30.12.2024 yildagi 918-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 18-iyuldagi PF-102-son Farmoni 1-bandining “g” kichik bandiga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat boshlaganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarka va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazar tutuvchi Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar qoplab beriladigan tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan talablar hamda xarajatlarni qoplab berishni rad etish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlarni qoplab berish uchun Jamgʻarma mablagʻlarini tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligiga Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda faoliyat boshlaganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan turoperatorlar uchun xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
918-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 918-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom faoliyat boshlaganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi (keyingi oʻrinlarda — yarmarka va koʻrgazma) pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm yarmarkasi (koʻrgazmasi) pavilyoni — turizm sohasi ishtirokchilari oʻz turistik mahsulotlari va xizmatlarini targʻib qilish hamda namoyish etishga moʻljallangan yarmarka (koʻrgazma) tashkil etiladigan majmua, inshoot yoki yer maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turoperator — arizani topshirish jarayonida turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish boʻyicha turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olganiga 3 yildan koʻp boʻlmagan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro turizm koʻrgazmasi — turizm sohasida turli mamlakatlar va tadbirkorlik subyektlari tomondan oʻz madaniyati, madaniy merosi, sayyohlik imkoniyatlari va mehmonxona xizmatlarini namoyish etadigan ixtisoslashtirilgan xalqaro koʻrgazma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro turizm yarmarkasi — turizm sohasida turli mamlakatlarning sayyohlik kompaniyalari hamda turizm sohasining boshqa ishtirokchilari tomonidan oʻz xizmatlari va mahsulotlarini xaridorlarga taqdim etishga ixtisoslashtirilgan xalqaro darajada oʻtkaziladigan tadbir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Turoperatorning yarmarka va koʻrgazmadagi pavilyon ijarasi xarajatining 50 foizi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pavilyon ijarasi xarajatining bir qismi qoplanadigan yarmarka va koʻrgazmaning roʻyxati Qoʻmita tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovda ishtirok etish tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koʻrgazma va yarmarkada ishtirok etish uchun turoperator tadbirdan oltmish kalendar kun oldin davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) Qoʻmita huzuridagi “Milliy PR-markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaga ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza ariza beruvchi tomonidan identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza YIDXP orqali toʻldirilganda, ariza beruvchining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlovda qatnashish uchun turoperator kuyidagi talablarga javob berishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani topshirish jarayonida turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish boʻyicha turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olganiga 3 yildan koʻp boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan, shuningdek, qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari oʻtkazilgan koʻrgazma va yarmarkada ishtiroki uchun Qoʻmita oldida qarzdorligi mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaz besh ish kunida arizalarni ushbu Nizomning 8-bandi talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqib, turoperatorning tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunida davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron shaklda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizani rad qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan muddatdan kech taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turoperator ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan talablarga javob bermasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Turoperatorlarni tanlab olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchi turoperator Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tomonidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga Qoʻmita raisi rahbarligida Qoʻmita, Markaz va Oʻzbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi mansabdor shaxslari va mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etuvchi turoperatorlar ariza roʻyxatga olingan sanadan boshlab oʻn besh ish kunida ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ball tizimiga muvofiq tanladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya tanlov natijalari boʻyicha turoperatorlarga yarmarka va koʻrgazmadagi pavilyon ijarasi xarajatining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaz turoperatorlarni tanlov natijalari toʻgʻrisida bir ish kunida xabardor qiladi. Bunda tanlovdan oʻtmagan turoperatorlarga qabul qilingan qarorning asoslari haqida maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaz tanlab olingan turoperatorlar haqidagi axborotni www.uzbekistan.travel veb-saytida, Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida hamda Markazning axborot resurslarida uch ish kunida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Komissiyaning ish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya faoliyati qarorlarni masʼuliyatlilik, oshkoralik va kollegiallik asosida muhokama qilish va qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya oʻz faoliyatida ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya aʼzosini almashtirishga faqat Komissiya raisining qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa (kvorum), oʻz vazifalarini amalga oshirishda qonuniy huquqqa ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya aʼzolari komissiya majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida oʻz vaqtida xabardor qilinishi lozim. Komissiya aʼzolari tomonidan sirtdan ovoz berish yoki soʻrov yoʻli bilan qaror qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) oʻrganish, tahlil qilish, baholash hamda uning natijalariga koʻra tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha qaror qabul qilish vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya zaruratga koʻra tanlovga ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida shaxsan ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turoperatorlarning arizalari va boshqa hujjatlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiyaga komissiya raisi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi komissiya ishining tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi boʻlmagan davrda uning majburiyatlarini Komissiya raisining oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ishiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisining kun tartibi va uni oʻtkazish vaqtini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi qonuniy huquqqa egaligini eʼlon qiladi yoki kvorum mavjud emasligi tufayli uni koʻchirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisiga raislik qiladi va uning bayonlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya qarori kvorum mavjud boʻlganda, majlisda qatnashayotgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Komissiya raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi. Komissiya qarori majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi, bayon majlisda ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Komissiya tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar barcha tanlov ishtirokchilari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaz tomonidan tanlovdan oʻtgan turoperator bilan tegishli koʻrgazma va (yoki) yarmarkada Qoʻmita jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uning arizasida va komissiya bayonnomasida koʻrsatilgan shartlarda ishtirok etish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar turoperator oʻz arizasi va Komissiya majlisi bayoni shartlarida shartnoma tuzishdan bosh tortsa, unga nisbatan tanlov natijalari bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Agar turoperator shartnoma shartiga koʻra koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etishdan asossiz ravishda bosh tortsa, uning koʻrgazma va (yoki) yarmarkada ishtirok etishi uchun Qoʻmita jamgʻarmasi hisobidan sarflangan mablagʻlarni Markazga qoplab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Turoperator Komissiya va Markaz qarorlari yoki ularning xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

Turoperator

Xalqaro koʻrgazma va (yoki) yarmarkalarda ishtirok etish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “Milliy PR-markazi” DUKga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ariza bilan murojaat qiladi.

Belgilangan tadbirdan 60 kalendar kun oldin

Markaz

1. Arizani koʻrib chiqadi va turoperatorning tanlovda ishtirok etishiga ruxsat berish yoki tanlovda ishtirok etishini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 ish kuni ichida

2. Qarorni davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kuni ichida

Maxsus komissiya

1. Turoperatorning hujjatlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va baholaydi.

2. Turoperatorga yarmarka (koʻrgazma)dagi pavilyon ijarasi xarajatining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

15 ish kun ichida

Markaz

1. Qabul qilingan qarorni turoperatorga yuboradi.

1 ish kuni ichida

2. Tanlovdan oʻtgan turoperatorlar haqidagi axborotni www.uzbekistan.travel veb-saytida, Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida va Markazning axborot resurslarida eʼlon qiladi.

3 ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

NAMUNA

“Milliy PR-markazi” DUK

ARIZA

1. _______________________________________________________________________________________,

(yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma boʻyicha ariza beruvchining toʻliq ismi)

Roʻyxatdan oʻtgan:

_________________________________________________________________________________________,

(manzil, telefon, faks, elektron pochta)

_________________________________________________________________________________________,

Tadbirkorlik subyekti sifatida roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma:

_________________________________________________________________________________________,

(raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan sanasi, vakolatli organning nomi)

vakili

_________________________________________________________________________________________,

(lavozimi, yuridik shaxs rahbarining F.I.O.)

_________________________________________________________________________________________,

(yarmarka/koʻrgazma nomi)

xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmasida ishtirok etish istagini bildiradi hamda ilovada koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni koʻrib chiqishni soʻraydi.

2. Ushbu ariza orqali koʻrgazma/yarmarkada ishtirok etishimizni tasdiqlayman. Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishdim.

3. Arizaga zarur hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi _____.

_________________________________________________________________________________________,

(lavozimi, ariza beruvchi yuridik shaxs rahbarning F.I.O.) _______________ (shaxsiy imzo)

20 _____ y. _____ _____________

(sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turoperatorlarning xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmalaridagi pavilyon ijarasi xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro turizm koʻrgazmasi va yarmarkalarida ishtirok etadigan turoperatorlarni tanlashda baholash mezoni boʻyicha belgilangan ballar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar

Ballar

I. Kompaniya faoliyatiga raqamli texnologiyalarni joriy etish

1.

Rasmiy veb-saytning mavjudligi (veb-sayt dizayni va undagi maʼlumotlarning toʻliqligi)

0 — 3

2.

Toʻliq ishlaydigan veb-sayt sahifasi tillari soni

Har bir til uchun 1 ball

(oʻzbek va rus tilidan tashqari)

3.

Rasmiy veb-saytda turistik xizmatlar va mahsulotlarni onlayn bron qilish va sotish imkoniyatining mavjudligi (internet-ekvayring)

0 — 2

II. Turistik xizmatlar va mahsulotlar

1.

Yoʻnalishlar boʻyicha turpaketlar:*

Har bir turpaket 2 balldan

a) ekoturizm;

b) agroturizm;

v) ekstremal turizm;

g) tibbiyot turizmi;

d) etnoturizm;

e) MICE;

j) boshqalar

2.

Turpaket doirasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish

Har bir turpaket uchun qoʻshimcha ravishda 1 balldan

3.

“Turistik mahalla”, “Turistik qishloq” yoki “Turistik ovul” maqomiga ega boʻlgan joylar uchun turpaketlar

Har bir turpaket uchun qoʻshimcha ravishda 1 balldan

III. Xodimlar va marketing faoliyati

1.

Yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy va (yoki) oliy maʼlumotga ega boʻlgan shtatda ishlovchilar soni:**

Har bir xodim uchun 2 balldan

a) turizm;

b) marketing;

v) gid-tarjimon;

g) mehmonxona biznesi

d) turoperator va turizm bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlar.

2.

Shtatda turizm bilan bogʻliq “gid”, “ekskursiya yetakchisi”, “yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi” va boshqalar boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar soni**

Har bir xodim uchun 2 balldan

3.

Kompaniyaning xalqaro turizm veb-platformalarida mavjudligi (Booking, Expedia, Trip.com, TakeTours va boshqa xalqaro veb-portallar)

Har bir veb-portal uchun 1 balldan

4.

Facebook, Instagram, YouTube, Twitter, WeChat va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda faolligi (ijtimoiy tarmoqlarda mavjud boʻlgan obunachilarning soni)

Har 1000 obunachi uchun 1 balldan

5.

Tasvirli va matnli yoʻnalish oʻrtasida muvozanat mavjud boʻlgan (50/50) tarqatma materiallar mavjudligi (Oʻzbekistonning turistik salohiyatini aks ettiruvchi broshyuralar va kataloglar)

Har bir tarqatma material uchun
1 balldan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bitta turpaket faqat bitta yoʻnalishda koʻrib chiqiladi. Individual turlarning 30 foizi Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentda, qolgan 70 foizi respublikaning boshqa hududlarida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Kompaniya xodimining ish tajribasi tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish paytida kamida 6 oy boʻlishi kerak.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2025-y., 09/24/918/0047-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)