1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. Tashqi savdo yo‘nalishlarini yanada diversifikatsiyalash va transport-logistika xarajatlarini optimallashtirish | ||||
1. | Transport-logistika sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, shu jumladan, umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlar va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiyasini jadallashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruh tuzish, o‘rganish o‘tkazish va ilg‘or xalqaro tajribani inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy ma’lumotlar va takliflar | 2025-yil sentabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. | “Transport vazirlari Yevropa konferensiyasi” doirasidagi avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning ko‘p tomonlama ruxsatnomalar tizimiga qo‘shilishi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | Yo‘l xarita | 2025-yil mart | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
3. | O‘zbekiston Respublikasining “Yevropa-Kavkaz-Osiyo” transport yo‘lagini rivojlantirish (TRASEKA) hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyatini hamkorlikda moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishi haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuborish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yanvar | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
4. | Belgiya, Serbiya, Shvetsiya, Norvegiya kabi davlatlar bilan xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida ikkitomonlama hukumatlararo bitim loyihalarini ishlab chiqish va xorij tomoniga kelishish uchun yuborish. | Xalqaro shartnoma loyihalari | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
5. | Turkmaniston bilan xalqaro tashuvlar ishtirokchilari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim loyihasini imzolash masalasini ishlab chiqish. | Xalqaro shartnomani imzolashga tayyorlash | 2025-yil davomida | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
6. | “O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” yo‘nalishida yuk tashishlar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. | Qo‘shma harakatlar rejasi loyihasi | Tomonlar kelishuviga ko‘ra | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (I. Irgashev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
7. | “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yo‘lagi bo‘ylab tomonlar o‘rtasida temir yo‘l tashish tariflariga chegirmalarni belgilagan holda sinov tariqasida yuk tashuvlarini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Tomonlar kelishuviga ko‘ra | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
8. | “Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston” yo‘nalishida yuk tashishlar uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro avtomobilda tashishlarga ruxsatnoma blankalari kvotasini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
9. | Shimoliy yo‘nalishda yuk tashishlar uzluksizligini ta’minlash, temir yo‘l transportida tranzit tashishlarni xorijiy tomon bilan o‘z vaqtida kelishish va yuk tashish tariflariga chegirmalar olish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
10. | Xitoyda o‘zbek biznes vakillari ishtirokida omborxona, yuk terminallari, logistika markazlarini ijaraga olish yoki qurish uchun sharoit yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
II. Logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish | ||||
11. | Moliyalashtirishning samarali mexanizmlarini qo‘llagan holda harakat tarkibini yangilash uchun mahalliy transport-logistika korxonalariga shart-sharoit yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy ma’lumotlar va takliflar | 2025-yil aprel | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
12. | Soliq kodeksiga yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishdagi transport-ekspeditorlik shartnomasi asosida ko‘rsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasini qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun loyihasi | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) |
13. | Harakat tarkibini saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan davlat mulki obyektlari (avtokorxonalar) ro‘yxatini shakllantirish va ularni o‘z profilini saqlab qolgan holda ommaviy savdolarga chiqarib borish. | Tashkiliy tadbirlar | 2025-yil davomida | Davaktiv agentligi (A. Ortikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
14. | Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni mahalliy avtotashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish. Bunda ruxsatnomalarni bosqichma-bosqich chegarada yoki hududlarda berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil fevral | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Po‘latov) |
III. Mamlakat tranzit salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish | ||||
15. | “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha imzolangan bayonnomaga boshqa manfaatdor davlatlarni jalb qilish, yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. | Tashkiliy tadbirlar | 2025-yil davomida | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
16. | O‘zbekiston hududi orqali temir yo‘lda tranzit tashish tezligini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Tahliliy ma’lumot | 2025-yil may | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) |
17. | Temir yo‘l transportida tranzit tashishlarga moslashuvchan tarif tizimini joriy etish orqali qo‘shimcha tranzit yuk oqimlarini jalb etish. | Kompleks tariflarni shakllantirish | 2025-yil oktabr | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
18. | Xalqaro yuk tashishlarda elektron plombalarni qo‘llagan holda transport vositalarini onlayn kuzatib borish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2025-yil may | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
19. | “Dovut ota” va “G‘ishtko‘prik” chegara o‘tkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash. | Amaliy chora-tadbirlar |
| Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) |
Bunda, “Dovut-ota” chegara o‘tkazish punktini; | 2026-yil 31-dekabr | |||
“G‘ishtko‘prik” chegara o‘tkazish punktini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish. | 2025-yil 31-dekabr | |||
20. | Chegara o‘tkazish punktlarida elektron navbatga turish hamda tegishli to‘lov va yig‘imlarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qulay va soddalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
21. | Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida yuk tashish jarayonlarini uyg‘unlashtirish va rivojlantirish maqsadida temir yo‘l idoralari kengashini tashkil etish tashabbusini amalga oshirish. | Konsepsiya loyihasi | Tomonlar kelishuviga ko‘ra | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
22. | O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab avtomobil va temir yo‘llari orqali tranzit harakat qilish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishlar ro‘yxatini shakllantirish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
IV. Transport infratuzilmasini kompleks va ildam rivojlantirish, logistika markazlarining keng tarmog‘ini shakllantirish | ||||
23. | Yo‘lbo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida xalqaro standartlarga muvofiq 72 ta zamonaviy yo‘lbo‘yi servis obyektlarini (TIR parklar, motellar va boshqalar) joylashtirish hududini aniqlash va elektron savdoga chiqarish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Davaktiv agentligi (A. Ortikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (J. Tursunov) |
24. | “Baytqo‘rg‘on — Parkent” (23,8 km) temir yo‘l liniyasining qurilish ishlarini boshlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
25. | “Samarqand — Urgut” (46 km) temir yo‘l liniyasining qurilish ishlarini boshlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
26. | “Miskin — Nukus” (196 km) temir yo‘l liniyasining elektrlashtirish ishlarini yakuniga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil yakuniga qadar | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
27. | Temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanligini oshirish, tashish jarayoniga doir texnologiyalarni takomillashtirish hamda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2025-yil oktabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev) |
28. | Toshkent shahri atrofida yangi temir yo‘l stansiyalari va saralash maydonlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy ma’lumotlar va takliflar | 2025-yil iyul | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (Z. Narzullayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
29. | Toshkent xalqaro aeroportining yuk terminalini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, zamon talablariga mos texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | “Uzbekistan Airpots” AJ (J. Umarxodjayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
30. | Ilg‘or xalqaro tajriba asosida logistika markazlarini zamonaviy texnika va uskunalar bilan jihozlashga doir namunaviy talablarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov) |
31. | Respublikadagi mavjud transport-logistika markazlarini BMTning Quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga muvofiq xatlovdan o‘tkazish va ularning ro‘yxatini shakllantirish. | Tahliliy ma’lumotlar | 2025-yil sentabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
IV. Raqamli va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, logistika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
32. | Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida Toshkent shahrida Transport va bojxona raqamli ofisini tashkil etish bo‘yicha konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va tashkilotga a’zo-davlatlar bilan kelishish uchun IHT kotibiyatiga yuborish. | Konsepsiya loyihasi | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
33. | Yuk tashishlarda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish yo‘li bilan yuk jo‘natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar hamda tashuvchilar uchun “E-logistika” axborot tizimini ommalashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyul | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) |
34. | Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimini Transport vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali “E-logistika” axborot tizimida ham navbat olish imkoniyatini yaratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
35. | “E-Permit” elektron tizimi asosida amalga oshirilayotgan avtomobilda xalqaro yuk tashishlar geografiyasini kengaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov) Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Po‘latov) |
36. | Geoaxborot (GAT) texnologiyalari asosida transport, logistika va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi infratuzilma obyektlarining elektron ID-reyestrini yuritish hamda geoaxborot ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil avgust | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
37. | O‘zbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi qoshida xalqaro avtomobil transporti sohasida malakali kadrlar va professional haydovchilarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Mintaqaviy o‘quv markazini tashkil etish. Bunda Mintaqaviy o‘quv markazini Toshkent avtomobil va yo‘llar texnikumining Toshkent shahri Chilonzor tumani Zavqiy ko‘chasidagi bino va inshootlariga 20 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi (S. Po‘latov), Davaktiv agentligi (A. Ortikov) |
38. | Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining amaldagi shtat birliklari doirasida uning tashkiliy tuzilmasida Metodologiya bo‘limini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil fevral | Transport nazorati inspeksiyasi (J. Karimov) |
3-ILOVA
T/r | Ko‘rsatkich va indikatorlar nomi | O‘lchov birligi | 2024-y. | Rejalashtirilgan maqsad: | |||||
2025-y. | 2026-y. | 2027-y. | 2028-y. | 2029-y. | 2030-y. | ||||
1. | Xalqaro yuk tashish hajmi (quvur transportidan tashqari) | mln tonna | 59,6 | 63,7 | 68 | 72 | 76,9 | 83,8 | 119,2 |
2. | Tranzit yuk tashish hajmi (quvur transportidan tashqari) | mln tonna | 13,9 | 14,6 | 15,2 | 16 | 17 | 18,1 | 22,0* |
3. | Transport va logistika xizmatlari eksporti | mlrd AQSH dollari | 1,88 | 2,09 | 2,27 | 2,54 | 2,81 | 3,1 | 3,5 |
4. | Transport infratuzilma sifati: | ||||||||
elektrlashtirilgan temir yo‘llar ulushi | foiz | 48 | 51 | 52,3 | 54 | 55,3 | 60,2 | 65 | |
o‘tkazuvchanligi chegaralangan umumiy foydalanishdagi temir yo‘l liniyalari uzunligining ulushi | foiz | 15 | 14 | 13 | 12 | 11 | 10 | 9 | |
xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining ta’mirtalab qismlari | foiz | 24 | 22 | 20,5 | 19 | 17 | 16 | 15 | |
xalqaro aeroportlar yuk terminallarining yillik o‘tkazuvchanlik quvvati | ming tonna | 140 | 185 | 252 | 265 | 285 | 295 | 310 | |
5. | Bojxona samaradorligi: | ||||||||
chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yuk avtotransport vositalarining davlat nazorat tartib-taomillaridan o‘tishiga sarflanadigan umumiy vaqt** | daqiqa | 40 | 35 | 30 | 25 | 20 | 15 | 10 | |
sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda rasmiylashtiriladigan bojxona tranzit yuk deklaratsiyalari ulushi | foiz | 0 | 5 | 10 | 15 | 25 | 35 | 45 | |
6. | Transport-logistika xizmatlari: | ||||||||
xalqaro yo‘nalishlarda konteynerda tashishlar ulushi | foiz | 6,2 | 6,4 | 6,6 | 6,8 | 7,4 | 8,1 | 9 | |
avtomobilda eksport-import yuk tashishlar hajmida milliy tashuvchilarning ulushi | foiz | 59,7 | 61 | 61,5 | 62,3 | 63,5 | 64,0 | 65,0 | |
logistika markazlarida yuklarga ishlov berishning yillik quvvati | mln tonna | 10,4 | 14,5 | 17 | 20,5 | 24 | 27,5 | 31,2 | |
4-ILOVA
T/r | Hududlar nomi | Xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar uzunligi (km) | Davlat ahamiyatidagi yo‘llar uzunligi (km) | Tashkil etiladigan “Service area” va “Service point” obyektlari soni prognozi | shundan: | |
master reja asosida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari | tayyor biznes shaklida auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari | |||||
Respublika bo‘yicha jami: | 3 834 | 14 316 | 82 | 72 | 10 | |
shundan: | ||||||
1. | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 664 | 966 | 14 | 11 | 3 |
2. | Andijon viloyati | 100 | 793 | 3 | 2 | 1 |
3. | Buxoro viloyati | 444 | 1 204 | 9 | 8 | 1 |
4. | Jizzax viloyati | 168 | 1 429 | 3 | 3 | |
5. | Qashqadaryo viloyati | 425 | 902 | 10 | 8 | 2 |
6. | Navoiy viloyati | 354 | 2 571 | 7 | 7 | |
7. | Namangan viloyati | 77 | 1 062 | 2 | 2 | |
8. | Samarqand viloyati | 385 | 977 | 8 | 7 | 1 |
9. | Sirdaryo viloyati | 241 | 476 | 6 | 5 | 1 |
10. | Surxondaryo viloyati | 351 | 991 | 6 | 6 | |
11. | Toshkent viloyati | 319 | 1 351 | 8 | 8 | |
12. | Farg‘ona viloyati | 193 | 878 | 4 | 4 | |
13. | Xorazm viloyati | 113 | 716 | 2 | 1 | 1 |
5-ILOVA
“ | |||
3. | Yangidan boshlanadigan yo‘l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishini ta’minlash. | 2025-yildan boshlab | Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
”; |
“ | |||
14. | O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining kirganligi va tranzit o‘tishi uchun yig‘im | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori | |
a. | 65 foizi | O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti | |
b. | 25 foizi | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi | |
v. | 10 foizi | Bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi | |
”. | |||