Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
POLSHA RESPUBLIKASIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOSH KONSULXONASINI POLSHA RESPUBLIKASIDAGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELCHIXONASI ETIB QAYTA TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Polsha Respublikasi oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnik hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning izchil rivojlanishi va kengayishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Varshava shahridagi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasi etib qayta tashkil etilsin.
2. Polsha Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining 2004-yil uchun shtat jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Elchixona diplomatik tarkib xodimlari soni 3 nafar va maʼmuriy-texnik tarkib xodimlari 1 nafardan iborat etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2004-yilning qolgan davri uchun koʻrsatib oʻtilgan Elchixonaning taʼminotiga xarajatlar smetasini Moliya vazirligi bilan kelishib olsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yildan boshlab Elchixonaning joriy xarajatlarini budjetda navbatdagi moliyaviy yilda xorijiy muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan hajmi doirasida moliyalashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda Elchixonani shtat jadvaliga muvofiq butlash uchun nomzodlar yuzasidan takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-dekabrdagi 429-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri S.S.Safoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-iyun,
300-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-iyundagi 300-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Polshadagi Oʻzbekiston Respublikasi Elchixonasining
SHTAT JADVALI
| | | | | | |
|
(hisob-kitoblar AQSH dollarida) | |||||
|
T/r |
Lavozimi |
Shtatdagi xodimlar soni |
Elchining maoshiga (2200 dollar) nisbatan xodimlarning maoshi, foizlarda |
Oylik maoshi |
2004-yil uchun ish haqi fondi |
|
Diplomatik tarkib | |||||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
2200 |
26400 |
|
2. |
Savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi |
1 |
85% |
1870 |
22440 |
|
3. |
Attashe |
1 |
60% |
| |
| | Jami: |
3 |
|
5390 |
64680 |
|
Maʼmuriy-texnik tarkib | |||||
|
1. |
Katta buxgalter |
1 |
65% |
1430 |
17160 |
|
2. |
Joyning oʻzida yoki xodimlarning oilalari orasidan yollanadigan xodimlar |
|
|
1500 |
18000 |
| | Jami: |
1 |
|
2930 |
35160 |
| | Hammasi: |
4 |
|
8320 |
99840 |