27.01.2025 yildagi KQ-49-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qoʻyishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish choralari koʻrilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonunlar orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati hamda ahamiyatini joylarda fuqarolarga yetkazish, aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni ishchi guruh yigʻilishlarida muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda aholining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish borasida taklif va tavsiyalar tayyorlash hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha Senat Kengashiga axborot kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishchi guruh (Z. Bekatova) mazkur Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 27-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-49-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi KQ-49-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Bekatova Zumrad Raximbayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Ishchi guruh rahbari

2.

Saparov Sherzod Baxtiyarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — matbuot kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Ishchi guruh aʼzolari

3.

Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

4.

Sadullayev Qudrat Yusubbayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi boʻlim boshligʻi

5.

Achilov Izzat Tulkinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi prokurori

6.

Sultanov Jamshid Xasilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Maʼnaviy-maʼrifiy xizmati boshligʻi oʻrinbosari

7.

Ochilov Alijon Muxlisovich

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

8.

Yusupov Jamshid Baxtiyarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boʻlim boshligʻi

9.

Sayidumarov Oybek Tursunxoʻja oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti davlat xizmatchilarining malakasini oshirish boshqarmasi bosh inspektori

10.

Aralov Dadaxon Rashitxonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi

11.

Safarov Temur Uktamovich

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-taʼlim markazi prokurori

12.

Raximova Muattara Abdusattarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti professori

13.

Niyozova Salomat Saparovna

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti professori

14.

Kendjayev Rustam Valiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi KQ-49-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish boʻyicha 2025-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan vazifalar

Amalga oshirish shakli (mexanizmi)

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish

1.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi malakasini oshirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

doimiy

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

vazirlik va idoralar,

taʼlim tashkilotlari,

ishchi guruh aʼzolari

2. Malaka oshirish ishlari natijalari yuzasidan maʼlumotlarni har yarim yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kiritish.

iyun — dekabr

2.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan xodimlarini “E-learning” elektron taʼlim platformasida onlayn oʻqitish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlashga masʼul xodimlarini “E-learning” platformasida oʻqitish ishlarini tashkil etish.

doimiy

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

vazirlik va idoralar,

taʼlim tashkilotlari,

ishchi guruh aʼzolari

2. Oʻquvlar natijalari yuzasidan maʼlumotlarni ishchi guruh yigʻilishlarida muhokama qilish.

har chorakda

3.

Davlat xaridlari jarayonida korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni aniqlash yuzasidan sotsiologik tadqiqot va soʻrovnoma oʻtkazish.

1. Davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi tadbirkorlar, davlat buyurtmachilari va operatorlar bilan jarayonni tanqidiy tahlil qilish maqsadida anonim shaklda sotsiologik tadqiqotlar va soʻrovnomalar tashkil qilish.

2. Soʻrovnoma natijalarini tahlil qilish va zaruratga koʻra tegishli davlat organlarini jalb qilgan holda muhokama qilish.

fevral

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Ijtimoiy fikr” markazi,

“Yuksalish” umummilliy harakati,

“Taraqqiyot strategiyasi markazi”,

ishchi guruh aʼzolari

4.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

1. Energetika va Transport vazirliklari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holatini tahlil qilish.

2. Tahlil natijalari asosida, zaruratga koʻra, Energetika va Transport vazirliklarining axborotlarini Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi majlisida eshitish boʻyicha taklif tayyorlash.

noyabr-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari,

Energetika va Transport vazirliklari

5.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash.

1. Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun ijro intizomi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy qoʻllanma tayyorlash.

2. Tayyorlangan huquqiy qoʻllanmani davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish.

aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

ishchi guruh aʼzolari

6.

“Korrupsiyadan xoli” boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarini aniqlash hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

1. “Korrupsiyadan xoli” boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflarni ishchi guruh yigʻilishida muhokama qilish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda amaliyotga joriy qilish choralarini koʻrish.

iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Huquqni muhofaza

qilish akademiyasi,

vazirlik va idoralar,

ishchi guruh aʼzolari

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini ragʻbatlantirish.

1. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini aniqlash.

2. Korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

Adliya vazirligi,

Huquqni muhofaza

qilish akademiyasi,

vazirlik va idoralar,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Kengashi (kelishuv asosida),

ishchi guruh aʼzolari

8.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlariga jamiyat va davlat hayoti uchun muhim qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Siyosiy-maʼrifat soati” tadbirlarini oʻtkazib borish.

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari uchun “Huquqiy bilimlar kuni” tadbirlarini oʻtkazib borish boʻyicha grafik ishlab chiqish.

fevral

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar, viloyat, tuman va shahar hokimliklari,

Davlat xizmatini rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish agentliklari

2. Grafik asosida “Huquqiy bilimlar kuni” tadbirlarini oʻtkazish.

grafik asosida

3. “Huquqiy bilimlar kuni” tadbirlarini oʻtkazish natijalari boʻyicha har chorak yakuni boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga maʼlumot taqdim qilish.

har oyda

4. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlumotlari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʻqnashuvi va boshqa masalalarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligidagi “Siyosiy-maʼrifat soati”da kontent tayyorlash va taqdim etib borish.

har oyda

9.

Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)ni ochish va unga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritib borish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)ni ochish.

fevral

Vazirlik va idoralar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari

2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)da korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni joylashtirib borish.

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kiritib borish.

doimiy

10.

Aholi uchun korrupsiya, uning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni targʻib qiluvchi sahna asarlari, kinofilmlar, targʻibot materiallari tayyorlash.

1. Aholining barcha qatlamlari uchun korrupsiyaga murosasizlikni shakllantirishga, yosh avlod ongiga halollik qadriyatlarini singdirishga qaratilgan turkum sahna koʻrinishlari, badiiy filmlar, targʻibot materiallari tayyorlash. Bunda amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan javobgarlik choralari, korrupsiyaviy holatlar yuzasidan statistik maʼlumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashishga vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati hamda boshqa masalalar nazarda tutiladi.

2. Tayyorlangan sahna koʻrinishlari, badiiy filmlar, targʻibot materiallarini milliy va mahalliy telekanallar orqali efirga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish hamda joylarga aholiga yetkazish.

mart

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

vazirlik va idoralar,

ishchi guruh aʼzolari

11.

Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy holatlar boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻib qilish.

1. Manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy holatlar boʻyicha xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari roʻyxatini tuzish.

2. Ushbu roʻyxatni har oyda yangilab borish.

3. Roʻyxatni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

doimiy

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

vazirlik va idoralar,

taʼlim tashkilotlari,

ishchi guruh aʼzolari

12.

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuniga bagʻishlab Aksilkorrupsiya oyligini oʻtkazish.

1. “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish” kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida vazirlik va idoralar tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini oʻtkazish.

2. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarida oʻz faoliyati ochiqligini taʼminlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik vakillariga maʼlumotlar berish.

3. “9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida tanlov oʻtkazish va gʻoliblarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda taqdirlash.

4. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari natijalari boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga maʼlumot taqdim qilish.

noyabr-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

vazirlik va idoralar,

huquqni muhofaza qiluvchi organlar

13.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yuzasidan intervyu, suhbatlar tashkil etish.

1. Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yuzasidan intervyu va suhbatlar tashkil etish.

2. Intervyu va suhbatlarni ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga maʼlumot taqdim qilish.

yil davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

vazirlik va idoralar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari

14.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan lavha va koʻrsatuvlar tayyorlash.

1. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan lavha va koʻrsatuvlar tayyorlash.

2. Lavha va koʻrsatuvlarni ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, rasmiy veb-saytlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilish.

3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga maʼlumot taqdim qilish.

yil davomida

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

vazirlik va idoralar,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari

II. Taʼlim tizimida korrupsiyaning oldini olish

15.

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish.

1. Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik muhitni shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini oʻtkazish konsepsiyasi va talablarini nazarda tutuvchi tanlov nizomini ishlab chiqish.

2. Insholar tanlovini oʻtkazish va tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish.

mart-aprel

Yoshlar ishlari agentligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari

16.

Taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” rasmlar koʻrgazmasini oʻtkazish.

1. “Biz korrupsiyaga qarshimiz” rasmlar koʻrgazmasini oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berish.

2. “Biz korrupsiyaga qarshimiz” rasmlar koʻrgazmasini oʻtkazish.

3. Koʻrgazma natijalarini OAVda keng yoritish.

dekabr

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

17.

Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini Oʻzbekistonda keng joriy etish.

1. Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini taʼlim muassasalarida targʻib qilishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2. Oʻquv dasturini barcha taʼlim tashkilotlariga yetkazish.

3. Oʻquv dasturida berilgan mavzularni oʻquvchilarga tushuntirib borish.

2025-2026-oʻquv yilidan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

18.

Oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlaridagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)ni ochish va unga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni kiritib borish.

1. Oliy taʼlim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)ni ochish.

fevral

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

tizimida oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar,

Oliy taʼlim muassasalari,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari

2. “Korrupsiyaga qarshi kurashish” rubrikasi (sarlavhasi)ga oliy taʼlim muassasalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni joylashtirib borish.

doimiy

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kiritib borish.

har chorakda

19.

#Stop korrupsiya xeshtegi ostida oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chellenj oʻtkazish.

1. Oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chellenj oʻtkazish haqida eʼlon qilish.

mart

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

2. Oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chellenj oʻtkazish.

aprel

3. Oʻtkazilgan chellenj natijalari boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga maʼlumot taqdim qilish.

har chorakda

20.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalari uchun oʻquv dasturlarini tasdiqlash.

1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish” maxsus oʻquv dasturi asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida va maktab taʼlimi muassasalari oʻquvchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni bolaligidan shakllantirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining barcha yosh guruhlarida ertalabki qabul jarayoni suhbatlarida, umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilari uchun barcha sinflar doirasida “Tarbiyaviy soatlar”da va umumiy oʻrta taʼlimning “Tarbiya”, “Tarix”, shuningdek, “Davlat va huquq asoslari” fanlari doirasida oʻtilayotgan mavzularni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi koʻmagida milliy va jahondagi mavjud boʻlgan resurslardan keng foydalangan holda mustahkamlash.

doimiy

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

21.

Chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish.

1. Chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoring qilish va umumlashtirib borish.

2. Monitoring va umumlashtirish natijalarini ishchi guruh aʼzolari ishtirokida muhokama qilib borish.

3. Muhokamalar natijalari boʻyicha Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritish.

har chorak

Ishchi guruh kotibi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,

ishchi guruh aʼzolari