17.12.1979 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslarning Axloq Kodeksi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar ularning oʻz kasbi talab etadigan yuksak darajadagi masʼuliyatga muvofiq jamiyatga xizmat qilib va barcha shaxslarni gʻayriqonuniy harakatlardan himoya qilib, qonun bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni doimiy ravishda bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar” atamasi huquqni qoʻllashga aloqador boʻlgan politsiya vakolatlariga, ayniqsa, huquqbuzarlarni ushlab turish vakolatlariga ega boʻlgan barcha tayinlanadigan yoki saylanadigan mansabdor shaxslarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) politsiya vakolatlarini maxsus formadagi yoki fuqaro kiyimidagi harbiy hokimiyat vakillari yoxud davlat xavfsizlik kuchlari tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatlarda “huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar” tushunchasi bunday xizmatlarning xodimlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) jamiyatga xizmat qilish, xususan, jamiyatning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa favqulodda xususiyatga ega boʻlgan sabablarga koʻra shoshilinch yordamga muhtoj boʻlgan aʼzolariga xizmat koʻrsatish va koʻmaklashishni oʻz ichiga olishi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu qoida nafaqat barcha zoʻravonlik, talonchilik yoki zararli harakatlarni qamrab olishi, balki jinoyat qonunlariga muvofiq oʻrnatilgan barcha turdagi taqiqlarga ham taalluqli ekanligi nazarda tutiladi. U, shuningdek, jinoiy javobgarlikni oʻtay olmaydigan shaxslarning xulqiga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar oʻz vazifalarini bajarish davomida inson qadr-qimmatini hurmat qiladilar va himoya qiladilar hamda barcha shaxslarga nisbatan inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlaydilar va himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur inson huquqlari milliy va xalqaro huquq bilan belgilanadi va himoya qilinadi. Tegishli xalqaro hujjatlarga Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro pakt, Barcha shaxslarni qiynoqlar hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, Aparteyid jinoyatini toʻxtatish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, Genotsid jinoyatining oldini olish va uning uchun jazolash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiya, Mahbuslar bilan muomala qilish boʻyicha minimal standart qoidalari va Konsullik aloqalari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu qoidaga berilgan milliy sharhlarda ushbu huquqlarni belgilovchi va himoyalovchi mintaqaviy yoki milliy qoidalar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar faqat oxirgi zarurat hollaridagina va oʻz vazifalarini bajarishlari uchun talab etilgan darajadagina kuch ishlatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu qoidada huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslarning kuch ishlatishi istisnoli xususiyatga ega boʻlishi kerakligi taʼkidlanadi; garchi ushbu qoida huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar muayyan holatlarda oqilona darajada kuch ishlatish vakolatiga ega boʻlishlari mumkinligini nazarda tutsa ham, jinoyatlarning oldini olish maqsadida yoki huquqbuzarlarni yoxud gumon qilinayotgan huquqbuzarlarni qonunga muvofiq ushlash yoki bunday ushlash vaqtida yordam koʻrsatish chogʻida ushbu maqsadlar uchun zarur boʻlgan doiradan chiqadigan kuch qoʻllanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) milliy qonunchilik odatda huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslarning kuch ishlatishini mutanosiblik prinsipiga muvofiq cheklaydi. Buni mazkur qoidani talqin etishda ushbu mutanosiblik milliy prinsiplari hurmat qilinishi kerak, deb tushunish lozim. Ushbu qoida erishish zarur boʻlgan qonuniy manfaatga nomutanosib boʻlgan kuchni qoʻllashga vakolat beradi, deb aslo talqin etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) oʻqotar quroldan foydalanish oxirgi chora hisoblanadi. Oʻqotar quroldan foydalanishni, ayniqsa, bolalarga qarshi qoʻllashni istisno qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish kerak. Odatda, gumon qilinuvchi huquqbuzar qurolli qarshilik koʻrsatayotgan yoki boshqalarning hayotini oʻzgacha tarzda xavf ostiga qoʻyayotgan hamda kamroq istisnoli xususiyatga ega boʻlgan boshqa choralar gumon qilinayotgan huquqbuzarning masalasini muhokama qilish yoki uni ushlash uchun yetarli boʻlmagan holatlarni istisno qilgan holda oʻqotar qurol qoʻllanilmaydi. Oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida vakolatli hokimiyat idoralariga darhol xabar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majburiyatlar yoki odil sudlov talablarini ijro etish boshqacha ish tutishni talab etmasa, huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar oladigan maxfiy xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar sir saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar oʻz vazifalarining xususiyatiga koʻra, boshqa shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan yoki bunday shaxslarning manfaatlariga va ayniqsa ularning obroʻsiga ziyon yetkazishi ehtimoli boʻlgan axborotni oladilar. Bunday axborotni saqlash va undan foydalanishda juda ehtiyot boʻlishi kerak. U faqat majburiyatlarni bajarish uchun yoki odil sudlov maqsadida oshkor qilinadi. Bunday axborotni boshqa maqsadlarda har qanday oshkor etish qonunga butunlay ziddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech bir huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxs qiynoq hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitishdan iborat boʻlgan har qanday harakatni amalga oshirishi, bunga undashi yoki toqat qilishi mumkin emas va hech bir huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxs qiynoq hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarini oqlash uchun yuqori turuvchi shaxslarning farmoyishlari yoxud urush holati yoki xavfi, milliy xavfsizlikka tahdid, ichki siyosiy beqarorlik yoki har qanday boshqa favqulodda holat kabi istisnoli holatlarni vaj qilib koʻrsatishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu taqiq Bosh Assambleyaning Barcha shaxslarni qiynoq hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasidan kelib chiqadi. Ushbu Deklaratsiyaga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bunday harakat inson qadr-qimmatini haqoratlash hisoblanadi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsadlarini buzish hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida va inson huquqlariga taalluqli boshqa xalqaro hujjatlarda eʼlon qilingan inson huquqlari va asosiy erkinliklarini buzish sifatida qoralanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Deklaratsiyada qiynoqlar quyidagicha belgilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qiynoq” taʼrifi har qandaydir shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki u sodir etishda gumon qilinayotgan harakatlarining jazolanishi uchun maʼlumotnomalar yoki iqrornomasini olishda qasddan jismoniy yoki ruhiy kuchli ogʻriq yoki azob yetkazilishi, shuningdek uni yoki uchinchi shaxsni qoʻrqitish yoki majburlash yoxud bunday ogʻriq yoki azob davlatning mansabdor shaxsi yoki rasmiy sifatidagi boshqa shaxs yoxud ularning igʻvogarligi bilan yoki ularning maʼlumoti yoki indamay roziligi bilan biror bir xususiyatdagi kamsitishlarga asoslangan har qanday sababga koʻra yetkaziladigan harakatni anglatadi. Bu taʼrifga faqat qonuniy sanksiyalar natijasida paydo boʻladigan shu sanksiyalardan ajralmas yoki ulardan tasodifan kelib chiqadigan ogʻriq yoki azoblarni oʻz ichiga olmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlari” iborasini Bosh Assambleya taʼriflamagan, ammo uni ham jismoniy, ham psixologik xususiyatga ega boʻlgan suiisteʼmolchiliklardan iloji boricha keng himoya qilish mumkin boʻladigan qilib talqin etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar oʻzlari ushlagan shaxslarning sogʻligʻi toʻliq saqlanishini taʼminlaydilar va, xususan, zarur boʻlganda tibbiy yordam koʻrsatilishi uchun darhol chora koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday tibbiy xodim, jumladan, tegishli guvohnomaga ega boʻlgan amaliyotchi shifokorlar hamda yordamchi tibbiyot xodimlari koʻrsatadigan xizmatlarni anglatuvchi “tibbiy yordam” zarur boʻlganda yoki iltimosga javoban koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tibbiyot xodimlari odatda huquqiy tartibotni saqlash faoliyatiga sadoqatliligi sababli, huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar hibsga olingan shaxsga huquqiy tartibotni saqlash faoliyatida ishtirok etmaydigan tibbiyot xodimlari orqali yoki maslahatlashib tegishli tibbiy yordam koʻrsatishni tavsiya qilganida ushbu xodimlarning fikrini inobatga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar huquqbuzarliklar qurbonlari yoki huquqbuzarliklar paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar qurbonlariga tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlashlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar hech bir korrupsiya harakatini sodir etmaydilar. Ular, shuningdek har qanday bunday harakatlarga har tomonlama toʻsqinlik qiladilar va ularga qarshi kurashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday korrupsiya harakati boshqa har qanday hokimiyatni suiisteʼmol qilish singari, huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxsning xizmat mavqeyiga mutanosib emas. Korrupsiya harakatini sodir etgan huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha har qanday mansabdor shaxsga nisbatan qonun toʻlaligicha qoʻllanilishi kerak, chunki hukumatlar oʻzlarining mansabdor shaxslari oʻz muassasalari doirasida qonuniylikka rioya etishini taʼminlay olmasa yoki buni istamasa, fuqarolarning huquqiy tartibga rioya etishlarini umid qilmasa ham boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) garchi “korrupsiya” tushunchasi milliy huquqqa mos tarzda taʼriflanishi kerak boʻlsa-da, ushbu tushuncha talab qilinayotgan yoki qabul qilingan sovgʻalar, vaʼdalar yoki ragʻbatlar natijasida oʻz vazifalarini bajarish paytida yoki bajarish bilan bogʻliq ravishda qandaydir harakatni sodir etish yoki sodir etmaslikni yoxud bunday harakat yoki harakatsizlik mavjud boʻlgan holda har safar ushbu sovgʻalar, vaʼdalar yoki ragʻbatlarning gʻayriqonuniy olinishini qamrashini tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) yuqorida soʻz yuritilgan “korrupsiya harakati” iborasini mansabdor shaxsni sotib olish bilan bogʻliq harakat sifatida tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar qonunni va ushbu Kodeksni hurmat qiladilar. Ular, shuningdek, barcha imkoniyatlarini ishga solib, barcha huquqiy tartibotni buzish hollarining oldini oladilar va bunday holatlarga har tomonlama toʻsqinlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar ushbu Kodeks buzilgan yoki buziladi deb hisoblash uchun asoslarga ega boʻlgan taqdirda yuz bergan voqea haqida yuqori turuvchi instansiyalarga zarur boʻlsa, nazorat qilish yoki huquqiy tekshirish vakolatlariga ega boshqa tegishli instansiyalar yoki organlarga xabar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sharh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Kodeks milliy qonunchilikka yoki amaliyotga kiritilgan barcha hollarda unga rioya etiladi. Agar qonunchilik yoki amaliyotda ushbu Kodeks qoidalariga qaraganda qatʼiyroq qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa, milliy qonunchilik va amaliyotdagi qoidalarga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu modda, bir tomondan, muassasaning jamiyat xavfsizligi koʻproq darajada bogʻliq boʻlgan ichki intizomi boʻlishi zarurati hamda ikkinchi tomondan, insonning asosiy huquqlari buzilishiga qarshi kurash zarurati oʻrtasidagi muvozanatni saqlab qolishga qaratilgan. Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar tartibot buzilishlari haqida instansiyalar boʻyicha xabar beradilar va boshqa barcha imkoniyatlar mavjud yoki samarali boʻlmagan taqdirdagina instansiyalar doirasidan tashqarida boshqa huquqiy choralarni koʻradilar. Huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar ushbu Kodeks buzilganligi yoki buzilishi mumkinligi haqida xabar berganliklari uchun ularga nisbatan maʼmuriy yoki boshqa jazo choralari qoʻllanilmasligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “nazorat qilish yoki huquqiy tekshirish vakolatlariga ega boshqa tegishli instansiyalar yoki organlar” tushunchasi milliy huquq asosida tartibni saqlash muassasasi doirasida ham, undan mustaqil ravishda ham mavjud boʻlgan va ushbu Kodeksning amal qilish sohasidagi qoidabuzarliklar bilan bogʻliq ravishda yuzaga keladigan shikoyatlar va daʼvolarni koʻrib chiqishning statutli, oddiy yoki boshqa vakolatlariga ega boʻlgan har qanday muassasa yoki organni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bir qator mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yuqoridagi “s” kichik bandda tavsiflangan shikoyatlarga oʻxshash shikoyatlarni koʻrib chiqish funksiyasini bajaruvchi muassasalar sifatida qaralishi mumkin. Shuning uchun huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar asosli ravishda oxirgi chora sifatida va oʻz mamlakatlarining qonunlari va odatlariga, shuningdek ushbu Kodeksning 4-moddasidagi qoidalarga muvofiq, mazkur qoidabuzarliklarga ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikning eʼtiborini qaratishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushbu Kodeksning qoidalariga rioya etuvchi huquqiy tartibotni saqlash boʻyicha mansabdor shaxslar jamiyat, oʻzlari xizmat qilayotgan huquqiy tartibotni saqlash muassasasi hamda huquqiy tartibotni saqlash bilan mashgʻul shaxslar hurmat koʻrsatishiga, toʻliq qoʻllab-quvvatlashiga va hamkorlik qilishiga loyiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Imzolar)