Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 25.12.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-13
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Hujjat 27.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 25-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-13]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur Qoidalar vazirliklar va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ularning kuchga kirish tartibini belgilaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjat — qonunchilikka muvofiq vazirlik va idora tomonidan qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi hamda beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi “qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan” degan soʻzlar “normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda amalga oshirilayotgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha vakolatlar berilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (vazirlik tizimi yoki tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari bundan mustasno) yoxud maxsus vakolatli davlat organlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qiladi. Vazirlik va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha vakolatlar berilgan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralarning tizimi yoki tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shuningdek oʻzlarining tizimi yoki tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlariga berishga haqli emas.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bir oydan oshmasligi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat boʻlmagan hujjatlarga (shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Umum majburiy tusga ega boʻlmagan, lekin umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qoʻllanilmaydi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yoki boshqa hujjatlar tasdiqlashga” degan soʻzlar “tasdiqlanishiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 13-banddagi “qoʻllash tartibini” degan soʻzlar “qoʻllashning aniqlashtiruvchi jihatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 14-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi shart.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 21-bandning ikkinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“korrupsiya koʻrinishlari va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 2-bobning nomidagi “hujjat” degan soʻz “hujjatning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining izchil, mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 24-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muqaddimada idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari koʻrsatiladi, shuningdek qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatilishi shart. Bunda normativ-huquqiy hujjatlar turlari ularning yuridik kuchiga nisbatan koʻrsatilishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Hajmiga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paragraflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik bandlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatboshilar. Ikkinchi va keyingi xatboshilarni boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlimlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 662-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“662. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyatida (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) belgilangan tartibda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha cheklist toʻldiriladi va loyihani ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga taqdim qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 68-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“68. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 70-banddagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 91-bandning oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur bandning “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga (roʻyxat raqami 3545, 2024-yil 6-avgust) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va hisobga qoʻyiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 94-bandning “b” kichik bandidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 101-bandning ikkinchi xatboshisidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 10/24/2565-13/1075-son)