1-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish: |
pochta va kuryerlik joʻnatmalarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti orqali tashish; | |
ichki qatnovlarda yoʻlovchilarni tashish, yoʻlovchilarni yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda tashish bundan mustasno; | |
shahar atrofida qatnovchi yoʻlovchi poyezdlarida yoʻlovchilarni tashish. | |
2. | Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi (yoʻl xoʻjaligi, temir yoʻl yuk stansiyalari, elektr taʼminoti qurilmalari, aloqa tarmoqlari, signalizatsiya, markazlashtirish va bloklash tizimlari, axborot majmualarini, harakatni boshqarish tizimi faoliyatini taʼminlash) xizmatlari: |
yoʻlovchilarni ichki qatnovlarda tashish uchun; | |
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun. | |
3. | Lokomotivlarni umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda taqdim etish: |
ichki qatnovlarda yuklarni tashish uchun; | |
Ichki qatnovlarda yoʻlovchilarni (yuqori tezlikdagi poyezdlardan tashqari) tashish uchun. | |
|
2-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish: |
yuqori tezlikdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish; | |
xalqaro qatnovlarda yoʻlovchilarni tashish; | |
tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish. | |
2. | Yoʻlovchilarni tashishda koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar: |
barcha yoʻnalishlarda yoʻl hujjatlarini rasmiylashtirish; | |
yoʻl davomida ovqatlanish (ketring); | |
yoʻlovchining xohishiga binoan boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda vagonning sinfini oʻzgartirish. | |
3. | Temir yoʻl vokzallarda yoʻlovchilar va kuzatuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar: |
temir yoʻl vokzallari va yoʻlovchi poyezdlarda reklama xizmati; | |
bagaj va yuk bagajini qadoqlash hamda saqlash; | |
“VIP” zaldan foydalanish; | |
“IP” zaldan foydalanish; | |
“biznes” zaldan foydalanish; | |
“komfort” zaldan foydalanish; | |
“yashil yoʻlak” xizmatidan foydalanish | |
dam olish xonasidan foydalanish; | |
planshetda elektron kutubxona taqdim etish; | |
yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaj va yuk bagajini tashish; | |
temir yoʻl vokzallari hududidagi binolarni ijaraga berish; | |
temir yoʻl vokzallarda gazeta va jurnallar sotish; | |
yoʻlovchining qoʻl yuki, bagaj va yuk bagajini saqlash; | |
yoʻl hujjatlarini (chiptalarni) uyga yetkazib berish; | |
yoʻl davomida qadoqlangan suv, qahva taqdim etish; | |
massaj kreslosini taqdim etish; | |
sartaroshxona va boshqa maishiy xizmatlarni koʻrsatish; | |
yoʻl hujjatlarisiz (chiptasiz) jismoniy shaxslarga hojatxona xizmatini koʻrsatish; | |
bagaj va yuk bagaj tashish. | |
4. | Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportida yuklarni tashish: |
yuk vagonlarini taqdim etish; | |
konteynerlarni taqdim etish; | |
xalqaro (import, eksport va tranzit) qatnovlarda yuk tashish. | |
5. | Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish jarayonlarida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar: |
mijozning buyurtmasiga koʻra MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va uchinchi davlatlar temir yoʻllari maʼmuriyatlari bilan alohida shartlarda eksport va import yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra davlat ichida alohida shartlarda yuklarni tashish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning eski tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning yangi tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonni yoʻlda ushlab qolish (manzilini oʻzgartirish); | |
mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va ichki qatnovlarda yuk ortish uchun inventar vagonlarga qoʻshimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va ichki qatnovlarda shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni yuklash uchun qoʻshimcha rejani ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra boʻsh shaxsiy va ijaraga olingan vagonni joʻnatish uchun qoʻshimcha rejaga ruxsatnomani rasmiylashtirish; | |
barcha temir yoʻl maʼmuriyatlariga inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonlarni tanlash va ular bilan taʼminlab berish (29XXXXXX raqamlangan yopiq vagonlardan tashqari), (barcha temir yoʻllarni xatlovdan oʻtkazish) vagonlarga egalik qiluvchi mamlakatga shoshilinch qaytarishda boʻshligini tekshirish; | |
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra barcha temir yoʻl maʼmuriyatining (29XXXXXXX) raqamli inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonni tanlash va taʼminlash; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra yuklash va tushirish temir yoʻl stansiyasiga biriktirilgan temir yoʻl inventar vagonlarida yuklarni tashish; | |
yuklarni tashish uchun qabul qilinganda va topshirishda yuk egalarining buyurtmasiga koʻra temir yoʻl vagon tarozilarida yoki umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllar egasi tarozisida yukning vaznini oʻlchash va tekshirish; | |
vagonlarni yuk joʻnatuvchilar vositasida yuklash paytida ularning buyurtmasiga koʻra ularning hisobidan vagonni temir yoʻl tamgʻalash moslamalari yordamida tamgʻalash, tamgʻa oʻrnatish va stansiyalarda yopiq turdagi vagonlarni burama sim bilan bogʻlash; | |
umumiy foydalanish joylarida, temir yoʻl xodimlari ishtirokida va (transport) vositalarida yuk ortish-tushirish operatsiyalari hamda tegishli qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (qadoqlangan yuklar, ogʻir vaznli yuklar, sochma yuklar, yogʻoch, metall va metall buyumlar); | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagon yoki konteyner yuklangan vagonlarni ular tomonidan koʻrsatilgan kunning maʼlum vaqtlarida yuklash va tushirish uchun qoʻyib berish; | |
vagon va konteynerni mijozning buyurtmasiga koʻra yetkazib berish muddati tugashidan oldin qidirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl lokomotividan siqilgan havo yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl stansiya qurilmalaridan (kompressor) siqilgan havo yetkazib berish; | |
yuk joʻnatuvchilarning buyurtmasiga koʻra yuklarni yuklash boʻyicha oʻn kunlik talabnomalarni muddatidan oldin bajarish uchun vagonlar bilan taʼminlash; | |
tashish rejasi koʻrsatilgan vagon turini, yuk turini, joʻnatish temir yoʻl stansiyasini va temir yoʻl stansiya manzili yuk tashuvchining buyurtmasiga koʻra oʻzgartirish (lokomotiv xarajatlari bilan birga); | |
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra vagonlar va konteynerlarni yuk ortish uchun tayyorlash; | |
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda texnik ortish meʼyori koʻrsatilmagan yuklar uchun texnik meʼyorlarni ishlab chiqish va oʻrnatish; | |
yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda koʻrsatilmagan yuklar uchun yuklarni ortish va mustahkamlash sxemasini ishlab chiqish; | |
vagonlarni tozalash va yuk tushirilgandan keyin detallar (rekvezit)ni olib tashlash; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (yuklarni mustahkamlash, panellarni (shchit) oʻrnatish va olib tashlash, eshik toʻsiqlari, qadoqlash); | |
mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻl mutaxassisining joylarga chiqib kelishi; | |
yuk deklaratsiyasini mijozning buyurtmasiga asosan toʻldirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) boʻyicha muvofiqlashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlardan import tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) muvofiqlashtirish; | |
umumiy foydalanishda boʻlmagan joylarga yuklash va tushirish uchun yuborilgan vagonlarga boʻr belgilarini qoʻyish; | |
umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti bilan vagonlarni berish va qaytarib olish uchun shartnomasi yoʻq, oʻz umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻliga ega boʻlmagan mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlga vagonlarni berish va qaytarib olish; | |
kontragent mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlining ortish va tushirish joyiga qoʻyib berish uchun vagon tanlash va ajratish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra bitta vagon(lar)ni bir umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlidan ikkinchi umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻliga temir yoʻl stansiyasi ichida tashishlarni tashkil etish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportiga taalluqli boʻlmagan korxonalarga tegishli tarozi asboblarini rejali va rejadan tashqari texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va nazorat tekshiruvlarini bajarish; | |
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlning yoʻl oʻtish joylarida joylashgan yoʻl oʻtkazgichlarini (strelka) (markazlashtirilgan) umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti kuchlari va vositalari bilan texnik xizmat koʻrsatish; | |
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlning yoʻl oʻtish joylarida joylashgan umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti kuchlari va vositalari bilan, markazlashtirilmagan (qoʻlda) strelka yoʻl oʻtkazgichlari texnik xizmat koʻrsatish (bir marotaba berish uchun va alohida bitta olish uchun); | |
umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻlda joylashgan temir yoʻl kesishmasidagi shlagbaum, darvozalarni ochish va yopish xizmatini koʻrsatish (vagonlarni bir marotaba berish uchun va alohida bir marotaba qaytarib olish uchun); | |
mijozning buyurtmasiga koʻra joʻnash va kelish vaqtini muvofiqlashtirgan holda yuklarni halqali marshrutlarda tashish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra yuk operatsiyalari uchun ochiq boʻlmagan temir yoʻl stansiyalarida vagonlarni berish va qaytarib olish; | |
poyezd lokomotivi yordamida vagonlarni umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga berish va qaytarib olish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra yuk joʻnatuvchilar (yukni oluvchilar)ning shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarini umumiy foydalanishdagi temir yoʻllariga joylashtirish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻl stansiyasidan 0,5 km dan uzoqroqda joylashgan yuk omborlarida yoki boshqa umumiy foydalanish joylarida yuklash yoki tushirish uchun vagonlarni yetkazib berish va qaytarib olish; | |
yuklarni vagonlarda bepul saqlash uchun belgilangan meʼyorlardan ortiq miqdorda saqlash; | |
yuk egasining buyurtmasiga koʻra temir yoʻl stansiyasi ortish va tushirish yoʻllarida manyovr ishlarini bajarish; | |
yuklarni qoʻriqlash xizmati; | |
tashuvlardan soʻng yuvilishi shart boʻlgan yuklardan boʻshagan vagonlarni yuvish xizmati uchun; | |
tashish va boshqa hujjatlarini ishlab chiqarish uchun sarf-xarajatlarga asosan tashish hujjatlarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra yukni temir yoʻl stansiyadan yukni oluvchining omboriga va yuk joʻnatuvchining omboridan temir yoʻl stansiyasigacha umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportining avtomobil transporti orqali yoki boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yuklarni yetkazib berish; | |
mijozning buyurtmasiga koʻra bojxona organlari va ekspeditorlik tashkilotlari uchun tashish shartlari va toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot berish; | |
roʻyxatga olish kartasining ikkinchi nusxasini toʻldirish va yuk tashish rejasini bajarish; | |
yuk joʻnatuvchi uchun konteyner va vagonlarga xavfli belgilar chizilgan trafaretni yopishtirish; | |
yuk joʻnatuvchi va yukni oluvchilarga tegishli hujjatlar nusxalarini ikkinchi marotaba taqdim etish; | |
yuk joʻnatuvchi va yukni oluvchilar buyurtmasiga koʻra yuklarni avtomobil yoki tirkama (yarim tirkamali) bogʻlab qoʻyish (ajratish); | |
mijozning buyurtmasiga koʻra tashish hujjatini toʻldirish (SMGS, GU-29, GU-29b); | |
yuklar kelgani toʻgʻrisida ikkinchi marotaba xabar berish (telefon, telegraf, qoʻlda yetkazib berish orqali); | |
yukni oluvchiga ularning buyurtmasiga koʻra yuklarni qadoqlash, oʻrash, bogʻlash va tuzatish; | |
yukni oluvchi va yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transportiga xabar berish. Yukni oluvchini aniqlashtirish, tovarlarni tashish uchun talabnomani oʻzgartirish, manzilini oʻzgartirish (shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan tovarlar bundan mustasno); | |
Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon liniyasi ishtirokida Tojikistonga/Tojikistondan tashishda; | |
konvension taqiqda turib qolgan xususiy va ijaradagi boʻsh vagonlarni vagon egasiga qaytarishda; | |
bojxona terminallari va konteyner maydonchalari xizmatlari (yuklarni ortish va tushirish); | |
shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy (ijaraga olingan) vagonlariga xizmat koʻrsatish; | |
Qirgʻizistondan Afgʻonistonga yuklarni sisterna vagonda tashish; | |
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar vagonlarda konteynerlarni Afgʻonistonga tashish; | |
Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻonistonga tranzit yuklarni tashishda bojxona koʻrigidan (uy-roʻzgʻor buyumlarini tashishdan tashqari) oʻtkazish; | |
Afgʻonistondan eksport qilinadigan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish paytida yuklash-tushirish xizmatlari; | |
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy, ijaraga olingan vagonlarini qaytarish; | |
“tranzit deklaratsiya”ni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga elektron shaklda maʼlumotlarni joʻnatish; | |
Termiz-port temir yoʻl stansiyasida xalqaro tashuvlarni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining norezident mijozlariga temir yoʻl stansiya xizmatlarini koʻrsatish; | |
Afgʻonistondan Gʻalaba va Termiz chegara oʻtish temir yoʻl stansiyalari orqali yuklangan vagon yoki konteynerda tashishda yuk xatini rasmiylashtirish; | |
Termiz logistika markazida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda olib oʻtiladigan (Gʻalaba chegara temir yoʻl stansiyasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan) tijorat yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishda yuklash-tushirish operatsiyalari va u bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish. | |
6. | Vagonlarni umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga berish va qaytarib olish xizmatlari: |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli boʻlmagan umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga; | |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufidagi lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga; | |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tasarrufida boʻlmagan lokomotivda ushbu jamiyatga tegishli umumiy foydalanishda boʻlmagan temir yoʻllarga. | |
7. | “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar (logistika markazlarida ortish-tushirish ishlari): |
universal konteynerlarni; | |
qadoqlangan yuklarni; | |
ogʻir yuklarni; | |
sochiluvchan yuklarni; | |
yogʻoch-taxta yuklarni; | |
metall va metall buyum yuklarni; | |
don mahsulotlari va sabzavotlarni. | |
Tijorat operatsiyalari uchun xizmatlar: | |
oʻrta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida katta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish; | |
vagonni yoki konteynerni “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ aylanma (toʻqima) temir muhrlar bilan muhrlash; | |
yuklarni katta va oʻrta tonnali konteynerlarga yuklash qoidalari boʻyicha yuk joʻnatuvchilarga maslahat berish; | |
yukni oluvchilarni Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida tashqari yuk kelgani haqida telefon orqali xabardor qilish; | |
Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida yuk kelgani haqida yukni oluvchilarni telegraf va ogʻzaki orqali xabardor qilish; | |
logistika markazlarida 20 va 40 futli konteynerni saqlash; | |
omborxonalarda (bojxona omborlaridan tashqari) qadoqlangan yukni saqlash; | |
“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ xodimlari tomonidan bitta vagoni tozalash; | |
konteyner maydonlarida uy-roʻzgʻor buyumlariga moʻljallangan konteynerlar eshik qismlarini oʻrash (qadoqlash). | |
8. | “Temiryoʻlkargo” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar: |
vagonlardan foydalanish; | |
vagonni yuk ortish va tushirish joyi (fronti)ga qoʻyish; | |
yuklarni tushirish uchun vagonni baland yoʻlga qoʻyish; | |
avtotransport vositasini yuk bilan kirib chiqish; | |
boʻsh avtotransportni yuk ortish uchun kirib chiqish; | |
kranda yuk ortish va tushirish; | |
yukni ochiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni yopiq omborda saqlash xizmati; | |
yukni xususiy vagonda saqlash; | |
yukni avtotransportda saqlash; | |
tarozi xizmatidan foydalanish; | |
transport-ekspeditorlik xizmatlari. |
3-ILOVA
T/r | Xizmatlar nomi |
1. | Aravacha taqdim etish xizmati |
2. | Chiptasi boʻlgan yoʻlovchilarga hojatxonalarda boʻlish |
3. | Ona va bola xonasidan foydalanish |
4. | Kutish zalida internet jahon axborot tarmogʻi xizmati |
5. | Tibbiy yordam punkti xizmatlari |
6. | Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha |
7. | Yoʻl davomida telefon va noutbuklarni quvvatlash xizmati |
8. | Kutubxona |
9. | Yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar (oq qand) taqdim etish |