1-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddatlari | |||
1-bosqich | Ariza beruvchi | Topografik ishlar tugagandan soʻng ixtisoslashgan tashkilot operatorning veb-platformasida oʻzining shaxsiy kabineti orqali “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga topografik maʼlumotlarni kiritish uchun ariza beradi va talab etilgan maʼlumotlarni yuklaydi. | Ixtiyoriga koʻra | |||
2-bosqich | Operator | Koʻrsatiladigan elektron xizmatlar uchun toʻlov hisob-varaqasini shakllantiradi va ariza beruvchiga joʻnatadi. | Bir soat | |||
3-bosqich | Ariza beruvchi | Toʻlov hisobvaraqasida koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshiradi. | Besh ish kuni | |||
4-bosqich | Operator | Taqdim etilgan topografik maʼlumotlarni tekshiradi va tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtgan topografik maʼlumotlarni roʻyxatga olib, ariza beruvchiga topografik maʼlumotlar “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilganligi toʻgʻrisida QR-kodli xabar yuboradi. Tekshiruvda nomuvofiqliklar aniqlansa, topografik maʼlumotni tuzatmalar kiritish uchun qaytaradi. | Qoidalarning 11-bandida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
4a-bosqich | Ariza beruvchi | Koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etgan holda, topografik maʼlumotni yangi versiyasini qayta kiritadi. | Yigirma kun | |||
4b-bosqich | Operator | Qayta taqdim etilgan topografik maʼlumotlarni tekshiradi va tekshiruvdan muvaffaqiyatli oʻtgan topografik maʼlumotlarni roʻyxatga olib, ariza beruvchiga topografik maʼlumotlar “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritilganligi toʻgʻrisida QR-kodli xabar yuboradi. Tekshiruv jarayonida oldin koʻrsatilgan nomuvofiqliklar toʻliq bartaraf etilmaganligi aniqlansa, taqdim qilingan topografik maʼlumotlarni “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritish rad etiladi | Qoidalarning 11-bandida koʻrsatilgan muddatlarda | |||
2-ILOVA
T/r | Xizmat turi | Oʻlchov birligi | Xizmat narxi* (BHM hisobida) |
1. | Maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarni taqdim etish | ||
1.1. | Topografik maʼlumotlar | 1 fayl ** | 0,3 |
1.2. | Geodezik punktlarning koordinatalari (x, y, z) | 1 punkt | 0,1 |
2. | Topografik maʼlumotlarni qabul qilish, tekshirish va “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritish | ||
2.1. | maydoni 0,5 ga va undan kichik | 1 obyekt *** | 0,5 |
2.2. | maydoni 0,5 ga dan 1,0 ga gacha | 1 obyekt | 0,8 |
2.3. | maydoni 1,0 ga dan 2,0 ga gacha | 1 obyekt | 1,0 |
2.4. | maydoni 2,0 ga dan 5,0 ga gacha | 1 obyekt | 1,3 |
2.5. | maydoni 5,0 ga dan ortiq boʻlgan obyektlarning qoʻshimcha har bir gektari uchun | 1 obyekt | 0,2 |
3. | Muhandislik kommunikatsiyalarining ijroviy topografik tasvirlarini qabul qilish, tekshirish, “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritish va navbatchi xaritani yangilash. Muhandislik kommunikatsiyasining uzunligi | ||
3.1. | 50 metrgacha | 1 obyekt | 0,2 |
3.2. | 51 metrdan 300 metrgacha | 1 obyekt | 0,5 |
3.3. | 300 metrdan ortiq boʻlganda qoʻshimcha har 100 metr uchun | 1 obyekt | 0,1 |
4. | Demontaj qilingan muhandislik kommunikatsiyalarining dalolatnomalarini va ijroviy topografik tasvirlarini qabul qilish, tekshirish, “Topografiya” maʼlumotlar bazasiga kiritish va navbatchi xaritani yangilash. Muhandislik kommunikatsiyasining uzunligi | ||
4.1. | 50 metrgacha | 1 obyekt | 0,15 |
4.2. | 51 metrdan 300 metrgacha | 1 obyekt | 0,3 |
4.3. | 300 metrdan ortiq boʻlganda qoʻshimcha har 100 metr uchun | 1 obyekt | 0,05 |
3-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddatlari | |||
1-bosqich | Ariza beruvchi | Operatorning veb-platformasida oʻzining shaxsiy kabineti orqali “Topografiya” maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarni olish uchun ariza beradi. | Ixtiyoriga koʻra | |||
2-bosqich | Operator | Arizada koʻrsatilgan hudud uchun “Topografiya” maʼlumotlar bazasida mavjud maʼlumotlarni oʻrganadi, maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha elektron xizmatlar uchun toʻlov hisobvaraqasini va taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantiradi hamda ariza beruvchiga joʻnatadi. Arizada koʻrsatilgan hudud uchun “Topografiya” maʼlumotlar bazasida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, arizachiga maʼlumotlar mavjud emasligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. | Uch ish kuni | |||
3-bosqich | Ariza beruvchi | Hisob-varaqasida koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshiradi. | Ixtiyoriga koʻra oʻn ish kuni davomida | |||
4-bosqich | Operator | Arizachining shaxsiy kabinetiga uning soʻroviga asosan maʼlumotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi va ushbu xabarni arizachining elektron pochta manziliga takrorlash mumkin | uch ish kuni |
2-ILOVA
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Ijro uchun masʼullar |
1. | Yirik masshtabli topografik tasvirlar va rejalar markazlashtirilgan topografik maʼlumotlar bazasiga (keyingi oʻrinlarda — “Topografiya” maʼlumotlar bazasi) kiritib borilishini taʼminlovchi veb-platformani ishlab chiqish va ishga tushirish. | 1. Veb-platformani ishlab chiqish uchun konsepsiya, texnik topshiriqni shakllantirish va oʻrnatilgan tartibda kelishish. | 2025-yil aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri ilmiy-tekshirish instituti |
2. Veb-platformani ishlab chiqish va test rejimida ishga tushirish. | 2025-yil iyul | |||
3. Veb-platformadan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalarni ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | |||
2. | “Topografiya” maʼlumotlar bazasini boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish hamda axborot almashinuvi boʻyicha hamkorlikni taʼminlash. | 1. “Elektron hukumat” axborot tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri ilmiy-tekshirish instituti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Kadastr agentligi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. “Litsenziya” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | |||
3. Yuridik shaxslarning maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | |||
4. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | |||
5. Davlat shaharsozlik kadastri geografik axborot tizimi geoportali bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | |||
6. Davlat geodeziya va kartografiya fondi maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | 2025-yil iyun | |||
7. Zarurat tugilganda boshqa axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash. | Zaruratga koʻra | |||
3. | “Topografiya” maʼlumotlar bazasidan foydalanish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish. | Quyidagi hududiy tashkilotlar va idoralar xodimlari uchun “Topografiya” maʼlumotlar bazasidan foydalanish zarurati, mazkur qaror ijrosini taʼminlashdagi ahamiyati boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish: geodeziya ishlarini bajarishga ixtisoslashgan tashkilotlar; loyiha tashkilotlari; shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi tashkilotlari; buyurtmachi xizmatlari; muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsiya tashkilotlari; qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari; qurilishi tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish komissiyasi aʼzolari va boshqalar. | Grafik asosida (2025-yil iyul — sentabr) | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri ilmiy-tekshirish instituti, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar |
4. | “Topografiya” maʼlumotlar bazasini modernizatsiya qilish va yanada takomillashtirish. | “Topografiya” maʼlumotlar bazasini modernizatsiya qilish va yanada takomillashtirish boʻyicha texnik va tashkiliy choralar amalga oshirilishini taʼminlash. | Doimiy ravishda | Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri ilmiy-tekshirish instituti |