Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013 18.05.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1356
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qarori, 18.05.2004 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1356
Кучга кириш санаси
28.05.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013
Hujjat 23.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NOMZODLIK IMTIHONLARINI OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 18-mayda 1356-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/6-sonli “Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2442, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisida”gi nizomga va Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1996-yil 10-iyul, roʻyxat raqami 261-son)ga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi M. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103/5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
2004-yil 25-martdagi 103/5-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi toʻgʻrisida”gi nizom hamda Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (1996-yil 10-iyul, roʻyxat raqami 261-son)ga asosan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nomzodlik imtihonlari ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik imtihonlari topshirilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol gʻoyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi. Ushbu imtihonlar yetakchi oliy oʻquv yurtlari yoki ilmiy-tadqiqot institutlari ishlab chiqqan hamda Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan keyin — OAK) tomonidan maʼqullangan dasturlar asosida topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek, rus yoki ingliz tilida, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot fanlari sohalaridagi ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga talabgor Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari “Mustaqillik mafkurasi va demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy negizlari va ilmiy asoslari” boʻyicha maxsus nomzodlik imtihonini topshirishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tili sifatida ingliz, fransuz yoki nemis tillarining biridan imtihon topshirilishi mumkin. Dissertatsiya ishini bajarish uchun boshqa chet tilini bilish talab qilinadigan hollarda OAK bilan kelishilgan holda nomzodlik imtihoni ana shu tildan topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Himoya qiluvchining oliy maʼlumoti dissertatsiya tayyorlangan fan tarmogʻi ixtisosiga muvofiq boʻlmasa, ushbu fan tarmogʻiga tatbiqan umumilmiy fan boʻyicha, yaʼni ushbu fan tarmogʻining asosiy mazmuni hamda umummetodologik va nazariy muammolarini yetarlicha keng qamrab oladigan fan boʻyicha qoʻshimcha nomzodlik imtihoni (yoki imtihonlari) topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya qiluvchining oliy maʼlumoti sohasi dissertatsiya yoqlanayotgan fan sohasidan tubdan farq qilgan hollarda ixtisoslik boʻyicha topshirilishi kerak boʻlgan nomzodlik imtihonlarini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qiluvchilar, shuningdek iqtisodiy nazariya boʻyicha nomzodlik imtihonini topshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qiluvchilar “Umumiy pedagogika, pedagogika va taʼlim tarixi” fanidan ham nomzodlik imtihonini topshiradilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha umumilmiy fanlar boʻyicha imtihonlar muayyan fan tarmogʻida ixtisoslashgan yetakchi oliy oʻquv yurtlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tasdiqlagan dasturlar asosida topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqi tegishli fan sohalari boʻyicha ilmiy-tashkiliy tuzilmalari (kafedra, boʻlim, laboratoriya) mavjud boʻlgan hamda yetarli ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatga, shuningdek tegishli moddiy-texnik bazaga ega boʻlgan oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalariga OAK tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik fani boʻyicha nomzodlik imtihonlari dissertatsiya himoyasi moʻljallangan ixtisoslashgan kengashlar faoliyat koʻrsatib turgan tashkilotlar huzuridagi nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son,117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtisoslik fani boʻyicha imtihon talabgorning nazariy va kasbiy tayyorgarligi darajasini, uning ushbu fanning shakllanishi va rivojlanishi tarixini, umumiy konsepsiyalari va metodologiya masalalarini, manbalarini, shu bilimlar tarmogʻining asosiy nazariy va amaliy muammolarini, mavjud materialni nechogʻlik bilishini aniqlab berishi, uning ilmiy adabiyotni, shu jumladan, chet el davriy nashrlarini hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini qanchalik egallaganligini koʻrsatib berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik fani boʻyicha imtihon ikki qismdan: OAK tasdiqlagan namunaviy dastur-minimumdan hamda tegishli kafedra (boʻlim, laboratoriya) ishlab chiqqan va imtihon olinayotgan oliy oʻquv yurti (fakultet), ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy kengashi tasdiqlagan qoʻshimcha dastur asosida topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha dastur mazkur fan tarmogʻining yangi boʻlimlarini hamda himoya qiluvchi tadqiqotlarining yoʻnalishi bilan bogʻliq boʻlgan qismlarni oʻz ichiga olishi, shuningdek, ushbu fan tarmogʻidagi yutuqlarni va eng yangi adabiyotni hisobga olishi lozim. Ixtisoslik fanidan imtihon dasturining mazkur qismida talabgor tegishli fan tarmogʻi rivojining hozirgi ahvoli, muammolari va istiqbollarini, oʻtkazayotgan tadqiqotlarining oʻrni, yangiligi va ahamiyatini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqi berilgan oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari imtihon qabul qilish huquqi boʻlmagan boshqa tashkilotlardan kelgan talabgorlardan ham mazkur imtihonlarni olishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari har bir fan boʻyicha oliy oʻquv yurtining yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining rahbari tomonidan OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi. Komissiya ilmiy darajaga ega boʻlgan malakali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlardan iborat boʻlgan besh — yetti nafar aʼzodan, shu jumladan shu fan sohasi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan raisdan iborat boʻladi. Komissiya raisidan tashqari komissiya aʼzolaridan kamida bir nafari fan doktori boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tili boʻyicha nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyasi chet tillar kafedralarining oʻqituvchilari (shundan kamida bir nafari ilmiy darajaga ega boʻlishi kerak) hamda talabgorning ixtisosligi boʻyicha fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan va tegishli chet tilida bemalol gaplasha oladigan besh nafar aʼzodan iborat tarkibda OAK bilan kelishilgan holda bir yil muddatga tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar roʻyxati buyruq bilan rasmiylashtirilib, jamoatchilikka eʼlon qilinadi. Buyruqda nomzodlik imtihonini oʻtkazish joyi va vaqti aniq koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyalari, uning aʼzolarining kamida toʻrt nafari, shu jumladan fan doktori ishtirok etayotgan boʻlsa imtihon olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihonlarida imtihon oʻtkazilayotgan muassasaning tegishli ixtisoslashgan kengashi aʼzolari, muassasa direktori (rektor), direktor oʻrinbosari (prorektor), OAKning, muassasa boʻysunuvchi vazirlik yoki idoraning vakillari qatnashishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomzodlik imtihonlari sessiyalar shaklida yiliga uch marta: fevral, may va noyabr oylarida uyushqoqlik bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Imtihon qabul qiladigan muassasa nomzodlik imtihoni qabul qilinishidan besh kun oldin talabgorlar roʻyxatini imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlarni kuzatuv xati bilan birga OAKga yuborishi zarur. OAK nomzodlik imtihonlarida qatnashish va uni nazorat qilish uchun oʻz vakillarini yuborishi mumkin. Nomzodlik imtihonlari noxolis oʻtkazilgan taqdirda OAK imtihon natijalarini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAKni xabardor qilmasdan nomzodlik imtihonlarini olish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihonlarini ekstern tarzida sessiya paytida topshirish masalasi nomzodlik imtihonini qabul qiluvchi muassasa tomonidan hal etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nomzodlik imtihonlari bilet boʻyicha oʻtkaziladi. Talabgor javob tayyorlash uchun imtihon varaqalaridan foydalanadi. Imtihon varaqalari imtihondan keyin bir yil davomida saqlab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor bilet boʻyicha savollarga imtihon komissiyasi aʼzolari oldida javob beradi. Imtihon komissiyasi aʼzolari talabgorga imtihon qabul qilinayotgan fan boʻyicha qoʻshimcha savollar berishga haqlidirlar. Imtihon natijalari boʻyicha komissiya aʼzolarining har biri oʻz bahosini komissiya raisiga maʼlum qiladi. Komissiya raisi umumiy bahoni oʻrta arifmetik ravishda chiqaradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son,117-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgorning bilim darajasi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Bunda baholash “aʼlo” (86 — 100), “yaxshi” (71 — 85), “qoniqarli” (55 — 70) va “qoniqarsiz” (0 — 54) koʻrinishda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslik fani boʻyicha nomzodlik imtihonini topshirayotganda talabgor dastur-minimum doirasida mustahkam, chuqur bilimlarini namoyish etgan taqdirdagina ijobiy baho qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan kengashlarga nomzodlik imtihonlaridan faqat “aʼlo” (86 — 100) va “yaxshi” (71 — 85) baho qoʻyilgan talabgorlarning dissertatsiya ishlarini himoyaga qabul qilish tavsiya etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har bir talabgor uchun nomzodlik imtihoni bayonnomasi toʻldirilib, unda talabgorga berilgan imtihon savollari yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihoni bayonnomasini imtihonda qatnashgan komissiya aʼzolari imzolaydi, ularning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatiga muvofiq ixtisosligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihoni bayonnomasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin nomzodlik imtihonlari topshirilgan joyda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir nomzodlik imtihoni topshirilganligi haqida guvohnoma beriladi. Talabgorning dissertatsiya ishi bajarilgan yoki dissertatsiya himoyasi oʻtkaziladigan muassasada oldingi imtihonlarning topshirilganligi haqidagi guvohnomalar yagona guvohnoma bilan almashtiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik imtihoni topshirilganligi haqidagi guvohnoma besh yil davomida oʻz kuchini yoʻqotmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar talabgor uzrli sabab bilan imtihonga kelmasa, muassasa rahbari ruxsati bilan oʻrnatilgan tartibda OAKni xabardor qilib, joriy sessiya davomida imtihon topshirishga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir sessiya davomida nomzodlik imtihonini takroran topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor nomzodlik imtihonini qabul qilish komissiyasining qarori ustidan joriy sessiya davomida muassasa rahbariga shikoyat yozish huquqiga ega. Muassasa rahbarining qarori uzil-kesil hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2010-yil 25-martdagi 163/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 1356-1, 13.04.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy oʻquv yurtlari rektorlariga, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlariga hamda ularning oʻrinbosarlariga (prorektorlariga) oʻz asosiy ish joylarida nomzodlik imtihonlarini topshirishlariga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomda nomzodlik imtihonlari oldiga qoʻyilgan talablarga rioya qilinishi uchun imtihon oʻtkazayotgan muassasa rahbari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish komissiyasi ishini OAK hamda imtihon oʻtkazayotgan muassasaning maʼmuriyati nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomzodlik imtihonlarini qabul qilish huquqi berilgan muassasalar imtihonlarning natijalari toʻgʻrisida yiliga bir marta dekabr oyida OAKga maʼlumot berishlari shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y.,20-son, 238-modda; 2010-y., 14-15-son, 117-modda)