18.12.2024 yildagi 851-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, temir yoʻl transporti sohasidagi davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonida temir yoʻl transporti sohasida koʻrsatiladigan barcha xizmatlarni qamrab olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillariga oʻtadigan xizmatlar turlarini tasdiqlash nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
851-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 851-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlar nomi

1.

Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish:

pochtani va kuryerlik joʻnatmalarini temir yoʻl orqali tashish;

mahalliy yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish bundan mustasno);

shahar atrofi yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni tashish.

2.

Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti infratuzilmasi (yoʻl xoʻjaligi, elektr taʼminoti, signallashtirish va aloqa, yagona dispetcherlik markazi va yuk stansiyalari faoliyatini taʼminlash) xizmatlari:

yoʻlovchilarni (mahalliy, shahar atrofi yoʻnalishlarida) tashish uchun;

mahalliy yoʻnalishlarda yuklarni tashish uchun.

3.

Lokomotivlarni magistral yoʻllarda taqdim etish:

mahalliy yoʻnalishlarda yuklarni tashish uchun;

mahalliy va shahar atrofi yoʻnalishlarida yoʻlovchilarni (yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlardan tashqari) tashish uchun.

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 851-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlar nomi

1.

Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish:

yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish;

xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish;

tezyurar poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish.

2.

Yoʻlovchilarni tashishda koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar:

barcha yoʻnalishlarda yoʻl hujjatlarini rasmiylashtirish;

yoʻl davomida ovqatlanish (ketring);

yoʻlovchining xohishiga binoan boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda vagonning sinfini oʻzgartirish.

3.

Vokzallarda yoʻlovchilar va kuzatuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlar:

temir yoʻl vokzallari va yoʻlovchi poyezdlarida reklama xizmati;

bagaj va yuk bagajini qadoqlash hamda saqlash;

“VIP” zaldan foydalanish;

“SIP” zaldan foydalanish;

“biznes” zaldan foydalanish;

“komfort” zaldan foydalanish;

“yashil yoʻlak” xizmatidan foydalanish

dam olish xonasidan foydalanish;

planshetda elektron kutubxona taqdim etish;

yoʻlovchining qoʻl yukini tashish;

temir yoʻl vokzallari hududidagi binolarni ijaraga berish;

vokzallarda gazeta va jurnallar sotish;

yoʻlovchining yukini saqlash;

chiptalarni uyga yetkazib berish;

yoʻl davomida qadoqlangan suv, qahva taqdim etish;

massaj kreslosini taqdim etish;

sartaroshxona va boshqa maishiy xizmatlarni koʻrsatish;

chiptasi boʻlmagan yoʻlovchilarga hojatxona xizmatini koʻrsatish;

bagaj va yuk bagaj tashish.

4.

Temir yoʻl transportida yuklarni tashish:

yuk vagonlarini taqdim etish;

konteynerlarni taqdim etish;

xalqaro (import, eksport va tranzit) qatnovlarda yuk tashish.

5.

Yuklarni ortish va tushirish hamda tashish jarayonlarida koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar:

mijozning buyurtmasiga koʻra MDH, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya va uchinchi davlatlar temir yoʻllari maʼmuriyatlari bilan alohida shartlarda eksport va import yuklarni tashish;

mijozning buyurtmasiga koʻra davlat ichida alohida shartlarda yuklarni tashish;

mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning eski tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra vagonning yangi tashish hujjatlari boʻyicha manzilini oʻzgartirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra vagonni yoʻlda ushlab qolish (manzilini oʻzgartirish);

mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va ichki qatnovlarda yuk ortish uchun inventar vagonlarga qoʻshimcha rejani ajratish;

mijozning buyurtmasiga koʻra xalqaro va mahalliy yoʻnalishda shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarni yuklash uchun qoʻshimcha rejani ajratish;

mijozning buyurtmasiga koʻra boʻsh shaxsiy va ijaraga olingan vagonni joʻnatish uchun qoʻshimcha rejaga ruxsatnomani rasmiylashtirish;

barcha temir yoʻl maʼmuriyatlariga inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonlarni tanlash va ular bilan taʼminlab berish (29XXXXXX raqamlangan yopiq vagonlardan tashqari), (barcha temir yoʻllarni xatlovdan oʻtkazish) vagonlarga egalik qiluvchi mamlakatga shoshilinch qaytarishda boʻshligini tekshirish;

yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra barcha temir yoʻl maʼmuriyatining (29XXXXXXX) raqamli inventar parkiga tegishli katta hajmli vagonni tanlash va taʼminlash;

mijozning buyurtmasiga koʻra yuklash va tushirish stansiyasiga biriktirilgan temir yoʻl inventar vagonlarida yuklarni tashish;

yuklarni tashish uchun qabul qilinganda va topshirishda yuk egalarining buyurtmasiga koʻra temir yoʻl vagon tarozilarida yoki shoxobcha yoʻl egasi tarozisida yukning vaznini oʻlchash va tekshirish;

vagonlarni yuk joʻnatuvchilar vositasida yuklash paytida ularning buyurtmasiga koʻra ularning hisobidan vagonni temir yoʻl tamgʻalash moslamalari yordamida tamgʻalash, tamgʻa oʻrnatish va stansiyalarda yopiq turdagi vagonlarni burama sim bilan bogʻlash;

umumiy foydalanish joylarida, temir yoʻl xodimlari ishtirokida va (transport) vositalarida yuk ortish-tushirish operatsiyalari hamda tegishli qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish (qadoqlangan yuklar, ogʻir vaznli yuklar, sochma yuklar, yogʻoch, metall va metall buyumlar);

mijozning buyurtmasiga koʻra vagon yoki konteyner yuklangan vagonlarni ular tomonidan koʻrsatilgan kunning maʼlum vaqtlarida yuklash va tushirish uchun qoʻyib berish;

vagon va konteynerni mijozning buyurtmasiga koʻra yetkazib berish muddati tugashidan oldin qidirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl lokomotividan siqilgan havo yetkazib berish;

mijozning buyurtmasiga koʻra vagonlarni tushirish va boshqa maqsadlar uchun temir yoʻl stansiya qurilmalaridan (kompressor) siqilgan havo yetkazib berish;

yuk joʻnatuvchilarning buyurtmasiga koʻra yuklarni yuklash boʻyicha oʻn kunlik talabnomalarni muddatidan oldin bajarish uchun vagonlar bilan taʼminlash;

tashish rejasi koʻrsatilgan vagon turini, yuk turini, joʻnatish stansiyasini va stansiya manzili yuk tashuvchining buyurtmasiga koʻra oʻzgartirish (lokomotiv xarajatlari bilan birga);

joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra vagonlar va konteynerlarni yuk ortish uchun tayyorlash;

yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda texnik ortish meʼyori koʻrsatilmagan yuklar uchun texnik meʼyorlarni ishlab chiqish va oʻrnatish;

yuk joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra amaldagi qoidalarda koʻrsatilmagan yuklar uchun yuklarni ortish va mustahkamlash sxemasini ishlab chiqish;

vagonlarni tozalash va yuk tushirilgandan keyin detallar (rekvezit)ni olib tashlash;

mijozning buyurtmasiga koʻra koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (yuklarni mustahkamlash, panellarni (shchit) oʻrnatish va olib tashlash, eshik toʻsiqlari, qadoqlash);

mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻl mutaxassisining joylarga chiqib kelishi;

yuk deklaratsiyasini mijozning buyurtmasiga asosan toʻldirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya hamda uchinchi mamlakatlarga eksport tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) boʻyicha muvofiqlashtirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra qoʻshimcha rejaga muvofiq MDH, Gruziya, Latviya, Litva va Estoniya xamda uchinchi mamlakatlardan import tashishlarni (AS Mesplan elektron dasturi orqali) muvofiqlashtirish;

umumiy foydalanishda boʻlmagan joylarga yuklash va tushirish uchun yuborilgan vagonlarga boʻr belgilarini qoʻyish;

temir yoʻl bilan vagonlarni berish va olish uchun shartnomasi yoʻq, oʻz shoxobcha temir yoʻliga ega boʻlmagan mijozning buyurtmasiga koʻra shoxobcha yoʻlga vagonlarni berish va olish;

kontragent mijozning buyurtmasiga koʻra shoxobcha yoʻlining ortish va tushirish joyiga qoʻyib berish uchun vagon tanlash va ajratish;

mijozning buyurtmasiga koʻra bitta vagon(lar)ni bir shoxobcha yoʻlidan ikkinchi shoxobcha yoʻliga bekat ichida tashishlarni tashkil etish;

mijozning buyurtmasiga koʻra temir yoʻlga taalluqli boʻlmagan korxonalarga tegishli tarozi asboblarini rejali va rejadan tashqari texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va nazorat tekshiruvlarini bajarish;

shoxobcha yoʻlining yoʻl oʻtish joylarida joylashgan yoʻl oʻtkazgichlarini (strelka) (markazlashtirilgan) temir yoʻl kuchlari va vositalari bilan texnik xizmat koʻrsatish;

shoxobcha yoʻlning yoʻl oʻtish joylarida joylashgan temir yoʻl kuchlari va vositalari bilan, markazlashtirilmagan (qoʻlda) strelka yoʻl oʻtkazgichlarini texnik xizmat koʻrsatish (bir marotaba berish uchun va alohida bitta olish uchun);

shoxobcha yoʻlida joylashgan temir yoʻl kesishmasidagi shlagbaum, darvozalarni ochish va yopish xizmatini koʻrsatish (vagonlarni bir marotaba berish uchun va alohida bir marotaba olish uchun);

mijozning buyurtmasiga koʻra joʻnash va kelish vaqtini muvofiqlashtirgan holda yuklarni halqali marshrutlarda tashish;

mijozning buyurtmasiga koʻra yuk operatsiyalari uchun ochiq boʻlmagan stansiyalarda vagonlarni berish va olish;

poyezd lokomotivi yordamida vagonlarni shoxobcha yoʻllarga berish va olish;

mijozning buyurtmasiga koʻra yuk joʻnatuvchilar (qabul qiluvchilar)ning shaxsiy va ijaraga olingan vagonlarini temir yoʻlning umumiy foydalanish yoʻliga joylashtirish;

mijozning buyurtmasiga koʻra stansiyadan 0,5 km dan uzoqroqda joylashgan yuk omborlarida yoki boshqa umumiy foydalanish joylarida yuklash yoki tushirish uchun vagonlarni yetkazib berish va olish;

yuklarni vagonlarda bepul saqlash uchun belgilangan meʼyorlardan ortiq miqdorda saqlash;

yuk egasining buyurtmasiga koʻra stansiya ortish va tushirish yoʻllarida manyovr ishlarini bajarish;

yuklarni qoʻriqlash xizmati;

tashuvlardan soʻng yuvilishi shart boʻlgan yuklardan boʻshagan vagonlarni yuvish xizmati uchun;

tashish va boshqa hujjatlarini ishlab chiqarish uchun ketgan sarf-xarajatlarga asosan tashish hujjatlarini ikkinchi marotaba taqdim etish;

mijozning buyurtmasiga koʻra yukni stansiyadan qabul qiluvchining omboriga va joʻnatuvchining omboridan temir yoʻl stansiyasigacha temir yoʻlning avtomobil transporti orqali yoki boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida yuklarni yetkazib berish;

mijozning buyurtmasiga koʻra bojxona organlari va ekspeditorlik tashkilotlari uchun tashish shartlari va toʻlovlari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

roʻyxatga olish kartasining ikkinchi nusxasini toʻldirish va yuk tashish rejasini bajarish;

yuk joʻnatuvchi uchun konteyner va vagonlarga xavfli belgilar chizilgan trafaretni yopishtirish;

yuk joʻnatuvchi va qabul qiluvchilarga tegishli hujjatlar nusxalarini ikkinchi marotaba taqdim etish;

yuk joʻnatuvchi va qabul qiluvchilar buyurtmasiga koʻra yuklarni avtomobil yoki tirkama (yarim tirkamali) bogʻlab qoʻyish (ajratish);

mijozning buyurtmasiga koʻra tashish hujjatini toʻldirish (SMGS, GU-29, GU-29b);

yuklarni kelganligi toʻgʻrisida ikkinchi marotaba xabar berish (telefon, telegraf, qoʻlda yetkazib berish orqali);

yuk qabul qiluvchiga ularning buyurtmasiga koʻra yuklarni qadoqlash, oʻrash, bogʻlash va tuzatish;

yuk oluvchi va joʻnatuvchining buyurtmasiga koʻra temir yoʻlga xabar berish. Yuk oluvchini aniqlashtirish, tovarlarni tashish uchun talabnomani oʻzgartirish, manzilini oʻzgartirish (shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatiladigan tovarlar bundan mustasno);

Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon liniyasi ishtirokida Tojikistonga/Tojikistondan tashishda;

konvension taqiqda turib qolgan xususiy va ijaradagi boʻsh vagonlarni vagon egasiga qaytarishda;

bojxona terminallari va konteyner maydonchalari xizmatlari (yuklarni ortish va tushirish);

shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy (ijaraga olingan) vagonlariga xizmat koʻrsatish;

Qirgʻizistondan Afgʻonistonga yuklarni sisterna vagonda tashish;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar vagonlarda konteynerlarni Afgʻonistonga tashish;

Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻonistonga tranzit yuklarni tashishda bojxona koʻrigidan (uy-roʻzgʻor buyumlarini tashishdan tashqari) oʻtkazish;

Afgʻonistondan eksport qilinadigan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazish paytida yuklash-tushirish xizmatlari;

Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining xususiy, ijaraga olingan vagonlarini qaytarish;

“tranzit deklaratsiya”ni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga elektron shaklda maʼlumotlarni joʻnatish;

Termiz-port stansiyasida xalqaro tashuvlarni tashkil etishda Oʻzbekiston Respublikasining norezident mijozlariga stansiya xizmatlarini koʻrsatish;

Afgʻonistondan Gʻalaba va Termiz chegara oʻtish stansiyalari orqali yuklangan vagon yoki konteynerda tashishda yuk xatini rasmiylashtirish;

Termiz logistika markazida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitda olib oʻtiladigan (Gʻalaba chegara stansiyasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan) tijorat yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishda yuklash-tushirish operatsiyalari va u bilan bogʻliq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish.

6.

Vagonlarni shoxobcha yoʻllariga qoʻyib berish va olib chiqish xizmatlari:

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllarga (temir yoʻl liniyasi shoxobcha yoʻl egasiga tegishli boʻlgan);

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllarga (temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan);

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli boʻlmagan lokomotivlarda, temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllarga (temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan).

7.

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar (logistika markazlarida ortish-tushirish ishlari):

universal konteynerlarni;

qadoqlangan yuklarni;

ogʻir yuklarni;

sochiluvchan yuklarni;

yogʻoch-taxta yuklarni;

metall va metall buyum yuklarni;

don mahsulotlari va sabzavotlarni.

Tijorat operatsiyalari uchun xizmatlar:

oʻrta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish;

Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida katta tonnajli konteynerlarni bir marotaba joʻnatish uchun yuklash rejasini ajratish;

vagonni yoki konteynerni “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ aylanma (toʻqima) temir muhrlar bilan muhrlash;

yuklarni katta va oʻrta tonnali konteynerlarga yuklash qoidalari boʻyicha yuk joʻnatuvchilarga maslahat berish;

yuk qabul qiluvchilarni Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida tashqari yuk kelganligi haqida telefon orqali xabardor qilish;

Toshkent, Sergeli, Chuqursoy logistika markazlarida yuk kelganligi haqida yuk qabul qiluvchilarni telegraf va ogʻzaki orqali xabardor qilish;

logistika markazlarida 20 va 40 futli konteynerni saqlash;

omborxonalarda (bojxona omborlaridan tashqari) qadoqlangan yukni saqlash;

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ xodimlari tomonidan bitta vagoni tozalash;

konteyner maydonlarida uy-roʻzgʻor buyumlariga moʻljallangan konteynerlar eshik qismlarini oʻrash (qadoqlash).

8.

“Temiryoʻlkargo” AJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:

vagonlardan foydalanish;

vagonni yuk ortish va tushirish joyi (fronti)ga qoʻyish;

yuklarni tushirish uchun vagonni baland yoʻlga qoʻyish;

avtotransport vositasini yuk bilan kirib chiqish;

boʻsh avtotransportni yuk ortish uchun kirib chiqish;

kranda yuk ortish va tushirish;

yukni ochiq omborda saqlash xizmati;

yukni yopiq omborda saqlash xizmati;

yukni xususiy vagonda saqlash;

yukni avtotransportda saqlash;

tarozi xizmatidan foydalanish;

transport-ekspeditorlik xizmatlari.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1- va 3-ilovalarga kiritilmagan xizmat turlari bozor tamoyillari asosida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 851-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transporti sohasida isteʼmolchilarga bepul koʻrsatiladigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xizmatlar nomi

1.

Aravacha taqdim etish xizmati

2.

Chiptasi boʻlgan yoʻlovchilarga hojatxonalarda boʻlish

3.

Ona va bola xonasidan foydalanish

4.

Kutish zalida internet jahon axborot tarmogʻi xizmati

5.

Tibbiy yordam punkti xizmatlari

6.

Nogironlar uchun aravacha

7.

Yoʻl davomida telefon va noutbuklarni quvvatlash xizmati

8.

Kutubxona

9.

Yoʻl davomida choy, ichimlik suvi, shakar (oq qand) taqdim etish

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2024-y., 09/24/851/1039-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)