23.06.1981 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining 156-sonli Konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng muomala va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh konferensiyasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1981-yilning 3-iyunida oʻzining oltmish yettinchi sessiyasiga toʻplanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining maqsad va vazifalari boʻyicha, quyidagi “barcha insonlar irqi, eʼtiqodi yoki jinsidan qatʼi nazar, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyat, erkinlik va qadr-qimmatlari taʼminlangan sharoitida oʻz moddiy farovonligiga va maʼnaviy rivojiga erishish huquqiga ega” degan qoidani eʼtirof etuvchi Filadelfiya deklaratsiyasini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat konferensiyasi tomonidan 1975-yilda qabul qilingan Ayol mehnatkashlar uchun muomala va imkoniyat tengligi toʻgʻrisidagi deklaratsiya qoidalarini hamda Ayol mehnatkashlar uchun muomala va imkoniyat tengligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan harakat dasturlari toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkak va ayol mehnatkashlar uchun muomala va imkoniyat tengligini taʼminlashga qaratilgan mehnat boʻyicha xalqaro konvensiyalar va tavsiyalarni, xususan, 1951-yilgi Teng haq toʻlash toʻgʻrisidagi konvensiya va Tavsiya, 1958-yilgi Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish toʻgʻrisidagi konvensiya va Tavsiya hamda 1975-yilgi Inson resurslarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi tavsiyaning VIII boʻlimini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1958-yilgi Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish toʻgʻrisidagi konvensiya oilaviy majburiyatlar asosida amalga oshiriladigan farqlar bevosita koʻrib chiqilmasligini va bu sohada yangi normalar qabul qilinishi zarurligini hisobga olinishini eslatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1965-yilgi Oilaviy majburiyatlarga ega ayollar mehnati toʻgʻrisidagi tavsiya qoidalarini hisobga olgan holda va u qabul qilinganidan beri sodir boʻlgan oʻzgarishlarni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar va ayollar uchun teng muomala va teng imkoniyatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan ham qabul qilinganligini taʼkidlab, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1979-yilgi Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi muqaddimasining oʻn toʻrtinchi bandida taʼkidlanganidek, “Konvensiyaning ishtirokchi-davlatlari erkak va ayol oʻrtasida toʻla tenglikka erishish uchun ham erkak, ham ayolning jamiyat va oiladagi anʼanaviy rolini oʻzgartirish zarurligini” eslatib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy majburiyatlarga ega xodimlarning muammolari oila va jamiyatga taalluqli kengroq masalalarning milliy siyosatni amalga oshirishda eʼtiborga olinishi zarur boʻlgan jihatlari ekanligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy majburiyatlarga ega erkaklar va ayollar uchun, shuningdek, mazkur va boshqa xodimlar oʻrtasida haqiqiy muomala va imkoniyatlar tengligini oʻrnatish zarurligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xodimlar duch keladigan koʻplab muammolar oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar uchun keskinlashishini hisobga olib, ularning alohida ehtiyojlarini qondirish choralarini koʻrish va umuman xodimlarning ahvolini yaxshilashga qaratilgan choralarni koʻrish orqali ularning ahvolini yaxshilash zarurligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibining 5-bandi hisoblangan erkak va ayol xodimlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar uchun teng muomala va teng imkoniyatlar toʻgʻrisida bir qator takliflarni qabul qilishga qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu takliflarni xalqaro konvensiya shaklida berishga qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ming toʻqqiz yuz sakson birinchi yil iyun oyining yigirma uchinchi kunida quyida 1981-yilgi Oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar toʻgʻrisidagi konvensiya deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya oʻz qaramogʻidagi bolalariga nisbatan oilaviy majburiyatlarga ega erkak va ayol xodimlarga, agar bunday majburiyatlar ularning iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik koʻrish, kirish, ishtirok etish yoki ularda ilgarilash imkoniyatlarini cheklagan holatlarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya qoidalari, shuningdek haqiqatdan ham parvarish yoki yordamga muhtoj boʻlgan boshqa yaqin qarindoshlari — ularning oila aʼzolariga nisbatan majburiyatlarga ega erkak va ayol xodimlarga, agar bunday majburiyatlar ularning iqtisodiy faoliyatga tayyorgarlik koʻrish, kirish, ishtirok etish yoki ularda ilgarilash imkoniyatlarini cheklagan holatlarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “qaramogʻida boʻlgan bola” va “haqiqatdan ham parvarish yoki yordamga muhtoj boʻlgan boshqa yaqin qarindoshi — oila aʼzosi” atamalari har bir mamlakatda ushbu Konvensiyaning 9-moddasida koʻrsatilgan usullardan biri bilan belgilanadigan shaxslarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllaniladigan xodimlar bundan keyin “oilaviy majburiyatlari boʻlgan xodimlar” deb nomlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya iqtisodiy faoliyatning barcha sohalariga va xodimlarning barcha toifalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Erkak va ayol xodimlar uchun muomala va imkoniyatlarning haqiqiy tengligini taʼminlash uchun Tashkilotning har bir aʼzosining milliy siyosatining maqsadlaridan biri shundaki, haq toʻlanadigan ishlarni bajaradigan yoki bajarishni xohlaydigan oilaviy majburiyatlari boʻlgan shaxslar bu ishni kamsitishlarga duchor boʻlmasdan va imkoni boricha kasbiy va oilaviy majburiyatini uygʻunlashtirgan holda amalga oshirishda oʻz huquqlaridan foydalanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi maqsadlari uchun “kamsitish” atamasi 1958-yilgi Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish toʻgʻrisidagi konvensiyaning 1 va 5-moddalarida belgilanganidek, mehnat va ish turlari sohasidagi kamsitishni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkak va ayol xodimlar uchun muomala va imkoniyatlarning haqiqiy tengligini belgilashda quyidagilar bilan birga milliy shart-sharoit va imkoniyatlarga mos keladigan barcha choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar oʻzlarining ishni erkin tanlashga boʻlgan huquqidan foydalanishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularning ish sharoitlari va ijtimoiy taʼminot sohasidagi ehtiyojlari eʼtiborga olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, quyidagilar bilan birga milliy shart-sharoit va imkoniyatlarga mos keladigan barcha choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliy darajada tadbirlarni rejalashtirishda oilaviy majburiyatga ega xodimlarning ehtiyojlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolalarni parvarish qilish va oilaga yordam koʻrsatish boʻyicha muassasalari va xizmatlari kabi davlat yoki xususiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir mamlakatning vakolatli hokimiyati va organlari erkak va ayol xodimlar uchun teng muomala va teng imkoniyatlar tamoyili hamda oilaviy majburiyatlarga ega xodimlarning muammolarini kengroq tushunishga koʻmaklashuvchi axborot va taʼlimni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, shuningdek bu muammolarni hal qilishga yordam beradigan jamoatchilik fikrini ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy shart-sharoit va imkoniyatlarga mos keladigan barcha chora-tadbirlar, shu jumladan oilaviy majburiyatlari boʻlgan xodimlarga mehnat faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishi, shuningdek ushbu majburiyatlar tufayli ishdan boʻshatilgandan keyin uni ishga qayta tiklashga imkon beradigan kasbga yoʻnaltirish va tayyorlash sohasida choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy majburiyatlar oʻz-oʻzidan mehnat munosabatlarini tugatish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qonun hujjatlari yoki qoidalar, jamoa shartnomalari, korxonaning ichki mehnat tartib qoidalari, arbitraj qarorlari, sud qarorlari yoki ushbu usullarning birikmasi orqali yoxud milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, milliy amaliyotga mos keladigan har qanday boshqa usulda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya qoidalari, milliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda, zarur hollarda, bosqichma-bosqich qoʻllanilishi mumkin, biroq ularni amalga oshirilishi boʻyicha koʻrilgan choralar har qanday holatda ham 1-moddaning 1-bandi amalda boʻlgan barcha xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilayotgan Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi birinchi maʼruzasida Konvensiyaning qaysi qoidalariga nisbatan mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan imkoniyatdan foydalanmoqchi ekanligi maʼlum qiladi va keyingi maʼruzalarida ushbu qoidalarni qay darajada amalga oshirganligi yoki amalga oshirmoqchi ekanligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar va xodimlar tashkilotlari ushbu Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qoʻllashda milliy shart-sharoitlar va amaliyotga mos keladigan tarzda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya faqat ratifikatsiya hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro mehnat tashkilotining aʼzolarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Tashkilotning ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan paytdan boshlab oʻn yillik davr tugaganidan keyin Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Xalqaro mehnat byurosida denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya qilish huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi hamda u ushbu modda shartlariga binoan bu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan barcha ratifikatsiya qilish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarining roʻyxatga olingani haqida Xalqaro mehnat tashkilotining barcha aʼzolarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh direktor Tashkilot aʼzolarini u tomonidan qabul qilingan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olingani haqida xabardor qilgan holda, ularning eʼtiborini ushbu Konvensiyaning kuchga kirgan sanasiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, avvalgi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan barcha ratifikatsiya qilish va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlariga oid toʻliq maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topgan hollarda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻliq yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslikni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tashkilotning biror bir aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan, yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi avtomatik tarzda 14-moddaning qoidalaridan qatʼi nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan, yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiya Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi uchun yopiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan, yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning ingliz va fransuz tilidagi matnlari bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)