OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
“Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1073-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-oktabrdagi 651-son “Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 21-apreldagi 206-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2001-yil 19-sentabrdagi 107-son “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1073, 2001-yil 3-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi , 2001-y., 19-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 26-dekabrdagi 135-son “Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan bino va inshootlarni kapital taʼmirlashni moliyalashtirish va manzilli roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1073-1, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 23-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-dekabr,
214-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh. XIDOYATOV
2024-yil 25-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2025-y., 10/25/1073-2/0029-son)