Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH MASALALARI
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-martdagi Farmonga muvofiq hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha — vazirga, bosh ilmiy kotib — vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy boʻlinmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shugʻullanuvchi rahbariyatga va boʻlinmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa — qolgan xodimlarga nisbatan qoʻllanilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
5. “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi belgilangan tartibga muvofiq materiallar, asbob-uskunalar, buyumlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishi uchun OAKga kvotalar ajratilishini koʻzda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaxyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. I. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-sentabr,
421-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 937-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/937/0318-son)