26.06.2020 yildagi PQ-4759-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’atini, shu jumladan tarixiy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan, ota-bobolarimizdan qadimiy meros bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ipak va jundan qo‘lda gilam to‘qish sohasini rivojlantirish va noyob san’at asari hisoblanadigan ushbu gilamlarni bozor talablariga uyg‘unlashtirish, band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni mazkur sohaga keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning juni uchun ikki ming so‘mdan subsidiyalar ajratiladi. Bunda, subsidiya berish Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 1-band uchinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari ikki oy muddatda “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilar yetishtirish xo‘jaliklariga Jizzax viloyatidan 2 ming gektar, Qashqadaryo viloyatidan 3 ming gektar, Namangan viloyatidan 1 ming gektar, Samarqand viloyatidan 2 ming gektar, Surxondaryo viloyatidan 3 ming gektar va Toshkent viloyatidan 2 ming gektar yaylov yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar tog‘oldi yaylovlar uchun qurg‘oqchilikka chidamli ozuqa ekinlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibi, istisno tariqasida, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlari ro‘yxatini shakllantirsin va ularga mazkur qarorning 4-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan moliyalashtirish tartibini qo‘llagan holda kredit ajratish choralarini ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta oktabr oyida Toshkent shahrida sharqona qo‘lda to‘qilgan gilamlar (Hand-made Oriental Carpets) xalqaro festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga festivalni tashkillashtirishda, shu jumladan keng reklama kampaniyasini tashkil etish va uni xorijiy ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish hamda qo‘lda to‘qilgan gilamlar san’ati rivojlangan Eron, Turkiya, Gruziya, Hindiston va Pokiston kabi davlatlardan hunarmand va tadbirkorlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda bir oy muddatda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining bo‘sh turgan yer maydonini aniqlab, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va tegishli investorlarga qo‘lda to‘qilgan gilamlar savdo-ko‘rgazma uyini tashkil qilish uchun yer maydoni ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarida turistlar tashrif buyuradigan madaniy meros obyektlari hududlarida qo‘lda to‘qilgan gilamlar ko‘rgazma-savdo rastalarini (do‘konlarini) tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda qo‘lda to‘qilgan gilamlarning eksport salohiyatini va turistlar uchun jozibadorligini oshirish uchun “gilam tarixi” (“The history of carpet”) QR-kodlar bo‘yicha har bir gilamning to‘qilish jarayoni, chevar xotin-qizlar va ularning ishlash sharoiti hamda shu kabi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan mobil ilovalarni ishlab chiqsin va joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvarga qadar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi taklifiga asosan jun, kalavalangan jun hamda qo‘lda to‘qilgan gilamlarni olib kirishda import bojlari mavjud xorijiy davlatlar bilan mazkur import bojlarini bekor qilish masalasini ushbu davlatlar bilan o‘tkaziladigan hukumatlararo komissiya majlislarining kun tartibiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekipaksanoat” va “O‘zcharmsanoat” uyushmalari tarkibidagi qo‘lda gilam to‘qish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tomonidan eksportga sotilgan gilamlarni tegishincha ushbu uyushmalarning eksport ko‘rsatkichlarida aks ettirsin.
(11-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi PQ-4982-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bir oy muddatda o‘tkazilgan tahlillar asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasiga belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojiga tortilmaydigan, o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilikni rivojlantirish bo‘yicha Uyushma raisining o‘rinbosari lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda respublikada go‘shtdor-serjun yo‘nalishidagi oq, och jigar rangli dag‘al, mayin va yarim mayin jun beruvchi, shu jumladan “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarni ko‘paytirish hamda junni qayta ishlash, bo‘yash va qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlagan holda, 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qarorga asosan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning juni uchun subsidiya ajratish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jun va teri mahsulotlari sifatini xalqaro standart talablari bo‘yicha tahlil qilish tizimini joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-oktabrga qadar xorijdan go‘shtdor-serjun, shu jumladan “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning muzlatilgan urug‘larini olib kelish, mahalliy sharoitda naslli qo‘y va echkilarning urug‘larini olish va muzlatilgan urug‘lar bankini yaratish hamda urg‘ochi qo‘y va echkilarni sun’iy urug‘lantirish samaradorligini mustaqil konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020-yil 15-oktabrga qadar Moliya vazirligiga xulosa kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning 15-bandi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan urg‘ochi qo‘y va echkilarni sun’iy urug‘lantirish maqsadga muvofiq deb topilganda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu yo‘nalishda ishlarni tashkil etish uchun tegishli mablag‘lar ajratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin hamda ushbu takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosi quyidagi tartibda amalga oshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev — mazkur qaror ijrosini sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlasin, unda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin, har oyda ular rahbarlarining bajargan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini qabul qilsin hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov — qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga mahsulotlarini eksport qilish hajmini oshirish, to‘qilgan gilamlarni olib kirishda import bojxona bojlari mavjud xorijiy davlatlar bilan mazkur bojlarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4759-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi PQ-4759-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) qo‘lda to‘qilgan gilamchilikni rivojlantirish bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘lda to‘qilgan gilamlarning ichki va tashqi bozorlarini tizimli tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini qo‘lda gilam to‘qish kooperatsiyalariga jalb qilish, ularni gilamchilik sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi uchun o‘qitish, shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band bo‘lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta’minlangan oilalarni gilamchilik bilan shug‘ullanishga qiziqtirish, ularni o‘qitish va malakasini oshirish, gilam to‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, joylarda kichik ishlab chiqarish sexlari hamda aholi xonadonlarida gilam to‘qishni tashkil etish orqali ularning bandligini ta’minlashda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda ipak, ipak chiqindilari, jun va paxta aralashmali gilamlar to‘qishni tashkil etish uchun hunarmandlar va tashkilotlarni kerakli miqdorda xomashyo hamda gilam to‘qish dastgohlari va moslamalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish maqsadida ipakni qayta ishlash tashkilotlari, chorvachilik xo‘jaliklari va gilamchilik hunarmandlari o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gilamchilikka oid seminar, anjuman, yarmarka va ko‘rgazmalar tashkil qilish, shuningdek, mahalliy gilamchilik tashkilotlari hamda hunarmandlarining xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etishida amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sifat standartlarini joriy qilish va qo‘lda to‘qilgan gilamchilik mahsulotlarini eksport qilish ishlarini tashkil etish bo‘yicha yaqindan ko‘maklashish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda uning boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 53 nafar bo‘lgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Muassislar umumiy yig‘ilishi


Rais

Rais yordamchisi



Istiqbolli rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha raisning birinchi o‘rinbosari

Qayta ishlash, investitsiya va innovatsiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari

Ozuqa bazasini rivojlantirish va pilla tayyorlash masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari

Gilamchilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi


Iqtisodiy tahlil va ishlab chiqarishni prognozlashtirish boshqarmasi

4

Pillani qayta ishlash va ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi

4

Tutchilik va ipak qurti urug‘chiligi boshqarmasi

4

Gilamchilikni rivojlantirish bo‘limi

3

Yuridik byuro

1


Kadrlar bo‘limi

3


Ishlar boshqarmasi

3

Marketing va tashqi savdo boshqarmasi

3

Innovatsion loyihalar va investitsiyalar boshqarmasi

3

Pilla tayyorlash va birlamchi ishlov berish boshqarmasi

4

Gilamchilik va tayyor mahsulotlar dizayni bo‘limi

2


Ijro intizomi va nazorat bo‘limi

2


Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi

4

AKTni joriy qilish va rivojlantirish bo‘limi

2


Yig‘ma axborot-tahlil bo‘limi

2

Axborot xizmati

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 53 nafar.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Respublikada pillachilik tarmog‘idagi mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3910-son qarorining 7-bandi va 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2020-y., 07/20/4759/0970-son; 09.02.2021-y., 07/21/4982/0094-son; 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)