Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2019 23.03.2004 yildagi 138-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.09.2019
Hujjat 12.08.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy nochor korxonalarning sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-sonli “Sud boshqaruvchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tahrirdagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda respublikaning barcha mintaqalarida sud boshqaruvchilarini tayyorlash uchun oʻquv kurslari tashkil etsin va ularni mazkur qarorga muvofiq attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan doimiy monitoring va nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda qarzdor korxonaning bankrotligi tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari tomonidan vakolatlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik sudi tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi aniq ish boʻyicha quyidagi turdagi sud boshqaruvchilari tayinlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish tartiboti joriy etilganda — muvaqqat boshqaruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud sanatsiyasi tartiboti oʻtkazilganda — sanatsiya boshqaruvchisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruv joriy etilganda — tashqi boshqaruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatishga doir ish boshlanganda — tugatish boshqaruvchisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud boshqaruvchisi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish tartiboti joriy etilganda — kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi. Kreditor (kreditorlar) tomonidan muvaqqat boshqaruvchi nomzodi tavsiya qilinmagan taqdirda, u Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan nomzodlardan tayinlanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud sanatsiyasi tartiboti oʻtkazilganda — kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarning bajarilishi taʼminlanishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruv joriy etilganda va tugatishga doir ish boshlanganda — kreditorlar yigʻilishi yoki Qoʻmita yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlardan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganda yoxud tugatishga doir ish boshlanganda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshirib turgan shaxsning nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyatni amalga oshirishiga cheklashlar mavjud boʻlgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sud boshqaruvchilarining faoliyati “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan hollarda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilarining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Muvaqqat boshqaruvchi faoliyati tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvaqqat boshqaruvchi xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch kun mobaynida rasmiy nashrlarga qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabar yoʻllanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuotda eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda aniqlangan barcha kreditorlarni kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, mehnatga haq toʻlash boʻyicha kreditorlar bundan mustasno. Xabarni eʼlon qilish va kreditorlarni xabardor qilishga doir barcha xarajatlar qarzdor korxona hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini kuzatish tartiboti joriy etilganligi va muvaqqat boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini kuzatish davrida ularning vazifalari roʻyxati bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona rahbarining qarzdor korxona xodimlarini, muassisni (qatnashuvchini) yoki qarzdor korxona mol-mulki egasini qarzdor korxonaga nisbatan kuzatish tartiboti joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha xatti-harakatlari ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning mol-mulkini saqlash taʼminlanishini tashkil etadi. Zarur hollarda qarzdor korxonaning mol-mulki saqlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona bitishuvlari qarorlariga rozilik beradi. Qarzdor korxona murojaat qilgandan keyin uch kun muddatda uning bitishuv tuzishiga yoki qarzdor korxona tomonidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 64-moddasiga muvofiq qarorlar qabul qilishiga yozma ravishda rozilik (rad javobi) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning buxgalteriya va moliyaviy hujjatlari (balans, shartnomalar, hisobotlar va boshqalar) asosida qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli tahlil qilinishini tashkil etadi. Bunda muvaqqat boshqaruvchi ushbu ishlarni tashkil etish uchun boshqa shaxslarni qarzdor korxonaning mablagʻlari hisobiga jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaga tegishli boʻlgan mol-mulkni tahlil qiladi va pul mablagʻlarini (qarzdor korxonaning likvidli aktivlarini) aniqlaydi, shuningdek qarzdor korxonaga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulkning, uning ham balans qiymatini, ham sotishdan taxminan tushishi mumkin boʻlgan qiymatini koʻrsatgan holda roʻyxatini tuzadi, ushbu tushumdan sud xarajatlarini qoplashga, sud boshqaruvchisiga mukofot puli toʻlash hamda kreditorlar talablarini qondirish uchun foydalanilishi mumkin. Zarur hollarda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun zarur va yetarli boʻlgan axborot bazasini aniqlashi va shakllantirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy tahlil uchun zarur axborot mavjud boʻlmagan yoxud qarzdor korxona tomonidan bunday axborot taqdim etilmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi tegishli soliq xizmati hududiy organlariga, budjetdan tashqari fondlarga, koʻchmas mulkka oid bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga hamda qarzdor korxona hamda unga tegishli mol-mulk toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa vakolatli organlarga soʻrov bilan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Olingan maʼlumotlar asosida muvaqqat boshqaruvchi, qarzdor korxonaga tegishli mol-mulkning sud xarajatlarini qoplash, sud boshqaruvchisiga mukofot puli toʻlash va kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli ekanligini (yetarli emasligini) aniqlash uchun, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvolini oʻrganish jarayonida muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona tomonidan fuqarolarning hayoti va sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun majburiyat boʻyicha ularga toʻlanadigan summa, shuningdek qarzdor korxonaning mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarzlari summasi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan likvidli mol-mulkni sotishdan tushadigan taxminiy tushum miqdorini hamda kreditorning qondirilishi lozim boʻlgan talablari miqdorini solishtirish asosida qarzdor korxonaga tegishli likvidli mol-mulkining kreditorlar talablarini qoplash uchun yetarli ekanligi (yoxud yetarli emasligi) toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Qarzdor korxonaning likvidli mol-mulki kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona moliyaviy ahvolining tahlili va uning xoʻjalik faoliyati natijalari asosida qarzdor korxonaga nisbatan keyinchalik bankrotlikning quyidagi — sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tomonlarning kelishuvi yoxud tugatishga doir ish qoʻzgʻash tartibotini tanlab olishni iqtisodiy jihatdan asoslashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli va uning toʻlovga qodir emasligi sabablarining tahlilidan kelib chiqqan holda muvaqqat boshqaruvchi tomonidan qarzdor korxonada tashqi boshqaruv doirasida toʻlovga qodirlikni tiklash yoxud qarzdor korxonaning tomonlar kelishuvi shartlarini bajarishni taʼminlashi uchun ichki resurslarning mavjudligi yoki bunday manbalarning mavjud emasligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvni yoxud tomonlar kelishuvini amalga oshirish uchun ichki manbalar mavjud boʻlmagan taqdirda muvaqqat boshqaruvchi ushbu tartibotlarni amalga oshirishning tashqi manbalarini (qarzdor korxona majburiyatlarini bajarish uchun uchinchi shaxslarni jalb etish imkoniyatini) koʻrib chiqishi va tahlil qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning toʻlovga qodir emasligi sabablarining tahliliga asoslangan holda qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklashga yoʻnaltirilgan, shu jumladan tomonlar kelishuvi doirasida qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy oʻzgartirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va tavsiya etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor korxonaning majburiyatlarini tarkibiy oʻzgartirish qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini kechiktirish yoki ularni boʻlib-boʻlib bajarish, qarzdor korxona talablari huquqini oʻzgalarga berish, uning majburiyatlari uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi, qarzidan chegirish, talablarni aksiyalarga almashtirish, kreditorlar talablarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qondirish sifatida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Moliyaviy tahlil tugallangandan keyin muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida, bankrotlikning keyingi tartibotlarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslab takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Muvaqqat boshqaruvchi tomonidan oʻtkazilgan tahlillarning natijalari bilan kreditorlarning tanishish imkoniyatini taʼminlash, shuningdek ularni xoʻjalik sudiga taqdim etish uchun tahlillar natijalari qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlardan tushgan talablar asosida ularning talablarini qondirish miqdori va navbatini belgilash ishlarini olib boradi, zaruriyat boʻlganda xoʻjalik sudiga kreditorlarning talablari yuzasidan eʼtiroz yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muvaqqat boshqaruvchi qarzdor korxona kreditorlarining birinchi yigʻilishini “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 71-moddasida belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muvaqqat boshqaruvchi xoʻjalik sudiga oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni, qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida takliflarni, kreditorlar yigʻilishining zarur hujjatlar ilova qilingan protokolini tayyorlaydi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Sanatsiya boshqaruvchisi faoliyati tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sanatsiya boshqaruvchisi xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini sud sanatsiyasi tartiboti joriy etilganligi va sanatsiya boshqaruvchisi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, shuningdek qarzdor korxona boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini sud sanatsiyasi davrida ularning vazifalari roʻyxati bilan imzo qoʻydirib tanishtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar talablari reyestrini yuritadi va kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sanatsiya boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yigʻilishiga (qoʻmitasiga) oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot va qarzdor korxonaning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida axborot taqdim etadi. Buning uchun sanatsiya boshqaruvchisi sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni toʻlash jadvali bajarilishi ustidan doimiy nazoratni tashkil qiladi va taʼminlaydi, qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi hamda qarzni toʻlash jadvali bajarilishi yuzasidan hisobot va qarzdor korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatining tahlili oʻz vaqtida taqdim etilishini talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi olingan axborotlar asosida kreditorlar yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etadi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida pul oqimlari harakatini oʻrganadi, joriy (shu jumladan muddati oʻtgan) kreditorlik va debitorlik qarzlarning paydo boʻlish sabablarini tahlil qiladi, qarzdor korxonaning hisob raqamida kreditorlar talablari boʻyicha hisob-kitob qilish uchun pul mablagʻlari yigʻilishini kuzatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbari tomonidan sud sanatsiyasi rejasi bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi yoxud uning tomonidan qarzdor korxonaning, kreditorlarning, majburiyatlar bajarilishini zimmasiga olgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) qilish hollarini aniqlagan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi qarzdor korxona rahbarini oʻz vazifasidan chetlatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga iltimosnoma yuboradi. Xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor korxona rahbari oʻz vazifasidan chetlatilgan taqdirda qarzdor korxona rahbari vazifasi sanatsiya boshqaruvchisi zimmasiga yuklanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish vaziyati mavjud boʻlgan taqdirda sanatsiya boshqaruvchisi muddatidan oldin tugatish uchun asos paydo boʻlgan vaqtdan boshlab ikki hafta mobaynida sud sanatsiyasini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishini chaqirishi shart. Mazkur masalani koʻrib chiqishda sanatsiya boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishiga qarzdor korxona rahbarining hisoboti boʻyicha oʻzining xulosasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud sanatsiyasi tugaganda yoki u muddatidan ilgari tugatilganda sanatsiya boshqaruvchisi barcha kreditorlarni qarzdor korxona rahbarining sud sanatsiyasini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish yuzasidan sud majlisining sanasi, vaqti va oʻtadigan joyi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sanatsiya boshqaruvchisi oʻz faoliyati toʻgʻrisida hamda qarzdor korxona majburiyatlarining bajarilishini zimmasiga olgan shaxslar tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarishi yakunlari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va belgilangan muddatlarda xoʻjalik sudiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Tashqi boshqaruvchi faoliyati tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashqi boshqaruvchi xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning boshqaruv organlarini tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tashqi boshqaruv tartiboti joriy etilgan paytdan boshlab qarzdor korxona boshqaruv organlarining vakolatlari toʻxtatiladi. Qarzdor korxona rahbari va qarzdor korxonaning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, kreditorlar yigʻilishiga (qoʻmitasiga) oʻtadigan vakolatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tashqi boshqaruvchi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatilishini taʼminlaydi, qarzdor korxona rahbari bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi. Bunda qarzdor korxona rahbari uning roziligiga koʻra rahbar oʻrinbosari, tashqi boshqaruvchi yordamchisi yoxud ushbu korxonada boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qarzdor korxonaning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida yuridik shaxsning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlar va shtamplar, moddiy va boshqa boyliklarning tashqi boshqaruvchiga berilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvni joriy etish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus hisob raqami ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tashqi boshqaruvchi oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi kerak, uni tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish shart-sharoitlari va tartibi, ularni amalga oshirish uchun xarajatlar va qarzdor korxonaning boshqa xarajatlarini, shuningdek qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklash uchun quyidagi chora-tadbirlar koʻrilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rentabelsiz (foyda keltirmaydigan va zarar bilan ishlayotgan) ishlab chiqarishni yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debitorlik qarzlarni undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona mol-mulkining qarzdor korxona faoliyatining amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmaydigan qismini sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona talablari huquqini oʻzgalarga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona majburiyatlarining uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona uchun manfaatli boʻlmagan bir qancha shartnomalardan voz kechish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonani (uning biznesini) sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning aktivlarini almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra xoʻjalik sudi tomonidan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruv rejasi tashqi boshqaruvchi tomonidan tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan ikki oydan kech boʻlmagan muddatda belgilangan tartibda chaqiriladigan kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tashqi boshqaruvchi oʻz faoliyatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablari reyestrini yuritadi hamda kreditorlarga ushbu reyestr bilan tanishish uchun imkoniyat yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kreditorlarga tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan boshlab ularning talablariga moratoriy joriy etilganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona mol-mulki xatlovdan oʻtkazilishini, zaruriyat boʻlganda esa uni baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va uni qaytarish chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish va qarzdor korxonaning kreditorlari talablarini mutanosib ravishda qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasini bajarish ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning buxgalteriya hamda statistika hisobi va hisoboti yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi boshqaruv rejasining bajarilishi va yakunlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etgan holda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra kreditorlar talablari reyestriga tegishli talab olingandan keyin ikki haftadan ortiq boʻlmagan muddatda tegishli yozuvni yozib qoʻyadi. Tashqi boshqaruvchi koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida kreditorning talabi olingandan keyin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda tegishli kreditorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha eʼtirozlar kreditor tomonidan bildirishnoma olingan paytdan boshlab bir oy muddatda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqayotgan xoʻjalik sudiga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan oldin toʻxtatish uchun asoslar mavjud boʻlganda uning yakunlariga koʻra hisobot tayyorlaydi va uni koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvchi hisobotni “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda yigʻilishga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisobotni va kreditorlar yigʻilishi protokolini kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgandan keyin besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda xoʻjalik sudiga taqdim etadi. Tashqi boshqaruvchining hisoboti xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qarzdor korxonaning toʻlovga qodirligi tiklanganligi munosabati kreditorlar yigʻilishi tomonidan tashqi boshqaruvni muddatidan oldin toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruvchining hisoboti xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kreditorlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblar kreditorlar talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tashqi boshqaruvning toʻxtatilishi, qarzdor korxona boshqa organlarining hamda qarzdor korxona mol-mulki egasining vakolatlari tiklangan holda, tashqi boshqaruvchi vakolatlarining toʻxtatilishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashqi boshqaruv tomonlar kelishuviga koʻra yoki kreditorlar talablari qoplanishi munosabati bilan tugallansa tashqi boshqaruvchi yangi rahbar tayinlangungacha (saylangungacha) qarzdor korxona rahbari vakolatlari doirasida oʻz vazifalarini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Agar xoʻjalik sudi tomonidan qarzdor korxonani bankrot deb eʼlon qilish va uni tugatishga doir ish boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, tugatish boshqaruvchisi etib esa boshqa shaxs tayinlansa, tashqi boshqaruvchi ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirgungacha oʻz vazifalarini bajarib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni tugatish boshqaruvchisiga topshirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Tugatish boshqaruvchisi faoliyati tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tugatish boshqaruvchisi xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan vaqtdan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy kalendar ish rejasini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs — qarzdorning boshqaruv organlarini, shuningdek xodimlarini tugatishga doir ish boshlanganligi hamda tashqi boshqaruvchi tayinlanganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tugatish boshqaruvchisi rasmiy nashrlarda qarzdor korxona bankrot deb eʼlon qilinganligi va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 127-moddasiga muvofiq tugatishga doir ish boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tugatish boshqaruvchisi uch kun muddatda qarzdor korxona rahbarining oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tugatish boshqaruvchisi tasdiqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida bankrot korxonaning buxgalteriyaga oid va boshqa hujjatlarini, muhrlarini va shtamplarini, moddiy va boshqa boyliklarini qabul qilib oladi. Yuridik shaxs — qarzdor korxona rahbari tugatish boshqaruvchisi talabiga koʻra unga qarzlar summasini koʻrsatgan holda oʻz kreditorlari va debitorlarining toʻliq roʻyxatini, aktivlar va passivlarning batafsil balansini, moliyaviy ahvol toʻgʻrisidagi hisobotni, kitoblarda, hisob raqamlarida hamda boshqa hujjatlarda moliyaviy-xoʻjalik va iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi mavjud barcha zarur axborotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganda tugatish boshqaruvchisi oʻzi tasdiqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari vakolati toʻxtatilganligi va emitentning ishlab chiqarish faoliyati toʻxtatib qoʻyilganligi toʻgʻrisida axborot yuborishi shart. Agar emitentning aksiyalari fond bozorlarida muomalada boʻlsa tugatish boshqaruvchisi ikki kun muddatda fond birjasiga ham axborot taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tugatishga doir ish boshlanganda bitta bankdagi soʻmlardagi va valyutadagi yagona hisob raqamlaridan foydalaniladi. Tugatish davrida pul-kassa operatsiyalarini yuritish uchun tugatish boshqaruvchisi bankning hisob kartochkasidagi imzoni oʻz nomiga va buxgalteriya hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan shaxs nomiga qayta rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning tugatishga doir ish boshlangan vaqtda maʼlum boʻlgan hamda tugatishga doir ish jarayonida aniqlangan banklardagi boshqa barcha hisob raqamlarini yopadi. Qarzdor korxonaning boshqa hisob raqamlari aniqlangan taqdirda qarzdor korxonaning pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatib oʻtilgan hisob raqamlaridan asosiy hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tugatish boshqaruvchisi oʻzi tayinlangan vaqtdan boshlab yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ular bundan buyon ishdan boʻshatilishi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlarini ishdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Tugatish boshqaruvchisi joylardagi mehnat organlariga yuridik shaxs — qarzdor korxonaning xodimlari ishdan boʻshab qolayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tugatish boshqaruvchisi bankrot korxonani tugatish rejasini ishlab chiqadi va kreditorlar yigʻilishi bilan kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot korxonani tugatish rejasiga muvofiq tugatish boshqaruvchisi tugatish massasini shakllantiradi, qarzdor korxonaning mol-mulki sotilishini, debitorlik qarzlari undirib olinishini, kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish uchun pul mablagʻlarining bankdagi yagona hisob raqamiga jamlanishini taʼminlaydi, shuningdek qarzdor korxonaning uchinchi shaxslardagi mol-mulkini aniqlash va ularni qaytarib olish chora-tadbirlari koʻrilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tugatish boshqaruvchisi tugatish davrida kreditorlar talablari reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar talablari reyestrida har bir kreditor, uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablari miqdori, har bir talabni qondirish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talablarning tarkibi, miqdori va ularni qondirish navbati toʻgʻrisida kreditorlar va tugatish boshqaruvchisi oʻrtasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarga kreditorlar talablari reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tugatishga doir ishlar davomida tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxona mol-mulki qiymatini xatlovdan oʻtkazadi va uning qiymatini aniqlaydi. Ushbu maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisi auditorlarni, baholovchilarni va boshqa mutaxassislarni, agar kreditorlar yigʻilishi qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular xizmatiga tugatish xarajatlari hisobidan haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish boshqaruvchisi balansda boshqa maqsadlarda, shu jumladan tijorat maqsadlarida ham foydalanilishi mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari mavjud boʻlgan taqdirda ushbu obyektlarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga dalolatnoma boʻyicha berishga majbur. Mahalliy davlat hokimiyati organlari koʻrsatib oʻtilgan obyektlarni qoldiq qiymati boʻyicha balansga qabul qilib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Yuridik shaxs — qarzdor korxona mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish va baholash yakunlari boʻyicha tugatish boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan mol-mulkni, agar kreditorlar yigʻilishida mol-mulkni sotishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, ochiq savdolarda sotishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk dastlabki savdolarda sotilmagan taqdirda tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan qarzdor korxonaning mol-mulkini oldi-sotdi shartnomasi asosida, shu jumladan haqini boʻlib-boʻlib toʻlash asosida, sotib oluvchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bank kafolatini taqdim etish sharti bilan sotishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish boshqaruvchisi mablagʻlarni tugatish xarajatlarini toʻlash uchun topshirish maqsadida kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan kam qimmatli va tez eskiradigan mol-mulkni, shuningdek xomashyo va tayyor mahsulot qoldiqlarini kim oshdi savdolari oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi asosida sotishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tugatish boshqaruvchisi savdolar tashkilotchisi boʻlishga yoxud shartnoma shartlariga koʻra savdolarni tashkil etish va oʻtkazish zimmasiga yuklangan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan shartnoma tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishi roziligi bilan qarzdor korxonaning talab qilish huquqini (debitorlik qarzlarni) savdoga qoʻyishga haqlidir. Talab qilish huquqlarini sotishni istisno hollarda, talab qilishning ushbu huquqlarini tegishli majburiyatlarda qarzdor korxona nomidan ish koʻruvchi shaxslarga taqdim etish yoʻli bilan sotishning real imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda qoʻllanish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tugatish boshqaruvchisi qarzdor korxonaning mol-mulki sotilgandan keyin “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qarzdor korxona talablari boʻyicha hisob-kitob qilishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ishlarni amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida yakuniy hisobot tuzadi va uni koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish boshqaruvchisi tugatish ishlarini amalga oshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni xoʻjalik sudiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish boshqaruvchisi hisobotga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxona mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar reyestri, unda har bir kreditor qarzining miqdori va talablarni qondirish navbati koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ular qoplanmagan taqdirda sabablari koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonaning kreditorlar talablari qoplangandan keyin qolgan mol-mulki, shuningdek qarzdor korxonaning sotishga moʻljallangan, tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, koʻrsatib oʻtilgan mol-mulk kreditorlar tomonidan oʻz talablarini qoplash hisobiga qabul qilish rad etilgandan hamda kreditorlar talablari qoplangandan keyin qolgan mol-mulkka muassislar (qatnashchilar) yoki qarzdor korxona egasi tomonidan oʻz huquqlari toʻgʻrisida ariza berilmagan taqdirda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish ishini oʻtkazishga taalluqli boshqa hujjatlar, xoʻjalik sudi talabiga koʻra.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin sotilmagan mol-mulk qolgan taqdirda, tugatish boshqaruvchisi besh kun muddatda muassislarni (qatnashchilarni) yoki qarzdor korxona egasini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatish boshqaruvchisi tomonidan xabar yuborilgan sanadan boshlab ikki hafta mobaynida muassislar (qatnashchilar) yoki qarzdor korxona egasi qolgan mol-mulkka oʻz huquqlari toʻgʻrisida ariza bermasa, tugatish boshqaruvchisi mahalliy davlat hokimiyati organlarini ushbu mol-mulkni balansga qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari qolgan mol-mulk toʻgʻrisida xabar olingandan keyin bir oy mobaynida ushbu mol-mulk balansdan balansga qabul qilinishini taʼminlaydilar va uning taʼminoti boʻyicha barcha xarajatlarni zimmasiga oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xoʻjalik sudining tugatishga doir ish tugallanganligi toʻgʻrisidagi ajrimi davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni yozib qoʻyish uchun asos hisoblanadi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankrot korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv yozib qoʻyilganda tugatish boshqaruvchisi emitent faoliyati tugatilganligi haqida ikki kun mobaynida xabar eʼlon qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Davlat reyestriga qarzdor korxona tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv yozib qoʻyilgan vaqtdan boshlab tugatish boshqaruvchisining vakolatlari toʻxtatiladi, tugatishga doir ish tugallangan, qarzdor korxona esa — tugatilgan va qarzlardan ozod hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sud boshqaruvchisining pul mukofoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sud boshqaruvchisi pul mukofoti olish huquqiga ega. Sud boshqaruvchisining har oylik pul mukofoti miqdori oʻz funksiyalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvaqqat boshqaruvchi sifatida amalga oshirganda — xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va keyinchalik kreditorlar yigʻilishi iltimosnomasiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatsiya boshqaruvchisi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi sifatida amalga oshirganda — kreditorlar yigʻilishida belgilanadi va xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Kreditorlar yigʻilishi qaroriga koʻra sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga koʻra toʻlanadigan qoʻshimcha pul mukofoti belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sud boshqaruvchisi faoliyatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishi ustidan nazorat Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar oʻtkazishda paydo boʻladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalariga koʻra, aniq buzilishlarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisiga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisini ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Sud boshqaruvchisi Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Qarzdor korxona, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashni talab qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan sud boshqaruvchisi belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 23-martdagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga malakaviy va professional talablarni, ularni attestatsiyadan oʻtkazish, attestat berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tiklash va toʻxtatish tartibini, shuningdek Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazadi va Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi.
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya jismoniy shaxslarning sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan malakaviy va professional talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud boshqaruvchisi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun Qoʻmita toʻrt toifali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar bankrotligining soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshirish uchun — toʻrtinchi toifali attestat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — uchinchi toifali attestat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish, sud sanatsiyasi va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifali attestat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatish, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatish tartibotlarini amalga oshirish uchun — birinchi toifali attestat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻrtinchi toifali attestat olishni xohlovchi shaxslarga nisbatan attestatsiyadan oʻtkazishning Qoʻmita tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibi qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha toifali attestatlarning amal qilish muddati — 5 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Sud boshqaruvchilariga professional va malakaviy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud boshqaruvchisi quyidagi professional talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asoslarini bilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor korxonani moliyaviy sogʻlomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yuzasidan yechimlar topishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonani inqirozga yoʻl qoʻymasdan boshqarish sohasida professional bilimlarga ega boʻlishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda boʻlishi, oʻz faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq va ruhiy barqaror boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchilariga mazkur Nizomga muvofiq belgilanadigan malaka talablariga javob berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi malaka talablariga javob beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassisligi boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatib oʻtilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qoʻshimcha malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kuzatish va tugatish tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari (sex boshligʻi, uchastka boshligʻi, boʻlim boshligʻi va boshqalar) sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sud sanatsiyasi tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar oʻrinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) kamida ikki yillik ish stajiga yoxud uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida kamida oʻn ikki oylik ish stajiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashqi boshqaruv tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish stajiga yoxud ikkinchi toifali attestatga ega boʻlgan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasini va (yoki) tugatish jarayonini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida ish stajiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlarini amalga oshiruvchilarga — ushbu holda tegishli toifali attestatga ega boʻlgan soliq inspeksiyasi yoki Qoʻmita xodimlari tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Attestat olishga talabgor shaxslarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uchinchi toifali attestat olishga talabgor shaxs (keyingi oʻrinlarda attestat talabgori deb ataladi) Qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) attestatning toifasi koʻrsatilgan holda attestat berish toʻgʻrisida ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) anketa (1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mehnat daftarchasining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tegishli toifali sud boshqaruvchilari dasturi boʻyicha oʻqiganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi (attestatning amal qilish muddati tugashi munosabati bilan attestatsiyadan oʻtishda shart emas);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ikkinchi toifali attestat olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish staji boʻlmagan taqdirda ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari Qoʻmitaga xoʻjalik sudining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisining bankrotlik tartibotlarini oʻtkazish boʻyicha hisobotini tasdiqlash, uchinchi toifali sud boshqaruvchisi sifatida jami kamida oʻn ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi hisobotini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik ish staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik ish staji mavjud boʻlmaganda birinchi toifali attestat olish uchun ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlardan tashqari, Qoʻmitaga xoʻjalik sudining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestat talabgorining sud boshqaruvchisi etib ilgarigi tayinlanishlari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud boshqaruvchisining attestat talabgorining ikkinchi toifali attestatga ega boʻlgan ish davrida kamida ikkita tugallangan sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ish tartibotlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Attestat talabgorining arizasini koʻrib chiqishda operatsiya xarajatlarini qoplash uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida haq undiriladi. Ariza koʻrib chiqilganligi va attestat berilganligi uchun toʻlov Qoʻmitaning budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Attestat olish uchun taqdim etilgan barcha hujjatlar sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati nusxasi attestat talabgoriga beriladi. Taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi. xoʻjalik sudlari ajrimlaridan tashqari, hujjatlar nusxalari notarius tomonidan tasdiqlangan boʻlishi yoki asl nusxa koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hujjatlar ular attestatsiya komissiyasiga topshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan oshmaydigan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi attestat talabgorini attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishni rad etishga haqlidir va unga ariza tushgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechikmay yozma ravishda asoslangan rad javobini joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning zarur darajada rasmiylashtirilmaganligi yoki hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestat talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestat talabgorining malakaviy va professional talablarga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etilgan taqdirda ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va attestat berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Attestat talabgori taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha kamchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda attestatsiyadan oʻtishga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Attestat olish uchun barcha attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan dastur boʻyicha va muddatlarda test imtihoni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Attestatsiya (qayta attestatsiya) test imtihoni metodi boʻyicha oʻtkaziladi. Test imtihoni qabul qilish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay amalga oshiriladi. Test imtihonlarini oʻtkazish tartibi Qoʻmita tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test imtihoni kompyuter dasturidan foydalangan holda test savollariga javoblar shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Test imtihoni topshirishda uchinchi toifali attestat uchun kamida 60 foiz, ikkinchi toifali attestat uchun 70 foiz, birinchi toifali attestat uchun 75 foiz ijobiy javoblar olish ijobiy natija hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Test imtihoni yakunlariga koʻra attestat talabgori (natija ijobiy boʻlganda) attestatsiyadan oʻtgan yoki (natija salbiy boʻlganda) attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestat talabgorlari test imtihoni topshirishda maʼlumotnomalardan, maxsus yoxud boshqa adabiyotlardan foydalanish huquqiga ega emas. Koʻrsatib oʻtilgan talablar buzilgan taqdirda attestat talabgorlari attestatsiyadan chiqarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokoli bilan rasmiylashtiriladi, protokol attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi protokolidan koʻchirma tarzida, test imtihoni topshirish maʼlumotlari bilan birga attestat talabgorlariga attestatsiya oʻtkazilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxs test imtihonini oxirgi attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab bir oydan erta boʻlmagan muddatda takroriy topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxsni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish kunini belgilaydi. Ilgari attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etilgan shaxs test imtihonini takroriy topshirish natijalariga koʻra attestatsiyadan oʻtgan deb hisoblangan taqdirda unga attestat umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestat talabgori test imtihonini takroriy topshirishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida haq toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Test imtihonini takroriy topshirish yakunlariga koʻra salbiy natija olingan taqdirda attestat talabgori navbatdagi test imtihoniga faqat tegishli toifadagi sud boshqaruvchilari dasturi boʻyicha oʻquv kursini takroriy oʻtagandan keyingina qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Attestat talabgorlari attestatsiya komissiyasining attestatsiya natijalari yuzasidan oxirgi attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat arizasi berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat arizasi berish uchun quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestat talabgorining test imtihoni natijalaridan rozi emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test imtihonini oʻtkazish tartibining buzilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Attestat talabgori asosiy eʼtirozlar asosli ravishda bayon qilingan shikoyat arizasini attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Shikoyat arizasini koʻrib chiqish muddati shikoyat arizasi berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Koʻrib chiqish natijasi protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy shikoyat arizasi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiya komissiyasi qaroriga rozi boʻlmagan taqdirda attestat talabgori attestatsiya komissiyasi qarori yuzasidan sud tartibida shikoyat arizasi taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Attestatlar 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha rasmiylashtiriladi. Attestatni berish attestatsiya oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatlar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, himoyalanganlik darajasiga, hisobga olish seriyasi va tartib raqamiga ega boʻladi. Blankalarni sotib olish, hisobini yuritish va saqlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻmita Sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr quyidagi shakllarda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qogʻozli manbalarda (Qoʻmitaning tikilgan va muhrlangan jurnallari shaklida, tikilgan sahifalar miqdori koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron manbalarda, maʼlumotlar bazasiga yozish shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qogʻozli va elektron manbalardagi maʼlumotlar nomuvofiq boʻlgan taqdirda qogʻozli manbadagi yozuvlarga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Sud boshqaruvchilarining yagona reyestri” jurnali qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Qoʻmitada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jurnalda va maʼlumotlar bazasida sud boshqaruvchilari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yashash joyi va pasportiga doir maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) attestatning berilgan joyi, tartib raqami, sanasi va amal qilishining tugash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) attestat blankasining tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) attestat olingan sana va uni olgan shaxsning imzosi (attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslarni roʻyxatga olish jurnalida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sud boshqaruvchilarini yagona dastur boʻyicha oʻqitish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sud boshqaruvchisi sifatida tayinlash toʻgʻrisida va uning faoliyati natijalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) attestatning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, tiklash, uzaytirish yoki toʻxtatish hamda dublikat berish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish va chiqarish uchun asoslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) izohlar, unda attestatsiyani amalga oshiruvchi organ kompyuter dasturiga kiritishni zarur deb hisoblaydigan har qanday qoʻshimcha maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Reyestrga kiritish unda tegishli yozuvlarni qayd qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Reyestrdagi maʼlumotlar ochiq hisoblanadi, sud boshqaruvchilarining pasportiga doir maʼlumotlar va uy manzili bundan mustasno. Yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan tartibda haqini toʻlash asosida Reyestr maʼlumotlari bilan tanishish huquqiga ega. Maʼlumotlar berilganligi uchun Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pasportga doir maʼlumotlar va uy manzili faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, ularning vakolatlariga muvofiq rasmiy soʻrovlariga binoan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Reyestrdagi maʼlumotlarni berish muddati Qoʻmita tomonidan tegishli soʻrovnoma olingan kundan boshlab besh kundan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Sud boshqaruvchisi Reyestrdan Qoʻmitaning faoliyat turi uchun attestatning amal qilishi toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi qarori asosida, ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qoʻmita tomonidan sud boshqaruvchisini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan keyin uch kun mobaynida Reyestrda tegishli yozuv qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdan chiqarilgan sud boshqaruvchisining hujjatlarini saqlash muddati chiqarish kunidan boshlab besh yildan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Attestatsiya komissiyasining ish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Attestatsiya komissiyasi jismoniy shaxslarni sud boshqaruvchisi attestati olish uchun attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazishni amalga oshiruvchi kollegial organ hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Qoʻmita tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Attestatsiya komissiyasi majlislari zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasi kotibi attestatsiya komissiyasi majlisini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Attestatsiya komissiyasi majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi qarorlari attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda attestatsiya komissiyasining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish (sanasi, joyi va vaqti) toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi aʼzolari attestatsiya komissiyasi kotibi tomonidan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Attestatlarni qayta rasmiylashtirish va attestatlar dublikatlarini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Attestatni qayta rasmiylashtirish sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatni qayta rasmiylashtirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatni qayta rasmiylashtirish davrida uning egasi faoliyatni Qoʻmita tomonidan ilgari berilgan attestat asosida amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ilgari berilgan attestatda koʻrsatilgan maʼlumotlarning oʻzgarganligi munosabati bilan attestatni qayta rasmiylashtirish uchun Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmitaga attestatni qayta rasmiylashtirish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malaka attestatining asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kiritilgan oʻzgartirishlar va tuzatishlar (FHDY organi tomonidan berilgan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomadagi familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgartirilganligi munosabati bilan qaydlar) toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) attestatning qayta rasmiylashtirilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Attestat qayta rasmiylashtirilganda tegishli toifa va amal qilish muddati koʻrsatilgan holdagi attestatning yangi blankasi beriladi. Ilgari berilgan attestat blankasi yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Attestat yoʻqolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) attestat dublikati berish toʻgʻrisida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yoʻqolishi sabablari va holatlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻqolgan attestatning bekor qilinganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalaridagi (arizachining mablagʻlari hisobiga) eʼlonning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) attestat dublikati berilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Attestat blankasi yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda attestat egasi tomonidan Qoʻmitaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) attestat dublikati berish toʻgʻrisida ariza, unda ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolganligi sabablari va holatlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) attestat dublikati berilganligi uchun toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolgan blankasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Attestat dublikati berishda Qoʻmita sud boshqaruvchisiga attestat amal qilishining ilgari belgilangan muddati yozilgan, “DUBLIKAT” yozuvi qayd qilingan attestatning yangi blankasini beradi. Dublikat berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi. Attestat yoʻqolganda yoki ilgari berilgan attestat blankasi yaroqsiz boʻlib qolganda uning egasi faoliyatini attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladigan vaqtinchalik ruxsatnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Attestatni qayta rasmiylashtirish yoki attestat dublikatini berish Qoʻmita tomonidan ariza olingan vaqtdan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ilgari berilgan attestatning yaroqsiz boʻlib qolgan blankasi dublikat berilgandan keyin yoʻq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Attestat dublikati olingandan keyin attestatning ilgarigi yoʻqolgan asl nusxasi topilgan taqdirda attestat dublikatini olgan sud boshqaruvchisi koʻrsatib oʻtilgan holat roʻy bergandan keyin besh kundan kechikmay Qoʻmitaga attestatning asl nusxasini yoʻq qilish uchun qaytarishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Attestatni qayta rasmiylashtirish va attestat dublikatini olish uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestat dublikati olish uchun zarur hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmagan taqdirda ariza egasiga asoslangan holdagi rad etish ariza berilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida yozma shaklda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Attestatlarning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qoʻmita attestatning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qoʻmita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatib turishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) attestat olingandan keyin attestatsiyaga ilgari taqdim etilgan hujjatlarda maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bankrotlik tartibotlarida qatnashuvchi sud boshqaruvchisi majburiyatlari bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoʻmitaning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi yozma buyruqlari yoki farmoyishlari sud boshqaruvchisi tomonidan bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi hollari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sud qarori asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Qoʻmita uch kun muddatda sud boshqaruvchisiga attestatning amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma joʻnatadi, unda toʻxtatib turish asoslari va Qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Attestat egasi Qoʻmita tomonidan belgilangan muddatlarda bildirishnomada koʻrsatilgan chora-tadbirlarni bajarishi va ular toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda Qoʻmitaga yozma ravishda xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Attestatning amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilgan taqdirda Qoʻmita ushbu attestatning amal qilishini uch kun mobaynida tiklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Qoʻmita attestatning amal qilishini quyidagi asoslarga koʻra toʻxtatishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlarining bir necha marta (bir martadan koʻp) buzilishi hollari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmitaning yozma buyruqlari yoki farmoyishlari bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisiga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganda yoki zarur darajada bajarilmaganda, shuningdek sud boshqaruvchisining xatti-harakatlari qarzdor korxona yoki kreditorlar uchun zarar yetkazganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud boshqaruvchisining arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sud qarori asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Qoʻmita attestatning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan boshlab uch kun muddatda ushbu qaror toʻgʻrisida sud boshqaruvchisiga va xoʻjalik sudiga tasdiqlovchi asoslar bilan yozma ravishda xabar qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Amal qilishi toʻxtatib turilgan va toʻxtatilgan attestatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoʻmita tomonidan Reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qoʻmita qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat arizasi berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchisi attestatiga talabgorning anketasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Familiyasi, ismi, otasining ismi _____________________________________________________
‎2. Tugʻilgan yili, kuni, oyi ___________________________________________________________
‎3.Paportiga oid maʼlumotlar (seriyasi, tartib raqami, berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan____
‎__________________________________________________________________________________________‎‎
‎‎4.Yashash joyi:
‎_______________________________viloyati, _____________________________________________shahri,
‎_______________________________koʻchasi, ____________uy______________________________kvartira
‎telefoni____________________________________________faksi________________________________
‎‎5. Maʼlumoti
‎_________________________________________________________________________________________

(oʻquv yurtining nomi koʻrsatilgan holda)‎

‎‎mutaxassisligi___________________________tugatgan yili _____________________________________
‎‎6.Mehnat faoliyati

Yil va oy‎‎


‎Muassasa, tashkilot, korxona‎‏
‎koʻrsatilgan holda lavozimi


‎‎Muassasa, tashkilot, korxona‎‏ning‎‏
‎joylashgan joyi

ishga kirgan vaqti‎

ishdan ketgan vaqti‎

‎‎
‎7. Sud boshqaruvchisi sifatidagi mehnat faoliyati:

Yil va oy‎‎ ‎‎‎

Muassasa, tashkilot, korxona‎‏ ‎koʻrsatilgan holda lavozimiga
‎tayinlanishi

‎‎Muassasa, tashkilot,
‎ korxona‎‏ning‎‏ ‎joylashgan
‎joyi

tayinlangan vaqti‎

boʻshatilgan vaqti‎ ‎





‎Toʻldirilgan sana _______________________________ Shaxsiy imzosi ________________________‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


‎№ 000000‎


‎Seriya AAA‎

‎‎
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi


‎____________toifali‎

‎‎SUD BOShQARUVChISI ATTESTATI

‎‎
‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining Sud boshqaruvchilari attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining 200____yil__________da oʻtkazilgan test imtihonlari asosidagi qaroriga binoan‎ ____________________________
‎‎____________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎
‎“Sud boshqaruvchisi” malakasi beriladi.

‎‎
‎Mazkur sud boshqaruvchisi attestati uning egasini:
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________
‎______________________________________






‎sifatida tayinlash‎

‎‎toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
‎‎
‎Attestat 200_____yil_______________________________ gacha amal qiladi.


‎Muhr
‎oʻrni


‎Attestat 200____yil _______________ da berilgan‎‎
‎‎
‎Attestatsiya komissiyasining raisi __________________________________
Keyingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12-avgust 2005-yil., 196-son qarori tahririda— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 142-modda; 2005-y., 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 44-45-son, 385-modda; 2011-y., 50-son, 518-modda; 2013-y., 6-son, 70-modda, 37-son, 485-modda, 41-son, 551-modda; 2015-y., 13-son, 157-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)