Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.01.2003 yildagi 43-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TOShGUZAR—BOYSUN—QUMQO‘RG‘ON” YaNGI TEMIR YO‘L LINIYASI QURILIShINI JADALLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat transport kommunikatsiyalarini, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tabiiy yer osti boyliklari konlarini o‘zlashtirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shuningdek respublika janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasining ayrim uchastkalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkalari bo‘yicha 2003—2005-yillarda davlat budjeti mablag‘lari (20%) hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari (80%) hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dehqonobod—Boysun” uchastkasi bo‘yicha 2004—2007-yillarda jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar mablag‘lari hisobiga bosqichma-bosqich foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi qurilishini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash uchun Yaponiyaning tegishli Hukumat muassasalari bilan imtiyozli uzoq muddatli yenlardagi kreditlarni jalb etish masalasi ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-noyabrdagi 559-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, bosh loyihalovchilar (“Boshtransloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat va “Toshtemiryo‘lloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati), Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari yangi temir yo‘l liniyasining tog‘dagi “Dehqonobod—Boysun” uchastkasi to‘liq ishga tushirilgunga qadar “Toshguzar—Dehqonobod” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkasidan cheklangan, yopiq siklda foydalanishni ta’minlovchi barcha zarur loyihalash ishlari va qurilish yechimlarini nazarda tutsinlar, bunda ushbu mintaqalarning tabiiy-xomashyo resurslaridan foydalanish uchun transport borishini ta’minlashni ko‘zda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun Qurilishning borishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurishga subpudratchi tashkilotlarni jalb qilish, qurilish materiallari, konstruksiyalar va uskunalar xarid qilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan tender savdolari asosida amalga oshiriladi, tender savdolari natijalari keyinchalik Respublika komissiyasi bilan kelishilgandan keyin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bosh pudratchi tashkilotlar bilan birgalikda Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi uchun subpudrat tashkilotlarni, uskunalar va materiallar yetkazib beruvchilarni tanlab olish bo‘yicha tanlov savdolari (tendyerlar)ning sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish ishlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga bir paytda olib borishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “Toshguzar—Dehqonobod”, Dehqonobod—Boysun” va “Boysun—Qumqo‘rg‘on” uchastkalari bo‘yicha asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazsin, tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, budjet mablag‘lari hisobiga kapital mablag‘larni moliyalashtirishni boshlash loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishning belgilangan hajmlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi yangi temir yo‘l liniyasi uchastkalarini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish uchun 2003—2007-yillar investitsiya dasturlarida davlat budjeti, kompaniyaning o‘z mablag‘lari hamda 2-ilovaga* muvofiq jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga zarur kapital mablag‘larni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq buyurtmachi mablag‘lari hisobiga bosh pudratchilar huquqi bilan belgilangan muddatlarda aloqa liniyalari va boshqa muhandislik kommunikatsiyalari ko‘chirilishini va qayta qurilishini ta’minlasinlar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 573-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 24-son, 243-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, istisno tariqasida, qurilish davrida yangi temir yo‘l liniyasi qurilishida foydalaniladigan olib kelinayotgan uskunalar va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratmalari muddati “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni bilan kelishilgan jadvalga muvofiq kechiktirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mintaqaning murakkab tabiiy sharoitlarini va ishlarning ko‘chma xarakterini hisobga olgan holda “Toshguzar—Boysun—Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi qurilishida bevosita band bo‘lgan xodimlarning barcha toifalari ish haqiga Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 1,4 hamda Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1,3 koeffitsiyenti belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tasdiqlangan limitlar doirasida va asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha qurilish qatnashchilarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan muntazam ravishda uzluksiz ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vaqtida yer ajratilishini va qurilish trassasidagi imoratlar buzilishini ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pudratchi tashkilotlarni jalb qilgan holda zarur qurilish ishlarini tashkil etsinlar, qurilish-montaj ishlari hajmlari bajarilishini nazoratga olsinlar hamda qo‘yilgan vazifalarni ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qatnashchilari uchun amaldagi normalarga muvofiq zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “G‘uzor—Boysun—Qumqo‘rg‘on (Qizil Oktyabr)” yangi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish va qurish masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 17-avgustdagi 323-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)