ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Investor (yuridik shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari) | Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan roʻyxatdan oʻtadi hamda bevosita maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalariga (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) murojaat qiladi. | Real vaqt rejimida | |||
2-bosqich | 1. Davlat xizmatlari markazlari 2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali | Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻplamini Direksiyaga elektron shaklda yuboradi. | Real vaqt rejimida | |||
3-bosqich | Direksiya | 1. Taqdim qilingan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha: a) maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, hujjatlar toʻplamini qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda asoslantirilgan xulosa xatini taqdim etadi; b) hujjatlarda kamchiliklar aniqlanmasa, investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi. | Hujjatlar kelib tushgandan boshlab | |||
4-bosqich | Direksiya | Maʼqullangan investitsiya buyurtmanomasida talab etilgan hajmdagi yer maydoni yoki boʻsh bino va inshootni elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi. | Qaror qabul qilingandan boshlab 3 ish kuni mobaynida | |||
5-bosqich | Investor | Elektron-onlayn auksion savdolari gʻolibi boʻlgan yuridik shaxsni maxsus iqtisodiy zona hududida qayta (yoki oʻzi tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektini) davlat roʻyxatidan oʻtkazadi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno). | Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan soʻng 5 ish kuni mobaynida | |||
6-bosqich | Direksiya | Direksiya elektron onlayn-auksion savdolari gʻolibi bilan maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsiya bitimini va ijara shartnomasini tuzadi yoki zarur boʻlganda, bitim qoidalarini kelishish maqsadida muzokaralar oʻtkazadi. | Onlayn-auksion savdolari yakunlangandan boshlab 3 ish kuni mobaynida | |||
7-bosqich | Investor | 1. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etadi. 2. Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari reyestriga kiritish uchun bir martalik toʻlovni amalga oshiradi. | Investitsiya bitimi imzolangandan boshlab 2 ish kuni mobaynida | |||
8-bosqich | Direksiya | Investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazadi va unga guvohnoma beradi. | Hujjatlarni olgan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida | |||
”. |