga (ochiq maydonchalarning bir qismi) ega boʻlganligi koʻrsatiladi. |
10. | Bojxona organlariga murojaat qilingan kunga qadar oxirgi 12 oy davomida har bir tashqi savdo shartnomasi doirasida amalga oshirilgan tashqi savdo operatsiyalariga nisbatan muddati oʻtgan debitor qarzdorligi 10 foizdan oshmasligi. | ariza berilgan sanada muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumot yoki qarzdorlik boʻlgan holatlarda, uning summasi koʻrsatiladi. |
_____________________________________
| _______________________
|