05.05.1994 yildagi 1054-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun kreditorlarning da’volarini qondirish maqsadida xo‘jalik yuritish subyektlari bo‘lmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish shartlari va tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi xududida xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan boshqa davlatlar xo‘jalik yuritish subyektlarining mulkiy munosabatlariga nisbatan tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, qayta tashkil etish chora-tadbirlarini o‘tkazish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq bo‘lsa yoki ular ijobiy natija bermasa, Qonun nochor xo‘jalik yuritish subyektini majburiy yoki ixtiyoriy ravishda tugatish uchun huquqiy asos yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan korxonalarga (tashkilotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida joylashgan xo‘jalik yuritish subyektlari bankrot bo‘lganida yuzaga keladigan munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Bankrotlik tushunchasi va uning alomatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq to‘lash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir emasligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan e’tiboran xo‘jalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajarolmayotganligi yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy to‘lovlari to‘xtatib qo‘yilishi xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lishining tashqi alomati hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik fakti xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilganidan yoki xo‘jalik yuritish subyekti ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning o‘zi bankrot bo‘lganligini rasman e’lon qilinganidan keyin, hamda ushbu qaror korxonalarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli organ (bundan buyon — vakolatli organ) tomonidan tasdiqlangach xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lgan hisoblanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Xo‘jalik yuritish subyektlarining mulkiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha xo‘jalik yuritish subyektlari o‘z majburiyatlari yuzasidan, basharti qonun hujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘la mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyektining mulkiy javobgarligi mulkka egalik qilish huquqi yoxud xo‘jalikni to‘la yuritish yoxud operativ boshqarish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan doirada tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyektlarining mol-mulki egasi bo‘lmish jismoniy shaxslar, basharti qonun hujjatlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z majburiyatlari yuzasidan xo‘jalik yuritish subyektlarining jami mol-mulki bilan javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘zlarining jami mol-mulklari bilan javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qarzdor o‘z qarzlari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib va miqdorlarda javobgar bo‘ladi. Qarz undirishga tortilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yollanib (shartnoma, kontrakt bo‘yicha) ishlovchi shaxslar xo‘jalik yuritish subyektlarining qarzlari bo‘yicha mulkiy javobgar bo‘lmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyektlarining bankrot bo‘lishi bilan bog‘liq mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Bankrot bo‘lishga olib kelgan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik bo‘lishga olib kelgan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar deyilganda xo‘jalik yuritish subyektlari mansabdor shaxslarining yoki mulkdorlarining yoxud kreditorning (kreditorlarning) yoki o‘zga shaxslarning qasddan, uquvsizlik yoki beparvolik oqibatida sodir etgan, xo‘jalik yuritish subyekti yoxud kreditorga (kreditorlarga) ziyon yetkazgan xatti-harakatlari bilan bog‘liq qoidabuzarliklar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ham g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlarga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor mol-mulkining hammasini yoki muayyan qismini yoxud uning majburiyatlarini yashirganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq hisob-kitobga doir har qanday hujjatlar yashirganlik, yo‘q qilib yuborganlik, qalbakilashtirganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni (shu jumladan pul mablg‘alarini) yashirish maqsadida boshqa va yuridik va jismoniy shaxslarga berganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hujjatlariga zarur qaydlarni kiritmaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning qarzga olingan va haqi to‘lanmagan mol-mulkining hammasi yoki muayyan qismini sotganlik, yo‘q qilib yuborganlik, garovga qo‘yganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar yoki mulkdorlarning shaxsiy manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida xo‘jalik yuritish subyektining to‘lovga layoqatsizligini battar kuchaytirganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlardan siylov olish yoki ularga tegishli to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashga erishish uchun kreditorlarni chalg‘itish maqsadida o‘zini yolg‘ondan (soxta) nochor deb e’lon qilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorga (kreditorlarga) ziyon yetkazish maqsadida boshqa har qanday usul bilan xo‘jalik yuritish subyektini atayin bankrotlikka duchor qilganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa kreditorlarga ziyon keltirgan holda muayyan kreditorning talablarini qondirishga afzallik berganlik, talabning ana shunday yo‘sinda qondirilishiga rozi bo‘lganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va qarzlarni to‘lashdan qochib qutulish maqsadida qarzdorning atayin o‘zini o‘zi tugatganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lishga olib kelgan g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BO‘LIM. SUDSIZ BAJARILADIGAN AMALLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Sudsiz bajariladigan amallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudsiz bajariladigan amallar — qarzdorga kreditorlar bilan muzokara olib borish yo‘li orqali yo qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti faoliyatini davom ettirishga kelishish yoki xo‘jalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi to‘g‘risidagi qaroriga ularning roziligini olish imkonini beruvchi usullar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralar olib borish tartibi va shartlarini qarzdor kreditorlar bilan kelishgan holda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Sudsiz bajariladigan amallarning natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor bilan kreditorlarning hammasi yoki bir qismi o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lov muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti faoliyatini davom ettirish uchun qarz to‘lashda siylov belgilash to‘g‘risidagi kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor xo‘jalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda kreditorlar nazorati ostida tugatilishi va bankrot bo‘lganligini ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan tartib va shartlar asosida rasmiy ravishda e’lon qilishi sudsiz bajariladigan amallar natijalari bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qarzdor xo‘jalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda kreditorlar nazorati ostida tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor xo‘jalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi to‘g‘risida va bankrot bo‘lganligi haqida rasmiy ravishda e’lon qilishi xususidagi qarorni xo‘jalik yuritish subyekti rahbari kreditorlar bilan birgalikda xo‘jalik yuritish subyekti rahbari iqtisodiy ahvolining tahlili asosida, xo‘jalik yuritish subyekti o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni to‘lay olmasligi va uning to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati yo‘qligi shu tahlil natijasida aniqlangach, qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu qarorni qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti mol-mulkining egasi hamda vakolatli organ tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ (xo‘jalik yuritish subyektining mol-mulkida davlat mulkining ulushi bo‘lgan hollarda) yoki ushbu xo‘jalik yuritish subyekti kreditorlaridan birining xo‘jalik yuritish subyektining o‘zini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qaroriga rozi bo‘lmasligi xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lganligi xususida xo‘jalik sudida ushbu Qonunning III bo‘limida belgilab qo‘yilgan tartibda ish yuritishni qo‘zg‘atishga sabab bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti o‘zini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi qarorini mazkur xo‘jalik yuritish subyektining mulkdori va vakolatli organ tasdiqlagan paytdan e’tiboran tugatilish jarayonidagi xo‘jalik yuritish subyekti deb hisoblanadi. Qarzdor xo‘jalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi to‘g‘risidagi e’lon rasmiy matbuotda chop etiladi.
(6-moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BO‘LIM. BANKROT BO‘LGANLIKKA DOIR IShLARNI YURITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Bankrot bo‘lganlikka doir ish qo‘zg‘atish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudida bankrot bo‘lganlikka doir ish qo‘zg‘atish uchun qarzdor kreditorning (kreditorlarning), prokurorning yoki vakolatli organning arizasi asos bo‘ladi.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda bankrot bo‘lganlikka doir ish qo‘zg‘atish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yuritish subyekti o‘zi e’tirof etgan da’vo talablarini uch oy mobaynida qanoatlantirishga yoxud ijro hujjatlari bo‘yicha qarzini to‘lashga qodir bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar xo‘jalik yuritish subyekti shartnomadagi summani to‘lash haqida yozma ravishda talabnoma olganidan keyin uch oy mobaynida to‘lay olmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz majburiyatlarining qiymati xo‘jalik yuritish subyekti mol-mulkining qiymatidan oshib ketsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik yuritish subyekti iqtisodiy jihatdan nochor ahvolga tushib qolganligini o‘zi e’tirof etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganlikka doir ishlarni yuritish O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan alohida jihatlar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorning arizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorning arizasi xo‘jalik yuritish subyekti rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan yozma ravishda xo‘jalik sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zining to‘lovga layoqatsizligi muqarrar ekanligi ko‘rsatilgan ariza shunday layoqatsizlik yoki bankrot bo‘lish xavfi yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay beriladi. Qarzdorning arizasiga uning kreditorlari va qarzdorlarining ro‘yxati, xo‘jalik yuritish subyekti buxgalteriya balansi hamda uning moliyaviy va mulkiy ahvoliga doir boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning o‘zini nochor deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizasi qaytarib olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorning ariza bermaganligi (arizani vaqtida bermaganligi) uchun javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovga layoqatsizlik to‘g‘risida ariza bermaganlik yoki arizani vaqtida bermaganlik uchun xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining rahbariga yoki boshqa vakolatli shaxsga eng kam ish haqining besh barobaridan o‘n barobarigacha miqdorida jarima soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudiga ariza berish uchun vakolatli organga materiallarni bermaganlik yoki vaqtida bermaganlik uchun vakolatli organ xo‘jalik yuritish subyektining rahbariga yoki boshqa mansabdor shaxsiga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Kreditorning arizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorning arizasi qarzdor joylashgan erdagi xo‘jalik sudiga yozma ravishda berilib, unga qarzdor e’tirof etgan qarzini to‘lamagan kundan e’tiboran uch oy mobaynida talablar qanoatlantirilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorning arizasi xo‘jalik sudi nochor qarzdorni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kreditor tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Prokurorning xo‘jalik sudiga arizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligiga doir ish yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorning arizasi xo‘jalik sudi ish yuritishni qo‘zg‘atguniga qadar prokuror tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Vakolatli organning arizasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkida davlat mulkining ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektning bankrotligi to‘g‘risida ish yuritishni qo‘zg‘atish xususida xo‘jalik sudiga vakolatli organ bergan ariza yozma shaklda taqdim etilib, unga ushbu subyektning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilinadi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Ish yuritishni qo‘zg‘atish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning, kreditorning (kreditorlarning) prokurorning yoki vakolatli organning arizasi asosida xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrotligi to‘g‘risida ish yuritishni qo‘zg‘atadi, bu xususda ajrim chiqarilib, u qarzdorga, kreditorga (kreditorlarga), prokurorga va vakolatli organga, shuningdek jamoa shartnomasini imzolagan organ orqali qarzdorning mehnat jamoasiga yo‘llanadi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganlikka doir ish nochor qarzdorning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi kreditorlardan qarzdorga nisbatan qo‘yilgan talablarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kreditorning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilganda xo‘jalik sudi qarzdordan kreditorlar va qarzdorlarning ro‘yxatini hamda xo‘jalik yuritish subyektining buxgalteriya balansini talab qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi taqdim etilgan hujjatlarning asosliligi va ishonchliligini tekshiradi hamda tekshirish natijalariga qarab, o‘n kunlik muddat ichida ularni rad etadi yoki ish yuritish uchun qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganlikka doir ish ko‘rib chiqilishi uchun qarzdor ish yuritishga qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning faoliyatining tashkiliy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkning shakli, mol-mulkning egasi (egalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs boshqaruv organining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs va uning filiallari joylashgan manzillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta adresi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat sohasi va maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudi ishni yuritish uchun qabul qilgan sanadagi buxgalteriya balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning ro‘yxati hamda debitorlik va kreditorlik qarzlarining batafsil yozma bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxatiga doir ma’lumotlardan iborat materiallarni xo‘jalik sudiga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qarzdor yakka tartibda ish yuritadigan tadbirkor bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining nomi, tug‘ilgan vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport ma’lumotlari (seriyasi, nomeri, kim tomonidan va qachon berilganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyi va pochta adresi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ishlab chiqarish binosi bo‘lsa — u joylashgan manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxatiga doir ma’lumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi qarzdorning mulkiy ahvoli to‘g‘risidagi boshqa zarur ma’lumotlarni ham talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab qilingan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan taqdirda xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyekti rahbariga, tadbirkorga va aybdor mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha miqdorda jarima solishga hamda balansni, boshqa zarur axborotlarni tuzish va taqdim etishni auditorga (auditorlik firmasiga) topshiriga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dastlabki harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi ish yuritish uchun materiallarni qabul qilib olgan kundan e’tiboran qonunda belgilangan muddatda majlis tayin qiladi, unga qarzdorning o‘zi, qarzdor ro‘yxatga olingan joydagi banklarning, moliya va soliq organlarining vakillari, kreditorlar, vakolatli organning vakillari (agar qarzdorning mol-mulkida davlatning ishtiroki bo‘lsa), shuningdek sudning ixtiyoriga ko‘ra boshqa organlarning (tashkilotlarning) vakillari taklif qilinib, bu xususda ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdor yoki uning mol-mulki egasining vakili bankrot bo‘lganlikka doir ishni to‘xtatish haqida va sanatsiya o‘tkazish (mulkdor, vakolatli organ, kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali xo‘jalik yuritish subyekti faoliyatini sog‘lomlashtirish) to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnomani belgilangan muddatda qarab chiqadi hamda uni qondirish yoki rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun uning to‘lov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi sanatsiya o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya o‘tkazish mumkinligini yoki maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun xo‘jalik sudi mustaqil ekspertlarni (auditorlarni) jalb etishga va ularning faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklashga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi ajrim chiqarganidan so‘ng sanatsiya qatnashchilari yig‘ilish o‘tkazib, bitim ishlab chiqishlari shart. Bitim imzolanganidan keyin o‘n kun ichida xo‘jalik sudiga topshiriladi. Taqdim etilgan bitimga asosan xo‘jalik sudi sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Bitimda qarzdorning asosiy vositalarni sanatsiya qatnashchilariga berishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin emas, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa.
(13-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya boshlanganiga 12 oy to‘lganida kreditorlar talablari umumiy summasining kamida 40 foizi qondirilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya qatnashchilari kreditorlar oldida zimmaga olgan majburiyatlarini to‘liq bajarishlari shart va bu majburiyatlarning bajarilishi uchun birgalikda javobgar bo‘ladilar, agar bitimda o‘zga qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiyaning kechishi 18 oydan oshmasligi lozim. Xo‘jalik sudi sanatsiya qatnashchilarining iltimosnomasiga ko‘ra sanatsiya o‘tkazish muddatini ko‘pi bilan olti oygacha uzaytirishga haqli, davlat korxonalarida sanatsiya o‘tkazish hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya o‘tkazilishi jarayonida qarzdor xo‘jalik yuritish subyektining egasi, kreditorlardan istalgan biri yoki vakolatli organning vakillarni sanatsiya besamara o‘tayotganligi yoki sanatsiya qatnashchilarining qarzdor xo‘jalik yuritish subyekti egasi yoki kreditorlar yoxud vakolatli organ a’zolarining manfaatlariga ziyon yetkazishga olib boruvchi xatti-harakatlari to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Xo‘jalik sudi bunday arizalarni qarab chiqadi va tegishli, hatto sanatsiyani to‘xtatishgacha bo‘lgan hal qiluv qarori qabul qiladi.
(13-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya uni o‘tkazish uchun ajratilgan vaqt tugaganligi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar bajarilmayotganligi, shuningdek sanatsiya besamara ekanligi aniqlanganligi munosabati bilan to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiya to‘xtatilgan taqdirda xo‘jalik sudi qarzdorning bankrot bo‘lganligini e’tirof etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiyadan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi xo‘jalik sudining bankrot bo‘lganlikka doir ishni to‘xtatish haqidagi masalani hal qilishi uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorga kreditorlarning mulkiy da’volarini qondirish va sud xarajatlarini qoplash yuzasidan uchinchi shaxsning kafolati bo‘lmasa, mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli bo‘lgan organ iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorni sanatsiya qilishda ishtirok etish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tanlov o‘tkazishni rasmiy matbuotda e’lon qilishga haqlidir. Agar bir oy ichida bundaylar topilmasa yoki ular taklif etgan sanatsiyada qatnashish shartlariga qarzdor rozi bo‘lmasa, nochor qarzdorning bankrot bo‘lganligiga doir ish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qarab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganlikka doir ish yuritishni to‘xtatish maqsadida qarzdor, u bankrot bo‘lgan deb e’tirof etilguniga qadar, kreditorlarga murojaat qilib, kelishuv bitimi tuzishni, to‘lovlarni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lashni, siylov berishni taklif etishi mumkin. Kreditorlar bilan qarzdorning kelishuv bitimi tuzilganligi xo‘jalik sudi tomonidan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mol-mulkida davlat ishtirok etadigan xo‘jalik yuritish subyektlari uchun dastlabki harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdorning mol-mulkida davlat ishtirok etgan taqdirda xo‘jalik sudi belgilangan muddat ichida tegishli vakolatli organni ish yuritish qo‘zg‘atilishi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ xabar topgan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida sanatsiya o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi o‘z qarorini xo‘jalik sudiga ma’lum qiladi.
(O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq 14-moddaning birinchi, ikkinchi qismlariga o‘zgartirishlar kiritilgan, uchinchi va to‘rtinchi qismlari chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning talablari qondirilgan taqdirda bankrotlikka doir ish to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorning talablari qondirilmagan taqdirda ishni ko‘rish qayta tiklanadi. Bunda qarzdorning xo‘jalik sudiga ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Banklar uchun dastlabki harakatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank — qarzdor bo‘lgan hollarda ish yuritish uchun qabul qilinganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor etiladi. Markaziy bank o‘n kunlik muddat ichida xo‘jalik sudiga bankni sanatsiyalash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi o‘z xulosasini taqdim etmog‘i lozim. Bu xulosaning mazmuni qarzdor bankning iltimosnomasi qarab chiqilayotganda xo‘jalik sudi tomonidan inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xo‘jalik sudining nochor qarzdorni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatsiyalash yoki kelishuv bitimi to‘g‘risida ilgari qabul qilingan qarorlar munosabati bilan ehtimol tutilgan kechiktirishlarni hisobga olgan holda xo‘jalik sudi tomonidan belgilangan muddatda xo‘jalik sudining majlisi o‘tkazilib, unda ish materiallarini ko‘rib chiqish asosida nochor qarzdorni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash yoxud arizani rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlarning xo‘jalik yuritish subyektiga bo‘lgan talablari rad etilgan taqdirda xo‘jalik sudi ko‘rilgan ma’naviy va moddiy zarar uchun to‘lanadigan tovon miqdorini belgilab, uni xo‘jalik yuritish subyektining foydasiga undirib berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyekti sud qarori chiqarilguniga qadar o‘z xo‘jalik faoliyatini davom ettirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganlikka doir ish yuritishning har qanday bosqichida nochor qarzdor yoki uning muassisi (muassislari) qarzdorning to‘lanmagan majburiyatlariga barobar mablag‘ni garovga qo‘yishi mumkin. Bunday holda ish yuritish bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda to‘xtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Bankrot bo‘lgan deb e’lon qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish va tugatishga doir ish yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori belgilangan tartibda rasmiy matbuotda e’lon qilinadi. E’lon haqi qarzdor hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E’londa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni yuritayotgan xo‘jalik sudining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nochor qarzdorning nomi va joylashgan manzili ko‘rsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatishga doir ish yuritishni qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan ariza berilgan sana, shuningdek kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z da’volarini e’lon chiqqan kundan e’tiboran ikki oylik muddat ichida berishlari zarurligi to‘g‘risida kreditorlarga qaratilgan murojaat bayon qilingan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tugatishga doir ish yuritishni qo‘zg‘atishning nochor qarzdorga keltiradigan oqibati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyekti bankrot bo‘lgan deb e’lon qilingan paytdan boshlab qarzdorning o‘z mulkini tasarrufidan chiqarishi, boshqalarga berishi va majburiyatlarini uzishi ta’qiqlanadi, hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazishi, dividendlar, soliqlar to‘lashi va to‘lovlarni amalga oshirish to‘xtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorning qarzga doir barcha majburiyatlarining muddatlari o‘tib ketgan hisoblanadi, unga nisbatan yangi talablar bilan chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha penya va foiz qo‘shib yozish to‘xtatiladi. Nochor qarzdorning mulkidan qarzni undirish borasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Xo‘jalik sudida nochor qarzdor ishtirokida ko‘rilayotgan mulkiy nizolar, agar ular yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirmagan bo‘lsa, to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu paytdan e’tiboran qarzdor oldiga qo‘yiladigan mulkiy yoki moliyaviy tusdagi barcha talablar faqat tugatishga doir ishni yuritish chegarasidagina qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BO‘LIM. TUGATIShGA DOIR IShNI YURITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Tugatishga doir ishni yuritishdan ko‘zlangan maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishga doir ishni yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish va nochor qarzdorni qarzlardan qutilgan deb e’lon qilish, tomonlarni o‘zaro g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlardan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchli vakil, kreditorlarning yig‘ilishi (kreditorlar komiteti), nochor qarzdor va boshqa manfaatdor tomonlar tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi o‘z vakolatlari doirasida tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari o‘rtasida yuzaga keluvchi nizolarni ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Tugatish komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda vakolatli organ ishonchli shaxs boshchiligida tugatish komissiyasini tuzadi.
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyekti joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uning tugatilishi to‘g‘risida va kreditorlarning o‘z da’volarini taqdim etishlari tartibi xususida e’lon berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyekti tugatilishi to‘g‘risida kreditorlar va manfaatdor tomonlarni xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining pul mablag‘larini bitta bankdagi yagona schyotga jamlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining mol-mulki, shu jumladan garovga qo‘yilgan mol-mulki to‘g‘risida hisobot tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish balansini tuzishi va uni xo‘jalik sudiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasini tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy ishlarni oxiriga yetkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyekti mulkini manfaatdor tomonlar foydasini ko‘zlab, bosqichma-bosqich tugatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarga, xo‘jalik sudiga, davlat nazorati va soliq organlariga, boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining mol-mulki to‘g‘risida, mol-mulkni tugatish jarayoni qanday borayotganligi haqida zarur axborotlar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish qanday o‘tganligi to‘g‘risida yakunlovchi hisobot tayyorlashi va uni xo‘jalik sudiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish komissiyasining xatti-harakatlari ustidan xo‘jalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasi quyidagilarni aks ettirmog‘i lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyekti moliyaviy ahvolining to‘la va xolis bayonini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlarning da’volarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va mutanosibligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyekti mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilishi lozim bo‘lgan mol-mulkning ro‘yxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni sotish usuli, joyi va vaqtini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud xarajatlarini to‘lash, ekspertlarning, tugatish komissiyasi a’zolarining, ishonchli vakillar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq to‘lash shartlarini.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasi kreditorlar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak va u, agar da’vo summasining kamida uchdan ikki qismining egasi bo‘lgan kreditorlar tomonidan quvvatlansa, ma’qullangan hisoblanadi. Agar tugatish rejasi ma’qullanmasa, kreditorlar esa bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish uchun o‘zlari tuzgan rejani belgilangan muddatda taqdim etmasalar, vakolatli organ tugatish komissiyasi taqdim etgan rejani tasdiqlaydi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tugatishga doir ish xo‘jalik yuritish subyektining tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, u xo‘jalik yuritish subyektini tugatishga doir o‘z rejasini taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan tugatish rejasi asosida mol-mulkni sotish va qarzdorga bo‘lgan da’volarni qondirish ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil va uning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakil:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorlar talablarini qondirishga mo‘ljallangan mol-mulkni (tugatiladigan mol-mulkni) jamlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning moliyaviy ahvoli va mol-mulki to‘g‘risida davlat nazorat va soliq organlariga, shuningdek kreditorlarga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni yuritish uchun buxgalter va boshqa shaxslarni tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarni jalb etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni yashirib qolish yoxud soliqlar va qarzlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida bankrot bo‘lganlikka doir ish boshlanishidan yoki iqtisodiy nochorlik to‘g‘risida ariza berilishidan oldin bir yil mobaynida xo‘jalik yuritish subyekti tuzgan bitimlarni, shuningdek xo‘jalik yuritish subyekti bitim tuzish natijasida mol-mulkning sotish paytidagi bozor bahosiga nisbatan ancha past haq olgan yoki xo‘jalik yuritish subyekti to‘lovga layoqatsiz bo‘lsa, bunday bitimlarni haqiqiy emas deb topish masalasini xo‘jalik sudi oldiga qo‘yishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning birinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyekti ishonchli vakilning talabi bo‘yicha unga qarz summasini ko‘rsatgan holda o‘z kreditorlari va debitorlarining to‘la ro‘yxatini, aktiv va passivlarning mufassal balansini, moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi hisobotni, ish daftarlari, schyotlar va boshqa hujjatlardan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Kreditorlar yig‘ilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar yig‘ilishida kreditorlar, ishonchli vakil va nochor qarzdor qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar yig‘ilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tasdig‘iga ishonchli vakil nomzodini taqdim etadi;
(24-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nochor qarzdorga qarashli mol-mulkni uning tasarrufidan chiqarish bilan bog‘liq ayrim bitimlar tuzishga ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv bitimi tuzish to‘g‘risida takliflar kiritishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli vakilning xatti-harakatlarini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilishning operativ ishlaydigan organi hisoblanmish kreditorlar komitetini tuzishi mumkin. Komitetning vazifalarini kreditorlar yig‘ilishi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar yig‘ilishi, basharti, unda qarzdor majburiyati umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida da’vo qilayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan kreditorlar qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yig‘ilishda ishonchli vakil orqali qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditor, basharti, nochor qarzdorga nisbatan qo‘yilishi to‘g‘ri deb topilgan talablar egasi bo‘lsa va mazkur ishda o‘zga manfaatlari bo‘lmasa, kreditorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Kreditorning (kreditorlarning) huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditor (kreditorlar) quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik sudida o‘z manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida va unga qarashli mol-mulkning holati haqida ma’lumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli vakilning xatti-harakatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasi bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli vakilning, tugatish komissiyasining xo‘jalik sudidagi xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Mol-mulkni va qarzni narxlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nochor qarzdorning barcha aktivlari, ular balanslarda ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmaganligidan qat’i nazar, tugatiladigan mol-mulkni jamlash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida ishonchli vakil jalb etilgan ekspertlar yoki auditorlar yordamida nochor qarzdorning mol-mulkini ro‘yxatga oladi va narxlaydi, shuningdek uning majburiyatlarini baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kim oshdi savdosida sotiladigan mol-mulkning qiymat narxi uning dastlab belgilangan narxi bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatiladigan mol-mulk jumlasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda, tashkilotlarda yollanib (shartnoma, kontrakt bo‘yicha) ishlovchi xodimlarning xususiy mol-mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor tomonidan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor javobgarligida saqlanayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq nochor qarzdorning mulki hisoblanmaydigan boshqa mol-mulk kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Bankrot bo‘lganning mol-mulkini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrot bo‘lganning mol-mulki oshkora savdo tashkil qilish yo‘li bilan sotiladi. Tugatish komissiyasi savdoni o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘risida savdo boshlanishidan kamida o‘n kun oldin rasmiy matbuotda e’lon beradi. Qarzdorning mulki bosqichma-bosqich sotilishi mumkin, lekin doimo oshkora ravishda hamda tugatish paytidagi dastlab belgilanadigan narxlardan past bo‘lmagan narxlarda sotilishi shart.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Bankrot bo‘lganning mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdodan tushgan pul bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektini tugatish rejasiga muvofiq kreditorlar o‘rtasida taqsimlanadi. To‘lovlar qarzdorning mol-mulki sotilishiga qarab to‘lanadi. Uzil-kesil to‘lov mol-mulk savdosi yakunlanganidan keyin tugatish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatishga doir ish yuritish, ishonchli vakilning o‘z vazifalarini bajarishi, shuningdek xo‘jalik yuritish subyektining ishlab turishini davom ettirish bilan bog‘liq xarajatlar navbatdan tashqari qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi navbatda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha talablar, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha talablar, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi talablar qondiriladi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ana shu talablar to‘la-to‘kis qondirilganidan keyin ijtimoiy sug‘urtaga oid talablar va fuqarolarning jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik tufayli ularning mol-mulkiga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplashga doir talablari qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi navbatda davlat sug‘urta organlarining majburiy sug‘urta bo‘yicha talablari qondiriladi.
(28-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘rtinchi navbatda kreditorlarning garov bilan ta’minlanmagan talablari qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchi navbatda qarzdor xo‘jalik yuritish subyektini, boshqarishda qatnashmaydigan mehnat jamoasi a’zolari jumlasidan bo‘lmish aksiya egalarining va investorlarning talablari qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qondiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi har qaysi talab navbat bo‘yicha oldingi talab to‘la-to‘kis bajarilganidan keyin qondiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undirib olinayotgan summa birorta navbatdagi talablarni to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, bu talablar har bir undirib oluvchiga tegishli summaga mutanosib tarzda qondiriladi.
(28-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-moddaning o‘n ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi to‘lov to‘langanligi to‘g‘risida rasmiy matbuotda maxsus xabar e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va ish yuritish xarajatlari to‘langanidan keyingi qoldiq qismini tugatilayotgan xo‘jalik yuritish subyekti mol-mulkining egasi oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkdan mulk egasi bo‘lgan qarzdorning ko‘rsatmasi bo‘yicha foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk yetarli emasligi sababli qondirilmay qolgan qarz majburiyatlari uzilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Tugatilayotgan xo‘jalik yuritish subyekti xodimlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan xo‘jalik yuritish subyektida yollanib (shartnoma, kontrakt bo‘yicha) ishlayotgan shaxslarning huquqlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Tugatish komissiyaning hisobotini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish jarayoni oxiriga yetgach, tugatish komissiyasi vakolatli organga tugatish balansini va da’volar qondirilganidan so‘ng qolgan mablag‘lardan qanday foydalanilganligi to‘g‘risida hisobotni ilova qilgan holda o‘z faoliyati to‘g‘risida yakunlovchi ma’lumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tugatish komissiyasining hisobotini tasdiqlaydi, tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va xo‘jalik yuritish subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga o‘zining qarorini ma’lum qiladi.
(30-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Xo‘jalik yuritish subyektining faoliyatini to‘xtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yuritish subyekti davlat ro‘yxati reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab, uning faoliyati to‘xtatilgan, bankrotlikka doir ish tugatilgan, qarzdor esa qarzlaridan qutilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BO‘LIM. TUGATIShGA DOIR ISh YURITIShDAGI KELIShUV BITIMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Kelishuv bitimiga erishish imkoniyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritishning istalgan bosqichida tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi navbat bo‘yicha oldingi talablar to‘la-to‘kis qondirilganidan keyin uchinchi va keyingi navbatdagi da’volarga nisbatangina tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Kelishuv bitimi tuzish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi, agar uni kreditorlarning kamida uchdan ikki qismi (da’volar summasi bo‘yicha) yoqlagan bo‘lsa, tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi tuzilishiga rozi bo‘lmagan kreditorlar uchun kelishuv bitimiga rozilik bildirgan va talablarning navbati bir xil bo‘lgan kreditorlar uchun belgilanganidan yomonroq shart-sharoit belgilanishi mumkin emas. Ana shu kreditorlar o‘rtasidagi nizolar xo‘jalik sudida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Kelishuv bitimi tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi yozma ravishda tuziladi va uning ijrosi barcha kreditorlar uchun majburiy hisoblanadi hamda imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi bajarilmagan taqdirda manfaatdor tomonlar belgilangan tartibda xo‘jalik sudiga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb e’tirof etish yoki uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nochor qarzdor balansda o‘zining mol-mulki holatini noto‘g‘ri aks ettirgan bo‘lsa, istalgan kreditorning da’vosi bo‘yicha xo‘jalik sudi kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishuv bitimining shartlari bajarilmaganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi davom etib, bu hol kreditorlarga jarayonni qayta tiklash to‘g‘risida iltimos qilishga huquq berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor kreditorlarning huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgan hollarda kelishuv bitimi haqiqiy emas deb e’tirof etilishi hamda qarzdorni bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish jarayoni qayta tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb e’tirof etilgan taqdirda bankrot bo‘lgan deb e’tirof etish jarayoni qayta tiklanganligi to‘g‘risida rasmiy matbuotda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelishuv bitimi ijro qilingunga qadar qarzdor bankrot deb e’lon qilingan bo‘lsa, to‘lanishi kechiktirilgan, bo‘lib-bo‘lib to‘lashga kelishilgan yoki qarzlarning siylovidan iborat kreditorlarning da’volari, ularning qanoatlantirilmagan qismi doirasida to‘la hajmda qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1054-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 130-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda)