Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2025-yil 25-yanvar,
SQ-65-V-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 25-yanvardagi SQ-65-V-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qarorlarining roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Oila instituti huquqiy asoslarini takomillashtirish va oilaviy qadriyatlarni saqlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-29-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 8-yanvardagi “O.A. Eshonovni Oʻzbekiston Respublikasining Vyetnam Sotsialistik Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-30-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan uning kotibiyati faoliyatini yanada kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi 270-V/KQ-32-V-sonli Qoʻshma qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida”gi KQ-33-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-34-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 29-noyabrdagi KQ-6-V-sonli Qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-37-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 20-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga oid masalalar toʻgʻrisida”gi KQ-38-V-sonli qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 22-yanvardagi “2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlarning ijrosi toʻgʻrisida”gi KQ-41-V-sonli qarori.