|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmonlari, shuningdek “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin: maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxslar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomini olish uchun qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini amaliyotga tatbiq etish; yuridik shaxsni qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazishda soliq va kadastr maʼlumotlar bazalaridan qatʼiy foydalanish; Oʻzbekiston Respublikasiga sanoat sohasidagi nufuzli xalqaro brend mutaxassislarini jalb qilishda yigʻim undirilishidan ozod etish; milliy brendlarni yaratish uchun jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish tartibini soddalashtirish. 2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh., 2025-yil 22-yanvar, 30-son Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-yanvardagi 30-son qaroriga ILOVA Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga koʻra gʻolib deb topilgan taqdirda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”. 2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 26-iyuldagi 463-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin. 3. Vazirlar Mahkamasining “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi “(maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchisi boʻlish uchun berilgan arizalari qanoatlantirilgan yuridik shaxslar bundan mustasno)” soʻzlar bilan toʻldirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomga 20-ilovada: a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilsin: “j) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — ular xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan jalb qilinganligini tasdiqlovchi hujjat; z) nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun — nufuzli xalqaro brend tashkilotida faoliyat yuritayotganligini tasdiqlovchi hujjat”; b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni “1 baravari” soʻzlaridan keyin “(xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin; v) 7-pozitsiyaning uchinchi ustunida: quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlardan jalb qilingan texnolog, dizayner, marketolog kabi mutaxassislar uchun yigʻim undirilmaydi”; sakkizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin; g) 11-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “a2” kichik band bilan toʻldirilsin: “a2) xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytinglaridagi nufuzli xalqaro brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan yuqori va oʻrta barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari va milliy brendlar roʻyxatiga kiritilgan brend egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-avgustdagi PQ-286-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat yoʻnalishlari boʻyicha jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarning roʻyxatida koʻrsatilgan sanoat yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy mutaxassislar sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun — tasdiqnomalar mehnat shartnomasi amal qiladigan muddatga, biroq uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga”. 5. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida: a) quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin: “221. Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno). Investorni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin. Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida gʻolib boʻlganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi”; b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga Direksiya tomonidan davlat xizmatini koʻrsatish SXEMASI
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2025-y., 09/25/30/0065-son) |
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан О внесении изменений и дополнений в некоторые постановления Правительства Республики Узбекистан Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ г. Ташкент, 22 января 2025 г., № 30 |