10.12.2024 yildagi 149-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali parlament nazoratini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, kambagʻallikni qisqartirish sohasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishi ustidan samarali parlament nazoratini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruhning (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi kambagʻallik darajasini doimiy ravishda tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish borasida belgilab berilgan vazifalarning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ijro etilish holatini oʻrganib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish, aholini daromadli mehnat bilan band qilish borasida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalarini muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kambagʻallikni qisqartirish, shuningdek ushbu sohada samarali mexanizmlarni joriy etish hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va tegishli davlat organlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazorati samaradorligini oshirishga doir “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Ishchi guruh faoliyati 2025-yilning 31-dekabriga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Davlat budjeti boshqarmasi Ishchi guruh faoliyatiga tashkiliy-amaliy, axborot-tahliliy jihatdan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spiker Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2024-yil 10-dekabrdagi 149-V-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlarning holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

Achilov Jamol Alisherovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari

Iminov Odiljon Karimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Nurmatov Anvarjon Abdulxamidovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

Pardayev Azamat Kenjaboyevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasining aʼzosi

Salimova Manzura Alimovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi

Yarqulov Xusan Muxtarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasining aʼzosi.