Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
buyrugʻi
“Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim muassasalarining faoliyati toʻxtatilganda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim muassasalari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ota-onalariga yillik mehnat taʼtili berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3227-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020-yil 25-martdagi 8-2020/B-son “Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim muassasalarining faoliyati toʻxtatilganda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim muassasalari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ota-onalariga yillik mehnat taʼtili berishning vaqtinchalik tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3227, 2020-yil 28-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2020-y., 10/20/3227/0371-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAXIDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-dekabr,
18-2024/B-son
Kelishildi:
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2024-yil 15-noyabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2025-y., 10/25/3227-1/0037-son)