14.01.2025 yildagi KQ-35-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda hududlarni rivojlantirish, aholi bilan muloqot samaradorligini yanada oshirish orqali ularning muammolarini hal etishda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (keyingi oʻrinlarda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hamkorlik natijasida mahallalardagi qator muammolar bartaraf etildi, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, hududlarda 7,9 mingga yaqin loyihalarga mahalliy Kengashlar deputatlari biriktirildi, “mahalla yettiligi” va tashabbuskor fuqarolar bilan birgalikda nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qariyb 3 ming marta oʻrganishlar olib borildi, mahallalarda fuqarolar qabullari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada aniqlangan hamda fuqarolar qabullari jarayonida koʻtarilgan turli masalalarga doir 18 mingdan ziyod muammolarni hal etish choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi” — Kengash — Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini amalga oshirish sxemasi 1-ilovaga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik yoʻnalishlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishga koʻmaklashish borasida mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligini 1-ilovadagi sxema asosida yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan muloqot jarayonida koʻtarilgan, sektor, “mahalla yettiligi” tomonidan taqdim etilgan muammoli masalalar sessiyalarda muhokama qilinishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 15-fevralga qadar mahalliy Kengash deputatlari tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilishini hamda ularni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 20-fevralga qadar mahalliy Kengash deputatlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtirib, kelgusi yil uchun ishlab chiqiladigan hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturida inobatga olish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyatga taqdim qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda mahalliy Kengash sessiyasida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi ijrosini hamda mahallalardagi muammolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda mahalliy Kengash deputatlari tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni 3-ilovadagi sxema asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻini Kengashi majlisida davlat organlari vakillarining, mahalla fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillari yigʻilishida) “mahalla yettiligi” aʼzolarining hisobotlarini eshitishda tegishli mahallaga biriktirilgan mahalliy Kengash deputatining ishtirokini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni boʻyicha hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni mahalliy Kengashlarga kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navbatdagi yil uchun hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari loyihalarini ishlab chiqishga mahalliy Kengash deputatlari, “mahalla yettiligi”ni jalb etsin hamda ularning takliflarini inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari 4-ilovaga muvofiq hududlarga biriktirilsin. Ular zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda biriktirilgan hududda mahalliy Kengashlardagi ishlarni 1-ilovadagi sxema asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi biriktirilgan hududga chiqqanda mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning sifatli tashkil etilishida mahalliy Kengashlarga amaliy yordam koʻrsatish, mahalliy Kengash (viloyat, tuman, shahar) sessiyalarida ishtirok etish vazifalari yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlarga hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari ijrosini nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha uslubiy koʻmak berib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy Kengashlar tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni hal etishga koʻmaklashish boʻyicha kiritilgan takliflarni umumlashtirib, Senatning tegishli qoʻmitalariga kiritib borishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi KQ-706-IV-sonli Qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-35-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrganiladigan masalalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Prezident raisligida oʻtkazilgan majlis bayonlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Senat Kengashining qarorlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimliklarining hujjatlari;

tashabbusli budjet jarayonida gʻolib deb topilgan loyihalar;

mahalliy Kengash deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligidagi masalalar;

“mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar.

Oʻrganishga jalb etiladiganlar

mahalliy Kengash deputatlari, Mahallalar uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi rahbari, tuman (shahar) idora va tashkilotlari vakillari, oʻzi saylangan okrugdagi “mahalla yettiligi” vakillari, sektor shtabi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Mahalliy Kengash deputatini “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun u saylangan okrugdagi hududlarga (mahallalarga) biriktiradi.

2 kun

2-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda hududni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, chora-tadbirlar, loyihalar (keyingi oʻrinlarda dasturlar) toʻliq xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etadi.

Har yili 25-yanvargacha

3-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis Senati, Senat Kengashi va Hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar doirasida ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari”, hududni rivojlantirish boʻyicha dasturlarda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini manzilli oʻrganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish Rejasi ishlab chiqilishini taʼminlaydi. Ushbu Reja Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari tomonidan tasdiqlanadi (namunadagi shaklda).

Har yili 1-fevralgacha

“Tashabbusli budjet” jarayoni boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qarori bilan manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng rejaga oʻzgartirish kiritiladi.

Manzilli roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 3 kunda

4-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati, “mahalla yettiligi”, sektor shtabi

Rejada belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatadi hamda amaliy yordam koʻrsatib boradi, vazifalarning bajarilmasligi va ortda qolish sabablarini oʻrganadi hamda tegishli takliflarni shakllantiradi.

Har hafta

Mahallalarda fuqarolar qabulini tashkil etadi hamda “mahalla yettiligi” doirasida hal etiladigan masalalar boʻyicha tegishli choralarni belgilaydi.

Har oyda

5-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati

Oʻrganish va aholi bilan muloqot natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni mahalliy Kengash kotibiyatiga taqdim etadi.

Har hafta dushanba kuni

6-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni tegishli komissiyalar oʻrtasida taqsimlaydi.

Kelib tushgandan keyin 2 kunda

7-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi doimiy komissiyalari

Taqdim etilgan muammolarni tuman (shahar) darajasidagi mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganib, hal etish choralarini koʻradi.

Oʻrganish natijalari boʻyicha oʻz yechimini topmagan, tuman (shahar) darajasida yechiladigan muammolarni Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritadi.

Doimiy

8-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda Reja ijrosi boʻyicha mahallalar kesimida monitoring maʼlumotlarini tayyorlab, mahalliy Kengash raisiga taqdim etadi.

Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasigacha

9-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi

Aholi bilan muloqot jarayonida koʻtarilgan, sektor, “mahalla yettiligi” tomonidan taqdim etilgan muammolarni sessiya boshlanishidan oldin muhokama qiladi.

Doimiy

Reja ijrosi yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ular faoliyatiga baho beradi.

Muammolar masalalarni hal etish boʻyicha qoʻshimcha choralarni belgilaydi.

Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasigacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: hududga biriktirilgan Oliy Majlis Senati aʼzosi oʻzi biriktirilgan hududda mazkur tizim asosida ishlarni tashkil etish uchun masʼul hisoblanadi. Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish boʻyicha hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida mahalla aholisi bilan muloqot tashkil etish (har oyda bir marotaba fuqarolarni qabul qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda davlat ijtimoiy xizmatlari mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirishlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyatini aholiga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalla hududini rivojlantirish, aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni oʻzaro hamkorlikda bajarishini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambagʻal oilalarga ajratilayotgan mablagʻlarni maqsadli va manzilli yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga qonunchilikka muvofiq jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targʻib qilish, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla yettiligi”ning ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar toʻgʻrisidagi kollegial qarorlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va asosli qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, shu jumladan, taʼlim, tibbiy xizmat, sport, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashish, bu borada tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun belgilangan mezonlarga asosan subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish va boshqa asbob-uskunalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarga reyintegratsiya yordami koʻrsatish va ularning bandligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bilim va koʻnikmalarni egallashda ularga koʻmaklashish va ragʻbatlantirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar bandligini taʼminlash, oilaviy va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, kreditlar ajratilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni hudud drayveridan kelib chiqqan holda mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida reproduktiv salomatlik qoidalarini, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, sport tadbirlariga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga belgilangan mezonlar asosida ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish, uy-joy uchun subsidiyalar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratishda faol ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyalarni toʻgʻri ajratish (asbob-uskunalar, mehnat qurollari, urugʻlik va koʻchatlarni xarid qilish va boshqa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish, oʻqitish kurslari xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ishga joylashishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida turli madaniy-maʼrifiy hamda sport tadbirlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan yoshlarning toʻlov-kontrakt summasining bir qismini toʻlab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va xavfsiz muhitni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, ayniqsa, yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, davlat tomonidan koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining ijtimoiy xizmat va yordamlar, shuningdek, ijtimoiy ish faoliyati haqida xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs nomidan ijtimoiy xizmat va yordamlardan foydalanish uchun soʻrovnoma (ariza) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻngillilarni (qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar, koʻngillilar, homiylar) ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishga jalb qilish hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar toʻgʻrisida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlardan foydalanishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalliy budjet daromadlari barqarorligini taʼminlash boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlarga soliq xizmatlarini koʻrsatish, hududdagi imkoniyatlarni ishga solish, soliq bazasini kengaytirish, soliqlarni undirish va mahalla budjetining daromadini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning kichik biznes toifasiga oʻtishiga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norasmiy bandlikni qisqartirish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining, tadbirkorlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlarini haqida xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

 

 

 

1-bosqich

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi kotibiyati

Mahalliy Kengash deputatlarining yuqori darajada hal etiladigan muammoli masalalar hamda ularni hal etish boʻyicha takliflarini viloyat (Toshkent shahar) Kengashiga kiritadi.

Har oyning yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasigacha

 

 

2-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyati

Kiritilgan muammoli masalalar hamda ularni hal etish boʻyicha takliflarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun tegishliligi boʻyicha doimiy komissiyalarga taqdim etadi.

Kelib tushgan kundan eʼtiboran 2 kun

 

 

3-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi doimiy komissiyalari

Taqdim etilgan muammoli masalalarni mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan birgalikda oʻrganadi, muhokama qiladi hamda hal qilish choralarini koʻradi.

Muhokama yakunlari boʻyicha respublika darajasida hal etiladigan muammoli masalalar yuzasidan takliflarni kotibiyatga taqdim etadi.

Kelib tushgan kundan eʼtiboran 1 hafta

4-bosqich

Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashi kotibiyati

Respublika darajasida hal etiladigan muammoli masalalar boʻyicha takliflarni viloyat (Toshkent shahar) hokimligi bilan birgalikda koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Kengash raisining imzosi bilan kiritadi.

Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar

5-bosqich

Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi

Respublika darajasida hal etiladigan muammoli masalalar boʻyicha hududlardan yuborilgan takliflarni umumlashtirib, Senatning tegishli qoʻmitalariga taqdim etadi.

Kelib tushgan kundan eʼtiboran 2 kun

6-bosqich

Oliy Majlis Senati qoʻmitalari

Taqdim etilgan muammoli masalalar boʻyicha takliflarni mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda oʻrganadi, muhokama qiladi hamda hal etish choralarini koʻradi.

Zarur hollarda, Senator soʻrovi, Parlament soʻrovi institutlaridan foydalanadi, Senat yalpi majlisi muhokamasiga kiritadi.

Doimiy ravishda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar)larga biriktirilgan senatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.O.

Lavozimi

Biriktirilgan hudud nomi

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — Ataniyazova Oral Aminovna)

1.

Ataniyazova Oral Aminovna

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Nukus shahri, Moʻynoq, Shumanay, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot, Boʻzatov, Kegeyli, Chimboy, Nukus tumanlari

2.

Bekatova Zumrad Raximbayevna

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Toʻrtkoʻl, Beruniy, Ellikqalʼa, Qoraoʻzak, Amudaryo, Taxtakoʻpir, Taxiatosh, Xoʻjayli tumanlari

ANDIJON VILOYATI

(Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi — Burxanov Kutbidin Nukritdinovich)

3.

Burxanov Kutbidin Nukritdinovich

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi

Xonobod shahri, Jalaquduq, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa tumanlari

4.

Axunov Uktamjon

Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Andijon viloyati boʻlimi raisi, nuroniylar jamoatchilik Kengashi raisi

Andijon shahri, Andijon, Baliqchi, Boʻston, Izboskan, Oltinkoʻl, Paxtaobod, Ulugʻnor, Shahrixon, Asaka, Buloqboshi, Marhamat tumanlari

BUXORO VILOYATI

(Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi — Gadoyev Erkin Fayziyevich)

5.

Gadoyev Erkin Fayziyevich

Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi

Kogon shahri, Buxoro, Kogon, Qorovulbozor, Olot tumanlari

6.

Toshova Moyra Nabiyevna

Buxoro shahar “Shayx-ul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini raisi

Buxoro shahri, Jondor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, Vobkent, Peshku, Romitan, Shofirkon tumanlari

JIZZAX VILOYATI

(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator — Bobanazarova Jamila Xolmurodovna)

7.

Ermatov Husan Tohirovich

“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari bosh muharriri

Jizzax shahri, Zafarobod, Baxmal, Gʻallaorol, Mirzachoʻl, Sharof Rashidov, Forish tumanlari

8.

Pardayev Nusuratulla

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jizzax viloyati Kengashi raisi

Zarbdor, Zomin, Yangiobod, Arnasoy, Doʻstlik, Paxtakor tumanlari

QASHQADARYO VILOYATI

(Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator — Bekatova Zumrad Raximbayevna)

9.

Karamova Komila Zaydullayevna

Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari

Qarshi shahri, Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon tumanlari

10.

Irkayev Abduraxim Pandjiyevich

Qarshi davlat universiteti “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” kafedrasi dotsenti, professori

Chiroqchi, Koson, Muborak, Koʻkdala, Qamashi tumanlari

11.

Aslanov Shuxrat Choriyevich

“Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori

Shahrisabz shahri, Shahrisabz, Gʻuzor, Dehqonobod, Kitob, Yakkabogʻ tumanlari

NAVOIY VILOYATI

(Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — Tursunov Kobul Beknazarovich)

12.

Tumishova Aksavli Moldagaliyevna

Zarafshon shahar 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori

Zarafshon shahri, Uchquduq, Tomdi, Konimex tumanlari

13.

Sanakulov Kuvandik

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” masʼuliyati cheklangan jamiyati korxonasi boshqaruvi raisi — bosh direktori

Navoiy, Gʻozgʻon shaharlari, Karmana, Qiziltepa, Nurota, Navbahor, Xatirchi tumanlari

NAMANGAN VILOYATI

(Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — Mamatkarimov Odiljon Oxundedayevich)

14.

Najmiddinov Ikromxon

“Nuroniy” jamgʻarmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi

Uychi, Uchqoʻrgʻon, Chortoq, Norin, Chust, Yangiqoʻrgʻon, Kosonsoy tumanlari

15.

Dobrix Anna Konstantinovna

Namangan shahridagi “Iftixor kiyim sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

Namangan shahri, Yangi Namangan, Namangan, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Davlatobod, Mingbuloq tumanlari

SAMARQAND VILOYATI

(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi — Abdullayev Baxrom Ismoilovich)

16.

Niyazova Maryam Kadirovna

Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Kumush tola” xususiy korxonasi bosh direktori, taʼsischi

Kattaqoʻrgʻon shahri, Kattaqoʻrgʻon, Paxtachi, Narpay, Nurobod tumanlari

17.

Sharipov Shavkat Oʻktamovich

Samarqand shahar “Sharq-Sanoat” konserni taʼsischisi

Samarqand shahri, Samarqand, Toyloq, Urgut, Jomboy, Bulungʻur tumanlari

18.

Xalmuradov Rustam Ibragimovich

Samarqand davlat universiteti rektori

Pastdargʻom, Oqdaryo, Payariq, Ishtixon, Qoʻshrabot tumanlari

SIRDARYO VILOYATI

(Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi — Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich)

19.

Tuychiyev Anvar Mirzaaxmedovich

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi

Guliston shahri, Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba tumanlari

20.

Axmedjanova Pokiza Shavkatovna

Guliston shahridagi “Xalima Xudayberdiyeva” nomidagi ijod maktabi direktori

Shirin, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Guliston tumanlari

SURXONDARYO VILOYATI

(Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi — Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich)

21.

Suvonova Dilbar Nabiyevna

Termiz davlat universiteti oʻqituvchisi

Termiz shahri, Boysun, Sherobod, Qiziriq, Oltinsoy, Boysun, Angor, Muzrabot tumanlari

22.

Saidov Sirojiddin Saloxovich

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi

Termiz, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Shoʻrchi, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari

TOSHKENT VILOYATI

(Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator — Kadirxanova Malika Akbarovna)

23.

Toirov Mahmudjon

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi bosh muharriri

Ohangaron, Chirchiq, Nurafshon shaharlari, Oʻrta Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Boʻstonliq, Ohangaron, Parkent, Qibray, Yuqori Chirchiq tumanlari

24.

Xursanov Abdullo Xalmuradovich

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Angren, Bekobod, Olmaliq, Yangiyoʻl shaharlari, Zangiota, Toshkent, Chinoz, Quyi Chirchiq, Yangiyoʻl, Bekobod, Boʻka, Piskent tumanlari

FARGʻONA VILOYATI

(Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi — Qozixonova Orzigul Moʻydinovna)

25.

Qozixonova Orzigul Moʻydinovna

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy shaharlari, Fargʻona, Yozyovon, Quva, Qoʻshtepa, Oltiariq,Toshloq tumanlari

26.

Raxmanov Zakirjon

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Ismoiljon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari

Qoʻqon shahri, Beshariq, Dangʻara, Bagʻdod, Buvayda, Rishton, Soʻx, Uchkoʻprik, Furqat, Oʻzbekiston tumanlari

XORAZM VILOYATI

(Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari — Abdukarimova Sayyora Sapayevna)

27.

Abdullayev Baxrom Ismoilovich

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi

Urganch shahri, Gurlan, Shovot, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlari

28.

Abdukarimova Sayyora Sapayevna

Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

Xiva shahri, Xiva, Yangiariq, Xonqa, Xazorasp, Tuproqqalʼa, Bogʻot tumanlari

TOSHKENT SHAHRI

(Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator — Marufova Gulnora Maxmudovna)

29.

Kalanov Rustam Abduxakimovich

“Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi

Uchtepa, Shayxontohur, Bektemir, Sergeli, Yangihayot, Chilonzor, Olmazor tumanlari

30.

Ayupov Shavkat Abdullayevich

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti

Mirzo Ulugʻbek, Mirobod, Yunusobod, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlari