1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3605]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-son “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son “Tartibga solish taʼsirini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USLUBIYOTI

Mazkur Uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Uslubiyotda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (bundan buyon matnda monitoring deb yuritiladi) — normativ-huquqiy hujjatning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish bilan bogʻliq jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring rejasi — normativ-huquqiy hujjatning qabul qilish maqsadlari, indikatorlari, monitoring oʻtkazish davriyligi hamda monitoringni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa talablarni belgilaydigan reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring hisoboti — normativ-huquqiy hujjat yuzasidan oʻtkazilgan monitoring yakunlari boʻyicha tayyorlanadigan hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikatorlar — normativ-huquqiy hujjatning ijrosi, maqsadlariga erishish darajasi va samaradorligini aks ettiruvchi asosiy ustuvor koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subindikatorlar — indikatorlar natijalarini shakllantirishda foydalaniladigan miqdoriy yoki sifat koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indeks — bir toifadagi indikatorlarga berilgan qiymatlarning yigʻindisidan shakllangan umumiy koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdoriy koʻrsatkichlar — maʼlum iqtisodiy yoki jismoniy mohiyatga ega boʻlgan, son sifatida ifodalanadigan koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifat koʻrsatkichlari — xarajat, miqdor, vazn va ogʻirlik, uzunlik, samaradorlik va boshqa oʻlchovlarning aniq birliklari bilan oʻlchash qiyin boʻlgan koʻrsatkichlar. Ular, qoida tariqasida, odamlarning maʼlum faktlar, hodisalar, ularning afzalliklari va baholariga munosabatini aks ettiradi. Sifat koʻrsatkichlari foizlar bilan ham oʻlchanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar normativ-huquqiy hujjatda belgilangan tartiblar u qabul qilinganidan maʼlum muddat oʻtgach yoki bir necha bosqichda joriy etilishi nazarda tutilgan boʻlsa, monitoring mazkur hujjat qabul qilingan paytdan boshlab, ushbu tartiblar tegishincha uch yoki besh yil davomida amal qilgunga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalariga asosan normativ-huquqiy hujjat qonunchilikda belgilangan tartibda masʼul davlat organi tomonidan tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish, uning ijrosi va natijalarini muntazam hamda tizimli ravishda kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish uchun statistik maʼlumotlarni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar ijrosiga toʻsqinlik qiluvchi holatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni qoʻllash amaliyotining normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadlariga muvofiqligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjat ijrosi boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Monitoring rejasi va monitoring hisoboti normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi hamda monitoringni oʻtkazishga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan mazkur Uslubiyotning 1 va 2-ilovalariga muvofiq shaklda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring rejasi va monitoring hisoboti vazirlik va idoraning birinchi rahbari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Monitoring rejasi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda tayyorlanadi va loyiha qabul qilinguniga qadar boʻlgan barcha bosqichlarda unga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar monitoring rejasini shakllantirish va monitoringdan oʻtkazish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiy statistik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro reyting va indekslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soʻrovlar, jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlari, shu jumladan sud amaliyoti tahlillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlarda eʼlon qilingan materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Monitoring rejasini ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Monitoring rejasining tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Monitoring rejasida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoringni amalga oshirish uchun masʼul davlat organi yoki tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadlarni oʻlchash uchun indikatorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikatorni hisoblash uchun oʻlchov birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadlarni oʻlchash uchun belgilanadigan indikatorlarning toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikatorni oʻlchash davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikatorning vazni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqsadli koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikatorning joriy holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot berish uchun masʼul vazirlik va idoralar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Monitoring rejasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Indikatorlar normativ-huquqiy hujjat ijrosi samaradorligini baholash imkonini beruvchi asosiy mezonlar hisoblanib, zarur hollarda bir nechta subindikatorlar orqali hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Subindikatorlar indikatorning muayyan jihatlarini aniqroq baholash va toʻliq maʼlumot berish maqsadida shakllantiriladi hamda indikatorlarga nisbatan aniqlashtirilgan koʻrsatkichlar sifatida xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, subindikatorlar umumiy indikatorni oʻlchashga xizmat qiluvchi qoʻshimcha maʼlumot manbalari boʻlib, monitoring jarayonida toʻplangan maʼlumotlarning toʻgʻri va xolisligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Indikatorlarning toifasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Normativ-huquqiy hujjatlar samaradorligini baholash uchun indikatorlar quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) resurs koʻrsatkichlari — normativ-huquqiy hujjatning ijrosini taʼminlash uchun ajratilgan moddiy va texnik resurslarni aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:

Resurs koʻrsatkichlari qonun ijrosini taʼminlash uchun ajratilgan moliyaviy manbalar, inson resurslari, axborot tizimlarining mavjudligi va taʼminlanganligi kabi subindikatorlar orqali hisoblanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amaliyot koʻrsatkichlari — normativ-huquqiy hujjatning ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlarning (koʻrsatilgan davlat xizmatlari va boshqalar) sifati va aholi uchun qulayligini koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyot koʻrsatkichlari vakolatli organlar tomonidan qaror qabul qilishning tezligi, normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini taʼminlashda jarayon ishtirokchilari oʻrtasidagi munosabatlarning samaradorligi, tartib-taomillarning qonunchilik talablariga muvofiqligi va joriy etilgan mexanizmlarning amalda bajarilishi kabi subindikatorlarni oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) natijadorlik koʻrsatkichlari — normativ-huquqiy hujjatning unda belgilangan maqsadlarga erishilganligi holatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatning maqsadlariga erishish koʻrsatkichlari (miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari), normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini taʼminlashda jarayon ishtirokchilarining tartib-taomillardan qoniqish koʻrsatkichlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar, normativ-huquqiy hujjatning boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻzaro taʼsiri, bozor ishtirokchilari xulq-atvorining oʻzgarishi kabi subindikatorlar orqali oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Indikatorlarni ishlab chiqish mezonlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Normativ-huquqiy hujjatning indikatorlari quyidagi mezonlarga muvofiq ishlab chiqilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq boʻlishi — indikatorlar aniq va barcha uchun bir xilda tushunish imkoniyatini berishi, ular faqat belgilangan natija yoki taʼsirni oʻlchashga qaratilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erishsa boʻladigan boʻlishi — indikatorlar amaliy, real va mavjud resurslar hamda tashkiliy imkoniyatlarga mos boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻlchovli boʻlishi — indikatorlar aniq, obyektiv va qatʼiy oʻlchanadigan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlar bilan belgilanishi, statistik hisob-kitob va monitoring qilish imkonini beradigan aniq metodologiya va indikatorlar shkalasi bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb boʻlishi — dalillarga qatʼiy asoslangan, statistik va qiyosiy tahlil natijalariga tayangan, aniq va dolzarb muammolarni hal qilishga maqsadli yoʻnaltirilgan, strategik maqsadlar va kutilgan natijalar bilan toʻliq uzviy bogʻliq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli boʻlishi — indikatorlarga erishish uchun aniq, real va asoslangan vaqt davri belgilanishi hamda belgilangan vaqt oraligʻida bajariladigan boʻlishi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Indikatorlarni ishlab chiqishda mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlarda belgilangan vazifa, maqsad va koʻrsatkichlar inobatga olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, avvalo xalqaro reytinglar va indekslar, shuningdek jahon tajribasida qoʻllanilayotgan eng yaxshi amaliyotlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni rivojlantirish qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlarda sohaga tegishli maqsad va koʻrsatkichlar belgilanmagan hollarda, indikatorlarni ishlab chiqish xalqaro tajriba va xorijiy davlatlardagi oʻxshash holatlar boʻyicha qiyosiy tahlil asosida ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Indikatorlarning oʻlchamlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Indikatorni hisoblash uchun oʻlchov birligi uning mazmuni va maqsadiga muvofiq ravishda foiz, son, ball yoki vaqt birligi kabi koʻrsatkichlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Indikatorni oʻlchash davriyligi indikatorni baholash uchun belgilangan vaqt oraligʻi (oylik, choraklik, yarim yillik yoki yillik) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indikatorni oʻlchash davriyligini belgilashda normativ-huquqiy hujjatning maqsadlariga erishish hamda uning qoʻllanilishi uchun zarur boʻlgan vaqt oraligʻi hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bir indikatorga, shu jumladan subindikatorlarga normativ-huquqiy hujjatning umumiy maqsadiga erishishdagi hissasidan kelib chiqqan holda vazn belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda indikatorlarning ahamiyati va ularning normativ-huquqiy hujjatning ijrosi natijalariga taʼsir koʻrsatish darajasi hisobga olinib, umumiy vaznga nisbatan tegishli ulushi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indikatorlarga berilgan vaznlar normativ-huquqiy hujjatning samaradorligini baholashda xolis va aniq yondashuvni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Indikatorlarning nisbiy ahamiyatini aniqlashda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ilmiy doira vakillari hamda amaliyotchi mutaxassislarning xulosalari asosida baholash usuli qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash usuli indikatorlarning, shu jumladan subindikatorlarning mavjud holatga mosligini, ularning amaliy ahamiyati va normativ-huquqiy hujjatning maqsadlariga erishishdagi roliga oid ishonchli maʼlumotni olish maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Subindikatorlarning vaznini belgilashda, uning umumiy indikatorga boʻlgan taʼsiri va erishiladigan natijalarga qoʻshadigan hissasi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Indikatorning joriy qiymati indikatorning muayyan vaqt kesimida qayd etilgan, amaldagi holatini aks ettiruvchi miqdoriy yoki sifat koʻrsatkichi boʻlib, maqsadli indikatorlarni belgilash va ijro natijalarini baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maqsadli koʻrsatkichlar normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini baholash va ularning belgilangan maqsadlarga erishish darajasini aniqlash uchun belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maqsadli koʻrsatkichlar oʻrta va uzoq muddatga moʻljallanadi hamda quyidagi tartibda belgilanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar indikator birinchi marotaba aniqlangan boʻlsa, mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan strategiya, konsepsiya va dasturlarda belgilangan maqsadlar yoki xalqaro tajriba va xorijiy davlatlardagi oʻxshash holatlar boʻyicha qiyosiy tahlil asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar indikator oʻtgan yillarda ham aniqlangan boʻlsa, uning oldingi yillardagi natijalari hamda rivojlanish dinamikasi asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Monitoring oʻtkazish va normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish maqsadlariga erishilishini tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Monitoringni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Monitoring indikatorlar yuzasidan tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda ushbu Uslubiyotning 2-ilovasida belgilangan monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Monitoring quyidagi prinsiplar asosida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislik — monitoring jarayonida maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va baholashda xolisona yondashuvni taʼminlash, monitoring natijalariga tashqi omillar taʼsir koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlik — monitoring doirasida olingan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligini taʼminlash, ularning amaldagi holatga muvofiqligini kafolatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetarlilik — monitoring maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan hajmdagi maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish va tegishli xulosalar chiqarish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimlilik — monitoring jarayonlarini belgilangan tartib va ketma-ketlikda amalga oshirish, maʼlumotlarni tizimli ravishda toʻplash, qayta ishlash va saqlash tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarblilik — monitoring natijalarini belgilangan muddatlarda taqdim etish, maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash va kechikishlarning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Monitoring oʻtkazishga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora tomonidan monitoringni samarali tashkil etish maqsadida monitoring oʻtkazish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda monitoring uchun masʼul boʻlgan tuzilma va shaxslar, axborot toʻplash tartibi va muddatlari aniq belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Monitoring oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlar monitoring rejasida koʻrsatilgan masʼul vazirlik va idoralardan, shuningdek sohaga masʼul boʻlgan boshqa davlat va nodavlat tashkilotlaridan soʻrov asosida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Monitoringni oʻtkazishda zarur boʻlgan axborot va maʼlumotlarni toʻplash rasmiy statistik maʼlumotlar bilan birgalikda aholi va manfaatdor tomonlar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazilishi orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Monitoring natijalarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Monitoring natijasida toʻplangan maʼlumotlar asosida resurs, amaliyot va natijadorlik indekslari quyidagi tartibda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) indikatorning maqsadga erishish darajasi (MED) quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalda koʻrsatilgan xizmatlarning soni 120 tani tashkil etsa hamda uning maqsadli koʻrsatkichi 300 ta etib belgilangan boʻlsa, ushbu indikatorning maqsadga erishish darajasi (120 ÷ 300) × 100 % = 40 % ga teng;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) indikatorning qiymati uning maqsadga erishish darajasi belgilangan vazniga koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar indikatorning vazni 25 foiz boʻlsa va maqsadga erishish darajasi 40 foiz boʻlsa, u holda indikatorning qiymati (25 × 40) ÷ 100% = 10 ga teng boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) resurs, amaliyot va natijadorlik indekslarini hisoblash uchun oʻlchangan indikatorlarning qiymatlar yigʻindisi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Resurs indeksi (RI) quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

vazni — i indikatorning vazni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati — i indikatorning qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Resurs, amaliyot va natijadorlik indekslarining natijasi quyidagi shkalada baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86 — 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 — 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Resurs va amaliyot koʻrsatkichlari normativ-huquqiy hujjat ijrosining (jarayonning) qay darajada toʻgʻri va tizimli tashkil etilganligini, natijadorlik koʻrsatkichi normativ-huquqiy hujjatning koʻzlangan maqsadlarga erishilish holatini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarning monitoring faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Indekslar qoniqarli yoki qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, monitoringga masʼul vazirlik yoki idora tomonidan tartibga solish maqsadlariga erishishni taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Chora-tadbirlar rejasida qonunchilik hujjati ijrosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar, ularning amalga oshirish muddatlari hamda ijroga masʼul tarkibiy boʻlinmalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyotiga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat ijrosini monitoringdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI

I. Umumiy maʼlumotlar
1.
Normativ-huquqiy hujjat nomi va rekvizitlari
2.
Ijro va monitoringni amalga oshirish uchun masʼul davlat organi yoki tashkiloti
II. Normativ-huquqiy hujjat ijrosi va natijadorligiga oid asosiy koʻrsatkichlar va masʼul davlat organlari
T/r
Indikator toifasi
Indikator (subindikator) nomi
Oʻlchov birligi
Vazni
Davriyligi
Joriy holat
(yillik)
Maqsadli koʻrsatkichlar
Maʼlumot berishga masʼul idoralar
______ yil uchun
(oʻrta muddatli)
______ yil uchun
(uzoq muddatli)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1-maqsad. ...
1.
Resurs koʻrsatkichlari
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
2.
Faoliyat koʻrsatkichlari
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
3.
Natijadorlik koʻrsatkichlari
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
2-maqsad. ...
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyotiga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Normativ-huquqiy hujjat monitoringi natijalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Indikator (subindikator) nomi
Vazni
Oʻlchov birligi
n yildagi dastlabki qiymat
(yillik)
Koʻrsatkich indeksi
(foizda)
n+1 yil natijasi
(yillik)
Koʻrsatkich indeksi
(foizda)
n+2 yil natijasi
(yillik)
Koʻrsatkich indeksi
(foizda)
...
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1-maqsad. ...
1.
Resurs koʻrsatkichlari (umumiy qiymat)
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
2.
Faoliyat koʻrsatkichlari (umumiy qiymat)
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
3.
Natijadorlik koʻrsatkichlari (umumiy qiymat)
1-indikator
1.1. Subindikator
1.2. Subindikator
2-indikator
2.1. Subindikator
2.2. Subindikator
...
2-maqsad. ...
Izoh:
Normativ-huquqiy hujjat ijrosi va natijadorligini monitoring qilishga imkon beradigan boshqa maʼlumotlar
...
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2025-y., 10/25/3605/0121-son)