Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SAVDOGAR” BANKINING FAOLIYAT KOʻRSATIShIGA OID QOʻShIMChA TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga koʻmaklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish haqidagi Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi boshlangʻich bosqichda bank tomonidan zarur resurs va moddiy baza shakllantirilishi uchun “Oʻzsavdogarbank”ka 2 yil muddatga 5 mlrd soʻm-kupon va respublika valyuta fondidan 200 ming AQSh dollari miqdorida foizsiz kredit ajratsin.
2. “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tijorat banklari joriy yilning 1-iyuligacha “Oʻzbeksavdo”, Oʻzbekbirlashuv va “Oʻzkooptayyorlovsavdo”ning korxonalari va tashkilotlarini, xizmat koʻrsatish uchun ustav fondining tegishli ulushlari va xodimlar bilan birga, “Oʻzsavdogarbank”ka bersinlar.
3. “Oʻzsavdogarbank” mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq ajratilgan mablagʻlarning respublikamiz aholisining oziq-ovqat, xalq isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, ichki bozorni tovarlarga toʻldirish bilan bogʻliq yuksak samarali chora-tadbirlarni kreditlashga va bankning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekbirlashuv “Oʻzsavdogarbank”ka xizmatda foydalanish uchun bitta GAZ—31 “Volga” va ikkita “Jiguli” avtomobilini sotsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Usmonov va Mapkaziy bank Boshqaruvi raisi F.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 3-iyun,
283-son