31.01.2025 yildagi KSQ-2-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga sharh berish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda — Konstitutsiyaviy sud) raislik qiluvchi M. Abdusalomov, sudyalar A. Gafurov, K. Kamilov, J. Balkibayeva, K. Davletova, R. Ismaylov, A. Raximov va A. Raxmanovdan iborat tarkibda, katta ekspert U. Giyazovning kotibligida, taraf vakillari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari Sh. Polvanov, sudyalari U. Xolov, Sh. Saidov, D. Israilova, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (bundan buyon matnda — Savdo-sanoat palatasi) vakillari N. Saparniyazov, J. Nosirovlarning ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining (bundan buyon matnda — Oliy sud) murojaati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun) 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga sharh berish toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud sudya K. Davletovaning maʼruzasini, Oliy sud, Savdo-sanoat palatasi va tegishli davlat organlari vakillarining tushuntirishlarini hamda Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2023-yil va 2024-yilning 9 oyi davomida sudlarga kiritilgan daʼvo arizalar (arizalar) yuzasidan davlat boji undirilishiga oid sud amaliyotini umumlashtirib, tahlil qilgan. Shu davr davomida respublika boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlar tomonidan Savdo-sanoat palatasining palata aʼzolari manfaatida kiritilgan daʼvo arizalari (arizalar) qanoatlantirish rad etilishi natijasida 57 ta holatda 223 708 440 soʻm davlat boji Savdo-sanoat palatasidan, 6 179 ta holatda 40 815 919 954,1 soʻm davlat boji, manfaatida ariza kiritilgan Savdo-sanoat palata aʼzolaridan undirilgan. Sudlarda bunday ikki xil amaliyotning shakllanishiga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalarining ikkinchi qismidagi Savdo-sanoat palatasiga oid normalarni turlicha talqin etilishi va ziddiyatli qoʻllanilishi sabab boʻlgan. Mazkur Qonun normalarini bir xilda talqin qilinishi va qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, Oliy sud Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga rasmiy sharh berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisida Oliy sud, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari vakillarining fikrlari va tushuntirishlari eshitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud, Oliy sudning murojaati va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib, sud majlisida ishtirok etgan taraf vakillarining fikrlarini eshitib, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga sharh berishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 133-moddasi birinchi qismining 5-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 4-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud Konstitutsiya va qonun normalariga sharh beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 85-moddasi ikkinchi qismiga binoan Konstitutsiyaviy sudga Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash haqidagi murojaatda Konstitutsiyada va qonunda ularning amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar mavjudligiga doir vajlar hamda dalillar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudning murojaatida keltirilishicha, Savdo-sanoat palatasi tomonidan palata aʼzolarining manfaatini koʻzlab sudlarga kiritilgan daʼvo arizalar yuzasidan davlat boji undirilishiga oid sud amaliyoti umumlashtirilgan. Unga koʻra, 2023-yil va 2024-yilning 9 oyida Savdo-sanoat palatasi tomonidan oʻz aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab iqtisodiy sudlarga taqdim etilgan 59 883 ta daʼvo arizasining 2 967 tasini qanoatlantirish rad etilgan va 36 643 092 823,3 soʻm davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan tadbirkorlik subyektlaridan undirilgan boʻlsa, 2024-yilning 9 oyida 2 ta holatda jami 35 408 440 soʻm davlat boji Savdo-sanoat palatasi hisobidan undirilgan. Shu davr mobaynida maʼmuriy sudlarga taqdim etilgan 940 ta daʼvo arizaning 462 tasini qanoatlantirish rad etilgan boʻlib, 407 ta qaror bilan 1 068 814 000 soʻm davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan palata aʼzolaridan undirilgan boʻlsa, 55 ta sud qarori bilan 188 300 000 soʻm Savdo-sanoat palatasi hisobidan undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan esa 2023-yil va 2024-yilning 9 oyi davomida palata aʼzolari manfaatida taqdim etilgan 350 945 ta daʼvo arizasining 2 807 tasini qanoatlantirish rad etilgan va barcha holatda 3 104 013 130,8 soʻm davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan palata aʼzosi hisobidan undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining 14-bandi, shuningdek, 9 va 10-moddalari birinchi qismining 2-bandlariga asosan, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalarining ikkinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun normalari sudlar tomonidan turlicha talqin qilinayotganligi koʻrinadi. Masalan, ayrim maʼmuriy va iqtisodiy sudlar tomonidan Savdo-sanoat palatasi aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha daʼvo talablari qanoatlantirishdan rad etilganda Qonunning 9, 10-moddalari ikkinchi qismiga asosan davlat bojini Savdo-sanoat palatasi hisobidan undirilgan boʻlsa, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan esa davlat boji manfaati koʻzlanib daʼvo kiritilgan palata aʼzolari hisobidan undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq, vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga daʼvo ariza (ariza) berishda davlat bojini toʻlash asoslari va tartibi, uni toʻlashni kechiktirish, toʻlashdan ozod qilish tartibi hamda davlat bojini qaytarish tartibi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonun normalari bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 21-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, Palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab sudlarga davlat boji toʻlamasdan daʼvolar taqdim etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 35-moddasiga koʻra, Palata oʻz aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sudning murojaatida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalarining ikkinchi qismida Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, davlat boji undirishda noaniqlikning mavjudligi va bu amaliyotda qonun normasining notoʻgʻri talqin qilinishiga va qoʻllanilishiga olib kelayotganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy qonunning 85-moddasi birinchi qismiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalarini rasmiy sharhlash ularda normalarning amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilishiga olib kelgan noaniqliklar topilgan taqdirda amalga oshiriladi. Shuningdek, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 55-moddasida normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 8, 9, 10-moddalari davlat bojini toʻlashdan ozod qilish masalasiga taalluqli boʻlib, fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasi birinchi qismining 14-bandiga koʻra, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida, ushbu modda birinchi qismining 14-bandida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida, ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi birinchi qismining 2-bandiga koʻra, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Mazkur moddaning ikkinchi qismida, ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasida davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari belgilangan. Mazkur moddaning yigirma toʻrtinchi qismida davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118-moddasi yettinchi qismida, davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, deb belgilangan. Xuddi shunday normalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 138-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 115-moddasi beshinchi qismlarida ham mustahkamlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan holatlardan kelib chiqib, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunning 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar va arizalar boʻyicha, Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi degan norma, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undirilishini nazarda tutadi, degan xulosaga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasining yigirma toʻrtinchi qismi bilan ushbu Qonunning 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalarini qoʻllashda sudlar tomonidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan sudlarga kiritilgan daʼvo arizalar (arizalar) boʻyicha talablarni qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan holatlarda davlat boji undirishda turlicha amaliyot shakllangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan Qonun normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash, shuningdek, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalariga asosan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunni yanada takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq koʻrinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 133-moddasi birinchi qismining 5-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni 4-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 67, 69, 70, 72 va 85-moddalariga asosan, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 9, 10-moddalari ikkinchi qismining Savdo-sanoat palatasiga oid normalariga quyidagi mazmunda sharh berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolari (arizalar) boʻyicha “...koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi” degan normani, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, deb tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunni yanada takomillashtirish masalasini koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq soʻzi” gazetasi, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror qatʼiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSQ-2-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 12/25/2/0133-son)