13.02.2025 yildagi 91-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 17-yanvardagi PQ-28-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olish uchun arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlarning huquqlari va majburiyatlarini, litsenziya talablarini va shartlarini, litsenziya berish, o‘zgartirish kiritish, to‘xtatish va bekor qilish bilan bog‘liq tartib-taomillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi bir oy muddatda litsenziya berish yoki litsenziyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi arizaning shaklini hamda taqdim etilishi lozim bo‘lgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqilishini va o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sh.H. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 91-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash, litsenziya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash, litsenziatlar faoliyatini nazorat qilish va ularning hisobini yuritish tartib-taomillari va shartlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunida litsenziyalanishi belgilangan elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlariga (kichik turlariga) nisbatan tatbiq etiladi. Har bir litsenziya kichik turi uchun alohida litsenziya olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom talablari quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan elektr energiyasini saqlash tizimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvvati 5 MVt dan kam bo‘lgan elektr stansiyalardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z ehtiyojlari uchun elektr energiyasini saqlashda ishlatiladigan elektr energiyasini saqlash uskunasidan foydalanuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik davriy yig‘im — litsenziyalanadigan faoliyat turidan (kichik turidan) kelib chiqqan holda to‘lanadigan yig‘im;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat — faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya to‘lovlari — litsenziya berganlik yoki uni o‘zgartirganlik uchun bir martalik davlat boji hamda yillik davriy yig‘imlardan iborat to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar reyestri — tegishincha berilgan, amal qilishi to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, to‘xtatilgan, bekor qilingan va qayta rasmiylashtirilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash — litsenziya olish uchun arizani topshirish, qabul qilish va ko‘rib chiqish, litsenziyani berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish hamda to‘xtatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish va qayta rasmiylashtirish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport (litsenziyalash pasporti) — litsenziyalash tartib-taomillaridan o‘tish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos talablar va shartlarni, shuningdek, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — litsenziya olish uchun murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator) ushbu Nizomga muvofiq litsenziatdan Nizomga 1 — 8-ilovalarida keltirilgan litsenziyalash pasportlarida belgilangan ma’lumotlarni so‘rab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Litsenziyalash Regulator tomonidan Adliya vazirligining litsenziyalash va ruxsatnoma olish sohasida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish uchun “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) orqali ushbu Nizomga 9-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Litsenziyaning umumiy shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini yuritish uchun litsenziyada quyidagi talablar va shartlar belgilanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hollarda litsenziat faoliyat yuritishi belgilangan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan asosiy obyektlar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zaro kesishma subsidiyalarni keltirib chiqarmaslik va raqobatga qarshi faoliyatni yuritmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamsitmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolatlangan ta’minotni amalga oshirish (tayinlangan ta’minotchi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy barqarorlik va yaxlitlikni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaga o‘zgartirish kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, to‘xtatib turish, bekor qilish va to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning egalik huquqi o‘zgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan aktivni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq litsenziyalanadigan faoliyatga tegishli ma’lumotni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatlarning ayrim toifalari uchun sug‘urta majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulatorga hisobot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Litsenziat o‘z faoliyati doirasida quyidagilarni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning salomatligi, hayoti va mulkini muhofaza qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda hamda shartnomada belgilangan darajadagi elektr ta’minoti sifatini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Litsenziya olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs o‘z elektron raqamli imzosidan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin), litsenziya olish uchun “Litsenziya” AT, Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi hamda faoliyatning litsenziyalanadigan turini (kichik turini) tanlab, elektron shaklda pasportning 5-bandida keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan va qo‘shimcha hujjatlarni ilova qilgan holda ariza to‘ldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar davlat tilida tayyorlanadi. Hujjat chet tilida bo‘lsa, davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza va unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilib, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im to‘lagandan keyin hujjatlar taqdim etilgan hisoblanadi. Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Regulator hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — YIDXP orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — Regulator hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizaga kiritilgan ma’lumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza quyidagi hollarda avtomatik tarzda qabul qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar kiritilganligi “Litsenziya” AT orqali aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im to‘lanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat bo‘yicha kiritilgan va amalda bo‘lgan litsenziyasi mavjud bo‘lgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning ayni bir xil faoliyati muayyan muddatga to‘xtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishi sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Regulator ariza qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh ish kunida litsenziya olish uchun arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq taqdim etilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulator arizani ko‘rib chiqish muddati davomida hujjatlarni tekshirishi, zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda olishi, obyektlarni joyiga chiqib o‘rganishi, ushbu harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z xodimlari tarkibidan yoki o‘z hisobidan boshqa shaxslarni jalb qilgan holda, ekspert va ishchi guruhlar tashkil etishi, shuningdek, talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini belgilaydigan qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgorning arizasini ko‘rib chiqishda boshqa organlar bilan kelishish va ularning xulosalarini olish talab etilsa, kelishiladigan organlar arizani ko‘rib chiqishning umumiy muddati tugashidan 5 ish kunidan oldin tegishli kelishuvni yoki xulosani Regulatorga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rganish natijasi bo‘yicha talabgor ishtirokida dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritiladi. Talabgor dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, Regulator yoki kelishiladigan organlar tomonidan bu haqda dalolatnomada qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmagan hollarda, ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy berilgan hisoblanadi. Bunday holatda kelishiladigan organlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha oqibatlar uchun javobgar bo‘ladi. Bunda tegishli kelishiladigan organlarning xulosalarisiz litsenziya berish imkoni bo‘lmaganda, talabgorning arizasini ko‘rib chiqish muddati va tartibi buzilganligi uchun kelishiladigan organlar javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kelishiladigan organlar tomonidan tegishli kelishuvni yoki xulosani taqdim etish uchun obyektlarni joyiga chiqib o‘rganish talab etilsa, faqat o‘zining faoliyat yo‘nalishiga tegishli bo‘lgan qismi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazishi mumkin. Talabgor o‘z obyektlarini joyiga chiqib o‘rganish uchun Regulator va kelishiladigan organlarga quyidagi sharoitlarni yaratib berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishiladigan organ yoki Regulator vakillarini hududga va alohida binolarga kirish uchun ruxsatnomalar bilan ta’minlash hamda ularni kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uskuna va qurilmalar joylashgan xonalarga kirish, tarmoqlarni ko‘zdan kechirish hamda aloqa tizimlari va o‘lchov asboblarini tekshirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlarni (sxemalar, reglamentlar, ko‘rsatmalar, sinov hisobotlari va boshqalar) taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rganish boshlanishidan avval xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishiladigan organ yoki Regulator vakillarini obyektda kuzatib borish, tushuntirishlar berish va so‘rovlarga tezkor javob berish uchun mas’ul shaxslarni tayinlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Taqdim etilgan arizada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, Regulator ularni bartaraf etish uchun talabgorga xabarnoma yuboradi. Talabgor xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etishi lozim. Litsenziyani berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati yuqorida ko‘rsatilgan muddatga to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Regulator tomonidan talab qilingan muddatda talabgor zarur hujjatlarni xabarnomada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar taqdim etmasa, Regulator litsenziyani berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli, bunda Regulator talabgorni real vaqt rejimida xabardor qiladi. Ariza rad etilgan taqdirda, uni ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Regulator talabgor tomonidan taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan deb baholagandan so‘ng litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida shu kunning o‘zida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali talabgorga O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi. Talabgorning xohishiga ko‘ra mobil aloqa qurilmasiga SMS-xabar shaklida ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda davlat bojini to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat boji to‘langanidan so‘ng “Litsenziya” ATda QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziya avtomatik ravishda shakllantiriladi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi va litsenziyalar reyestriga avtomatik ravishda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Regulator O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘rsatilgan, shuningdek, quyidagi sabablarga ko‘ra litsenziya olish uchun arizani rad etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizim operatori tomonidan talabgorning faoliyati yagona elektr energetikasi tizimi xavfsizligiga salbiy ta’sir etishi bo‘yicha xulosa berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish taqiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va unga qo‘shimcha hujjatlarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar berilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan sabablar litsenziya olingandan keyin aniqlangan bo‘lsa, Regulator tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma va unda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Regulator tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Litsenziya berish rad etilgan taqdirda, talabgor tegishli kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta ariza berishi mumkin. Arizani qayta ko‘rib chiqish uchun pasportda belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Talabgor litsenziya berish rad etilganligi, shuningdek, Regulator mansabdor shaxsining litsenziyalash tartib-taomillari bilan bog‘liq harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va o‘zgartirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Regulator O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga litsenziyalashga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, litsenziyaga zarur o‘zgartirishlar kiritish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Regulator litsenziya shartlarining har bir o‘zgarishi to‘g‘risida barcha litsenziatlarni yozma ravishda xabardor qiladi. Regulatorning xabarnomasi taklif qilinayotgan o‘zgartirishning asoslarini va ehtimoliy oqibatlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n besh ish kuni ichida litsenziat Regulatorga litsenziya shartlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan o‘z fikrini bayonot orqali taqdim etishi, bunda o‘z fikrini tasdiqlash uchun dalil bo‘luvchi hujjatlarni bayonotga ilova qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Litsenziat litsenziyasining quyidagi ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish jarayoni litsenziya olish uchun ariza berish jarayoni kabi umumiy asoslarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining joylashgan joyiga (manziliga) nisbatan litsenziya talablari va shartlari belgilangan bo‘lsa, uning manzili o‘zgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
filiallar va vakolatxonalar tomonidan ushbu filiallar va vakolatxonalarni tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan litsenziyaga muvofiq faoliyatni boshlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Litsenziatning yoki uning bir qismi qayta tashkil etilgan (shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan, ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi o‘zgargan, litsenziat bo‘lingan yoki boshqa subyekt bilan qo‘shib yuborilganda) yoki ulushdori o‘zgargan taqdirda, elektr energetikasi sohasidagi tegishli faoliyat turini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan litsenziya litsenziatning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin besh ish kuni ichida, ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, ushbu huquqiy vorisning nomiga litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tuzilgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ayni bir faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlari qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi qismida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun tugatilganda yoki faoliyat turlari birlashtirilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza talabgorning xohishiga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) tomonidan yuborilishi mumkin. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda, maxsus elektron tizim orqali Regulatorga xabarnoma yuboradi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ orqali litsenziyani qayta rasmiylashtirishda yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uning sabablari talabgor va litsenziat tomonidan asoslantirilgan va quyida sanab o‘tilgan shartlarga javob bergan taqdirda, amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi talabgor amaldagi litsenziyada belgilangan barcha majburiyatlarni, jumladan, ushbu Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiyatlarni bajarilishini o‘z zimmasiga olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi talabgor tegishli faoliyat turlari bo‘yicha ushbu Nizomda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha talablarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga olganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun undiriladigan yig‘imning ellik foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qayta rasmiylashtirish jarayoni Regulator tomonidan litsenziya olish uchun arizalarni ko‘rib chiqish belgilangan tartiblar bo‘yicha umumiy asosda amalga oshiriladi. Regulator yangi talabgorning litsenziya shartlarini bajarish imkoniyatini aniqlaydi. Bunda litsenziyaning shartlari, talablari va majburiyatlari o‘zgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, Regulatorga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulator litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Regulator quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyati bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Litsenziyaning amal qilishi Regulator tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Belgilangan muddat ichida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabab va kamchiliklar bartaraf qilinmasa, Regulator litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish muddatini uzaytirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Litsenziat ushbu Nizomning 36-bandida nazarda tutilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni Regulator yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda, Regulator litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga da’vo arizasi kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatganda, litsenziyaning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish haqida Regulatorga murojaat qilishi mumkin. Bunda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan olti oy muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida Regulatorga murojaat qilinmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Regulatorning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori “Litsenziya” AT orqali ushbu qarorni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning ERIsi bilan tasdiqlash orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda litsenziatning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi haqidagi qaror qabul qilingan kunning o‘zida bu haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Regulator yoki sud litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etilishi uchun yetarli, ammo besh ish kunidan kam va olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddat taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Litsenziat litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishi haqida qaror kelib tushganidan so‘ng qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va qarorda ko‘rsatilgan muddat yakunlanguniga qadar Regulatorga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ma’lumot yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan bo‘lsa, kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma va asoslovchi hujjatlar qarorda ko‘rsatilgan muddat yakunlanguniga qadar sudga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot tushgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Regulator ma’lumotlarni tahlil qilishi, zaruratga ko‘ra kamchiliklar bartaraf etilganligini joyiga chiqqan holda o‘rganishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tahlil yoki o‘rganishlar natijasida litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilganligi aniqlangan taqdirda, Regulator kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Regulator tomonidan litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risidagi qaror uch ish kunida qabul qilinmasa, jismoniy va yuridik shaxslar ushbu muddat tugagandan so‘ng Regulatorni “Litsenziya” AT orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish to‘g‘risidagi qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Sudning litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarori Regulatorga kelib tushganda, Regulator litsenziyaning amal qilishi qayta tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni “Litsenziya” ATga bir ish kunidan oshmagan muddatda joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Regulator tomonidan litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda, qo‘shib yuborilishi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda, u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berilganligi uchun litsenziat tomonidan davlat boji yoki litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imi belgilangan muddatda to‘lanmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Regulator quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni Regulator yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari bir marotaba qo‘pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga hamda atrof-muhitga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish uchun Regulatorga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulator xabarnomaga asosan yoki ushbu Nizomning 47-bandida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelganda, litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga ma’lum qiladi. Shuningdek, litsenziyaning amal qilishi bekor qilinganligi haqida “Litsenziya” ATdagi litsenziyalar reyestriga ma’lumot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Regulatorning litsenziyani bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilganligi haqidagi ma’lumoti sudga da’vo arizasi kiritilgan kundan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay litsenziatga “Litsenziya” AT orqali litsenziyaning amal qilishini bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritish sabablari va qonunchilik hujjatlarining aniq normalari ko‘rsatilgan holda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning litsenziyaning amal qilishini bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga va Regulatorga qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi hamda Regulator ushbu ma’lumotni bir ish kuni ichida litsenziyalar reyestriga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Regulator quyidagi hollarda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash tartibi bekor qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaga ega bo‘lgan jismoniy shaxs vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan Regulatorga litsenziyaning amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan ilgari murojaat etilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida litsenziyaning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida Regulatorga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi ushbu bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos bo‘yicha to‘xtatilgan taqdirda, Regulator bu haqida “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali litsenziatga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Litsenziya to‘lovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Litsenziya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunlari va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Litsenziya to‘lovlari litsenziyalangan faoliyatning har bir turi (kichik turi) bo‘yicha litsenziya berilganligi uchun bir martalik davlat boji hamda litsenziyalangan faoliyat turidan (kichik turidan) kelib chiqqan holda, yillik davriy yig‘imlardan iborat. Bunda elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirishuvchi litsenziat tomonidan faqatgina litsenziya berilganligi uchun bir martalik davlat boji to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan tegishli faoliyat turlari (kichik turlari) bo‘yicha to‘lanadigan litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘im miqdori quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LT=R*V
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“LT” — litsenziat tomonidan to‘lanadigan litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘im miqdori (so‘m);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” — kelgusi yil yetkazib beriladigan elektr energiyasining/xizmatlarining miqdori prognozi (kW·h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“R” — litsenziyalangan faoliyat turi (kichik turi) uchun belgilangan litsenziya to‘lovlarining yillik davriy yig‘im stavkasi (so‘m/kW·h).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘im miqdori litsenziatning oldingi moliyaviy yil yakunida erishgan pul aylanmasining ikki foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Litsenziya uchun yillik davriy yig‘imlar stavkalari har bir litsenziyalanadigan faoliyat turlari (kichik turlari) bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Regulator litsenziya uchun yillik davriy yig‘im stavkalarini doimiy ravishda ko‘rib chiqadi va zarur hollarda ularga o‘zgartirish kiritish yuzasidan noyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi. Takliflarda quyidagilar ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilayotgan o‘zgartirishlarning asoslari (tahliliy materiallar va hisob-kitoblar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tomonlarga nisbatan litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imlar miqdorining ta’sirini baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan yillik davriy yig‘imlar stavkalarining amalga kiritilish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Vazirlar Mahkamasi takliflarni ko‘rib chiqib, 1-dekabrga qadar yillik davriy yig‘im stavkasini o‘zgartirishni qabul qiladi yoki rad etadi. Takliflarda ko‘rsatilgan o‘zgartirishlar ma’qullangan taqdirda, yillik davriy yig‘im stavkasini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va ushbu qaror Regulator tomonidan tegishli faoliyat turini (kichik turini) amalga oshiruvchi litsenziatlarga “Litsenziya” AT orqali yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Litsenziyalangan faoliyat turlari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarning yillik prognozini tayyorlash va yillik davriy yig‘imni to‘lash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Litsenziat ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq har yili 15-dekabrga qadar kelgusi yil yetkazib beriladigan elektr energiyasi/xizmatlari miqdorini ko‘rsatgan holda, litsenziyalangan faoliyat turlarining yillik prognozini tayyorlaydi va Regulatorga “Litsenziya” AT orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat ishlab chiqarilgan elektr energiyasining sotiladigan hajmini (kW·h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat elektr energiyasining uzatiladigan hajmini (kW·h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yurituvchi litsenziat elektr energiyasining iste’molchilarga yetkazib berilgan qismini (kW·h),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat elektr energiyasini saqlash tizimidan yagona elektr energetikasi tizimiga uzatiladigan hajmini (kW·h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr ta’minoti faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziat iste’molchilarga sotiladigan elektr energiyasining hajmini (kW·h);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy xarid qiluvchi va elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziatlar elektr energiyasining sotiladigan hajmining (kW·h) yillik prognozini ko‘rsatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Har yili 15-dekabr sanasidan keyin litsenziyalangan faoliyatni boshlagan litsenziat yillik prognozini o‘z faoliyati boshlanish sanasidan so‘ng besh ish kuni ichida Regulatorga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Litsenziat faoliyatining yillik prognozi Regulator tomonidan tekshiriladi. Regulator litsenziyalangan faoliyat turi (kichik turi) uchun litsenziat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan yillik davriy yig‘im miqdorini mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq hisoblaydi va prognoz qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh ish kuni ichida “Litsenziya” AT orqali litsenziatning shaxsiy kabinetiga hisob-fakturani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Litsenziat hisoblangan yillik davriy yig‘imni Regulator tomonidan tegishli hisob-faktura berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Regulatorning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Bittadan ortiq litsenziyalangan faoliyat turini (kichik turini) amalga oshiruvchi litsenziat Regulatorga har bir litsenziyalangan faoliyat turi bo‘yicha alohida prognozni taqdim etadi. Bunda har bir litsenziyalangan faoliyat turi uchun yillik davriy yig‘im alohida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Litsenziya to‘lovlarini to‘lash kafolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Talabgor litsenziya olish uchun ariza berish jarayonida yillik davriy yig‘im miqdoriga teng bo‘lgan moliyaviy kafolatni (bank kafolatini) taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Litsenziat yillik davriy yig‘im to‘lovini ushbu Nizomning 61-bandida belgilangan muddatda amalga oshirmasa, to‘lanishi lozim bo‘lgan yillik davriy yig‘im miqdori moliyaviy kafolati (bank kafolati) hisobidan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Litsenziya to‘lovlari bo‘yicha yakuniy solishtirma dalolatnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Litsenziat har yili 20-yanvarga qadar o‘tgan kalendar yilda yetkazib berilgan elektr energiyasi/xizmatlarining haqiqiy miqdori ko‘rsatilgan yillik hisobotni Regulatorga “Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Regulator tomonidan litsenziat taqdim etgan hisobot asosida yillik davriy yig‘im bo‘yicha yakuniy solishtirma dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” AT orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Litsenziat yakuniy solishtirma dalolatnomani qabul qilgach, besh ish kunida Regulatorga ERI bilan imzolangan yakuniy solishtirma dalolatnomani “Litsenziya” ATdagi shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Litsenziat yakuniy solishtirma dalolatnomada aks ettirilgan ma’lumotlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, tegishli ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun dalolatnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Regulatorga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Regulator tomonidan litsenziatning murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va tushuntirishlar taqdim etiladi. Kelishuvga erishilgach, yakuniy solishtirma dalolatnoma litsenziat tomonidan imzolanadi va Regulatorga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Yakuniy solishtirma dalolatnomaga muvofiq litsenziat tomonidan yillik davriy yig‘im ortig‘i bilan to‘langan holati aniqlanganda, Regulator summaning tafovut miqdorini litsenziatning kelgusi yil uchun hisoblanadigan davriy yig‘imlari hisobiga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Yakuniy solishtirma dalolatnomaga muvofiq litsenziat tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasi/xizmatlarining haqiqiy miqdori prognozda ko‘rsatilgan miqdordan oshsa, Regulator yillik davriy yig‘im miqdorini qayta hisoblaydi va yetarli bo‘lmagan summa uchun litsenziatga “Litsenziya” AT orqali litsenziatning shaxsiy kabinetiga hisob-faktura yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Litsenziat qayta hisoblangan yillik davriy yig‘im miqdoriga yetarli bo‘lmagan summani Regulatordan hisob-faktura olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida Regulator hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Litsenziyaning amal qilishi bekor qilingan, to‘xtatilgan yoki litsenziatning faoliyati to‘xtatilganda litsenziatga yillik davriy yig‘im uchun to‘langan summa qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Regulator qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energetikasi sohasidagi faoliyat ustidan davlat nazoratini quyidagi shakllarda amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” AT orqali litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan masofaviy nazorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika axborotini hamda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Regulator litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilayotganda, yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlar natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yo‘l qo‘ygan litsenziya talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni ko‘rsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat faoliyatini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida, shuningdek, litsenziatning faoliyatini amalga oshirishni taqiqlash to‘g‘risida sudga ariza berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya berish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha yuridik shaxslarga jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, uni majburiy undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga davlat boji to‘lamasdan arizalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya olmasdan faoliyat yuritgan va/yoki litsenziyada nazarda tutilmagan xizmatlar ko‘rsatish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jarima qo‘llash va litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Regulator masofaviy nazoratni “Litsenziya” AT orqali litsenziatning xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek, boshqa vakolatli organlar va idoralardan olingan axborotlar asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy nazoratni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari to‘g‘risidagi xabar “Litsenziya” AT orqali avtomatik ravishda kelib tushadi. Regulator kelib tushgan xabar asosida litsenziat faoliyatini tahlil qiladi va o‘rganadi. Litsenziya talablari va shartlarining buzilish holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish bo‘yicha litsenziatga ko‘rsatma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziat Regulator tomonidan berilgan ko‘rsatmada bayon etilgan talablarni o‘n ish kuni ichida bajarishi va bu haqida xabar berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatma litsenziat tomonidan o‘z vaqtida bajarilmagan yoki bajarilishi ta’minlanmaganda, Regulator “xavfni tahlil qilish” tizimi asosida uning faoliyatini tekshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Litsenziatning faoliyati quyidagilar asosida joyiga chiqqan holda tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xavfni tahlil etish” tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziya” AT orqali kelib tushgan litsenziya shartlari va talablariga amal qilmaganlik holatlari to‘g‘risida jismoniy shaxslarning ma’lumotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziatning faoliyatini joyiga chiqqan holda tekshirishlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi o‘n ish kunigacha bo‘lgan muddatda joyiga chiqqan holda tekshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Regulator tomonidan belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan tekshirishdan bosh tortish litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Regulator litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi yuzasidan quyidagi yo‘llar bilan monitoring olib borishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda qabul qilish va o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatdan fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni, axborotlarni va yozma tushuntirishlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi boshqa organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha kelib tushadigan ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatga aralashmagan holda amalga oshirilayotgan litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish holati va shartlari bilan joyida tanishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Jarima qo‘llash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun jarima O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Litsenziat Regulator tomonidan taqdim etilgan, litsenziyada hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoidalarni buzganda, litsenziatga nisbatan sud tartibida jarima qo‘llaniladi, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarning litsenziat tomonidan tan olinishi va jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Regulator elektr energetikasi sohasidagi litsenziyalashga taalluqli qoidabuzarliklar uchun litsenziatga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartiblarga muvofiq jarima qo‘llaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Jarimalar sud tartibida undiriladi, yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarning litsenziat tomonidan tan olinishi va jarima summasi ixtiyoriy ravishda to‘lanish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima summasi miqdorining yetmish foizi huquqbuzar tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan hamda Regulatorga ushbu to‘g‘risida murojaat qilingan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq undirilgan jarimalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Regulator litsenziatdan iste’molchilar, hisobga olish uskunalari, ta’minot sifatining nazoratiga doir, shuningdek, shikoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va saqlashni talab qilishi mumkin. Bular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning nomlari, toifalari, manzillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lchash vositalarining joylashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarga to‘lanadigan kompensatsiya summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iste’molchilarning turli toifalari bilan imzolangan shartnomalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olingan shikoyatlarning soni va turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Litsenziat tomonidan ushbu Nizomda belgilangan muddatda yillik davriy yig‘im to‘lovi amalga oshirilmagan yoki moliyaviy kafolat taqdim etilmagan taqdirda, yillik davriy yig‘im sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Regulator (uning mansabdor shaxslari) litsenziatga nisbatan qo‘llagan javobgarlik choralari, shuningdek, litsenziyani to‘xtatib turishi va/yoki bekor qilishi noqonuniy deb topilgan taqdirda, litsenziatga keltirgan zararlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) elektr energiyasini gidroelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarish, shu jumladan, gidroakkumulyatsiya saqlash tizimi faoliyati;

b) elektr energiyasini issiqlik elektr stansiyalari yoki issiqlik elektr markazlari orqali ishlab chiqarish faoliyati;

v) shamol energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;

g) quyosh energiyasidan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;

d) chiqindilarni qayta ishlash jarayonida yoki biogaz orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;

e) vodoroddan elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;

j) atom elektr stansiyasi orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati;

z) boshqa turdagi stansiyalar orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik yoki jismoniy shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, yuridik shaxs uchun soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxs uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli ko‘chmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga;

v) ishlab chiqarish obyektining pasporti.

Obyekt pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan obyektining turi va texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar;

asosiy va yordamchi obyektlar ro‘yxati va ular to‘g‘risida ma’lumotlar;

g) yoqilg‘i (yonilg‘i) yetkazib berish bo‘yicha dastlabki yoki yakuniy shartnoma (faoliyatning kichik turlariga qarab zarur hollarda);

d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;

e) texnik ma’lumotlar, shu jumladan, asosiy texnik xususiyatlar, loyiha obyekt spetsifikatsiyalari, bir chiziqli sxema, obyektning joylashuvi va texnik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

z) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

i) asosiy vositalari ro‘yxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

k) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati;

l) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish to‘g‘risida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ishlab chiqaruvchilar uchun);

m) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining ishlab chiqarish obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

  1. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:

a) elektr energiyasini ishlab chiqarishda qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish;

b) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqarish obyektini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish;

v) ishlab chiqarish xavfsizligini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari hamda ekologiya talablari va normalarini ta’minlash;

g) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish;

d) yoqilg‘i (yonilg‘i) zaxiralarini saqlash va boshqarish (faoliyatning kichik turiga qarab);

e) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish;

j) energiya samaradorligini oshirish choralarini ta’minlash;

z) qo‘shimcha (yordamchi) xizmatlar va muvozanatlash xizmatlarini ko‘rsatish (zaruratga ko‘ra);

II. Litsenziyaning alohida talablari va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

talabgor elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini sotib olish bitimlari majburiyatlari mavjud bo‘lsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini ishlab chiqarish va sotish;

litsenziyalangan elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektining energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini ta’minlash;

elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish;

tegishli tizim operatorining ko‘rsatmalariga amal qilgan holda uzatish yoki taqsimlash tizimiga elektr energiyasini yetkazib berish;

ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq sotish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini sotish va sotib olish, muvozanatlash va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish va ularga muvofiq to‘lovlarni undirish;

b) majburiyatlari:

tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq operativ ko‘rsatmalarga rioya qilish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr stansiyasini ishchi holatda saqlash;

elektr energiyasini ishlab chiqarishni asossiz qisqartirishning oldini olish;

uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga zaxira va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan elektr stansiyalarida (inshootlarda) uskunalarni erkin tekshirish, sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish huquqini ta’minlash.

  1. Alohida hisobot yuritish:

har bir litsenziyalangan elektr stansiyasining elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi:

atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.

  1. Sug‘urta majburiyati:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sug‘urta qilish va sug‘urta polisini Regulatorga taqdim etish.

  1. Aktivlarni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash:

elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish;

Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etilishini taqiqlash.

  1. Obyektlarga kirish huquqi:

litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida ishlab chiqarish obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

  1. Egalik huquqi boshqa shaxslarga o‘tishi:

har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tishi to‘g‘risida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan ma’qullanishiga qadar boshqa shaxslarga o‘tishi taqiqlanadi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

g) O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (faoliyatning kichik turiga qarab);

d) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;

e) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;

j) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr energiyasini uzatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Elektr energiyasini uzatish faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) talabgorning elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-rejasi;

v) uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasi;

g) so‘nggi 5 yildagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, elektr energiyasi va quvvat oqimlari, jumladan, transchegaraviy elektr energiyasi va quvvat oqimlari bo‘yicha ma’lumot;

d) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

e) asosiy vositalari ro‘yxati, dasturiy ta’minot tizimlari, elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

j) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati.

z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining uzatish tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:

a) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq uzatish tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish;

b) litsenziat litsenziyalangan faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish;

v) litsenziat uzatish tizimiga uchinchi shaxslarning obyektiv va kamsitilmasdan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida ulanishini ta’minlash;

g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish;

d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari to‘g‘risida ma’lumotlarini olish imkoniyatini ta’minlash;

e) uzatish tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish;

j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga uzatish tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni o‘rnatish;

z) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish.

II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini ko‘rsatish va uzatish tarmoqlaridan teng foydalanishni ta’minlash;

elektr energiyasini uzatish tizimidan foydalanish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha barcha zarur harakatlarni amalga oshirish;

elektr energiyasini uzatish faoliyatini bajarish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha taklif kiritish;

elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, taqsimlash tizimi operatori, yirik iste’molchilar va elektr energiyasi bozori boshqa ishtirokchilariga elektr energiyasini uzatish xizmatlarini ko‘rsatish;

b) majburiyatlari:

qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq elektr energiyasining uzluksiz va ishonchli uzatilishini ta’minlash;

vakolatli tomonlarga uzatish tizimi foydalanuvchilaridan yoki boshqa tizimlardan uning tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib berilgan elektr energiyasi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni taqdim etishi uchun uzatish tizimiga tegishli hisoblagichlarni o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;

uzatish tizimidagi texnik yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha intizomiy ravishda choralar ko‘rish;

nosozliklarning oldini olish va elektr energiyasini uzatish samaradorligini oshirish uchun uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatishni, ta’mirlashni va modernizatsiya qilishni o‘z vaqtida amalga oshirish;

elektr energiyasini uzatish faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish.

2. Alohida hisobot yuritish:

elektr energiyasini uzatish faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash.

3. Uzatish tizimidan foydalanish uchun to‘lovlarni belgilash:

rasmiy veb-saytda belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar va yig‘imlarni belgilash uslubiyati, elektr energiyasi tariflari, uzatish tizimiga kirish va ulanish tartibini e’lon qilish;

uzatish tizimidan foydalanish va ulanish uchun kamsitishga yo‘l qo‘ymagan holda to‘lovlarni undirish.

4. Uzatish tizimini rivojlantirish rejasi:

uzatish tizimini rivojlantirish o‘n yillik rejasini ishlab chiqish va har yili yangilab borish;

uzatish tizimini rivojlantirish majburiyatlari bilan bog‘liq faoliyati to‘g‘risida yillik hisobotda ko‘rsatish.

5. Uzatish tizimi rejalashtirish va xavfsizlik talablari:

uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etib borish;

uzatish tizimini ekspluatatsiya qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirish uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash;

uzatish tizimini rejalashtirish va xavfsizlik talablarini rasmiy veb-saytda e’lon qilish.

6. Obyektlarga kirish huquqi:

litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida uzatish tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.

7. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish:

iste’molchilarning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish va iste’molchilarni ofisda qabul qilish uchun malakali va tegishli ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan mas’ullarni tayinlash;

iste’molchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa to‘g‘risidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish;

qo‘shimcha xizmatlar paketlarini iste’molchilar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash.

8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi:

atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.

9. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr energiyasini ishlab chiqarish faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

uzatish tizimi foydalanuvchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish, umumlashtirish, maxfiy va tijoriy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash;

uzatish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish rejasi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta yuklanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni veb-saytda joylash;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;

e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Elektr energiyasini taqsimlash faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) dastlabki biznes-reja, shu jumladan, investitsiya rejasi;

v) taqsimlash tizimini rivojlantirishning birlamchi rejasi;

g) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

d) biriktirilgan yoki ruxsat etilgan (foydalanish uchun) aktivlar ro‘yxati;

e) asosiy vositalari ro‘yxati va elektr energetikasi sohasida faoliyat turini (kichik turini) yuritish uchun zarur bo‘lgan aktivlar mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;

j) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati;

z) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining taqsimlash tizimi obyektlarida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:

a) taqsimlash tizimidan uchinchi shaxslarga obyektiv va kamsitishlarsiz foydalanishni ta’minlash, tarmoqqa ulanish so‘rovlarini yuborish, tarmoqqa ulanishni rad etish tartibi va tarmoqqa ulanish huquqiga ega bo‘lgan tomonlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish tartibini va qoidalarini ishlab chiqish;

b) O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq taqsimlash tizimini rivojlantirish va investitsiya rejasini tayyorlash va doimiy ravishda yangilab borish;

v) taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yuritish, ma’lumotlarni umumlashtirish, shu bilan birga maxfiy (o‘z ichiga davlat sirini olmagan va qonunchilik bilan himoyalangan ma’lumotlar, keyingi o‘rinlarda — konfidensial) va tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash;

g) iste’molchilarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlari bajarilishi va ularga rioya etilishining nazoratini ta’minlash;

d) hisoblash va hisob-kitoblarning tizim foydalanuvchilari, tizimga ulangan iste’molchilar uchun iste’mol (elektr energiyasi, reaktiv quvvat va boshqalar) to‘g‘risida ma’lumotlarini olish imkoniyatini ta’minlash;

e) taqsimlash tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirish;

j) Regulatorga, tizim operatoriga, tizim foydalanuvchilariga va boshqa manfaatdor shaxslarga taqsimlash tizimiga qabul qilingan va undan yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajm (birlik)lari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni taqdim etish imkonini beradigan hisoblagichlarni o‘rnatish;

z) ko‘chalarni yoritish tizimining aktivlarini boshqarish (xizmat ko‘rsatish), ulardan foydalanish va kengaytirish, ularning to‘g‘ri ishlashini, xavfsizligini hamda qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash;

i) qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatini amalga oshirish.

II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish uchun uchinchi shaxslarga tegishli bo‘lgan obyektlarga va (yoki) binolarga kirish huquqi;

taqsimlash tizimiga ulanish va foydalanish shartlariga rioya etilishini ta’minlash;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini taqsimlash, muvozanatlash va yordamchi xizmatlari uchun to‘lovlarni undirish;

elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini bajarish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha taklif kiritish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqsimlash tizimini rejalashtirish, ekspluatatsiya qilish (ishlatish), texnik xizmat ko‘rsatish va rivojlantirishni amalga oshirish;

b) majburiyatlari:

taqsimlash tizimi foydalanuvchilari uchun, agar qonunchilik hujjatlari bilan boshqacha talab qo‘yilmasa, imtiyozlarni taqdim etmaslik;

Regulatorga biznes-rejani va investitsiya rejasini taqdim etish;

o‘z veb-saytida o‘zining faoliyatiga doir ma’lumotlarni e’lon qilish;

O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq boshqa majburiyatlar.

  1. Alohida hisobot yuritish:

elektr energiyasini taqsimlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi:

atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.

  1. Aktivlarni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash:

elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish;

Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.

  1. Hisoblagichlarni yetkazib berish va ma’lumotlarni boshqarish:

hisoblagichlarni yetkazib berish, o‘rnatish, sinovdan o‘tkazish, ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish;

hisoblagichlardan olingan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va Regulatorga, taqsimlash tizimi foydalanuvchilariga va iste’molchilarga taqdim etish;

hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini o‘qish vazifalarini ta’minlovchilar yoki boshqa pudrat tashkilotlar orqali bajarish. Ushbu holatda litsenziat audit (tekshiruv)lar orqali hisoblagichlar ko‘rsatkichlarini o‘qish bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs ko‘rsatkichlarni muntazam va aniq o‘qib borishini ta’minlash.

  1. Obyektlarga kirish huquqi:

litsenziya olinganidan boshlab uch oy ichida taqsimlash tizimi obyektlari va (yoki) binolariga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.

  1. Elektr energiyasidan ruxsatsiz foydalanishni aniqlash va oldini olish:

elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishni, asbob-uskunalar yoki hisoblagichlarga jismoniy shikast yetkazishni hamda boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha barcha zarur choralarni ta’minlash;

muntazam ravishda texnik va texnik bo‘lmagan yo‘qotishlar tahlilini o‘tkazish va tahlil natijalari hamda xulosalarini Regulatorga taqdim etish;

yo‘qotishlarni boshqarish va qisqartirish rejasini har yili 31-dekabrgacha Regulatorga taqdim etish.

8. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi:

atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.

9. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr energiyasini taqsimlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10. Egalik huquqi boshqa shaxslarga o‘tishi:

har qanday kutilayotgan egalik huquqining boshqa shaxslarga o‘tishi yoki 25 foizdan ortiq aksiyalarning boshqa shaxsga o‘tkazilishi to‘g‘risida oltmish ish kunidan oldin Regulatorni xabardor qilish. Egalik huquqi Regulator tomonidan ma’qullanishiga qadar boshqa shaxslarga o‘tishi taqiqlanadi.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;

e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi

Elektr energiyasini saqlash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) elektr energiyasini siqilgan havo orqali saqlash faoliyati;

b) elektr energiyasini gravitatsiya kuchi orqali saqlash faoliyati;

v) elektr energiyasini batareyada saqlash faoliyati;

g) elektr energiyasini boshqa usullar orqali saqlash faoliyati.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish maqsadi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya olish uchun talabgorning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) mulkka nisbatan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tegishli ko‘chmas mulk obyektining chizmalari va xaritalari bilan birga;

v) elektr energiyasini saqlash tizimi (keyingi o‘rinlarda — Saqlash tizimi) pasporti.

Saqlash tizimi pasporti quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:

elektr energiyasini saqlash uchun foydalaniladigan obyektning turi va texnik xususiyatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar;

infratuzilma, asosiy va yordamchi obyektlar ro‘yxati va ular to‘g‘risida to‘liq ma’lumot;

g) sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa;

d) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;

e) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

j) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

z) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati;

i) yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish to‘g‘risida texnik shartlar va ulanish shartnomasi (yangi ulanadigan Saqlash tizimlari uchun);

k) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Saqlash tizimining qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi bo‘yicha xulosasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

  1. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:

a) mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligini, yong‘in xavfsizligi hamda ekologiya talablari va normalarini ta’minlash;

b) atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etish;

v) elektr energiyasini saqlash faoliyati doirasida qonunchilik hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilish;

g) dispetcherlik boshqaruvi qoidalari talablariga rioya qilish va dispetcher ko‘rsatmalarini bajarish.

  1. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:
  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

talabgor elektr energiyasini saqlash faoliyati litsenziyasini olgunga qadar Elektr energiyasini saqlash xizmati bo‘yicha bitim majburiyatlari mavjud bo‘lsa, olti oy ichida litsenziya olish va ushbu muddat ichida qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini saqlash xizmatini ko‘rsatish;

litsenziyalangan Saqlash tizimi energiya tejamkorligining xalqaro va mahalliy normalarga muvofiqligini ta’minlash;

Saqlash tizimi faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlarga hamda xalqaro va mahalliy atrof-muhit muhofazasi talablariga muvofiq yuritish;

Saqlash tizimini qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va shartlar asosida uzatish yoki taqsimlash tizimiga ulash;

tegishli tizim operatorining ko‘rsatmalariga amal qilgan holda, uzatish yoki taqsimlash tizimidan elektr energiyasini qabul qilish va ularga yetkazib berish;

b) majburiyatlar:

tizim operatori tomonidan dispetcherlik amaliyoti, muvozanatlash, tizimdagi avariya va favqulodda vaziyatlarda boshqarish, shuningdek, yordamchi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq operativ ko‘rsatmalarga rioya qilish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq Saqlash tizimini ishchi holatda saqlash;

uzatish va taqsimlash tizimlarining operatorlariga Saqlash tizimi uskunalarini erkin tekshirish, sinovdan o‘tkazish va texnik xizmat ko‘rsatish huquqini ta’minlash.

  1. Alohida hisobot yuritish:

elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarini tayyorlash.

  1. Atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi:

atrof-muhitni va inson salomatligini muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va sanoat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;

insonlarga yetkazilishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlar va zararlardan ularni himoya qilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq barcha zarur choralar ko‘rilishini ta’minlash.

  1. Sug‘urta majburiyati:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini saqlash faoliyati uchun foydalaniladigan aktivlarini sug‘urta qilish va sug‘urta polisini Regulatorga taqdim etish.

  1. Aktivlarni boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash:

elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar reyestrini ishlab chiqish hamda uni har yili 31-yanvardan kechiktirmay yangilash va Regulatorga taqdim etish;

Regulatorning yozma roziligisiz elektr energiyasini saqlash faoliyatini yuritish uchun foydalanadigan aktivlarini boshqa shaxsga o‘tkazish, hisobdan chiqarish, garovga qo‘yish va boshqacha tarzda tasarruf etishni taqiqlash.

  1. Obyektlarga kirish huquqi:

litsenziya olganidan boshlab uch oy ichida Saqlash tizimiga kirish tartib-tamoyillarini belgilovchi qoidalarni ishlab chiqish va vakolatli tomonlarga taqdim etish.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr energiyasini saqlash faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;

g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;

d) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi;

e) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr ta’minoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr ta’minoti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Elektr ta’minoti faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) talabgorga tegishli bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot;

v) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

d) talabgorning iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan tuzadigan shartnoma shakllari;

e) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:

a) litsenziat qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish;

b) elektr energiyasini iqtisodiy jihatdan maqbul tarzda sotib olish;

v) barcha iste’molchilarni zararni qoplash to‘g‘risida xabardor qilish majburiyati va bunday da’volar va kompensatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibini ishlab chiqish va Regulatorga tasdiqlash uchun taqdim etish;

g) qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish.

II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

ikki tomonlama shartnoma asosida litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilardan va boshqa ta’minotchilardan elektr energiyasini sotib olish;

vakolatli iste’molchilarga elektr energiyasi ta’minotini kelishilgan narxlar asosida amalga oshirish;

b) majburiyatlari:

tayinlangan ta’minotchi sifatida vakolatli va ta’minotchini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan iste’molchilarga namunaviy shartnomalar asosida Regulator tomonidan belgilangan tarif bo‘yicha elektr energiyasi ta’minotini amalga oshirish;

tayinlangan ta’minotchi sifatida belgilangan tariflarni iste’molchilar yoki iste’molchilar toifalari o‘rtasida hech qanday o‘zaro kesishma subsidiyani o‘z ichiga olmasligini ta’minlash;

tariflarni va narxlarni har qanday o‘zaro kesishma subsidiya natijasida oshirilmasligi yoki kamaytirilmasligini ta’minlash.

  1. Alohida hisobot yuritish:

elektr ta’minoti faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Ta’minotchining o‘zgarishi:

xodimlariga iste’molchilarning ta’minotchini o‘zgartirish huquqlari bo‘yicha qoidalar va tartiblarni qo‘llash yuzasidan ta’lim berish;

ta’minotchini o‘zgartirish jarayonida boshqa ta’minotchi bilan to‘liq hamkorlik qilish va bu jarayonni asossiz kechiktirmaslik yoki unga to‘sqinlik qilmaslik.

  1. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish:

iste’molchilarning murojaatlariga javob berish uchun ish soatlarida mas’ul xodimni ta’minlash;

iste’molchilarni veb-sayt, pochta manzili, telefon raqami, faks va elektron pochta manzili orqali ularning shikoyatlari yoki har qanday hodisa to‘g‘risidagi xabarlarini olish uchun tashkil etilgan axborot xizmati haqida xabardor qilish;

amaldagi tariflar yoki tartibga solinadigan tariflar va ta’minotning shartlaridagi har qanday o‘zgartirishlar haqida kamida 30 ish kuni oldin iste’molchilarni xabardor qilish. Agar iste’molchilar yangi shartlarni qabul qilishga qarshi bo‘lsalar, ular elektr ta’minoti shartnomasini bekor qilish huquqiga ega;

qo‘shimcha xizmatlar paketlarini iste’molchilar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash;

o‘z veb-saytida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasining ta’minoti namunaviy shartnomasi, tariflar va boshqa to‘lovlar to‘g‘risida axborotlarni e’lon qilish;

o‘z veb-saytida elektr energiyasining narxini hisoblash uchun kalkulyator o‘rnatish, hisob-kitob jarayonini qulaylashtirishni ta’minlash;

iste’molchilarni ta’minot shartnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida oltmish ish kuni oldin xabardor qilish;

iste’molchilarni ta’minotchi almashtirish jarayoni to‘g‘risida xabardor qilish.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr ta’minoti faoliyati to‘g‘risida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Markaziy xarid qiluvchi faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot;

v) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

g) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

d) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Litsenziyaning umumiy talablari va shartlari:

a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaziy xarid qiluvchi faoliyatini amalga oshirish;

b) tijorat qoidalarini, shu jumladan, barcha namunaviy shartnomalar shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Regulatorga taqdim etish;

v) litsenziyalangan ishlab chiqaruvchilar va litsenziyalangan yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;

g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablar.

     
      II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozorida Markaziy xarid qiluvchi vazifalarini bajarish;

litsenziyaga ega ishlab chiqaruvchilardan ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini xarid qilish;

b) majburiyatlari:

tayinlangan ta’minotchiga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish;

tegishli tizim operatorlariga tegishli tizimdagi yo‘qotishlarni qoplash uchun elektr energiyasini sotish;

yirik iste’molchilarga ikki tomonlama shartnoma asosida elektr energiyasini sotish.

  1. Alohida hisobot yuritish:

Markaziy xarid qiluvchi faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Yuridik va boshqaruv mustaqilligi:

o‘z faoliyatini elektr energetikasi sohasidagi boshqa subyektlardan mustaqil ravishda amalga oshirish;

faoliyatini mustaqillik talablariga muvofiq amalga oshirish va muvofiqlik to‘g‘risida ma’lumotlar va hujjatlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish.

  1. Kamsitish va asossiz ustuvorlikni taqiqlash:

faoliyat doirasida shartnoma munosabatlariga ega bo‘lgan yoki tuzmoqchi bo‘lgan shaxslar yoki toifalarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energetikasi sohasida raqobatbardoshlik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish va o‘zining ustun mavqeyini suiiste’mol qilmaslik.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili Markaziy xarid qiluvchi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turi:

Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) Elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot;

v) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

g) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

  1. Litsenziyaning umumiy shart va talablari:

a) qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasi bozori operatori faoliyatini amalga oshirish;

b) elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish va tizimlarning uzluksizligi, ishonchliligi hamda xavfsizligini ta’minlash;

v) infratuzilma, tizim va axborot texnologiya vositalari orqali elektr energiyasi bozorini samarali boshqarish;

g) elektr energiyasi bozorini monitoring qilish hamda tartibga solish uchun barcha zarur ma’lumotlar va hisobotlarni Regulatorga doimiy ravishda taqdim etish.

II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

elektr energiyasi bozorida bitimlarning bajarilishini, ishtirokchilarning texnik va moliyaviy majburiyatlarini nazorat qilish;

elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan xizmatlar ko‘rsatgani va savdo platformasi uchun haq undirish;

elektr energiyasi bozoridagi jarayonlarni samarali boshqarish hamda barcha shartlar va talablarga rioya etilishini ta’minlash uchun elektr energiyasi bozori ishtirokchilaridan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish;

elektr energiyasi bozorining infratuzilmasini rivojlantirish, samaradorlik va barqarorlikni oshirish uchun uning texnologik bazasini takomillashtirish uchun investitsiyalar kiritish;

b) majburiyatlari:

elektr energiyasi bozorining samarali ishlashini, shu jumladan, bozor ishtirokchilari o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish va sotishni muvofiqlashtirish hamda talab va taklif muvozanatini ta’minlash;

bozor ishtirokchilari tomonidan elektr energiyasi bozori doirasida tuzilgan shartnoma shartlariga rioya etilishini ta’minlash;

bozor ishtirokchilari va Regulatorga elektr energiyasi bozori bo‘yicha ma’lumotlarni, shu jumladan, narxlar, savdo hajmlari va tarmoqning texnik tavsiflari haqidagi ma’lumotlarni aniq va o‘z vaqtida taqdim etish;

bozor ishtirokchilarining tijorat va texnik ma’lumotlari himoya qilinishini va saqlanishini ta’minlash.

  1. Alohida hisobot yuritish:

Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Kamsitish va asossiz ustuvorlikni taqiqlash:

elektr energiyasi bozorining savdo platformasidan foydalanishda barcha elektr energiyasi bozori ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni kafolatlash;

raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki elektr energiyasi bozorining ayrim ishtirokchilariga ustunlik beruvchi amaliyotlarning oldi olinishini ta’minlash;

elektr energiyasi bozori ishtirokchilarning mavqeyi, moliyaviy holati yoki elektr energiyasi bozoridagi ulushidan qat’i nazar elektr energiyasini oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, ma’lumotlarni taqdim qilish va monitoringni amalga oshirish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatishda barcha teng sharoitlar yaratilishini ta’minlash.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati to‘g‘risida, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlash va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Elektr energiyasi savdosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) elektr energiyasi savdosi faoliyati;

b) elektr energiyasi eksporti va importi faoliyati.

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

4.

Litsenziyalovchi organ:

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Regulator)

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish manzili, xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi to‘g‘risida bayonot;

b) talabgorga tegishli bo‘lgan moddiy-texnik resurslar, shu jumladan, hisob-kitob, axborot tizimlari va faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud dasturiy ta’minot to‘g‘risidagi ma’lumot;

v) uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanishga tegishli tizim operatorlari bilan tuzilgan shartnomalarning nusxalari;

g) elektr energiyasi bozorida faoliyatning maqsadlari va strategiyasi, rejalashtirilgan savdo hajmlari, potensial kontragentlar, xavflar va ularni minimallashtirish choralarini nazarda tutuvchi biznes-reja;

d) faoliyatning moliyaviy modeli, shu jumladan, rejalashtirilgan savdo hajmlari asosida daromadlar va xarajatlar prognozlari;

e) so‘nggi uch yil uchun yoki so‘nggi uch yil ichida faoliyat boshlagan talabgorlarning moliyaviy hisobotlari;

j) elektr energetikasi sohasida faoliyat yuritish uchun kamida uch yilni qamrab oluvchi biznes-reja;

z) litsenziya to‘lovining yillik davriy yig‘imini to‘lash imkoniyatining mavjudligi yuzasidan moliyaviy kafolat, shu jumladan, bank kafolati.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

15 ish kuni

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Litsenziyaning umumiy talab va shartlari:
 

a) litsenziat faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritish;

b) litsenziat doimiy ravishda Regulatorga faoliyati, jumladan, savdo hajmlari, energiya manbalari va narxlari to‘g‘risida hisobot taqdim etish;

v) litsenziat elektr energiyasi bozori operatoriga faoliyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish.
 

II. Litsenziyaning alohida talab va shartlari:

  1. Litsenziatning huquq va majburiyatlari:

a) huquqlari:

qonunchilik hujjatlariga muvofiq elektr energiyasini kelishilgan narx asosida sotib olish;

elektr energiyasi savdosi faoliyatini elektr energiyasi bozori operatorining savdo platformasida amalga oshirish;

xalqaro shartnomalar asosida elektr energiyasi import va eksportini (faoliyatning kichik turlariga qarab) amalga oshirish;

litsenziat elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar, ta’minotchilar, yirik iste’molchilar, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlariga kelishilgan narxlarda sotish;

b) majburiyatlari:

elektr energiyasi savdosi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar majburiyatlarini to‘liq bajarish;

qonunchilik hujjatlariga muvofiq uzatish va taqsimlash tizimlari infratuzilmasidan foydalanganligi uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

Regulatorga faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni, shu jumladan, savdo operatsiyalari, import va eksport hajmlari (faoliyatning kichik turlariga qarab) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;

elektr energiyasi bozori operatori va tizim operatorlarining yagona elektr energetikasi tizimi xavfsizligi bilan bog‘liq ko‘rsatmalariga rioya qilish;

elektr energiyasi savdosi bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning shartlarini bajara olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy zararlar yoki xavflarni qoplash uchun moliyaviy kafolatlar va sug‘urta polislari mavjudligini ta’minlash.

  1. Alohida hisobot yuritish:

Elektr energiyasi bozori operatori faoliyati uchun boshqa faoliyatidan alohida moliyaviy hisobot yuritish;

xalqaro yoki mahalliy moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlash.

  1. Tizim ishonchliligi:

tizim ishonchliligini ta’minlash maqsadida elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlarida iste’mol va yetkazib berish hajmlarini muvozanatlash mexanizmlariga rioya qilgan holda, elektr energiyasini sotib olish va sotish;

elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi iste’mol va yetkazib berish muvozanatiga ta’sir ko‘rsatgan holda, elektr energiyasi zaxira quvvatlaridan foydalanish bo‘yicha shartnomalar tuzish.

  1. Cheklovlar va bozor sharoitlariga rioya qilish:

elektr energiyasining raqobatli ulgurji va chakana bozorlaridagi ulushi yoki mavqeyidan kelib chiqqan holda, narxlarni manipulyatsiya qilish, asossiz va sun’iy oshirish, tanqislik va ajiotaj talabni yuzaga keltirish hamda raqobatni cheklashni taqiqlash.

  1. Ma’lumotlarni taqdim etish:

Regulator so‘rovnomasi orqali so‘ralgan axborot va hisobotlarni so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etish;

har yili elektr energiyasi savdosi faoliyati, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni Regulatorga taqdim etish;

litsenziya olish uchun ariza berish paytida taqdim etilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, Regulatorni o‘zgartirishlar to‘g‘risida xabardor qilish;

moliyaviy yil tugashi bilan uch oy ichida Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarni auditor tomonidan tasdiqlatish va Regulatorga taqdim etish;

Regulator tomonidan e’lon qilinadigan hisobot topshirish tartibiga muvofiq davriy ma’lumotlarni taqdim etish.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;

b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;

v) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs

1. Elektron raqamli imzodan foydalangan holda (jismoniy shaxslar Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) “Litsenziya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) yoki Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.

2. Faoliyatning litsenziyalanadigan turini (kichik turini) tanlab, elektron shaklda, pasportning 5-bandida keltirilgan ma’lumotlarni (hujjatlarni) ilova qilgan holda ariza beradi.

3. Arizani ko‘rib chiqish uchun pasportning 6-bandida belgilangan miqdorda yig‘imni to‘laydi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

“Litsenziya” AT,

YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar avtomatik tarzda Regulatorga hamda pasportning 10-bandida belgilangan litsenziya berishda kelishiladigan organlarga ham yuboriladi.

Yig‘im to‘langandan so‘ng real vaqt rejimida

3-bosqich

Regulator

Arizani ko‘rib chiqadi, zaruratga ko‘ra obyektlarni joyiga chiqib o‘rganadi, boshqa davlat organlaridan mavjud ma’lumotlarni mustaqil ravishda oladi.

Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida

Kelishiladigan organ

Kelishiladigan organ tegishli kelishuvni yoki xulosani Regulatorga taqdim etadi (Kelishiladigan organlar belgilangan muddatlarda xulosa taqdim etmasa, ariza ushbu organlar bilan kelishilgan, xulosalar esa ijobiy berilgan hisoblanadi).

Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n ish kunida

4-bosqich

Regulator,

Kelishiladigan organ,

Talabgor

Obyektlarni joyiga chiqib o‘rganish natijasi bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va “Litsenziya” ATga kiritadi.

Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida

5-bosqich

Regulator

Arizada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgorga tegishli xabarnoma yuboradi.

Bunda arizani ko‘rib chiqish muddati o‘n ish kunigacha to‘xtatib turadi.

Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kuni ichida

Talabgor

Xabarnoma olingan kundan boshlab kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Xabarnoma olgandan so‘ng o‘n ish kuni ichida

6-bosqich

Regulator

Talabgor o‘n ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmasa, arizani rad etadi va bu haqda talabgorni shaxsiy kabinetiga “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali xabardor qiladi.

Ariza kelib tushgandan so‘ng yigirma besh ish kunida

Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga davlat boji to‘lash uchun hisobvaraq ko‘rsatilgan xabarnomani yuboradi.

Ariza kelib tushgandan so‘ng o‘n besh ish kunida

7-bosqich

Talabgor

Xabarnomada ko‘rsatilgan davlat bojini to‘laydi.

Besh ish kunida

“Litsenziya” AT

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan litsenziyani avtomatik ravishda shakllantiradi va talabgorning “Litsenziya” AT yoki YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat boji to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik davriy yig‘imni hisoblash va to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziat

Litsenziyalangan faoliyat turi bo‘yicha kelgusi yil yetkazib beriladigan elektr energiyasi/xizmatlari miqdori prognozini “Litsenziya” axborot tizimidagi (keyingi o‘rinlarda — “Litsenziya” AT) shaxsiy kabineti orqali Regulatorga yuboradi.

Har yili 15-dekabr

Litsenziat

Har yili 15-dekabr sanasidan keyin faoliyatni boshlagan litsenziat yillik prognozini “Litsenziya” AT orqali shaxsiy kabinetidan besh ish kuni ichida Regulatorga yuboradi.

O‘z faoliyati boshlaganidan besh ish kunida

2-bosqich

Regulator

Regulator litsenziat tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan yillik davriy yig‘im miqdorini hisoblaydi va “Litsenziya” AT orqali litsenziatning shaxsiy kabinetiga tegishli hisob-fakturani yuboradi.

O‘n besh ish kunida

3-bosqich

Litsenziat

Litsenziat hisoblangan yillik davriy yig‘imi miqdorini Regulator hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Besh ish kunida

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/91/0143-son)