1-ILOVA
T/r | Subsidiyalarning maqsadi | Yordam turi | Miqdori |
I. Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan ajratiladigan subsidiyalar | |||
1. | Qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush kiritish uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha |
2. | Aholiga — yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha |
3. | Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha |
4. | Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha |
5. | Tadbirkorlik subyektlariga — har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida toʻlov toʻlash uchun | Subsidiya | Bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida |
6. | “Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 5 baravarigacha |
7. | Ustalarga — oʻzlarining internet saytlarini yaratish, mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama qilish xarajatlarini qoplash uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 30 baravarigacha |
8. | Ishsizlarga — olingan bino va inshootning ijara toʻlovini toʻlash uchun | Subsidiya | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha |
II. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratiladigan subsidiyalar | |||
9. | Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan boʻlgan shaxslarni ish oʻrinlarining belgilangan eng kam sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilish uchun | Subsidiya | Har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida |
10. | Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilish uchun | Subsidiya | Har bir shaxs uchun uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan soʻng bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik |
11. | Ish oʻrinlari va sharoitlarini nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish uchun | Subsidiya | Har bir moslashtirilgan ish joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha |
12. | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun | Subsidiya | Har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida |
2-ILOVA
T/r | Maqbullashtirilgan moliyaviy yordamlar |
Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ajratilgan subsidiyalar | |
1. | Jamoat ishlariga jalb etilgan ishsizlar va band boʻlmagan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash uchun subsidiya |
2. | Jamoat ishlarida ijara asosida berish yoʻli bilan foydalanish uchun moʻljallangan asosiy vositalar, mini-uskunalar va inventarlarni xarid qilish uchun subsidiya |
3. | Jamoat ishlarini bajarish uchun xavfsizlik texnikasi vositalari va maxsus kiyim xarid qilish uchun subsidiya |
4. | Mahallani obodonlashtirish ishlari uchun mahalladagi boshqaruv-servis kompaniyalariga subsidiya |
Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratilgan subsidiyalar | |
5. | Kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish uchun subsidiya |
6. | Kasanachilik yoki hunarmandchilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun amalga oshirilgan xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
7. | Kasanachilarni kasb-hunarga oʻqitishga sarflanadigan xarajatlarni uch oygacha boʻlgan muddatda qoplash uchun subsidiya |
8. | Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasanachilik yoʻnalishida oʻquv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchiga kasbga oʻqitish uchun sarflangan xarajatlarning 70 foizini qoplash uchun subsidiya |
9. | Davlat buyurtmasi asosida davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida kasbga oʻqitilgan kasanachilarning malaka imtihonlarini tashkil etish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
10. | “Usta-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrgangan shogirdlarga mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun subsidiya |
11. | Hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun subsidiya |
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasidan ajratilgan subsidiyalar | |
12. | Qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish dastgohini (kamida 3 ta) xarid qilish uchun subsidiya |
13. | Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi aʼzolariga uskunalar xarid qilish uchun subsidiya |
14. | Baliq yetishtirish boʻyicha oʻquv kurslarida oʻqish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
15. | “Usta-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga yoki hunar oʻrgatayotgan ustalarga shogirdlar tayyorlash va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun subsidiya |
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan ajratilgan subsidiyalar | |
16. | Mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan, tadbirkorlik qilishni xohlovchi ishsiz shaxslarga — tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
17. | Oʻrmon fondi yerlarini ijaraga olgan ijarachilar mahalliy mehnat organlarida roʻyxatdan oʻtgan ishsiz shaxslarni ishga qabul qilgan taqdirda, ularga ish haqi toʻlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
18. | Xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarga, oilaviy psixologiyaga oʻqitish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
19. | Ijtimoiy himoya yagona reyestrida turgan yoki himoya orderi olgan ishsiz xotin-qizlarga psixologik yordam koʻrsatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
20. | Tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish va mikrofirmalarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻlovlari uchun subsidiya |
21. | Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilganlik uchun subsidiya |
22. | Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda kamida uch nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari va asbob-uskunalarni sotib olish uchun subsidiya |
23. | Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiya |
Sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun subsidiya | |
Urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiya | |
24. | Qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush kiritish uchun subsidiya |
25. | Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng dastlabki uch oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya |
26. | “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qoʻlda gilam va ipak mato toʻqish bilan shugʻullanuvchilarga 3 tadan kam boʻlmagan ish oʻrni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato toʻqish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiya |
27. | Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi aʼzolariga kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya |
28. | Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya |
29. | “Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun subsidiya |
3-ILOVA