13.02.2025 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida Galofit oʻsimliklari botanika bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, bioxilma-xillikni saqlash, tuproq-iqlim sharoitini yaxshilash, ekologik tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlarni izchil davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani “Samanboy” ovul fuqarolar yigʻinidagi, “Katti agar” massivi hududida Galofit oʻsimliklari botanika bogʻini (keyingi oʻrinlarda — botanika bogʻi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika bogʻini tashkil etish uchun Nukus tumani hokimligi zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan 56,29 gektar yer uchastkasini Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti tizimidagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga (keyingi oʻrinlarda — ilmiy-tadqiqot instituti) oʻttiz yil muddatga ijara huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar botanika bogʻini tashkil etishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq ekotizimini tiklash va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoʻrlanish va choʻllanishga moslashgan oʻsimliklarni tadqiq qilish, ularning turlarini koʻpaytirish va tajriba-sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda bioxilma-xillikni saqlash, tuproq-iqlim sharoitini yaxshilash boʻyicha yangi texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
galofit oʻsimliklarini botanika bogʻida yetishtirish va ulardan foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi sohasida hosildorlikni oshirish, shoʻr botqoqli hududlarni qayta tiklash hamda ulardan barqaror foydalanishga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik taʼlim va tadqiqot dasturlari orqali aholini atrof-muhitni muhofaza qilishga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekoturizmni yoʻlga qoʻyish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun imkoniyatlar yaratish, noyob oʻsimlik turlariga qiziqadigan tashrif buyuruvchilarni jalb etish va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida Galofit oʻsimliklari botanika bogʻini tashkil etish uchun ijaraga beriladigan yer uchastkalari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani hokimligi bir oy muddatda ilmiy-tadqiqot instituti bilan ilovaga muvofiq yer uchastkalarini belgilangan tartibda ijaraga berish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining botanika bogʻini tashkil etish bilan bogʻliq quyidagi xarajatlarni Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan botanika bogʻi hududini toʻsiq bilan oʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika bogʻi uchun berilgan yer uchastkasini tekislash, shudgorlash, koʻchat ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
galofit va boshqa oʻsimliklar urugʻlari hamda novdalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
botanika bogʻini tashkil etish uchun olimlar, ekspert va mutaxassislarni jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda botanika bogʻini saqlash bilan bogʻliq doimiy xarajatlarni moliyalashtirish manbalariga aniqlik kiritgan holda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 90-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumanida Galofit oʻsimliklari botanika bogʻini tashkil etish uchun ijaraga beriladigan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Kontur raqami

Umumiy yer maydoni

Shundan

Ekin yerlar

Boshqa yerlar

Jami

shu jumladan

suvli

holati yomon

1.

“Katti agar” massivi

909

3,20

3,09

3,09

3,09

0,11

2.

909a

1,24

1,22

1,22

1,22

0,02

3.

910

1,40

1,35

1,35

1,35

0,05

4.

910a

2,59

2,41

2,41

2,41

0,18

5.

930

1,35

1,28

1,28

1,28

0,07

6.

931

1,68

1,60

1,60

1,60

0,08

7.

932

1,71

1,63

1,63

1,63

0,08

8.

933

1,17

1,13

1,13

1,13

0,04

9.

934

1,68

1,64

1,64

1,64

0,04

10.

935

1,10

1,07

1,07

1,07

0,03

11.

935a

1,63

1,59

1,59

1,59

0,04

12.

936

4,18

4,01

4,01

4,01

0,17

13.

937

1,78

1,70

1,70

1,70

0,08

14.

938

1,89

1,81

1,81

1,81

0,08

15.

939

1,79

1,71

1,71

1,71

0,08

16.

940

1,33

1,28

1,28

1,28

0,05

17.

941

1,09

1,05

1,05

1,05

0,04

18.

942

1,82

1,73

1,73

1,73

0,09

19.

943

1,91

1,81

1,81

1,81

0,10

20.

944

1,64

1,57

1,57

1,57

0,07

21.

945

1,78

1,70

1,70

1,70

0,08

22.

946

1,77

1,69

1,69

1,69

0,08

23.

947

1,66

1,59

1,59

1,59

0,07

24.

948

1,48

1,41

1,41

1,41

0,07

25.

950

1,69

1,61

1,61

1,61

0,08

26.

951

1,71

1,63

1,63

1,63

0,08

27.

952

1,69

1,61

1,61

1,61

0,08

28.

953

1,93

1,76

1,76

1,76

0,17

29.

971

2,89

2,78

2,78

2,78

0,11

30.

972

1,39

1,36

1,36

1,36

0,03

31.

974

2,12

2,07

2,07

2,07

0,05

Jami:

56,29

2,40

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 09/25/90/0141-son)