01.07.1949 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining 95-sonli Konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkilotining Bosh konferensiyasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosining Maʼmuriy Kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1949-yilning 8-iyunida oʻzining oʻttiz ikkinchi sessiyasiga toʻplanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibining yettinchi bandi hisoblangan ish haqini himoya qilishga oid bir qator takliflarni qabul qilishga qaror qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ming toʻqqiz yuz qirq toʻqqizinchi yil iyul oyining birinchi kunida quyidagi “1949-yilgi Ish haqini himoya qilish toʻgʻrisidagi konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “ish haqi” atamasi nomidan yoki hisoblash usulidan qatʼi nazar, pul shaklida hisoblanishi mumkin boʻlgan va oʻzaro kelishuv yoki milliy qonun hujjatlari bilan belgilanadigan, yozma yoki ogʻzaki mehnat shartnomasi asosida bajarilgan yoki bajarilishi kerak boʻlgan ish uchun yoki koʻrsatilgan yoxud koʻrsatiladigan xizmatlar uchun ish beruvchi tomonidan xodimga toʻlanishi kerak boʻlgan ish haqi yoki daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya ish haqi toʻlanadigan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan barcha xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organi, ish beruvchilar va xodimlarning tashkilotlari bilan maslahatlashuvdan soʻng, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa va ular shundan bevosita manfaatdor boʻlsa, Konvensiyaning barcha yoki ayrim qoidalari qoʻllanilishi doirasidan mazkur barcha yoki ayrim qoidalarning qoʻllanilishi maqsadga muvofiq boʻlmagan vaziyat va sharoitda ishlaydigan hamda jismoniy ishlarda band boʻlmagan yoki uy xoʻjaligida yoki shunga oʻxshash xizmatda band boʻlgan shaxslar toifalarini chiqarib tashlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasiga muvofiq taqdim etiladigan ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi oʻzining birinchi yillik maʼruzasida, avvalgi bandga koʻra, ushbu Konvensiyaning barcha yoki ayrim qoidalari qoʻllanilishi doirasidan chiqarishni moʻljallagan shaxslarning toifalarini koʻrsatadi. Tashkilotning hech bir aʼzosi birinchi har yilgi maʼruzasi taqdim etilganidan soʻng, shu maʼruzada koʻrsatilgan shaxslar toifalaridan tashqari boshqa shaxslar toifalarini chiqara olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotning har bir aʼzosi oʻzining birinchi yillik maʼruzasida ushbu Konvensiyaning barcha yoki ayrim qoidalari qoʻllanilishi doirasidan chiqarishini moʻljallagan shaxslar toifalarini koʻrsatib, oʻzining navbatdagi har yilgi maʼruzalarida ushbu moddaning 2-bandi qoidalari qaysi shaxslar toifalariga nisbatan qoʻllanilishi toʻxtatilganligini koʻrsatadi hamda ushbu Konvensiyani shu shaxslar toifalariga qoʻllash maqsadida erishilgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Naqd pulda toʻlanishi lozim boʻlgan ish haqi faqat qonuniy toʻlov vositasida toʻlanadi va oddiy veksel, vaucher, kupon shaklida yoki qonuniy toʻlov vositasi deb gumon qilinayotgan har qanday boshqa shaklda toʻlanishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organi ish haqini bank cheklari yoki pochta oʻtkazmalari orqali, agar toʻlashning shunday shakli oddiy amaliyotda qabul qilingan boʻlsa yoki alohida holatlar tufayli zarur boʻlsa va, agar jamoa shartnomasi yoki arbitraj qarorida nazarda tutilgan boʻlsa yoki bunday qarorlar boʻlmagan taqdirda manfaatdor xodim shunga oʻzi rozi boʻlsa, toʻlashga ruxsat berishi yoki buyurishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Milliy qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari yoki arbitraj qarorlari ayrim sanoat yoki ish turlari sohasida ish haqini qisman natura shaklida, agar mazkur sanoat yoki ish turlari sohasida haq toʻlashning shu shakli odat boʻlsa yoki mazkur sanoat yoki ish turlari xususiyati uchun maʼqul boʻlsa, toʻlashga ruxsat berishi mumkin. Lekin hech bir holda ish haqi spirtli ichimlik va giyohvand moddalar shaklida toʻlanishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish haqini qisman natura shaklida toʻlashga ruxsat etilgan hollarda quyidagilarni taʼminlash uchun tegishli chora-tadbirlar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) natura shaklidagi toʻlov xodimlar va ularning oilalari tomonidan shaxsan foydalanishi uchun va ularning manfaatlari uchun mos boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) natura shaklidagi toʻlov adolatli va maqbul narxga ega boʻlishini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi, agar milliy qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi yoki arbitraj qarorida buning aksi nazarda tutilmagan boʻlsa va, agar mazkur manfaatdor xodim boshqacha tartibga rozilik bildirmagan boʻlsa, bevosita manfaatdor xodimga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarga xodimning ish haqini tasarruf etish erkinligini har qanday tarzda cheklash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar tashkilotda xodimlarga tovarlar sotuvchi doʻkonlar yoki taʼminot xizmatlari mavjud boʻlsa, u holda manfaatdor xodimlarga nisbatan ushbu doʻkonlar va xizmatlardan foydalanishga majbur qilinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar boshqa doʻkonlar yoki xizmatlardan foydalanishning iloji boʻlmasa, vakolatli organ tovarlar adolatli va maqbul narxlar boʻyicha sotilishi va xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash yoki ish beruvchi tomonidan taʼsis etilgan doʻkon yoki koʻrsatilayotgan xizmatlar daromad olish uchun emas, balki xodimlarning manfaatlari uchun faoliyat olib borishini taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqidan ushlab qolish milliy qonun hujjatlari yoki jamoa shartnomasi yoki arbitraj qarorida belgilangan shartlar va chegaralar doirasida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday ushlab qolish amalga oshirilishini ruxsat etadigan shartlar va chegaralar toʻgʻrisida vakolatli organ xodimlarni eng maqbul hisoblaydigan tarzda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi yoki uning vakili yoki biron-bir vositachi (masalan, pudratchi yoki ishga jalb qiluvchi) foydasiga bevosita yoki bilvosita haq toʻlash orqali ish joyiga ega boʻlish yoki uni saqlab qolish maqsadida xodimning ish haqidan barcha undirishlar taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqi faqat milliy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va chegaralar doirasida ushlab qolish yoki oʻtkazish obyekti boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish haqi xodim va uning oilasini boqish uchun zarur deb hisoblangan darajada ushlab qolinishi yoki oʻtkazilishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tashkilot bankrot deb topilgan yoki majburiy tugatilgan taqdirda, unda ishlaydigan xodimlar bankrotlik yoki tugatilishdan oldingi davrda ishlaganligi uchun milliy qonunchilikda belgilangan miqdordan oshmaydigan ularga tegishli boʻlgan ish haqi boʻyicha imtiyozli kreditorlar kabi mavqega ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Imtiyozli qarzni tashkil etuvchi ish haqi oddiy kreditorlar oʻz ulushini talab qilishdan oldin toʻliq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish haqidan tashkil topgan imtiyozli talabning boshqa imtiyozli talablarga nisbatan navbatdagi tartibi milliy qonun hujjatlari bilan belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqi muntazam ravishda muayyan vaqt oraligʻida toʻlanadi. Agar ish haqini muntazam vaqt oraligʻida toʻlashni taʼminlaydigan tegishli mexanizm mavjud boʻlmasa, ish haqi toʻlanishining davrlari milliy qonun hujjatlar yoki jamoa shartnomasi yoxud arbitraj qarori bilan belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat shartnomasi muddati tugagandan soʻng xodimga toʻlanadigan ish haqining yakuniy hisob-kitobi milliy qonun hujjatlariga, jamoa shartnomasiga yoki arbitraj qaroriga binoan amalga oshiriladi, shunday qonun hujjatlari, shartnoma yoki qaror boʻlmagan taqdirda, mehnat shartnomasi shartlarini hisobga olgan holda maqbul vaqt ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ish haqi naqd pul bilan toʻlab berish faqat, agar milliy qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi yoki arbitraj qarorida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa yoki xodimlarga maʼlum boʻlgan usullar maqsadga muvofiqroq deb topilmasa, ish kunlarida va ish joyining oʻzida yoxud unga yaqin joyda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish haqini toʻlash tavernalarda yoki shunga oʻxshash joylarda, shuningdek, agar suiisteʼmollikning oldini olish zarur boʻlsa, doʻkonlarda yoki chakana savdo doʻkonlarida va koʻngilochar joylarda amalga oshirilishi taqiqlanadi, ish haqi shunday joylarda ishlaydigan shaxslarga toʻlanadigan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda, xodimlarni tegishli va oson tushunarli tarzda xabardor qilishni taʼminlash uchun samarali choralar koʻriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ular ishga kirishdan oldin, shuningdek, har qanday oʻzgarishlar sodir boʻlgan hollarda, ular ishga yollangan ish haqi bilan bogʻliq shartlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir ish haqini toʻlash vaqtida tegishli toʻlov davri uchun ularning ish haqining turli qismlari toʻgʻrisida, chunki ular oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalarini amalga oshiradigan qonunlar yoki qoidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) manfaatdor shaxslarga axborot uchun taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) unga rioya qilishni taʼminlash uchun masʼul shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har qanday qoidabuzarlik uchun tegishli jazo choralarini yoki boshqa tegishli choralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) barcha zarur hollarda belgilangan shakl va usulda hujjatlar yuritilishini olib borilishini koʻzda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasi qoidalariga muvofiq taqdim etiladigan har yilgi maʼruzalarga ushbu Konvensiyaning qoidalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida toʻla maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Tashkilot aʼzosining hududi oʻz ichiga yirik hududlarni qamrab olsa va vakolatli organi mazkur hududlardagi aholi alohida tarqoqligini yoki rivojlanish darajasini hisobga olib, ushbu Konvensiya qoidalarini qoʻllashning amalda iloji yoʻq, deb hisoblasa, mazkur vakolatli organi ish beruvchilar va xodimlarning tegishli tashkilotlari bilan, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, maslahatlashilgandan soʻng, mazkur hududlarni ushbu Konvensiya qoʻllanilishi doirasidan toʻliq chiqarib tashlashi mumkin yoki baʼzi tashkilotlar yoki ayrim ish turlariga nisbatan oʻz fikricha maqsadga muvofiq boʻlgan istisnolar bilan chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotning har bir aʼzosi Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 22-moddasiga binoan taqdim etiladigan ushbu Konvensiyaning qoʻllanishi toʻgʻrisidagi oʻzining birinchi yillik maʼruzasida mazkur moddaning qoidalaridan foydalanishni moʻljallagan har bir hudud toʻgʻrisida xabar beradi va shu qoidalardan nimaga foydalanishni moʻljallaganlik sabablarini koʻrsatadi. Keyinchalik, Tashkilotning hech bir aʼzosi, shu tarzda koʻrsatilgan hududlarga nisbatan ushbu moddaning qoidalarini qoʻllay olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda qoidalaridan foydalanadigan Tashkilotning har bir aʼzosi uch yildan oshmaydigan oraliqda ish beruvchilar va xodimlarning tegishli tashkilotlari bilan maslahatlashuvdan soʻng, agar shunday tashkilotlar mavjud boʻlsa, ushbu Konvensiya qoʻllanilishi taʼsiri mazkur moddaning 1-bandi asosida chiqarilgan hududlarga nisbatan tatbiq etilishi maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu modda qoidalaridan foydalanadigan Tashkilotning har bir aʼzosi oʻzining navbatdagi har yilgi maʼruzasida qaysi hududlarga nisbatan mazkur modda qoidalarini ishlatish huquqidan voz kechganligi toʻgʻrisida xabar qiladi hamda ushbu Konvensiyani shu hududlarga nisbatan qoʻllash maqsadida erishilishi mumkin boʻlgan har qanday taraqqiyot toʻgʻrisida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya faqat ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro mehnat tashkilotining aʼzolarini birlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 35-moddasi 2-bandiga muvofiq Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladigan bayonotlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi Konvensiya qoidalarining oʻzgartirishlarsiz qoʻllanilishini zimmasiga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi Konvensiya qoidalarining oʻzgartirishlar bilan qoʻllanilishini zimmasiga olishi va shu oʻzgartirishlarning tafsiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) qaysi hududlarga nisbatan Konvensiya qoʻllanilmasligi va bu holda uning qoʻllanilmaslik sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qaysi hududlarga nisbatan Tashkilotning tegishli aʼzosi oʻz qarorini, bu holat kelgusida koʻrib chiqilgunga qadar, saqlab turishi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandining “a” va “b” kichik bandlarida ifodalangan majburiyatlar ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotning har qanday aʼzosi navbatdagi deklaratsiya orqali ushbu modda 1-bandining “b”, “s” yoki “d” kichik bandlari asosida avvalgi deklaratsiyada aytib oʻtilgan har qanday shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotning har qanday aʼzosi, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin boʻlgan davr mobaynida 22-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga istalgan avvalgi bayonotning har qanday shartiga oʻzgartirishlar kirituvchi hamda belgilangan hududlaridagi hozirgi ahvolni ifoda etuvchi navbatdagi bayonotni yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavining 35-moddasi 4 va 5-bandlariga muvofiq, Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga yuboriladigan bayonotlarda Konvensiya qoidalari tegishli hududga nisbatan qanday qoʻllanilishi, yaʼni oʻzgartirishlar bilan yoki oʻzgartirishlarsiz qoʻllanilishi koʻrsatiladi, agar bayonotda Konvensiya qoidalari oʻzgartirishlar bilan qoʻllanilishi koʻrsatilsa, u holda oʻzgartirishlarning tafsiloti ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotning tegishli aʼzosi, aʼzolari yoki tegishli xalqaro darajadagi masʼul istalgan paytda keyingi bayonoti orqali tegishli huquqidan foydalanib, har qanday avvalgi bayonotida koʻzda tutilgan har qaysi oʻzgartirishlardan toʻliq yoki qisman voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotning tegishli aʼzosi, aʼzolari yoki tegishli xalqaro darajadagi masʼul, ushbu Konvensiya denonsatsiya qilinishi mumkin boʻlgan muddat mobaynida, 22-modda qoidalariga muvofiq, Bosh direktorga har qanday avvalgi bayonotning har qanday shartiga oʻzgartirishlar kirituvchi hamda mazkur Konvensiyaning qoʻllanilishiga nisbatan hozirgi ahvolni ifoda etuvchi bayonot yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning biron-bir aʼzosi, Konvensiya dastlab kuchga kirgan paytdan boshlab oʻn yillik davr tugaganidan keyin Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Denonsatsiya Xalqaro mehnat byurosida denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va ushbu modda shartlariga binoan mazkur Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan barcha ratifikatsiya qilish, bayonotlar va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlarini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro mehnat tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh direktor Tashkilot aʼzolarini u tomonidan qabul qilingan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjat roʻyxatga olingani haqida xabardor qilgan holda, ularning eʼtiborini ushbu Konvensiyaning kuchga kirgan sanasiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosi Bosh direktori Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, avvalgi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan barcha ratifikatsiya qilish, bayonotlar va denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlariga oid toʻliq maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro mehnat byurosi Maʼmuriy Kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslikni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi avtomatik tarzda 22-modda qoidalaridan qatʼi nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi uchun yopiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Konvensiya, har qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning ingliz va fransuz tilidagi matnlari bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)