Turkiy davlatlar tashkilotining
Bitimi
Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagini joriy etish toʻgʻrisida
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Turkiya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Tomonlar oʻrtasida mustahkam hamkorlik munosabatlarini oʻrnatilganligini tasdiqlab,
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo-davlatlar oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazorati samaradorligini oshirish zarurligini tan olib,
Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va soddalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida,
bojxona maʼmuriyatlarining tovarlarni yetkazib berish zanjiri orqali harakatlanishini qoʻllab-quvvatlashdagi muhim rolini anglagan holda,
Tomonlar davlatlarning milliy qonunchiligi qoidalarini, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Jahon bojxona tashkilotlarining standartlari va tavsiyalarini, shuningdek, axborot almashinuvining xalqaro amaliyotini inobatga olib,
soddalashtirilgan bojxona yoʻlagini rivojlantirish va uning xavfsizligini taʼminlab,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Asosiy atamalar
Asosiy atamalar
Mazkur Bitimning maqsadlarida qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi
a. “Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi” — Tomonlar oʻrtasida savdoda olib oʻtiladigan tovarlar toʻgʻrisida oldindan maʼlumot almashishga yoʻnaltirilgan, Tomonlarga bojxona tartib-qoidalarini imkon qadar soddalashtirishni taʼminlash, ixtiyoriy ravishda foydalanish uchun ochiq va barcha transport turlarida foydalanish mumkin boʻlgan elektron tizim.
b. “Iqtisodiy operatorlar” — tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etuvchi, soddalashtirilgan bojxona yoʻlagida ishtirok etuvchilar va mazkur Bitim qoidalariga muvofiq bojxona tartib-taomillarini toʻliq bajaradiganlar.
s. “Maʼlumot almashinuvi” — Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan eksport qilinadigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi.
d. “Texnik shartlar” — mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanuvchi boshqa bayonnoma bilan batafsil aks ettirilgan texnik infratuzilma va maʼlumotlarni qayta ishlash.
2-modda
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1. Tomonlar oʻz davlatlarining quyidagi bojxona organlariga mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha vakolatli etib tayinlaydilar:
Ozarbayjon Respublikasida: Ozarbayjon Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Qozogʻiston Respublikasida: Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qoʻmitasi;
Qirgʻiziston Respublikasida: Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati;
Turkiya Respublikasida: Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi;
Oʻzbekiston Respublikasida: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi.
2. Soddalashtirilgan bojxona yoʻlagi (keyingi oʻrinlarda “SBY” deb yuritiladi) Tomonlar davlatlarining bojxona organlari oʻrtasida axborot almashinuvi texnologiyalariga muvofiq tovarlar va transport vositalari harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuviga asoslanadi.
3-modda
Obyekti va qoʻllanish doirasi
Obyekti va qoʻllanish doirasi
1. Oʻzaro almashiladigan maʼlumot mazmuni mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlgan ilovaga muvofiq shakllantiriladi.
2. Axborot almashinuvi SBYdan manfaatdor iqtisodiy operatorlari tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan joʻnatmalar boʻyicha amalga oshiriladi.
3. Tomonlar davlatlarining bojxona xizmatlari tomonidan mazkur Bitim imzolangandan soʻng olti (6) oy ichida axborot almashinuvining texnik shartlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
4. SBY barcha transport turlariga va barcha turdagi tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan umumiy amaliyot boʻlishi lozim.
5. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari mazkur Bitim SBYda ishtirok etmayotgan korxonalarga nisbatan mazkur Bitimning ixtiyoriy xarakteriga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarga yoʻl qoʻymasliklari lozim.
6. SBY shaffof, oldindan taxmin qilinadigan va kamsitmaydigan boʻlishi lozim. SBY amaliyoti hech qanday insofsiz raqobatga olib kelmasligi lozim.
4-modda
SBYdagi iqtisodiy operatorlarga berilgan imtiyozlar
SBYdagi iqtisodiy operatorlarga berilgan imtiyozlar
1. Iqtisodiy operatorlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:
a) Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq bojxona nazorati punktlari (postlari)da bojxona rasmiylashtiruvida ustuvorlik;
b) soddalashtirilgan bojxona rasmiyatchiligi, shu jumladan qisqartirilgan rasmiylashtirish imkonini beruvchi alohida yoʻlaklar;
v) bojxona nazorati punktlari (postlari)da bojxona koʻrigidan oʻtkazmaslik, Tomonlar davlatlarining bojxona qonunchiligi buzilishi xavfi boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bojxona koʻrigi zarur boʻlsa, imkon qadar tez amalga oshiriladi.
5-modda
Maʼlumot va hujjatlardan foydalanish
Maʼlumot va hujjatlardan foydalanish
1. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari mazkur Bitim doirasida olingan maʼlumotlardan Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadlarida foydalanishni taʼminlaydilar.
2. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari tomonidan olingan maʼlumotlardan faqat bojxona maqsadlarida foydalaniladi va maʼlumotni taqdim etgan Tomon davlati bojxona organining yozma roziligisiz uchinchi tomonlarga taqdim etilmaydi.
3. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari oʻz davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar almashinuvini tashkil etishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti normalari, standartlari va tavsiyalaridan, Tomonlar davlatlari milliy qonunchiligidan hamda maʼlumot almashinuvining ilgʻor xalqaro amaliyotidan foydalanadilar.
4. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari oʻz milliy qonunchiligiga muvofiq mazkur Bitim buzilishi holatlari toʻgʻrisida tegishli choralarni koʻradilar va bir-birlarini ushbu qoidabuzarliklar, shuningdek maʼlumot almashinuvi davomida olingan axborot nomuvofiqligi va (yoki) yolgʻonligi, Tomonlar davlatlari oʻrtasida olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
6-modda
Amalga oshirish jarayoni
Amalga oshirish jarayoni
Tomonlar davlatlarining bojxona organlari quyidagi maqsadlarda bevosita aloqalarni oʻrnatish uchun tegishli vakolatli bojxona organlarining mansabdor shaxslari roʻyxatini belgilaydilar:
a) maʼlumot almashinuvi va axborotni qayta ishlash va uzatishning, shuningdek axborot xavfsizligi talablarining texnik shartlarini ishlab chiqish va kelishish,
b) mazkur Bitimni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qilish.
7-modda
Tajriba-sinov loyihasi
Tajriba-sinov loyihasi
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan axborot almashinuvi texnologiyalarini ishlab chiqish maqsadida, Tomonlar davlatlarining bojxona organlari ushbu Bitim kuchga kirganidan soʻng Tomonlar davlatlarining bojxona organlarining oʻzaro yozma kelishuvi asosida uzaytirilishi mumkin boʻlgan, olti (6) oy davom etadigan tajriba-sinov loyihasini tashkil qiladilar va amalga oshiradilar.
2. Tajriba loyihasining dastlabki uch (3) oyi davomida Tomonlar davlatlarining bojxona organlari quyidagilarga kelishib oladilar:
a) axborot almashinuvining asosiy texnik shartlari;
b) uzatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati, tuzilishi va shakli;
s) axborot xavfsizligi talablari;
d) SBY tartibi doirasida Tomonlar davlatlarining bojxona organlari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etish tartibi;
e) Tomonlar davlatlarining bojxona organlari SBY doirasida olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshiradigan oʻzlarining tegishli maʼmuriyatlari bojxona organlarini belgilaydilar.
3. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari tajriba-sinov loyihasini boshlashga tayyorligi va loyihada ishtirok etuvchi bojxona organlari toʻgʻrisida bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
4. Keyingi uch (3) oy davomida Tomonlar SBYni amaliy bajaradilar.
8-modda
Boshqa xalqaro shartnomalar bilan nisbati
Boshqa xalqaro shartnomalar bilan nisbati
Mazkur Bitim qoidalari Tomonlar ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalar va konvensiyalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga taʼsir qilmaydi.
9-modda
Nizolarni hal qilish
Nizolarni hal qilish
1. Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizolar, Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi. Bunday jarayon orqali hal etilmagan masalalar diplomatik kanallar orqali hal qilinadi.
2. Har bir Tomon mazkur Bitimni talqin qilish, qoʻllash va amalga oshirishdagi nizolar yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizoni hal qilish boʻyicha boshqa Tomondan maslahatlashuv soʻrashi mumkin.
3. Mazkur moddaning 1 yoki 2-bandlari doirasida Tomonlar oʻrtasida oʻtkaziladigan har qanday muzokara va maslahatlashuvlar, agar boshqacha kelishilmasa, yozma soʻrov qabul qilinishidan yigirma (20) kun davomida boshlanishi lozim.
10-modda
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Mazkur Bitim har qanday vaqtda Tomonlarning oʻzaro yozma roziligi bilan mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan alohida bayonnomalar bilan oʻzgartirilishi mumkin.
2. Oʻzgartirishlar mazkur Bitimning 11-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
11-modda
Kuchga kirishi, amal qilishi va tugatilishi
Kuchga kirishi, amal qilishi va tugatilishi
1. Tomonlar Mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilganliklari haqida depozitariyga diplomatik kanallar orqali yozma xabar beradilar. Mazkur Bitim depozitariy boshqa Tomonlarga barcha Tomonlar mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarilganliklari haqida xabar qilganidan boshlab oʻttiz kundan soʻng kuchga kiradi.
2. Tomonlarning har biri depozitariyga mazkur Bitimdan chiqish istagi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborib undan chiqishga haqli. Mazkur Bitim Depozitariy bunday xabarnomani olgan kundan boshlab uch (3) oy oʻtgandan keyin ushbu Tomonga nisbatan bekor qilinadi. Mazkur Bitimning bekor qilinishi amalga oshirilayotgan hamda yakunlanmagan loyihalarga taʼsir qilmaydi.
3. Ushbu Bitimning depozitariysi Turkiy Davlatlar Tashkiloti Kotibiyati hisoblanadi. Depozitariy ushbu Bitimning tasdiqlangan nusxasini barcha Tomonlarga taqdim etadi.
Samarqand shahrida 2022-yil 11-noyabrda bir asl nusxada ozarbayjon, qozoq, qirgʻiz, turk, oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar haqiqiy hisoblanadi. Ushbu Bitimni talqin qilish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
ILOVA
ALMASHINILADIGAN MAʼLUMOTLAR MAZMUNI
eksport bojxona organining kodi
joʻnatuvchi/eksportchi nomi
yuk joʻnatuvchi/eksport qiluvchi manzili
elementlar
jami paketlar
maʼlumotnoma raqami
qabul qiluvchining ismi
joʻnash vaqtida transport vositalarining shaxsi, millati
idish
yetkazib berish shartlari
chegarani kesib oʻtuvchi faol transport vositasining shaxsi, fuqaroligi
valyuta va hisob-fakturaning umumiy summasi
chiqish idorasi
tovarlarning qadoqlari va tavsifi (markalar va raqamlar, konteyner raqami, soni va turi)
tovar kodi (10 ta raqam)
mamlakatning kelib chiqish kodi
brutto vazni — kg
netto vazni —
qoʻshimcha birliklar
qoʻshimcha maʼlumotlar / tayyorlangan hujjatlar / sertifikatlar va ruxsatnomalar
joʻnash idorasi
belgilangan ofis (va mamlakat)
fakturaning raqami va sanasi
kirish bojxona kodi
import bojxona kodi
transport hujjatining nomi va raqami
ilova qilingan hujjatlar soni
transport hujjatining sanasi
kelib chiqqan mamlakat maʼlumotlari
bojxona qiymati