08.02.2024 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Belarus Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-noyabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash Qoidalari toʻgʻrisidagi Bitimiga oʻzgartirishlar kiritish haqida 2013-yil 20-noyabrdagi Bayonnoma qoidalarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 24-sentabrdagi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlari hududlariga tovarlarni olib kirishda bojxona nazorati tartibotlarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirishga intilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qoʻllanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sertifikat” — vakolatli organ tomonidan berilgan va tovarlarning kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadigan ST-1 shaklidagi tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimi” (keyingi oʻrinlarda — TKCHSET) — Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi markaziy vakolatli organning axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“markaziy vakolatli organ”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasida — Belarus Savdo-sanoat palatasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organlar”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasida — Belarus Savdo-sanoat palatasining unitar korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“markaziy bojxona organi”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belarus Respublikasida — Belarus Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bojxona organlari” — Tomonlar davlatlarining hududiy bojxona organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning predmeti tovarlarni olib kirishda bojxona nazorati tartibotlarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish maqsadida olib kiruvchi mamlakatning markaziy bojxona organlari va olib chiquvchi mamlakatning markaziy bojxona organlari oʻrtasida tovarlarning kelib chiqishini tasdiqlash uchun TKCHSETni qoʻllagan holda oʻzaro axborot hamkorligini tashkil etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Olib chiquvchi mamlakatning markaziy vakolatli organlari mazkur Bitimning 3-moddasida belgilangan tamoyillarga muvofiq TKCHSETni tashkil etish va uning faoliyat yuritishini hamda berilgan sertifikatlar, shu jumladan olib kiruvchi mamlakatning markaziy bojxona organlarining soʻrovlari boʻyicha maʼlumotlarni olib kiruvchi mamlakatining markaziy bojxona organlariga taqdim etilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan maʼlumotlarning tarkibi mazkur Bitimning ilovasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan maʼlumotlarning tuzilishi va shakli, xabar almashish tartibi mazkur Bitim kuchga kirgan kundan boshlab 6 oy ichida markaziy bojxona organlar va markaziy vakolatli organlar tomonidan imzolangan texnik shartlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimlarini modernizatsiya qilish Texnik shartlar imzolangan kundan boshlab 1 yil ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzaro axborot hamkorligi doirasida olingan maʼlumotlar olib kiruvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan haqiqatdan ham berilganligini va sertifikatlarning asl nusxasini qogʻozda taqdim etish zaruratisiz sertifikatlarda mavjud boʻlgan va tovarlarni bojxona deklaratsiyasida taqdim etilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshirishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzaro axborot hamkorligi doirasida olingan maʼlumotlar olib kiruvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan har qanday uchinchi tomonga taqdim etilishi olib chiquvchi mamlakat markaziy bojxona organining yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tovarlarni bojxona deklaratsiyasida berilgan sertifikatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar TKCHSETda mavjud emasligi yoki tovarlarni bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan maʼlumotlar TKCHSETdagi maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi aniqlangan taqdirda, tovarlarni olib kiruvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan Qoidalarda belgilangan tartibda tekshiruv jarayoni boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TKCHSET lozim darajada ishlamagan taqdirda, Qoidalarning tovarlarni kelib chiqishini hujjat asosida tasdiqlash qismi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Bitim Tomonlar davlatlari bojxona organlarining tovarlarni deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini, Qoidalarda va tovarlarni olib kiruvchi mamlakatning bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda, tovarlarning kelib chiqqan mamlakatini aniqlash va ulardagi maʼlumotlarning ishonchligini aniqlash maqsadida tekshirish boʻyicha vakolatlarini cheklay olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
TKCHSETni yaratish va qoʻllashning asosiy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. TKCHSETni yaratish va faoliyat yuritishining asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar tomonidan berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni markazlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TKCHSETda berilgan sertifikatlar boʻyicha maʼlumotlarning dolzarbligi va ishonchliligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TKCHSETdagi maʼlumotlarni ruxsatsiz buzish yoki yoʻq qilish imkoniyatini istisno qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TKCHSETda sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar berilgan sanadan boshlab uch yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlarni haqiqatdan ham berilganligi va sertifikatlardagi maʼlumotlarning tovarlarni bojxona deklaratsiyasida taqdim etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish imkoniyatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. TKCHSETga kiritilgan maʼlumotlarning tarkibi dastlabki qogʻoz shaklida asl nusxada berilgan sertifikatlardagi maʼlumotlarning tarkibi bilan bir xil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sertifikatlarning qogʻoz shaklidagi asl nusxasi tasdiqlangan sanadan boshlab bir kundan kechiktirmay TKCHSETga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. TKCHSET markaziy vakolatli organ tomonidan oʻz mablagʻlari yoki Tomonlar davlatlarining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa moliyalashtirish manbalari hisobidan yaratiladi va yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. TKCHSETdagi berilgan sertifikatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olib kiruvchi mamlakatning markaziy bojxona organlari tomonidan bepul asosda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli organlar va bojxona organlari axborot hamkorligi doirasida taqdim etiladigan va olingan maʼlumotlarning saqlanishi, yaxlitligi va himoya qilinishini Tomonlar davlatlarining qonunchiligi talablariga muvofiq taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Nizolar va kelishmovchiliklarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash yoki talqin qilish bilan bogʻliq Tomonlar oʻrtasidagi nizolar va kelishmovchiliklar markaziy bojxona organlari va (yoki) markaziy vakolatli organlar oʻrtasidagi maslahatlashuvlar va muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlar kelishuviga asosan, uning ajralmas qismi boʻlgan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning har biri uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganligi toʻgʻrisidagi oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi va Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonning mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida tegishli yozma xabarnomani olgan sanadan boshlab uch oy oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2024-yil 8-fevralda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda har ikki matn ham bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirishning elektron tizimlarini oʻzaro qoʻllash toʻgʻrisida Bitimga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikatlashtirishning elektron tizimi doirasida elektron axborot almashinuvini amalga oshirish jarayonida taqdim etiladigan sertifikatdagi maʼlumotlarning tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh” ustunidagi 1 — 4-jadvallarda uzatiladigan maʼlumotlarning turliligi, majburiy toʻldirilishi va mumkin boʻlgan takrorlanishlar sonini koʻrsatish uchun quyidagi belgilar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — maʼlumotlarni toʻldirish majburiy, takrorlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1..* — maʼlumotlarni toʻldirish majburiy, cheklovlarsiz takrorlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0..1 — maʼlumotlar ixtiyoriy, takrorlanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0..* — maʼlumotlar ixtiyoriy, cheklovlarsiz takrorlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadval
Sertifikatdagi maʼlumotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Tavsifi

Izoh

1.

Sertifikat shaklining kod belgisi

“ST-1” kodi koʻrsatiladi

1

2.

Qoʻshimcha kod belgisi

quyidagilarni bildiruvchi kod koʻrsatiladi:

berilgan sertifikatning asl nusxasi;

berilgan sertifikat sertifikatning dublikati hisoblanadi; berilgan sertifikat asl sertifikatning oʻrnini bosadi; sertifikat keyinchalik berilgan boʻlsa (agar u tovarni olib chiqishdan avval yoki olib chiqish vaqtida berilmagan boʻlsa);

berilgan sertifikat bekor qilingan

1

3.

Sertifikat haqidagi maʼlumotlar

mazkur ilovaning 2-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlar koʻrsatiladi

1

4.

Sertifikatni bergan mamlakat haqidagi maʼlumotlar

sertifikatni bergan mamlakatning kodi va nomi koʻrsatiladi

1

5.

Sertifikatni qabul qiluvchi mamlakat haqidagi maʼlumotlar

berilgan sertifikat moʻljallangan mamlakatning kodi va nomi koʻrsatiladi

1

6.

Sertifikatni bekor qilish sanasi

zarur hollarda sertifikatning bekor qilish sanasi koʻrsatiladi

0..1

7.

Sertifikatga oʻzgartirishlar kiritish sanasi

zarur hollarda sertifikatga oʻzgartirishlar kiritilgan sana koʻrsatiladi

0..1

8.

Ilgari berilgan sertifikat haqidagi maʼlumotlar

sertifikat dublikat boʻlgan yoki sertifikatning asl nusxasi almashtirilgan hollarda mazkur ilovaning 2-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq, ilgari berilgan sertifikat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shu jumladan roʻyxatga olish raqami va bunday sertifikat berilgan sana) koʻrsatiladi

0..1

9.

Kelib chiqish mamlakati haqidagi maʼlumotlar

kelib chiqish mamlakatining nomi koʻrsatiladi

1

10.

Vakolatli organ haqidagi maʼlumotlar

Kelib chiqish sertifikatini bergan markaziy vakolatli organ yoki vakolatli organ haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan uning nomi va manzilini oʻz ichiga oladi

1

11.

Sertifikatni tasdiqlash haqidagi maʼlumotlar

Markaziy vakolatli organ yoki vakolatli organning mansabdor shaxsi (familiyasi va bosh harflari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi

1

12.

Tovar turkumi haqidagi maʼlumotlar

Mazkur ilovaning 3-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi

1

13.

Ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlar

tovarlarni deklaratsiyalash sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi va bosh harflari) koʻrsatiladi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Hujjat haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Tavsifi

Izoh

1.

Sertifikatni roʻyxatga olish raqami

sertifikatni roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi

1

2.

Sertifikat berilgan sanasi

sertifikat berilgan sana koʻrsatiladi

1

3.

Sertifikat blanki raqami

sertifikat blanki raqami koʻrsatiladi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-jadval
Tovar turkumi haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Tavsifi

Izoh

1.

Eksport qiluvchi/Yuk joʻnatuvchi (nomi va manzili)

yuk joʻnatuvchi/eksport qiluvchi haqidagi maʼlumotlar uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga muvofiq koʻrsatiladi.

Yuk joʻnatuvchi va eksport qiluvchi turli yuridik shaxslar boʻlgan hollarda, yuk joʻnatuvchi (nomi va manzili) eksport qiluvchi (nomi va manzili) “koʻrsatmasi bilan” harakat qilayotganligi koʻrsatiladi.

1

2.

Import qiluvchi/Yuk qabul qiluvchi (nomi va manzili)

yuk qabul qiluvchi/import qiluvchi haqidagi maʼlumotlar uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan koʻrsatiladi.

Yuk qabul qiluvchi va import qiluvchi turli yuridik shaxslar boʻlgan hollarda, yuk qabul qiluvchi (nomi va manzili) import qiluvchi (nomi va manzili) “koʻrsatmasi bilan” harakat qilayotganligi koʻrsatiladi.

1

3.

Transport vositalari va harakatlanish yoʻnalishi (maʼlum boʻlganidek)

transport vositalari va harakatlanish yoʻnalishi (maʼlum boʻlganidek) koʻrsatiladi

0..*

4.

Tovar haqidagi maʼlumotlar

mazkur ilovaning 4-jadvalida keltirilgan roʻyxatga muvofiq maʼlumotlar koʻrsatiladi.

1..*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-jadval
Tovar haqidagi maʼlumotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotlar nomi

Tavsifi

Izoh

1.

Tartib raqami

tovarning tartib raqami koʻrsatiladi

1

2.

Joylar soni va qadoqlash turi haqidagi maʼlumotlar

joylar soni va qadoqlash turi haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi

1

3.

Tovar tavsifi

tovarlarni bir xilda identifikatsiya qilish imkonini beruvchi savdo nomi va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi

1

4.

Tovar soni

tovarlarning brutto va netto (kg) ogʻirligi, shuningdek (mavjud boʻlgan hollarda) TIF TN va oʻlchov birligiga asosan oʻlchov birliklarida tovarlarning boshqa miqdoriy tavsiflari koʻrsatiladi

1

5.

Hisobvaraq-faktura haqidagi maʼlumotlar

hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi

1