22.01.2025 yildagi KQ-41-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlarning ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha tasdiqlangan dasturlar ijrosi holati oʻrganilib, bu borada qator ishlar bajarilganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ortigʻi bilan bajarilgan boʻlib, 2024-yil yakuni boʻyicha xizmatlar hajmi 23,4 trln soʻmni (118 foizni), sanoat hajmlari 7,8 trln soʻmni (109 foizni), chakana savdo aylanmasi 8,4 trln soʻmni (117 foizni), qurilish ishlari 5,1 trln soʻmni (128 foizni) tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilning mahalliy budjeti tushumi 151,6 mlrd soʻmni tashkil etib, reja 51 mlrd soʻmga yoki 151 foizga bajarildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda oʻtgan yilda 332,5 mln AQSh dollarlik mahsulot ishlab chiqarilgan va xizmatlar eksporti amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil davomida tumanda 2 206 ta yangi tadbirkorlik subyekti (1 585 ta kichik biznes va 621 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari) tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati qariyb 764,8 mlrd soʻmlik 13 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, 500 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarda 127,8 mlrd soʻmlik 1 056 ta mikroloyiha toʻliq ishga tushirilib, ularda 2 938 ta yangi ish oʻrni tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakkasaroy tumani boʻyicha 203 nafar yoshlarning ishsizligi aniqlanib, ularning 116 nafari rasmiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan, 87 nafari oʻzini-oʻzi band boʻlishiga koʻmaklashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”ning moduliga kiritilgan 1 322 nafar ayolning 296 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. Tuman mahallalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faoliyatining moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan zamon talablariga javob beradigan soʻnggi rusumdagi 21 ta kompyuter xarid qilib topshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, tumandan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanali qirgʻoqlarini mustahkamlash va hududni obodonlashtirish uchun 75,0 mlrd soʻm budjet mablagʻlari ajratilgan hamda hozirgi vaqtda tegishli ishlar boshlab yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 0,72 km uzunlikdagi suv quvurlari yangisiga almashtirilgan. Tumanning “Armugʻon” va “Shohjahon” mahallarida 2 qavatdan baland uylarning tomi mukammal taʼmirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman aholisi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha 9 ta transformator taʼmirlangan va 8,9 km uzunlikdagi elektr tarmoq yangilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, dasturlarda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq kamchilik va muammolar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlarda belgilangan ayrim loyihalar boʻyicha moliyalashtirish manbalari aniq belgilab qoʻyilganiga qaramasdan, Toshkent shahar mahalliy budjetidan 30,2 mlrd soʻm ajratilmagan va buning oqibatida tegishli tadbirlar bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, tumanning Shota Rustaveli koʻchasining 6,5 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlini taʼmirlashga 5 mlrd soʻm hamda Choʻpon ota, Bogʻiboʻston, Shohjahon, A. Qahhor, Yusuf xos Hojib, At-Termiziy, Oʻrikzor, Glinka, Kichik Beshyogʻoch koʻchalari va kichik halqa avtomobil yoʻli boʻylab taʼmirtalab holatdagi piyodalar va velosiped yoʻlaklarini taʼmirlash uchun 6,7 mlrd soʻm ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi kichik sanoat zonasi hududi xatlovdan oʻtkazilib, 5,5 ming kv metr bino va inshootlar maydoni optimallashtirilgan boʻlsa-da, uning 52 foizi (2,9 ming m2) hanuzgacha “e-auksion.uz” elektron savdosiga chiqarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va tadbirkorlarning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida belgilangan tartibda imtiyozli kredit mablagʻlari hisobiga 2024-yilda 400 nafar fuqaroning bandligini taʼminlash nazarda tutilgan boʻlsa-da, amalda faqat 171 nafar fuqaroning (42,7 foiz) bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning 1-yanvar holatiga tumanda faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 4 330 ta tashkil etib, bu koʻrsatkich 2024-yilning boshiga nisbatan 1 189 taga oshgan. 2024-yil davomida Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat yuritmasligi sabablari oʻrganilmagan hamda ularning faoliyatini tiklash boʻyicha tegishli choralar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimligi masʼul boʻlgan sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish yoʻnalishida 405,5 mln soʻmlik 8 ta investitsiya loyihasi “istiqbolsiz” sifatida baholanib, buning oqibatida 250 ta yangi ish oʻrni yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻrijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oʻtuvchi qismining qirgʻogʻi boʻyida velosiped yoʻlaklari va xiyobonlar tashkil etish uchun 50 mlrd soʻm nazarda tutilgan boʻlsa-da, ushbu mablagʻ respublika budjetidan ssuda va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari tariqasida bugungi kunga qadar ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari K. Tursunovning 2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlarning ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlarning ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda tumandagi 26-sonli umumtaʼlim maktabini joriy yilda rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, 2-sonli sport maktabini mukammal taʼmirlash hamda tuman madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi barpo etilayotgan binoga joylashtirish masalalarini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni tahlil qilgan holda, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qarorning ijrosi yuzasidan umumlashtirilgan maʼlumotni 2025-yilning 15-iyuliga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi joriy yilning 1-iyuniga qadar moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berilgan quyidagi loyihalarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shota Rustaveli koʻchasining 6,5 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlini hamda Choʻpon ota, Bogʻiboʻston, Shohjaxon, A. Qahhor, Yusuf xos Hojib, At-Termiziy, Oʻrikzor, Glinka, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi va kichik halqa avtomobil yoʻli boʻylab taʼmirtalab holatdagi piyodalar va velosiped yoʻlaklarini taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bogʻsaroy” MFY Saraboʻston koʻchasi, 3a-uy va Kohinur koʻchasi 1v-uylarining old qismini, Beshchinor koʻchasi, Zanjirbogʻ tor koʻchasi va Zarbogʻ koʻchasining tepa qismini, “Konstitutsiya” MFY Yusuf xos Hojib va Bogʻidil koʻchalarini asfaltlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Y. Rajabiy” MFYdagi 5 ta koʻp kvartirali uyning tom qismini mukammal taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bobur” MFY hududida sugʻorish tizimlarini barpo etish loyihalariga shahar mahalliy budjetidan mablagʻ ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tumandagi kichik sanoat zonasidagi optimallashtirilgan hududlar hisobiga aniqlangan maydonlarni sotish uchun “e-auksion.uz” savdo platformasiga chiqarsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “istiqbolsiz” deb baholangan investitsiya loyihalarini qayta koʻrib chiqib, oʻrniga har tomonlama oʻrganilgan va moliyalashtirish manbasi aniq boʻlgan loyihalar bilan almashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi va Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda 2025-yilning 1-yanvar holatiga tumandagi 4 330 ta tadbirkorlik subyektining faoliyat koʻrsatmayotganligi sabablarini oʻrganish hamda ularning faoliyatini tiklash yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Boʻrijar kanalining Yakkasaroy tumanidan oʻtuvchi qismidagi kanal qirgʻogʻi boʻyida velosiped yoʻlaklari va xiyobonlar tashkil etish uchun belgilangan manbalar hisobidan mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Madaniyat hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari bilan birgalikda tuman madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida yangi barpo etilayotgan binoga joylashtirish hamda “K. Zaripov” nomidagi estrada sirk kolleji binosini taʼmirlash masalalarini oʻrganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yakkasaroy tumani hokimligi sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining belgilangan muddatda bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin va loyiha tashabbuskorlariga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq deputatlari Toshkent shahar va Yakkasaroy tumani Kengashlariga 2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari boʻyicha dasturlarning ijrosini “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda doimiy oʻrganib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan masʼul rahbarlarning axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-41-V-son